𝑀𝑢𝑠𝑒
so you can never escape.”
Mashina ichidagi muhut yetarlicha tarang, yon oynalarga urulgan mayda tomchilar ba’zida ko’zga tashlanar ba’zida huddi g’oyib bo’ladigandek. Yomg‘ir tashqaridan shovqinli emas, lekin uning mayin shitirlashi salon ichidagi tarang sukutni yanada keskinlashtirib turadi. Nafas olish ham ehtiyotkor: go‘yo kimdir biroz balandroq harakat qilsa, shu nozik muvozanat buzilib ketadigandek. Qiz yon tomoniga o’g’rincha qarab qo’yar ekan, chuqur nafas olib radioning kichik tugmasi orqali yoqdi va sokin musiqa salon ichiga taraldi. Taranglik biroz yumshagandek his qilayotgan Yujin, musiqa to’satdan o’chib qolishi sabab qoshlarini chimirdi.
bilasanmi Taehyung! Seni uchratganimdan buyon, chegaralarni buzyapsan. Aslida sabrimni sinayitgan sensan. Meni qayerga borishim, kimlar bilan o’tirishim yoki nima qilishim kerakligini sen ayta olmaysan. Bunga ruxsat bermayman. –Yujin har bir so’zida asabiylashar ekan, yigitning yuzi biroz bo’lsa ham o’zgarmadi. Ko’zlari yo’lga qaratilgan, jag’ chizig’i tarangligini yo’qotmagan.
Nafas olish tezligi bir maromda, sokin lekin ichida kuch yashiringan kabi. Bir necha daqiqalik sukutdan so’ng, Taehyung e’tiborini qizga ko’chirdi, yigitning sport shortigi va keng futbo’lkasini kiyib olgan qiz kiyim ostida yo’q bo’lib ketayotgandek edi. qo’llarini ko’ksiga kesishtirib o’rab olgan sochlari esa biroz nam, to’liq qurutulmagani sezilib turar edi.
— Meni ortimdan bording-mi? yoki seni biror kim taklif qildimi?! – biroz hirillagan bo’g’iq ovoz mashina ichida sokin yangradi.
: Buni senga avvalroq aytib berdim. Men shunchaki sen qayerga ketayotganinga qiziqqan edim va o’sha axmoqona joyga bordim.
— Bu seni oqlamaydi, u yerda sen yolg’iz emasding.
: U yigit shunchaki yordam berdi… –Taehyung hazilsiz kulib yubordi va rul atrofida qo’llari siqildi.
— Shunchaki senga yordam beradigan inson, u yerda bo’lmaydi.
: Oshirib yuboryapsan. –qizning gaplari kesildi.
— Aslida sen o’ylamasdan ish qilyapsan! Hamma erkaklar qaysarliklaringni ko’tara oladi, seni istaklaringni eshitadi deb o’ylasang adashasan.
: Men qayerda nima deyishni, juda yaxshi bilaman.
— Ammo bu safar emas. Sen nima qilganingni hech anglamading. –Yujin oyoqlarini yig’ib quchib oldi va yuzini oyna tomonga burib ko’zlarini yumdi. Taehyung buni ko’rgach, jim qolishga qaror qildi. Vaqt o’tar ekan, deyarli bir soat deganda ular mehmonxonaga yetib kelishdi. Taehyung qizni bir ikki bor ismini aytib uyg’otishga harakat qildi ammo samarasiz. Yigit mashinani aylanib o’tib yo’lovchi eshigini ochdi va qizni ehtiyotkorlik bilan mashina ichidan olib ko’tarib oldi. Yujin ham bir nimalar deb uyqisiragancha, qo’llarini uning bo’yniga o’radi.
— Bezori… – Taehyung nafasi ostida ming’irladi va lablarida kichik tabassum yugurdi ammo bu uzoq davom etmadi, uning holati yana avvalgi jiddiy va g’azablangan Taehyung ko’rinishiga qaytdi. Yujinni mehmonxonaga olib kirar ekan, barcha hodimlarning ko’zi ularga tushayotganini ko’rib qoshlari chimirildi va qizni tanasiga yaqinroq tortib yuzini berkitgandek bo’ldi. Ular liftdan chiqib uzun yo’lak bo’ylab xonalarning biriga yetib kelishdi. Yigit xona eshigini ochib qizni, yotoqqa sekinlik bilan joylashtirdi.
Qiz yuziga qayta tikilar ekan, Yujinning ko’zlari unga tikilib turganini ko’rib nafasi ostida so’kindi. Yujin uning yuzidagi kichik ko’karish va zarb izlarini ko’rib, biroz o’yga cho’mdi.
— Men sen bilan, nima qilishni bilmayman. Tushunish mushkul, bir necha soat avval meni o’zingdan itarib tegmasligimni so’rayotgan malikamiz. Hozir o’zini uxlaganga solib, ko’tarishimga majbur qildi.
: U vaqt vaziyat boshqacha edi, hozir esa boshqacha. Agar uyg’oqligimni bilganingda meni so’roq qilib , asablarimni taranglashtirar eding. Va men yurush uchun qulay kiyimda emasman. –Yujin buroz o’rnidan turib yotoqqa suyandi. Va atrofga nazar tashladi.
— Nega uyg’onishga qaror qilding? Men uchun vaziyat ahamiyatsiz. Balki seni shu yerga bog’lab qo’yarman.
: Shunchaki, meni xonamga olib bordingmi yo’qmi tekshirish uchun ko’zlarimni ochgan edim…
— Ho’sh, bu yer senga band qilingan xona emas.
: Meni qo’rqitishga harakat qilma, bolakay.
— Nima yig’lab yuborasanmi, bezori. –Taehyung bir necha soat avval, kiyim o’zgartirish xonasi dushida qizni ko’zlari yoshlanib, istamay yig’lab yuborganini eslab, lab chetida kuldi.
: Men yig’laganim yo’q, shunchaki suv juda sovuq edi.
— Sovuq yoki qattiq? –Taehyung qo’lini ko’ksiga bog’lab, unga tikildi. Yujin yotoq ustidagi yostiqni olib u tomon zarb bilan otdi.
: Haddingdan oshma, Kim Taehyung. Shu yerdan o’liging chiqishiga o’zim kafolat beraman.
— Ha, ha o’zing meni kaftimdeksan taxdidlaring olamga teng. – Yujin unga o’rta barmog’ini ko’rsatib o’zini ko’rpa ostiga o’radi. Taehyung buni ko’rib qoshlarini ko’tardi va indamay xona chirog’ini o’chirdi, yotoq yonidagi divanga o’zini tashladi, tanasidagi kichik og’riqlar sabab biroz norozi ovoz chiqardi.
— Juda g’alati qiz, – Taehyung unga tikilib biroz o’ylanib qoldi va ko’zlarini yumdi.
Yujin barcha narsalarini tayyorlab, ketishga shaylandi. Kichik chemadanini sudrab, Taehyungning xonasiga yetib keldi. Bir ikki taqillatish va yigit, beliga shunchaki sochiq o’ragan holatda eshikni ochdi.
: Ishongim kelmaydi, hali ham tayyor emassan!
— Kechirasiz xonim, men siz kabi yumshoq yotoqda tiniqib uxlaganimda. Ertaroq turib tayyorlangan bo’lar edim, huddi sen kabi. Uyg’onishingni butun tun kutdim, balki o’z xonasiga chiqib yotoqni menga berar deb.
: Ammo bir necha soat bo’lsa ham, uxlading. Nolishni bas qil…. – Yujin xona ichiga Taehyungni chetlab kirdi. Yigit Yujinning bu harakatidan biroz hayron ham qoldi ammo buni juda kulgili deb hisobladi. Yujin o’sha yerdagi divanga o’tirgancha telefoniga e’tiborini ko’chirdi. Taehyung ham o’z ishida davom etdi, belidagi ko’karish joyiga, tibbiyit matosini o’rayotgan yigit qizni e’tiborini tortdi. Yujin o’rnidan turib, unga yaqinroq bordi.
— Eblay olsang, yo’q demasdim..
Yujin yuzini norozi, qilgancha yigitga tikildi. Taehyung ham uning bu harakatlaridan tobora zavqlanayotgani aniq edi. Yujin uning bel qismiga bog’lamni o’rab bo’lgach, uning yuziga e’tiborini qaratdi.
: Yuz uchun biror, dori vositang bor-mi?
Yujin og’riq qoldirish uchun, kremni oldi va bir qisim chiqarib yigitning yuziga olib keldi.
: O’tirib ol. Dadam seni ko’rib, bularni barini men qilgan degan gumonga bormasin deb yordam beryapman…. – Yujin o’z yordamini oqlagandek, bo’ldi.
— Oh yordaming uchun cheksiz ta’zimlar. –Yigitning hazilomuz bu gaplaridan Yujin jilmayib qo’ydi va ishida davom etdi.
Yujin o’z xonasida dam olayotgan edi. Telefoniga kelgan qo’ng’iroq uni uyg’onishiga sabab bo’ldi.
— Londonlik bezori, biror foydali ish bilan mashg’ul deb o’ylagan edim..
— Bugun kechga vaqting bor deb o’ylayman. –Yujin tezda sergaklandi,
— Shunchaki, kechki ovqatni biror malika bilan qilishni istadim.
—Ha ammo ko’rib turganingdek, malikalar bari band ekan uchrashuv uchun. Senga bu taklifni berishga majbur bo’ldim.
Yujinning lablaridagi tabassum tezda ortga qaytdi.
: Hoy bolakay, menimcha manzilda adashding. Sen uchun mos yalmog’izlar bor. Ularga bog’lan. –Qong’iroq ortidan chuqur kulgu ovozi eshtildi.
— Yujin, tayyorlanib tur kechga olib ketaman…
: Men rozi bo’lganimni eslolmayman…
Pastki qavatdan Yujin o’z ismini eshitib, tezda o’rnidan turdi.
: Taehyung, meni chaqirishyapti…
— Kechgi soat yettida, uying oldida bo’laman.
: Yaxshi! –Yujin tezda qo’ng’iroqni tugatdi va pastki qavatga shoshildi. Otasi qizning ismini bir ikki marotaba, chaqirganidan so’ng Yujin ko’rinish berdi.
: Shu yerdaman, dada! – qiz yashash xonasiga yuzida tabassum bilan kirar ekan. Otasining yuzidagi jiddiyli va qarshisidagi yigitni ko’rib biroz muddat hayron qoldi.
Janob Shin: Yujin, menimcha sen tushuntirishing kerak bo’lgan inson bor bu yerda. –Qiz otasining bo’g’iq ovozini eshitib, jim qoldi. Yujin juda ham yaxshi bilar edi. do’stalari va atrofidagi har qanday insonlar haqida otasiga aytishi kerakligini. Ammo qarshisidagi inson haqida, na otasi na boshqa biri bilar edi.
: Dada, men sizga aytishim kerak edi, u…