November 24, 2025

𝑀𝑢𝑠𝑒

You are my music in silence,
so you can never escape.”

𝑀𝑢𝑠𝑒 ep4

: Nega bu yerda birdaniga habrsiz kelganiga hali ham tushuna olmadim, jin ursin. Dadamga jiddiy munosabatda edik degani juda oshib tushdi. Ortimdan yuqori qavatga chiqayotgan yigitga, qarashni ham istamayman, ayni vaqtda.

— Yujin balki biror nima dersan. Hatto salomlashishga ham fursat bo’lmadi.

: Balki Koreaga kelishingni aytkaningda salomlashish uchun vaqt ajratib o’zim uyimga taklif qilar edim, Henry.

— Aytganim bilan biror nima o’zgargan bo’lar edi deb o’ylamayman.

: Sen o’ylamaysan, men esa aksi. Dadamga, jiddiy munosabatda edik deganing nimasi.

—Nima, do’stlik jiddiy munosabat emas-mi?

: Shunchaki do’stmiz deb tanishtirishing mumkin edi.

— Nega asabiylashayotganingni tushuna olmadim. Ketishimni istaysanmi? –Yujin unga biroz tikilib qoldi.

: Yaxshi, gaplarimni unut. –qiz qulflangan eshikni ochib, ichkariga yigitni taklif qildi.

— Oh bu xona juda chiroyli va shinam ekan. Bu seni xonang-mi?

: Albatta bu meniki emas. Mexmonlarga ajratilgan yotoqxona. Shu yerda qolishing mumkin.

— Nega senikida emas? –Yigit o’ynoqilik bilan qizning bo’yi tengi egildi.

: Hazillaringni ko’taradigan kayfiyatda emasman.

— Yaxshi yaxshi, kechirasan. –Yigit xonani ko’zdan kechirar ekan, qizning telefoniga qo’ng’iroq bo’la boshladi. Yujin tezda yigitni xonada qoldirib o’z xonasiga shoshilinch kirdi.

: Eshitaman…

— Tayyormisan? Uying oldidaman

: Nima, uyim oldida. –Qiz shoshilinch, xonasidan ko’chaga qaragan oynaga yaqinlashdi va Taehyungning mashinasini ko’rib qattiq yutundi. Yigit ham mashina ichidan uni ko’rib old chiroqlarini ikki marotaba o’chirib yoqdi — shu yerdaligini bildirish uchun.

— Uyingga kirib olib chiqishimni kutyapsanmi.

: Taehyung bilasanmi, men…. –Yujin biroz o’ylanib turdi ammo bu uchrashuvni bekor qilishni istamadi.

: Besh daqiqada oldingda bo’laman.

— Yaxshi…

Yujin oynadan pardoz qilinmagan yuziga biroz tikildi va nim pushti rangdagi lab bo’yog’ini tezda surutib, ustiga yengil kurtkasini kiydi, oyoqlariga qulay krasovka va uydan tezlikda chiqib mashinaga o’tirdi. Taehyung, old o’rindiqqa shoshilib chiqqan qizni ko’rib, boshdan oyoq nazar tashladi.

: Salom!

— Hayirli kech, bezori. Uchrashuv ekanini aytdim deb o’ylayman. Menimcha uyqudan tezda turib, lab bo’yog’ini surutishga vaqting bo’lgan. –Yujin unga asabiy nigoh tashladi.

: Sen uchun tayyorlangim kelmadi. –Aslida Henry kelib meni tayyorlanishga ketadigan vaqtimni, behuda sarfladi deb aytishni istayman.

Taehyung qisqa kulib qo’ydi, va qizni sochlarini quloq ortiga o’tkazib, beparvolik bilan mashinani o’t oldirdi.

: qo’ling men tomonga ko’p bora so’roqsiz ko’p kelishini bilasanmi?

— Ho’sh, aslini olganda bilaman. Birinchi uchrashganimizdan boshlab tanamni senga nisbatan boshqara olmayman. Nazoratdan chiqara olasan. –Yujin uning gaplarini eshitib telba insonga tikilgandek qarab qoldi. Boshini qimirlatib, yuzini boshqa tomonga burdi.

— Bu gaplarni yuzingdagi qizarishni ko’rish uchun aytkandim. Menimcha o’xshamadi.

: Yuzim, bunday gaplarga qizarmaydi.

— Faqat harakatlarga qizaradi deb tushunishim kerakmi? –Taehyung o’ynoqilik bilan bo’sh qo’lini qiz yuziga olib borayotganda, Yujin uni qo’iga qisqa zarba berdi.

: Taehyung, atayin qilyapsanmi? –Taehyung qizning harakatlariga kulishdan o’zini tiya olmadi.

— Oh menga bunday qarama, seni uyimga o’g’irlab ketishim mumkin.

: Ha ha juda kulgili. –Yujin yigitga qarar ekan, Taehyungning jiddiy nigohlaroga duch keldi va qattiq yutundi.

: Nega bunday jim bo’lib qolding..

— Men jiddiy aytdim. Hech qanday hazilsiz. – Mashinani yashil chiroqda yana harakatlantirgan yigit, jim unga tikilib qolgan qizga qisqa nazar tashladi. Mashina ichi yetarli darajada, sokinlashdi. Qizning nafas olishi, yigitni turli xil hayollar ichida qoldirishga sabab bo’layotgan edi.

— Uning nafas olishi ham meni aqildan ozdiryapti, uni ko’rish va doim ko’z oldimda saqlash istagi tobora butun tanamga singib boryapti. Sen bilan nima bo’lishiga amin emasman, Yujin. Hayotimga qanday kirib ta’sir o’tkazayotganingni o’zing ham bilmaysan. Birinchi bor saxnada ko’rganimda, seni topish va ovozingni eshitishni istagan edim. Ikkinchi bor tungi klubdagi bitiruv oqshomingda, seni o’zimniki qilish istagi hayolimdan bir daqiqa ham chiqmagan edi. Hozir esa yonimdasan, bu hech qachon o’zgarmaydi. Tanangni, ruhingni, hayollaringni o’zim bilan bog’layman. Qochishga urunsang seni, seni topib tanamga kishanlayman.

: Nega jim bo’lib qolding. –Yujin, qiziqarli suhbat sokinlikga ko’chganidan biroz zerikdi.

— Zerikib qolgan ko’rinasan. Biroz nafas rostlab olmasam, sen bilan gap o’yin qilishga kuchim yetmaydi. –Yujin bu gapdan kulib yubordi.

: Bu borada menga hech kimni kuchi yetmasligi aniq. –kichik yelka qisgan qizning yuziga kichik tabassum yugurdi.
Taehyung, katta bino yaqinidagi mashina turargohiga joylashgancha mashinadan tushdi va yo’lovchi tomon eshikni ochdi.

— Tushaqol

: Raxmat, – qiz mashinadan qisqa sakrab tushdi va yigitga kichik tabassum qildi. Biroz kayfiyati yaxshilangan Yujin qorni ochligini his qilayotgan edi.

: Bu yerni taomlari mazali deb eshitgan edim. –Taehyung qizning ort qismiga qo’lini qo’yib, katta restarant tomon boshlab bordi.

— Ha gapinga qo’shilaman.

~Timeskip

Ikkisi birga suhbatlashib, trotishib vaqt o’tkanini sezmay qolishgan ham edi toki qizni telefoniga qo’ng’iroq bo’lmaguncha.

: Oh Taehyung, kechirasan javob berishim kerak.

— Albatta. – yigit qizga tabassum qilgancha, qizil vinkdan biroz ichib qizni kuta boshladi.

: Eshitaman, Oyi?! –telefon ortidan asabiy ammo biroz havotirli ovoz yangradi.

— Qizim, shu vaqtda qayerdasan. Soat 12 ga yaqinlashib qoldi. Otang seni xonangdasan deb bir necha marotaba chaqirdi. Nega ogohlantirmay chiqib ketding.

: Oyi havotir olmang, aytishni unutibman. Do’stim kechgo ovqatga taklif qilgan edi. Shunga shoshilinch chiqib ketdim..

— Qaytganinga bir necha kun bo’ldi, yana qanday do’st.

: Qaytgach sizga aytib beraman, ha aytganchi dadam Henry haqida hech nima demadilarmi?

— Men unga tushuntirdim, yigit sening shunchaki do’sting ekanini.

: Raxmat, oyi. Sizni yaxshi ko’raman.

— Men ham, qizim. Uyga tezroq qayt.

: Yaxshi, –Yujin qo’ng’iroqni tugatib, stolga qaytdi.

— Hammasi joyidami?

: Ha, oyim kech qolayotganim uchun qo’ng’iroq qilgan ekanlar. Ketamizmi?

— Albatta istasang.

: To’g’risi biroz istamaymankuya ammo qaytish kerak. Sen bilan bunday suxbatlashaman deb o’ylamagan edim. – Taehyung lab chetida kulib qo’ydi.

— Seni eshitishga tayyorman.

: Bu gaping uchun pushaymon bo’lmasang bo’lgani. –qiz ust kiymini qo’liga olgancha chiqish tomon qadamlarini yo’naltirdi.

~Timeskip

Qizning uyi yonida to’xtagan qora mashina, salon ichida sukunat. Qizning ko’zlari uyqudan yumilayotgandek, avvalroq ichgan qizil vino bunga ko’proq hissa qo’shardi go’yo.
Yigut mashinadan tushib, qiz tomon eshikni ochish uchun qadamlarini yo’naltirdi ammo qizning uyi yonida telefonda gaplashayotgan yigitni ko’rib, qoshlari chimirildi. Qorong’u daraxt soyasidan uyning chiqorlari u tomon nim tushishi uning yuzini to’liq Taehyungga ko’rsatdi, sariq malla rang sochlar, baland bo’y. Yigitning jag’i tarangkashdi, mashina ichida hali ham uyqisiragan va biroz mast bo’lgan qizga qarab, uni o’z uyiga olib ketish fikri tanasini qamrab oldi. Ikki yigitning, ko’zlari biz biriga to’qnashdi, ikkisining e’tiborini mashina eshigini ochib tushgan qizga ko’chdi. Taehyung, katta qadamlar bilan Yujinning yoniga bordi va katta tanasi bilan qizni butunlay yo’lini to’sdi.

: Olib kelganing uchun raxmat. Bugungi kun uchun ham. –Qizning yuzi u tomon ko’tarilar ekan, yigit uning jag’ suyagi va bo’yni tomonga qo’lini o’radi va qizning nim pushti bo’lgan lablariga o’z labini bosib chuqur o’pa boshladi. Ortda bularni ko’rib turgan Henry, bu manzaradan shok holatga tushgan edi. Uy eshigi ochilib, Yujinning onasi mashina va keng yelkalar orqa o’girib turganini ko’rib avvaliga hayron qoldi. Taehyung lablarini, qizdan uzib yanoqlariga qisqa lablarini bosib uzoqlashdi. Buni Henry ko’rganiga ishonch hosil qilib, o’zining chegarasini belgilagandey unga qisqa nigohini olib o’tdi. Qiz shunchaki nima bo’lganini anglolmay yigitdan ko’zlarini uza olmadi, toki uy tomondan onasining chaqirig’ini eshitmagunga qadar.

....

Suzy🤍 𝑀𝑢𝑠𝑒 ep4