November 12, 2025

𝑀𝑢𝑠𝑒


You are my music in silence,
so you can never escape.”


𝑀𝑢𝑠𝑒 ep2

U bir zumda eshikni itarib, xonaga keskin kirib keldi. Qiz ortga chekinishga ulgurmay, yigit uning bilagini mahkam ushlab, ko‘zlariga tikildi. —Sabrimni sinashni bas qil, Yujin.

: Men hech nima qilmadim, nimani aytyapsan.
Taehyung ko'zlarini asabiy yumdi va o'zini tinchlantirishga harakat qildi.

—Kech qolyapmiz, kettik. –Yigit qizni chiqish tomon yo'naltirdi va qizning ortiga qisqa qo'lini qo'ydi.

: O'zim yura olaman, tegma menga.

—Qaysarli qilishni bas qil, sabrim tugab boryapti bu yaxshilik belgisi emas

Ular kerakli manzilga yetib borishgach, qiz o'z vazifasini bajarishni boshladi. Hamkorral suhbatini yon tomonida jiddiy va biroz asabiy o'tirgan yigitga yetkazar ekan uning e'tiborini faqatgina bir narsa tortar edi. Taehyungga bo'layotgan tinimsiz qo'ng'iroqlar, yigitni asabiylashtirayotgan bo'lsa qizga qiziqish uyg'atayotgani aniq edi. Bir necha daqiqalardan so'ng, ular Yaponiyalik hamkorlar bilan suhbatni bitirishdi kerakli hujjatlarga imzo qo'yib, yangi loyiha masalasini muvaffaqiyatli boshlashga erishishdi.

Taehyung qizni ust kiymini kiyishiga yordan berdi. Tashqarida mashina kelishini kutayotgan ikkisi, juda jim edi. Yujin bundan biroz zerikishni his qildi va qiziqtirayotgan savoli uchun og'iz ochishga qaror qildi.

Yj: Yig'ilish boshlanganidan to tugashigacha, senga qo'ng'iroqlar tinmadi. Sevgilingni ogohlantirib qo'y, ish vaqtida qo'ng'iroq qilmasin. Bu meni chalg'itdi.

Yigit qo'llarini cho'ntagidan chiqarib, e'tiborini qizga ko'chirdi.

Tae: So'zlaringni yana qaytar!

: Meni juda yaxshi eshitding, – qiz past ohangda ming'irladi.

—Seni bilmaganimda, meni rashq qilyapsan deb o'ylagan bo'lar edim. Balki rostdan ham rashq qilayotgandursan.

: Ahmoqona gaplarni bas qil, men shunchaki menga noqulaylik paydo qilgan narsa haqida e'tiborli bo'lishing uchun ayttim

—Sevgilimni ogohlantiraman, bundan havotirlanma, Londonlik bezori. –Taehyung qizni yuzidan erkalagandek chimchilab qo'ydi.

: Hoy, haddingdan oshma... –Yujin gapini tugatishga ulgurmasidan, mashina ular oldiga to'xtadi. Taehyung qiz uchun ort eshikni ochib berdi.

: Sen-chi? –qiz qoshlarini savol bilan qiziqsinab ko'tardi. Taehyung mashina ichiga bosh qismini kiritib qizni quloqlariga yaqin keldi.

—Meni ishlarim bor, sevgilim! Ertaga Koreaga qaytamiz, borib dam ol. Bugun juda yaxshi ishlading. –yigit shivirlashdan biroz past ohangda ogohlantirganday bo'ldi, issiq nafas qizni quloqlariga urulib biroz titratib yubordi. Yigitning kegingi harakatlari uni hayratini oshirdi. Taehyung qizning biroz sovuq yanoqlariga lablarini bosib keragidan biroz uzoq vaqt lablar yanoqlaridan uzulmadi.

—Mehmonxonaga hayda, va havfsiz yetib borishiga ishonch hosil qil! –Yigit e'tiborini haydovchiga qaratib, so'zlarini aniq eshittirdi. Eshikni qayta yopishidan avval, ikki yanog'i qizargan qizga qarab miyig'ida kulib qo'ydi va mashina harakatlangunigacha ko'zlarini uzmadi.

Timeskip

Yj: Taksidan tushar ekanman, atrofda qimmatbaho mashinalar tizilganini ko'rib qiziqishim ortdi. Bino atrofida guruh guruh bo'lib turgan yigitlar to'dasi biroz meni bezovta qilayotgani rost ammo, ahamiyatsiz. Bino ichiga qadam bosar ekanman, uzun yo'lak bo'ylab yurib, katta eshik oldida ikki qo'riqchi meni ushlab qoldi. "Jin ursin" qayerga kelayotganimdan o'zimni habarim yo'q, bularga nima deyman!.

—Xonim, bizga tashrif qog'ozingizni ko'rsatsangiz!

: Tashrif qog'oz! Oh men uni mashinamda unutib qoldirdim, menimcha uni olib qayta kelishim uchun vaqt ketadi. Meni tanimasligingizdan to'g'risi hayratlandim. –Yo hudo Yujin nimalar deyapsan, hayolimga nima kelsa gapiryapman. Barchasi o'sha ahmoq Taehyungni deb bo'lyapti. Kim uni ortidan izquvardek shu yergacha kel dedi,...

—Afsuski tashrif qog'ozsiz kirita olmaymiz. –qiz asabiy yer tepindi, ichkariga kirishdan umidini uzgan holda chiqish tomon harakatlandi ammo shu vaqtda ikki qizni quchog'iga kiritib kelayotgan erkak bu suhbatlarni eshitishga ulgurgan edi. Erkakning baland ovozi, ikki qo'riqchini ham Yujinni ham biroz qo'rqitib yubordi.

—Bu go'zal men bilan, eshikni och! –erkak Yujinga qarab bu gaplarni aytti, ammo qiz nima bo'layotganini tushunishga ulgumasidan yigit uni zal tomon olib kirib ketdi.

Yj: Nimalar bo'layotganiga tushunmay qoldim, bilagimdan tortqilab kirgan yigitga biroz hayrat bilan qaradim ammo atrofdagi manzara meni kuchli shok holatga tushurdi. Katta ring maydoni attofdagi kichik musiqa tovushini odamlarning, ovozi yutib yuborayotgandek. Arena ichida maxsus kiyingan malla sochli qizlar, turli hil ichimliklar ko'tarib yurgan edi. Katta maydonda hushtak ovozi chalindi va barcha tinchib qoldi, musiqa ovozi endi balandroq va tiniqroq eshtilayotgan edi. Bilagimdan siqib ushlangan qo'l meni old tomonga sudrab olib ketishni boshladi, bu yerga mos bo'lmagan tarzda kiyingan inson faqat men ekanligimga aminman. Bu yerda ishchi qizlardan boshqa men kabi tomoshabi sifatida kelgan birorta ham ayolni ko'rmadim. Old qismdagi joylardan biriga o'tirdim. Atrof shovqin, ammo atrofdan shovqinroq va chalkashroq meni hayollarim edi. Ko'zlarim va tanamn butunlay bu muhutga begona, tushunib olishim uchun esa vaqtim kamdek. Yana bir qo'ng'iroq ovozi va hakam ikki raqibni jang maydoniga taklif qildi. Quloqlarim ostida issiq nafasni his qilib, titrab kettim. Begona menga tanish bo'lmagan yaqinlik, bu u emas...

—Bu senga yoqadi, avvalroq kirish uchun bergan yordamimga alohida minnatdorchilik bildirishing kerak. Bu yerga maxsus qizlarni kiritishadi, men esa seni maxsus qildim. –labida o'ynagan tabassum ammo qizning nigohlari umiman boshqa yerda, jang maydonida ikki raqib turar ekan, Yujin o'ziga tanish bo'lgan qiyofani ko'rgach bir zum ko'zlari va hayollari vaqt harakati bilan birga to'xtagandek. Atrofdagi shovqin, u uchun endi ahamiyatsiz bo'lgandek edi go'yo.

Yj: Jin ursin, u bu yerda jang qiladimi?! –qiz buni ovoz chiqarib aytti sheki yonidagi yigit qizning nigohi tutashgan maydonga qaradi.

—Bu yigitni taniysan-mi? Hoy qizaloq

: Jim bo'l, men qizaloq emasman. Yana aytib qo'yay kirish uchun sendan yordam so'ramadim, shunday ekan bundan kegin bo'ladigan voqeaga men javobgar emasman. –Yujinning to'satdan begona yigitga jaxil qilishi kutulmagan edi. Huddiki u bor g'azabini undan olayotgandek. Yigit biroz jiddiy unga tikildi, va qattiq kulib yubordi.

—Menga yoqding! – Yigit qo'lini qizning yelkasiga qo'yib qisqa quchoqlab qo'ydi bu vaqtda maydonda jang boshlash ushun hakam qo'li tushurildi, Taehyung esa o'ziga tanish bo'lgan qiyofani va uning oldidagi erkak bilan kurashayitganini ko'rib bir muddan anglolmay qattiq mushtni o'tkazib yubordi, yerga zarb bilan tushar ekan, hakam o'yin boshlanmasidan Taehyungning tepasida sanoqni orqaga sanashni boshladi. Yigit ko'rganlariga ishonmay, qayta yuzini ko'tarib Yujin tomon tikildi.

Yj: Yonimdagi telba, juda suyuq ekan menga ahmoqona o'zidan boshqasi kulmaydigan hazillarni aytib quchoqlab olganiga juda qattiq jaxlim chiqdi va o'zimdan qattiq itarib yubordim, va to'satdan barchaning qichqiriq ovozini eshitib maydonga nigohlarimni notinch ko'chirdim. Taehyung maydonda yarim bukulgan holatda edi, hakam sanoqni boshlar ekan meniki bilan nigohlari tutashdi. Bu ko'zlar – men hayotim davomida ko'rgan eng daxshatli nigoh. Nafas olishim tezlashib, oyoqlarim qaltiray boshladi. Nega bunday bo'layotganimni bilmayman, u meni ko'rdi... Qayta o'rnidan turgan yigitni ko'rib qattiq yutundim.

—Hoy qiz! Ahvoling yaxshimi, nega yuzing bunchalik oqarib ketdi. Men shunchaki hazillashgan edim. –yigit Yujinni ko'rib, o'zini ayblashni boshladi. Unga suv tutkazdi, ammo qizning ko'zlari ring maydonidan uzulmas edi. Ayovsiz jang boshlangani, arenadagi shovqindan ma'lum edi.

Yj: Ko'zlarimga ishona olmayapman, bu bir necha soat oldin ko'rgan Taehyung emas. Men uni qiyofadoshi yoki boshqa birini ko'ryapmanmi, bilmayman. Ammo ular huddi qarshisidagi inson emas, buyum kabi bir biriga zarba berayotgani, meni muzlatib qo'ydi. Ilk bora men biror erkakdan qo'rqush hissini tuyayapman, ularga qarab. Birdan, Taehyungning nigohlari bir necha soniyaga men tomon tutashdi ammo yana e'tibori raqib tomon ko'chirildi.

Soniyalar ichida ring maydoni qizil qon bilan bo'yaldi. Hakam qarshimdagi yigitni, raqibdan ajratishga urundi, Taehyung o'rnidan turar ekan, yalang tanasi ter bilan qoplangan edi. Ring ichiga bir necha yigitlar kirib yerdagi o'lik kabi qimirlamay yotgan yigitni olib chiqib ketishdi.

Tae: Ko'zlari qo'rquvdan, alanglayotgan qiz, meni bu yerga o't qo'yishimga undayapti. Jin ursin, uni bu yerga, kim yetaklab kelgan bo'lsa suyaklarini burdalab tashlashga tayyorman. –Taehyung qizning yonidagi erkak harakatlarini kuzatar ekan, jaxil yoki rashqini boshqara olmay qoldi. Ring maydonidan, hakamni mutlaqo e'tiborsiz qoldirib qiz tomon harakatlandi.

Yj: Mening axvolim yaxshiligi haqida, yonimdagi begonaga tushuntirar ekanman yuqori bilak qismimdan ushlangan qattiq qo'l, meni hayratda qoldirdi..

—Bu yerda nima qilayotganing haqida, bu yerdan chiqib olgach tushuntirasan. Hozir esa men bilan ketasan. –Taehyung qizning quloqlariga vishillagancha, qizni o'ziga yulib olguday tortib oldi.

: Hoy sekinroq, –gaplari mutloq e'tiborga olinmagan qiz, yo'lak bo'ylab o'tib, kiyinish xonasiga yetib kelishdi. Devorda ilgaklar va javonlar joylashgan bir nechta dush uchun ajratilgan kabinkalar. Yigit e'tiborini to'liqligicha qizga qaratdi.

—Tushuntir! Afsuslanishimga olib keladigan biror nima qilmasimda, o'zing ayt. Bu yerda nima qilyapsan! Kim seni bu yerga olib keldi... –Taehyungning nafasi, biroz buzulgan, sochlari.peshonasiga tushib, ko'zlari g'azabdan qorayganligi muhutni yanada og'irlashgirayotgan edi.

: Avval tinchlanib ol, bunday holatda sen bilan gaplashishni istamayman.

—Yujin! Sabrimni sinama, gapir. –Taehyung qizning jag' qismidan qattiq ammo og'riqsiz ushladi. Yana gapirish uchun og'iz ochgan zahoti, yo'lakdan yigitlarning ovozi jaranglab kela boshladi. Qiz eshikga qarashga ulgurmasidan, Taehyung qizni dush kabinkalaridan biriga olib kirib eshikni qulfladi va qizni ort devorga tanasini birlashtirdi. Yetarlicha joy yo'qligi sabab to'rt devor orasida qiz, noqulaylik va siqilishni his qildi. Yo'lakdagi ovozlar, endilikda xona ichida jaranglay boshladi.

Yj: Jin ursin, qanday chiqamiz?! –qiz pichirlagancha, uning ko'zlariga tikildi. Taehyung qo'lini qizning lablariga bosti,

—Jim bo'lmasang, yoki ular bizni murdaga aylantirishadi yoki biz ularni!

Yon tomondagi dush eshigi ochilishi zarbi, ularnikini ham titratib yubordi, birdan Taehyung yaqinlashayotgan qadam tovushlarini eshitib qizni belidan qattiq ushlab uning quloqlariga pichirladi. —Oyoqlaringni yuqoriga ko'tar, bezori!

Yj: Nima? Qanday... –Taehyung qizni ko'tarib uni oyoqlarini o'z beliga o'radi va dushni yoqib yubordi. Ikkisining tanasiga sovuq suv tushib, biroz titratib yubordi. Yujin norozilik bilan so'z ochmoqchi bo'lganida, eshik boshqa tomondan tortildi, tashqi tomondan boshqa bir yigitning so'kimgancha do'stlariga bu yer bandligini aytganini eshitgan qiz, Taehyung nega bundaz qilganini tushundi.

—Seni shu yerni o'zida, tushuntirishlaringa imkon bermasdan, hayolimdagi o'ylarni amalga oshira olaman. –Taehyung qizning yuziga tartibsiz tushgan sochlarini ortga taradi va o'z tanasini qizga bosgancha, o'zini tinchlantirishga harakat qildi. Qiz his qilgan qattiqlik va kuchli mushaklar qizni o'rtada qafasga tushurgandek edi go'yo. Yujin o'ziga qaratilgan issiq nafas va suv ostida, nima his qilayotganini tasavvur qila olmasdi.

: Taehyung, bunday qilishni bas qil,

—Sen meni nazoratdan chiqaryapsan, –Taehyung lablarini qizning bo'yniga tekkizib terisini tishlari orasiga oldi, Yujin og'riqdan yigitning yalang yelkasiga tirnoqlarini botirib, o'zidan uzoqlashtirmochi bo'ldi. Yujinning og'riqdan chiqaan ovozi va Taehyungning kegingi harakati, qizni hayratda qoldirdi.

~

by Suzy🤎 𝑀𝑢𝑠𝑒 ep2