December 2, 2025

𝑀𝑢𝑠𝑒

You are my music in silence,
so you can never escape.”

𝑀𝑢𝑠𝑒 ep5

: Yuzimga tushayotgan quyosh nuri meni shirn uyqimdan uyg’otdi. Erinibgina ko’zlarimni ochdim, boshimdagi og’riq va kechagi voqealarni eslashim, meni bir muddat qimirlolmay qolishimga, sabab bo’ldi. Jin ursin, men nimalar qilib qo’ydim. Qanday ahmoqona holatga guvoh bo’lishdi, tamom bo’lding Yujin. Tamom…. Eshik ochilishi, meni o’ylarimdan uzulishimga sabab bo’ldi.

— Yujin? Uyg’onding-mi? – qizning onasi xonaga kirib ortidan eshikni qulfladi va qizning yotog’i tomon qadamlarini yo’naltirdi.

: Hayirli tong, oyi. –Yujin, yuzini yostiqqa yashirgancha, ovoz chiqardi.

— Mendan uyalyapsan-mi yoki qilgan ishingdan? – Yujin yuzini yostiqdan olib, yonidagi paxmoq ayiqchasi quchoqlab onasi tomon tikildi.

: Meni bu holatda ko’rganingizdan afsustaman.

— Orangizda biror jiddiy munosabat bor deb o’ylayman. Mendan biror nima yashirayotgan bo’lsang, aytishing mumkin.

: Hech qanday munosabat yo’q albatta, shunchaki tanishlarga o’xshash begonalarmiz desa ham bo’ladi.

— Yoki begonaga o’xshash sevishganlarmi? – Shin xonim qizining sochlarini tarab, qo’llarini birlashtirdi.

: Oyi, necha marotaba aytishim kerak.

— Mayli ishondim ham deylik, ammo munosabatingiz jiddiy bo’lsa bunga otang yo’l qo’ymaydi.

: Bu bilan nima demoqchisiz?

— Undan uzoq yur, ishdan boshqa hech qanday munosabatlar bo’lmasin. Qizim birinchi va oxirgi bor aytyapman.

: Bularni aytishingizga nima sabab bo’lyapti.

— Sen o’rtangizda hech nima yo’qligini aytding, demak sababi sen uchun ahamiyatsiz bo’lsin. – Yujin, onasiga tikilgancha biroz ikkilanib qoldi ammo shunchaki bosh irg’ab qo’yishni ma’qul ko’rdi. Ammo ichida bo’layotgan hislar va tartibsizlik uni charchatayotgandek edi.

— Nonushta birozdan kegin tayyor bo’ladi. – Shin xonim xonani tark etar ekan, eshik tutqichida qo’li to’xtadi va ortga qarab gapida davom etdi. — Menimcha, Henry otangga yoqib qoldi. Bugun shaharni unga ko’rsatib kompaniyaga olib borishingni tayinladi.

: Nima kompaniyaga olib borib nima qilaman.

— Bu meni istagim emas, otangniki.

: Yaxshi

~

: Nonushtadan so’ng, Henry ikkimiz shahar bo’ylab biroz aylandik. Unga o’zimga yoqadigan barcha yerlarni ko’rsatdim. Ajoyib, u bilan ilk tanishgan paytlarimizni eslatib meni kulishga majbur qildi.

— Hoy Yujin, buni sen uchun sotib oldim. –Henry, qizning bilagiga nafis bilaguzukni taqdi.

: Juda chiroyli ekan. –Yigit tabbassum qilib sochlarini qo’li yordamida tartibsizlashtirdi.

: Bunday qilmasligingni bir necha bor aytganman.

— Oh, bu menga odat bo’lib qolgan. – Henry bo’yini qiz yeta olishi uchun biroz pastlatdi, huddi avvalgidek. Yujin uning sochlarini to’g’irlab, avvalgi holiga qaytardi.

: Tegsang, qo’lingni tishlab olaman.

— Huh, avval qilganingda hatto qalam ushlay olmagandim. Menimcha bu galgisida qo’limni uzub olasan. Senga qilgan ishim sabab, men uchun jazo bo’lar edi. – Yujinning yuzidan tabassum, tezda yo’qoldi.

: seni kompaniyaga olib boraman.

— Yujin, meni hali ham kechirmading shunday-mi? Men afsusdaman, doim senga yaqinlashmoqchi bo’lganimda qilgan ishim uchun, afsus chekaman.

: Jim bo’l, Henry. Sen bilar eding, men qanchalar o’sha saxnaga chiqishni istashimni. Ammo nima qilding, meniki bo’lgan joyni boshqasiga topshirding. Meni habarimsiz buni hal qilding, men ijro etishni istagan guruxdan meni chetlatishlariga hissa qo’shding.

— Buni seni o’ylaganim uchun qilgandim.

: Meni, hayotimning yarmiga aylangan saxnani mendan olib qo’yding. Bila turib. Men u gurux uchun, kechalari tinim bilmasligimni, kuzatar eding.

— O’sha hayotingga aylangan sahna sabab, oyiqlaring shikastlandi. Shu sabab, sen ming marotaba kasalxonaga tushding. Seni boshqa yo’l bilan to’xtata olmasdim. Ammo, yana qaytding, saxnaga qaytib yana o’zingni havfga qo’yding.

: Bas qil!

— Doim havf tomon o’zing yurib borasan, anavi axmoq bilan ham nimalar qilib yurganingni ko’rdim.

: Og’zingni yum, meni hayotimga aralasha olmaysan. Yo’l qo’ymayman.

~Timeskip

: Majlislar zalida, barcha xodimlar qatori men va Henry o’tirar ekanmiz, menga tikilgan o’tkir nigohlardan o’zimni qayerga qo’yishni bila olmay qoldim. Buni dadam sezib qolmasliklari uchun jonim halakda, to’g’rimdagi telba esa bundan tashvishlanmayotgani aniq. Dadam, Henryni ismini aytkalarida men biroz hayratlandim. Uni tanishtirar ekanlar, bu yerga men kabi Tarjimon sifatida ishga takliflarini eshitib biroz taajublandim. Menga hech kim bu haqida aytmagan edi, qizig’i Henry bundan ajablanmadi ham. Demak bu haqida bilgan ammo menga aytmagan. Asabiylashayotganim qo’limdagi telefonni qattiq ushladim, barmiqlarim orasiga habar kelgani vibratsiyasi urulganini his qilib, qulfdan chiqardim. Habarni o’qir ekanman, Taehyungga nigohlarimni qisqa ko’chirdim.

“ Ko’zlaringni yigitchadan uzmasang, yoki seni yoki uni bu yerdan olib chiqib ketaman”

Taehyungni habari, meni g’azabimni oshirdi. Nega u menga buyruq beryapti, huddiki u meni yigitim yoki undan yaqinroq insondek o’zini tutushi, diqqatimni oshirib boryapti. Jin ursin, o’zimni boshqara olmayotgandekman. Nafas olishim maromidan chiqdi. Dadamga, tikilar ekanman u Henryga qilayotgan munosabati meni izdan chiqaryapti. Nega o’g’li kabi juda mexribon bo’lib qoldi. Dadamni menga qarab bir ko’zini qisib tabassum qilishi ortidan men ham majburan jilmayib qo’ydim. Henry qayta yonimdam joy olar ekan, quloqlarim yaqiniga kelib pichirladi.

— Syurpriz, Yujin. Endi birgamiz…

Uning gapini eshitish mobaynida, qattiq shovqindan joyimda bir sakrab tushdim. Qarshimda, Taehyung qo’lini stolga qattiq urib barchaning e’tiborini o’ziga qaratdi, qo’llari yordamida katta ish stoliga egilib turgan yigit nigohlarini mendan va Henrydan uzmas edi. O’zimni noqulay his qila boshladim.

— Undan uzoqlash, hoziroq. –tishlari orasida vishillab, o’zini bosishga harakat qilayotgan Teahyung Henryga qarab so’zlarini aniq yetkazdi. Bu vaziyatdan barcha biroz noqulay ahvolga tushdi, ammo hammasidan ham qo’llarini ko’ksiga boylab biroz jaxil bilan qarab turgan Yujinning otasi qizning e’tiborini tortib ulgurgan edi.

— Taehyung, nimalar bo’lyapti. Balki o’zingni bosib olarsan. – Yujinning otasi biroz qattiq ammo hurmatni saqlagan holatda gapirdi.

— Janob Shin, men nima qilayotganimni juda yaxshi bilaman. Majlis tamom, hammaga ruxsat, meni tarjimonimdan boshqa! – Teahyung, bo’g’iq va biroz g’azablangan ohangda majlisni yakunladi.

Janob Shin: Yujin va Henry, chiqishingiz mumkin… – Henry xonadan chqib ketar ekan, Yujin ham ortidan ergashayotganda Teahyungning ovozi majlislar zalida jarangladi.

— Men Yujinga ruxsat bermadim. Bu yerda Yujin sizning qizingiz emas, kompaniya xodimasi. Shunday ekan, boshliqqa barcha xodimlar birdek, bo’ysunishi kerak! To’g’rimi, Janob Shin?

: Meni kimligimni unutib qo’yayapsan Kim Taehyung!

— Men hech nimani unutmayman, xonadan chiqishingizni so’ragan bo’lar edim.

: Menga qara, o’zingni meni boshlig’imdak ko’rsatma. Bu kompaniya dadamga tegishli shunday ekan, menga ham otamga ham hurmat bilan gapirishing kerak. –Yujin, asabiylikdan ovozi biroz titroq bilan chiqar ekan, Teahyungning labiga qisqa tabassum yugurdi.

— Men hurmatsizlik qilganimni eslay olmayman, ikkinchi masala esa… Bu kompaniyaning bosh direktori menman.

: Nimalar deb valdirayapsan…. –Yujinning so’zlari otasining, ovozidan kegin to’xtadi.

— Yujin! Bas qil. – erkak chuqur nafas olgach, Taehyungga nigohlarini ko’chirdi.

— Yaxshi, xodim sifatida qizim bilan gaplasha olasan. Ammo yaqinlashsang, meni boshqa inson sifatida ko’rasan Kim! – Janob Shin xonadan chiqib ketdi, Taehyung eshikni zarb bilan yopib qiz tomon qadamlarini yo’naltirdi.

: Taehyung, haddingdan oshding. Bu nima qilganing. Telbadek harakat qilishni bas qil. Aslida kechagi ishingni ham unutganim yo’q.

Miyangni qaysi tomoni bilan o’ylab dadamga bunday muomila qilasan, va barchaning oldida meni…. – Qizning bo’ynidan uzun barmoqlar o’raldi va devorga zarb bilan bosildi. Yigitning ko’zlarida, g’azab olovi yonib turgani qizni qo’rqitdi.

: Nima qilyapsan, qo’lingni mendan tort.

— Bugun sen uchun, juda yaxshi bo’lmoqchi edim toki jin urgur o’sha suratlar menga yetib kelmaguncha. Bilasanmi, anavi qo’rqoqni nima qilmoqchiman, miyasini sug’urib olaman. Seni esa manashu bilag uzuq taqqan qo’lingni zanjirlab yotoqqa mixlayman. – Taehyung qizning ko’ksiga tiralgan qo’lidagi taqinchoqni sug’urib, oldi va xonaning qaysidur burchagiga otib yubordi. Qizning ko’zlari tobora yoshlanib borar ekan, uni ko’ksidan qattiq itarib uzoqlashtirdi.

: Meni yaxshilab tingla Kim Taehyung! Sen menga buyruq bera olmaysan, sen bularni hech birini menga qilishga haqqing yo’q. Sen men uchun hech kimsan. Yana bir bor qarsgimdan chiqsang seni o’z qo’llarim bilan, o’ldiraman. Tushunarlimi! –Yujin tutroq ovoz bilan, so’zlarini biroz qiyinchilik bilan yetkazdi va xonadan otilib chiqib ketdi. Teahyung qizni holatini ko’rib, uni bir qancha muddatga qo’yib yubordi. Asabiy sochlarini ortga tarab, o’zini tinchlantirishga harakat qildi. Ammo foydasiz, qizning ortidan borish maqsadida tezlikda kompaniyadan chiqib, mashinasiga o’tirdi. Qora sport mashinasi, yo’lakdan katta yo’lga chiqishi bilan, yigitning ko’zlari yugurib ketayotgan qizga tushdi.

— Londonlik bezori, kechir ammo seni qo’yib yubora olmayman. – Taehyung mashinani tezlatib qizning, yo’lini to’sdi.

— Mashinaga chiq, gaplashib olamiz. – Yujin, ko’zlaridagi yoshni jaxil bilan artib tashladi.

: Gaplashib olamiz? Sen gaplashib olishni bilmaysan, meni shunchaki zo’rlik bilan ushlab turib gapirasan.

— Yujin, mashinaga chiq. – Bu galgi ovozida bosiqli va avvalgisidan farqli ohang edi. Yigit mashinadan tushib qiz tomon, yaqinlashdi va yo’lovchi eshigini ochdi. Chuqur nafas olib qo’shimcha qildi. — Iltimos, Yujin..

~Timeskip

Sohil bo’yida qiz dengizni kuzatar ekan, Teahyung qizni kuzatish bilan band edi.

: Menga bunday tikilishni bas qil.

— Bunday qila olmayman, seni ko’rganimda boshqaruvni yo’qotaman. – Yujin qunga qisqa raba qo’yib gaplarini e’tiborsiz qoldirdi.

: Boshqa hech qachon, menga buni qilma. Sen menga hechkimsan. – Taehyungni jag’lari qizning so’zlaridan taranglashdi, qizning bilagidan ushlab o’ziga qatargan yigitning yuzlari qiznikidan bir necha milimetr uzoqlikda edi. Taehyungni nafas olishi notekis qizning yuziga urilar ekan. Yujin shunchaki uning ko’zlariga tikilishdan boshqa harakat qilmayotgan edi.

— Men senga, hechkimman shunday-mi? Demak buni to’g’irlashimiz kerak. Sen menikisan, men seni taniganimdan buyon ovozingni eshitkanimdan buyon sen meniki bo’lgansan.

: Men buyum emasman, seniki bo’lgan. – Taehyungning qo’li qizning sochlariga ko’chdi. Ovozi zo’riqish va pichirlashdan ham pastlashgan yigit qizning lablariga va qayta ko’zlariga qaradi.

— Men seni sevaman,

~

~

Suzy🤎

𝑀𝑢𝑠𝑒 ep5