𝑀𝑢𝑠𝑒
so you can never escape.”
Yigit aslida bu joyga kelishni istamagan edi. Ammo bu sahna va namoishga homiylik qilayotga inson uning biznes sherigi edi, biznesda o'z hohishlaridan ko'ra foydani o'ylaydigan yigit uchun bu yerda o'tirish hech qanday his yoki biror jo'shqinlik bermas edi. Sahnaga oq libosdagi qizlar chiqib ijroni boshlashdi ammo oqlik ortida qora oqqush kabi biri turar ekan qiziqsinab kuzatishni boshladi, ikki tomonga ajralgan qizlar guruhi va kuchli musiqa sadosi ostida harakatga kelgan qiz yigitning e'tiborini tortdi, yuragi beixtiyor muzlab qoldi. Nigohi undan boshqa hech narsani ko‘rmadi.
– Qanday qilib shu qadar begona, lekin shu qadar tanishdek tuyulishi mumkin?
Qizning har bir burilishi yigitning nigohlarini kuchaytirdi. Nafis harakatlari ko‘z oldidan ketmaydigan iz qoldirardi.
Atrofdagilar yo‘qolib ketgandek edi. Faqat u — sahnadagi qiz va uni ko‘rib qo‘zg‘alib ketayotgan yigitning ichki bo‘shlig‘i. Bir qarashning o‘zi kifoya qildi:
Quloqni titratib yuborayotgan bass. Atrofda esa yorqin chiroqlar bir lahza moviy, keyin qizilga, so‘ng yashilga almashib, yuzlab odamlarning siluetlarini chiroyli soya qilib ko‘rsatadi.
Raqs maydonida odamlar o‘zini yo‘qotgandek raqs tushmoqda: Barda ichimlik buyurtma qilgan bir nechta universitet talabalari, bugungi kunini esda qolarli qilib o'tkazishmoqchi edi.
: Yujin nega birdan Koreaga ketishni istab qolding – yigit qizning quloqlariga yaqin kelib baland ovozda gapirar ekan, musiqa har qanday tovushni yutib yuboryotgandek edi.
—Dadamning yonida ish boshlar ekanman! Buni avvalroq aytdim deb o'ylayman, Henry.
: Ha ammo rad javobini bersang, hech kim seni majburlay olmaydi.
—Men bu yerda to'rt yil davomida yashadim. O'zim ham ochig'i ketishni istayman. – qiz qo'lidagi ichimlikni lablari orasiga olib kelib atrofga ko'z yugurtirdi.
Henry: Yujin men ketishinga qarshiman – yigit qizga yaqinlashib, fikrini bayon qilar ekan qizning ko'zlari klubga kirib kelayotgan bir qancha yigitlardan qayta qarshisidagi yigitga o'tdi.
: Yujin senga gapiryapman, hayoling qayerda..
—Henry bilasanmi, judayam charchadim. Bu yerda qolishim uchun biror sabab ko'rmayapman. Universitetni ham tamomladik...
—Ballet sabab bo'la olmaydi! Men avvalroq buni tark etishim kerak edi. Men ballerina emasman, bu shunchaki bolalikdan qolib ketgan mashg'ulot edi!
: Seni taniy olmay qoldim. Men qolishing uchun sabab bo'la olmaymanmi...
Qiz yuzini to'liqligicha qarshisidagi yigitga qaratdi – Sen-mi? Qo'ng'iroqlashib turamiz. Biz shunchaki do'stmiz, Henry.
: Ammo men uchun sen do'stdan ham ortiqroqsan – Yigit qizni ustiga yaqinlashib kelar ekan, Yujin uni ko'ksidan itarib yubordi.
—Aqildan ozding-mi? Bu nima qilganing. Agar do'stdan ortiq bo'lmoqchi bo'lsang, hammasini tugatishimiz mumkin. Menga bundan ortig'i kerak emas – Yujin asabiy, gapirar ekan, so'zlari unga aniq yetib borganiga ishonch hosil qildi va o'rnidan turib ketmoqchi bo'ldi. Bar stulidan turar ekan ichkilik sabab biroz boshi aylandi hushi o'zidaligi aniq ammo oyoqlari baland poshnali tuflilarda chalkashib, qadamini chiqish tomon oldimlatdi. Raqs maydonchasi yonidan o'tayotgan qiz bilagidan ushlangan qo'l sabab ortga kuch bilan tortildi.
: Men shuncha vaqt jim yurdim. Endi bunday qila olmayman!
—Qo'limni qo'yib yubor, hoziroq.
—O'zingni kim deb o'ylayapsan.
Yigit uni o'z tanasi tomon tortganida, qiz uni siltab keskin ortiga qayrildi. Katta va kuchli tanaga urulgan qiz, nafasi ostida so'kingancha yuqoriga qaradi. Keng yelka, yo'g'on bo'yin va burni ustiga yopishtirilgan kichik oq plastor, peshonasiga tushgan tartibsiz sochlar uni huddi qotil gangsterdek ko'rsatayotgandi.
—Sevgilim... – yigit qo'llarini uning beliga o'rab tanasini o'zinikiga yaqinlashtirdi.
—Sen kim bo'lding – Yujin uni o'zidan uzoqlashmiqchi bo'ldi ammo yigit ortga chekinmadi shunchaki qizni ushlashi qattiqlashdi. Ortda Henry nima bo'layotganini tushuna olmasdi. Na qizni himoya qilishni na ortga qadam bosishni bilar edi.
Yigit Yujinni birdan qo'yib yubordi. – Raxmat shart emas. Yigiting qo'rqoq ekan!
Mazah ohangda aytilgan gapdan Yujin asabiylashib unga qaradi va ortiga qaradi. To'rt yildan beri bir kursda o'qigan sobiq do'sti, Henry soyasi bilan g'oyib bo'lgan edi.
—Meni bunday ushlashga qanday hadding sig'di, ablax...
Qizning gaplari e'tiborsiz qoldirildi, yigitning do'stlari ortidan ismini aytib chaqirishdi. – Taehyung, kutib qoldik.
Tae: O'zing uchun yaxshiroq yigit top, qizaloq. Bu senga meni kichik maslaxatim. – Taehyung do'stlari tomon qadamini oldinlatar ekan Yujin hayolidagi bu o'y fikrdan uzoqlasha olmay amalga oshirdi. Klubning shovqin-suroni orasida kutilmaganda qizning qo‘lida yalt etib ko‘ringan shisha ko'zga tashlandi. Bir zumda uning ko‘zlarida qahr uchqunlari yonib, u stoldagi yarim bo‘sh butilkani mahkam ushladi-da, ort burib yurib ketayotgan yigit tomon keskin harakat qildi.
Shisha chirs* etib yigitning boshiga urildi. Ovozi musiqaning balandligida ham aniq eshitildi — qisqa, lekin qattiq zarba. Yigit qattiq silkindi yuzida og‘riq aralash hayrat ko‘rindi. Qo‘li darrov boshiga borib, ko‘zlari qisilib ketdi, ammo hushini yo‘qotmadi. Tik turgancha qizga qarab o'girildi — hayrat, g‘azab va og‘riq aralash nigoh bilan.
Atrofdagilar bir lahza to‘xtab qoldi, raqs maydonidagi odamlar ham bu keskinlikni sezib, qarashlarini shu tomonga ko'chirishdi.
Yj: Senga kichik maslaxatim, qo'linga egalik qil yigitcha!
Yujin, bu yerdan ketish kerakligini ich ichidan sezib turar edi. Bosh qismidan biroz qon oqayotgan yigitning ko'zlariga qarash bu qorong'ulik tubiga cho'kishga o'xshar edi. Biroz qo'llari qaltirayotgan, Yujin umri davomidagi barcha kuchini ishlatib qo'ygan kabi his qilayotgan edi.
—Jin ursin, bu yerdan ket Yujin. Nega qotib turibsan...
Taehyung qoraygan ko'zlari va taranglashgan jag'i bilan qadamlarini qiz tomon o'ljasi yoniga ketayotgan inson kabi sekin ammo katta qadam bilan yaqinlashdi. Qizning ko'zlari biroz yoshlangan ammo bu namlik uni qilgan ishidan afsuslanishidan emasdi, bu yerda barchaning nigohi unga qaratilgani sabab edi.
Tae: Maslahat degin, qo'limga egalik qilish-mi? Huh yigitcha? Men senga yigitcha emasligimni isbotlay olaman...
Taehyung qizni bo'yin ortidan ushlab, lablarini birlashtirdi. Qiz bir soniyaga nima bo'layotganini tushuna olmadi so'ngra qutilish uchun bor kuchi bilan tipirchilashni boshladi. Taehyung bo'sh qo'li yordamida uning harakatlanayotgan qo'lini ortiga mahkamlab. Tanasini ort stolga yengil suyadi. Harakatsizlik ustida, ehtirosli ammo yetarlicha bosim bilan harakat qilingan begona inson labi. Tishlar pastki lablarga botirilishi va qizning lablari ingroq bilan ikkiga ajraldi. Bundan foydalangan yigit tilini qizning og'iz bo'shlig'iga itarib kiritdi. Bu soniyalarda qiz ko'zlaridan yosh oqib nafas olishni uddalay olmayotgandi. Tanasiga bosilgan tana va qorin qismidan biroz pastroqda sezilgan qattiqlikni his qilgan Yujin – yosh bola kabi ovoz chiqarib yig'lab yubordi. Yigit tezda ortga tortilib uning holatidan hayratda qoldi. Yujin lablarini qo'li bilan artib tashlab klubni tark etdi.
Yj: O'z reysimni kutgan holatda airaport kutish zalida o'tiribman. Kechagi ahmoqona bitiruv kechasiga borganimdan qattiq afsuslanyapman. Jin ursin, lablarimda hali ham uni his qilayotgandekman. Bu yerda kunim oxirlaganini kechagi bo'sa tasdiqladi!
Men bu joyga tegishli emasman. Ota-onamni sog'inganim sabab, balki shunday bo'layotgandur. Qancha injiqliklar va qarshiliklar bilan bu yerga kelgandim. Qay holatda qaytyapman!
Yj: 12 soatlik parvozdan so'ng, Seoulga yetib keldim. Bugun qaytishimni hech kim bilmasdi ammo airaport tashqarisiga chiqqanimda, uchar sharlar bilan kutib olgan ota-onamni ko'rib ularga hech kutilmagan sovg'a qila olmasligimga yana bir bor amin bo'ldim.
—Malikamiz bizdan biror nimani yashirmoqchi bo'lgan ko'rinadi
Yj: Ah Dada, hech bo'lmasa o'zingizni bilmagandek harakat qilsangiz bo'lar edi!
—Yaxshi, yaxshi
Otasi ortga qayrildi va qayta qizini tomon o'girilib hayratlangan qiyofaga kirdi. –Bizni Yujin qaytibti, qarasangchi qizimiz! Bu qanday ajoyib kutilmagan sovg'a
Yujin ota onasini u uchun qilayotgan harakatlarini ko'rib, kulib yubordi va barcha buyumlarini ortda qoldirib ular tomon shoshildi. Huddi kichik qizaloqdek ularni quchib, quvonchdan ko'zlari yoshlandi.
—Qizalog'im seni juda sog'indik.
Yj: Men ham sizlarni sog'indim, oyi.
Bu uchar sharlar...
Otasi qiziga ularni tutkazib, tabassum qildi. – Buni hali ham yoqtirasan-mi? Yoki qizim bularni olish uchun katta bo'lib qoldimi?
Yj: Dada, men qanchalik katta bo'lmay siz olib beradigan bu sharlar meni baxtli qilish uchun yetarli..
—Faqat dadang olib bergani deb umid qilaman. Londonda bunday sovg'alar olib uyingni to'ldirmadingmi?
Onasi qizning quloqlariga o'ynoqicha pichirladi.
Yj: Oyi... unday emas albatta. –qiz norozi erkalanib onasini qizargan yanoqlariga lablarini bosdi.
Yj: Ko'zlarim uyqudan erinibgina ochilar ekan, o'z yotog'imda ekanimdan mamnun holatda o'rnimdan turdim. Bu his juda yoqimli.
Qiz tezda dush qabul qilib, pastki qavatga yo'l oldi – zinalardan pastlar ekan onasi yolg'iz nonushta qilayotganini ko'rib hayron qoldi.
—Senga ham hayirli bo'lsin qizalog'im. Kel nonushta qilib ol.
—Ishlari ko'pligini ma'lum qilgandi. Kompaniyada ertadan ish boshlashing uchun ogohlantiruv berdi.
Yj: Tushunarli, bugun tanishish uchun borishim mumkin. Bu muammo bo'lmaydimi?
—Menimcha unday emas, bilasan otang ikki yirik kompaniyalarni birlashtirib ish boshlagan.
Yj: Bu holat mening ish faoliyatimga ta’sir ko‘rsatmaydi, deb umid qilaman. Axir mening vazifam faqatgina biznes hamkorlar va mehmonxonaga tashrif buyurgan yirik insonlarga tarjimonlik qilishdan iborat.
—Buni a'lo darajada uddalaysan!
Yj: Oyi bu uchun to'rt yil universitetda o'qidim. Bundan tashvishlanmang.
Qiz yirik kompaniya eshiklaridan ohista qadam tashlab kirib keldi. Shu ondayoq uni baland shiftli, keng va yorqin zal qarshi oldi — devorlarda otasining muvaffaqiyatlarini eslatib turuvchi ramkali suratlar, mayin jilvalanayotgan chiroqlar hamma joyga chiroyli ko'rsatar edi.
U yo‘laklardan birma-bir o‘tdi: ishchilarning shoshqin qadamlari, telefon jiringlari, hujjatlarning shitirlashi — bularning bari kompaniya yuragi qanday urishini ko‘rsatardi. Har bir bo‘limni kuzatib, qiz bir muddat ish jarayonlariga hayrat bilan termildi, ichida g‘urur va yengil hayajon uyg‘onib borardi.
So‘ngra qahvaxonaga kirib, o‘ziga issiq qahva buyurdi. Qahvani qo‘liga olib, yo‘lak bo‘ylab yana yurdi. Ko‘zi oxir-oqibat oltin harflar bilan yozilgan — “Boshliq xonasi” yozuviga tushdi. Qiz biroz to‘xtab, chuqur nafas oldi va asta-sekin eshikni ochdi.
Ichkarida salqin va jiddiy muhit hukm surar, keng stol, derazadan tushayotgan yorug‘lik va tartibli joylashtirilgan kitob javonlari xonaga qudratli va tartibli bir kayfiyat berardi. Qiz sokin qadamlar bilan ichkariga kirib, stulga o‘tirdi. Qahvadan mayin hid taralar, u esa shu joyda o‘zini birdan kattalarning dunyosiga qadam qo‘yganini his qildi.
Xona eshigi yana bir bor ochilar ekan, qiz o'rindiqdan aylanib eshik tomon nigohini olib o'tdi va birdan muzlab qoldi. Yuzidagi tabassum tezda so'nib o'rniga g'azab egalladi qarshisida u kutgan inson emas hayoliga ham keltirmagan boshqa biri turar edi.
—Xonamga bezorilar ruxsatimsiz kirishi mumkin emas deb yozib qo'yishim kerak shekil!
Yj: Sen bu yerda nima qilyapsan?! – qiz uni ko'zlari bilan tekshirib tahlil qila boshladi, baland bo‘yli, gavdasi tik va o‘ziga ishongan. Egnida tanaga mos tushgan, qimmatbaho matodan tikilgan qora kostyum, ichida esa oppoq ko‘ylak — tugmalari tartibli, bo‘yniga esa nafis galstuk bog‘langan. Yelkalari keng, gavdasi sport bilan shug‘ullangan odamga xos tarang.
Yuz tuzilishi aniq chizilgan: keskin jag‘ suyaklari, ozgina qalinroq lablari, sovuqqina, ammo maftunkor ko‘zlari bor, bosh qismini yon tomonida esa biroz qizg'ish yara. Ko‘z qarashida qat’iyat va nazorat sezilib turadi — xuddi bir qarash bilan atrofdagilarga buyruq bera oladigandek. Sochlari qalin, orqaga taralgan.
Qo‘llari uzun, barmoqlari chiroyli shaklda ammo qo'l suyaklari jang qilgandek qizargan holatda. Bilagida esa qimmatbaho soat — uning mavqeini eslatib turuvchi kichik, ammo kuchli detal. Poyafzali esa yaltiroq charm tuflilar bo‘lib, ularning ovozi har qadamda butun zalni to‘ldirayotgandek jaranglaydi.
umumiy qiyofasi — ham joziba, ham sovuqqina ulug‘vorlikni mujassam etadi.
Yj: Bo'lishi mumkin emas! –qiz hayolidagi o'ydan asabiylashib xonani tark etish maqsadida o'rnidan turdi va uning yonidan u yo'qdek o'tishni ma'qul ko'rdi. Yigit uni bilak qismidan ushladi. — Londonlik bezori, men ketishinga ruxsat bermadim!
—Bu yerga meni izlab kelmaganing aniq!
Yj: Yaxshi, aqling shunga yetdi. Men o'ylaganchalik farosatsiz emas ekansan.
—Aqlim nimalarga yetishini juda yaxshi bilasan.
Yj: Bu yerda meni ham nima qila olishimni biladigan inson borligini ko'ryapman
—Bezori va yig'loqi qiz, shunday!
—Avval Koreaga kelishing va qarshimdan qayta chiqishing sababini bilishni istayapman.
Yj: Bu sen bilishing kerak bo'lgan ish emas!
Yj: Nega men seni qarshingdan chiqqan bo'lyapman hozir. Aslida sen meni qarshimdan chiqyapsan!
—Balki shundaydur, – yigit unga yaqinlashib ortidagi eshikni chiqishi uchun ochmoqchi bo'lganida, Yujin biroz qo'rqib asabiy qo'lidagi qahvani unga sepib yubordi.
—Jin ursin, telbamisan. – issiq bo'lgan qahvani o'z terisida his qilgan yigit, undan uzoqlashdi.
Yj: Mendan uzoq tur!
Yujin yo'lak bo'ylab tez qadamlar bilan ketar ekan, undagi xotiralar jonlangandek edi. Ortidan ismini eshitib to'xtab qoldi.
—Yaxshimisan nega ranging arvohni ko'rgandey oqarib ketgan.
Yj: Men yaxshiman, sizni ko'rgani kelgan edim...
—Kelaqol xonaga kiraylik, ahvoling yaxshidek ko'rinmayapti.
Yujin otasini yoniga yaqinlashar ekan, xonadan chiqqan Taehyung ko'rib qattiq yutundi va qadamini tezlashtirdi.
—Taehyung, Ahvoling joyida-mi?
Tae: Ha janob Shin... hammasi joyida
Taehyung hamkorining ortiga berkingan qizni ko'rib qosh uchurdi va nigohlarini qayta qarshisidagi erkakga ko'chirdi.
Tae: Menimcha bu yerda, yangi mehmon borga o'xshaydi.
—Ha bu meni qizim, Yujin. U kecha Londondan qaytdi.
Tae: Yujin...
Ovozsiz isimni qaytargan ko'yi lab chetida jilmayib qo'ydi.
—Ertadan kompaniyada ish boshlaydi. Mendan Yaponiyaga ketishing uchun tarjimon so'ragan eding. Unga biznes haqidagi bilimlaringdan bo'lishsang ham katta yordam berga bo'lar eding...
Yj: Dada! Men ertadan boshlamayman. Sizdan boshqa insonga tarjimonlik ham qilmayman. Boshqalarning bilimlari ham kerak emas.
Yujin oyoq uchida bo'yini biroz balandlatib otasining quloqlariga turib pichirlagancha, norozi ohang chiqardi.
Qiziga qisqa qarab qo'ygan erkak nigohini qayta Taehyungga ko'chirdi.
Tae: Juda soz!
Yujin, Shunday-mi? Ishingni yaxshi bajarasan deb umid qilaman!
Yujin undan yuz o'girgan ko'yi uni javobsiz qoldirdi.
—U qila oladi havotir olma. Ishga qaytaylik.
Yujin otasining xonasiga kirgan ko'yi, norozilik bilan o'zini divanga tashladi.
Yj: Dada... men u ahmoq bilan ishlay olmayman!
Qizning otasi qosh uchurgancha o'z joyiga o'tirdi. – Uni taniysan deb o'ylayapman!
Yujin katta ko'zlari bilan otasiga qaradi. – Albatta tanimayman. Biroz avval xonangizni adashtirib, uning xonasiga kirib qolibman. Chiqib ketayotib qo'limdagi qahvani behosdan ustiga to'kib yubordim. U menga baqira ketdi.
—Kim Taehyung, senga baqirdimi? Sen behosdan qilganinga ishonching komil-mi?
U yigit bilan ish boshlaganimga bir necha yil bo'ldi ammo biror kimga g'azabini baqirib ko'rsatishini guvohi bo'lmadim. Ammo seni behosdan biror ish qilmasligingni juda yaxshi bilaman.
Yj: Dada hozir meni emas, begona odamni yonini olyapsiz-mi? Ishona olmayman.
—Men faktlarni aytyapman, qizalog'im...
Yj: Yaxshi, yaxshi menga baribir. Men u bilan ishlay olmayman.
—Ertaga kechga narsalaringni tayyorlaysan va tongda Yaponiyaga ketasan u bilan!
Yj: Dada men istamayman dedim...
Qizning gaplari otasining jiddiy ogangidan kesildi.
—Sen ishlashni istading, men senga ish berdim. Demak sen bu yerda tanlov qila olmaysan. Boshliq nima desa shunga ko'nasan. Kompaniyaga qadam qo'yganingdan so'ng qizim emas, shu yerdagi ishchilardan birisan. Shu yerda nuqta qo'yamiz. Ketishing mumkin.
Yujin otasining fe'li u uchun doim yumshoq bo'lishini biladi. Ammo otasining aytgan gapi qonun ekanini ham juda yaxshi his qila oladi.
Yj: Jin ursin airaportda soat to'rtdan beri o'tiribman, hozir soat ertalabki 6:00....
Anavi tentakdan hali ham darak yo'q. Men aldandim, samalyot soat to'rtda uchadi desa, ishonibman qolibman. Yaramas, hali bu uchun javob beradi!
Yujin o'zi bilan o'zi gaplashar ekan telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi.
: Yujin xonim, vip yo'lak bo'ylab samalyot turargohiga kelishingizni so'raymiz. Sizni kutyapmiz...
Yujin asabiy telefonini sumkasiga soldi va uchish yo'lakchasidan borib. Kichik avtoda shaxsiy samalyot yoniga yetib keldi.
Samolyot salonida qiz va yigit yuzma-yuz o‘tirib olishgandi. Yo‘l davomida ular mayda gaplardan boshlab, asta-sekin keskin bahslashib ketishdi. Qizning yuzida jahl va hafsalasi pir bo‘lgan ifoda aks etar, yigit esa o‘zini tinch tutishga urinsa-da, gaplarida keskinlik sezilib turardi.
Uzoq bahsdan so‘ng samolyot yengil silkinib, pastga qo‘nishni boshladi. Derazadan tashqarida Yaponiya sohillari ko‘rinib, shahar chiroqlari asta-sekin yorishdi. E’tiborlarini tortgan manzara bahsni ham unutdirdi — qiz jim qoldi, yigit esa chuqur nafas olib, tashqariga qaradi. Ularning bahsi hali tugamagan bo‘lsa-da, Yaponiyaga yetib kelishganini his qilish ikkisiga ham bir zumlik sokinlik olib keldi. Ular o'z mehmonxonalariga yetib kelishdi.
Tae: Senga bir soatdan so'ng qo'ng'iroq qilaman. Uchrashuvga tayyorlanib, manashu zaxar tilingni tiyishni o'rganib tur.
Yj: Menga buyruq berma. Qachon tayyor bo'lsam o'shanda uchrashuvni boshlaysan.
Yujin qo'lidagi kichik chemadanini marmar polga sudrab o'z xonasi tomon ketdi. Taehyung uning ortidan biroz qarab qoldi, asabiyligi yuzida namoyon bo'layotgani tabiiy edi.
Yujin o'zi uchun qulay va bejirim libos tanladi. Bir necha daqiqa oldin tayyor bo'lgan bo'lsa ham, Taehyungdan kelayotgan bir nechta qo'ng'iroqni e'tiborsiz qoldirib biroz kuttirishni afzal ko'rdi.
Yigit uzoq kutishdan keyin sabrini butkul yo‘qotdi. Qadam tovushi koridorda qattiq jaranglab, qizning xonasiga yetib bordi. Eshikni g‘azab bilan qattiq taqillatdi, hatto ichkaridagining yuragini hapqiratib yuboradigan darajada. Qiz esa atayin sekin, beparvo qadamlar bilan kelib, eshikni ochdi. Yuzida yengil masxara tabassum bor edi.
Ammo yigit kutilmagan ish qildi: u bir zumda eshikni itarib, xonaga keskin kirib keldi. Qiz ortga chekinishga ulgurmay, yigit uning bilagini mahkam ushlab, ko‘zlariga tikildi....