October 21

.

U unga hozir yashaydigan manzilni aniq holda yubordi.

Muallif esa buni qanday bilgani haqida so'radi.

U esa rasmdagi o't orqali aniqlaganini aytdi.

Ya'ni, o'tning barglari biroz egilgan, ammo hali ham jonli turganini ko'rsatib, o'simlikning bunday holda turishi uchun o'rtacha harorat 65-70°F (Fahrenheit) bo'lishi kerakligini ta'kidladi. Shuningdek, hozir sentyabr oyi ekanini, bu davrda qaysi hududlarda shunday ob-havo kuzatilganini xaritadan aniqlaganini qo'shimcha qildi. Shimoliy hududlarda erta qish kelib, havo soviy boshlagani uchun u o'rta g'arb hududlaridan birini taxmin qildi.

Keyin, u o'simlikning qalinligi 3-5 mm bo'lgani uchun, bu o'ta nam yoki o'ta quruq bo'lmagan joyda o'sishini ta'kidladi. Bu degani, joy sohil hududlaridan uzoqda bo'lishi kerak, ya'ni o'rta g'arb — aniqrog'i, Ohio shtati bunga mos keladi.

Qo'liga e'tibor berilsa, soya zo'rg'a tushayotganini ko'rish mumkin, bu quyoshning ancha baland ekanidan darak beradi. Shunga asoslanib, rasm 14:30-16:00 oralig'ida olinganligini taxmin qilish mumkin. Rasm 27-sentyabrda yuklanganiga qarasak, quyosh taxminan shu paytda shimoliy kenglik bo'yicha 40 gradusda, kunduzi esa ufqdan 40-45 gradus burchakda turgan bo'lishi kerak. Bu burchak qo'lning soya burchagiga mos keladi va ob-havo saytlari orqali tekshirsa, bu Ohio shtati ekanligi yanada aniq bo'ladi.

Yana rasmdagi o'tga qarasak, yuqori qismi yashil ekanligi bir necha kun avval yomg'ir yog'ganini, ostki qismisariq ekanligi esa kuzning boshida biroz quruq kelganini ko'rsatadi. Ohio shtatining oxirgi bir oylik ob-havo ma'lumotlariga qaraganda, 926 hududidan faqat 13 tasida oxirgi 3 kun ichida yomg'ir yog'gan va kuzning boshi quruqroq bo'lgan.

Rasmning past burchagida oyoq kiyimning bir qismi ko'rinib qolgan. Bu yaqinda trendga chiqqan Nike kompaniyasining Air Zoom Pegasus 39 modeli, rangi esa mashhur "Black Red Clay Phant" bo'lib, buni osongina Google orqali solishtirib ko'rish mumkin.

Ko'rinib turgan sviterning yeng qismiga qarab, bu mashhur "Uniqlo U Crew Neck Long Sleeve Sweater" bo'lishi, uning rangi esa "Heather Gray" deb taxmin qilish mumkin. Google orqali buni ham tasdiqlash oson. Moda tanlovi juda ajoyib — zamonaviy va printsipial.

Agar men 30 000 dan oshiq aholisi bo'lmagan shaharchada yashagan bo'lsam, bunday kiyimlarni kiymas edim. Oxirgi 3 kun ichida yomg'ir yog'gan va aholisi ko'p bo'lgan shaharcha bu — Springfild.

O'tning biroz bukilgani va juda ham oyoq osti qilinmaganiga e'tibor qaratsak, bu hudud odamlar ko'p bo'lmagan joy ekanligini anglatadi. Shahardagi tirbandlikni hisobga olsak, bu shahardagi biror bog' bo'lishi mumkin. O'tning bir tekisda bukilmagani bu joyda o't o'rish apparati ishlatilmaganligini ko'rsatadi. Odatda, shaharda o'tlarni apparat yordamida o'rishadi, ammo bog'larda o'tlar tabiiy holatda qoladi. Bu ham rasm bog'da olinganini isbotlaydi.

Men sahifangda 2010-yilda ishlab chiqarilgan Honda Odyssey avtomobilini sotmoqchi ekaningni ko'rdim. O'sha hududdagi eng yaqin Honda sotuvchisi bilan bog'landim va qo'l o'lchami 6,5 dyumli, oqargan teri rangi bo'lgan ayol mashina sotmoqchi ekanini so'radim. Shunday qilib, sening aniq manziling va to'liq ismingni bilib oldim.