February 9, 2025

#my_arranged_hubby

Ep|| 7

Tae- Taemin Jennie bilan.. U bizga qo'ng'iroq qildi."

Flashback.. 3 yil oldin

Aerinva Taehyung 4 yil oldin turmush qurishgan va ularning 3 yoshli Taemin ismli farzandi bor
"Men bunga aralashishingni xohlamayman, azizam. O'zingni ehtiyot qilishing kerak", dedi Taehyung.
"Yo‘q, Taehyung. Jennining oilasi bizga qilgan ishlaridan keyin jazolanishi kerak, men buni tashlab qo‘ymayman. Biz birga kurashamiz", dedi bir birini qo‘lini ushlab.

Ular bir-biriga tikilib turganida, to'shakdan kelgan mayin va yoqimli ovoz eshitildi.

Ularning o‘g‘li kulib, ularni bejirim ko‘zlari bilan kuzatib turardi.
"Taemin uyg‘onibdi, a? Onasi bilan otasi juda baland gaplashib yubordimi?" dedi Aeri.
Ammo Taehyung orqadan kelib uni bag‘riga bosdi.
"Onang bilan otang bugun juda baland ovozda gaplashishi mumkin, bolajonim", dedi Taehyung to‘rt oylik o‘g‘liga qarab. Bu gapdan so‘ng Aeri Taehyungning ko‘ksiga qattiq urib qo‘ydi.

Ikki yarim yil oldin...

"Iltimos,holajon Jungkook, Taeminni ehtiyot qiling", dedi u ko‘z yoshlari bilan. Osmon qora edi, momaqaldiroq ovozi butunlay quloqni qomatga keltirardi, va buvasi bag‘rida yig‘layotgan Taemin....

"Jungkook, ehtiyot bo‘lgin. Hammasini senga topshiraman," dedi Taehyung o‘g‘lining yuzidan o‘pib, sir tutgan ishiga yo‘l oldi.

Olti oy oldin...

"Shoshilinch yig‘ilish bor. Hamma soat 8:30 da to‘planishi shart." Bu e'lon yangragach, hamma belgilangan joyga shoshildi.

Taehyungning otasi va Jennining otasi eng yaqin do‘stlar edi. Ularning do‘stligi oddiy do‘stlikdan ham ortiq edi, ular aka-uka kabi edi. Ammo bir kun Gihun (Jennining otasi) uyida o‘tkazilgan ziyofatda hammasi boshqacha tus oldi.

O‘sha paytda Jennie hali yosh edi, u Taehyungning sevgilisi ham edi. Ikkisi suhbat va mish-mishlarga komilib ketgan edi.

"Junho! Xush kelibsiz!" deb Jennining otasi Gihun Taehyungning otasini samimiy kutib oldi.

Junho yuqoriga ko‘tarildi, lekin hech kim yo‘q edi. U eshikni taqillatdi va ichkariga kirib, vaziyatni o‘rganishga qaror qildi. Ichkariga kirgach, u Lia (Gihunning singlisini) ni xalatda ko‘rdi.

Junho ko‘rgan manzaradan qattiq hayratda edi va:
"Lia, hammasi joyidami? Jennie qayerda?" deb so‘radi.

Lia o‘zini xotirjam tutishga harakat qilib:
"Ah, Junho... Jennie yaxshi. U allaqachon pastga tushib ketdi. Meni kechiring, sizni bezovta qilganim uchun. Faqat yordam so‘rash uchun kelgandi," dedi jilmayib.

Junho esa bezovta ovozda:
"Lekin buni menga aytib, meni bu yerga chaqirish shartmidi? Gihunga nega xabar bermadingiz?" deb savol berdi.

Lia yuzidagi jilmayishni yo‘qotib, unga yaqinlashdi:
"Junho, siz juda ko‘p savol berasiz bazida.. Ba'zan yordam so‘rash uchun bahona kerak emas..." dedi u past ovozda.

Bu gaplardan Junho yanada noqulay his qildi. U zudlik bilan orqaga chekinib:
"Men tushuna olmayapman ke..kechirasiz, men bu yerda bo‘lmasligim kerak edi," dedi va xonani tark etdi.

U pastga tushganida, hech narsa bo‘lmagandek o‘zini tutdi. Ammo bu voqea uning hayotida yangi bir burilish yasagan edi. Gihun va Junho o‘rtasidagi munosabatlarga bu voqea soya solib, ularning aka-uka kabi yaqinligini asta-sekin buzib yubordi.

orqaga va muvozanatini yo‘qotib, polga yiqildi. Lia unga yaqinlashib, shaxvatli ko‘zlar bilan qarab turardi.

"Lia, nima qilyapsan? Bu telbalikni bas qil!" dedi Junho ovozini ko‘tarib. Ammo Lia hech narsa bo‘lmagandek uni siquvga olishda davom etdi.

"Lia, bu qilayotganing noto‘g‘ri! Men buni Gihunga aytaman, shuni bilib qo‘y!" dedi Junho qat’iy ovozda, o‘zini ozod qilishga harakat qilib.

Lia esa, kulimsirab, shivirladi:
"Sen aytmasang kerak, Junho. Chunki agar shunday qilsang, men sening oilang haqida hamma narsani ochib tashlayman. Shuni xohlamasang kerak?"

Bu so‘zlardan Junho bir lahzaga jim qoldi. U Lia bilan murosaga kelishmoqchi edi, lekin u qanchalik xavfli ekanligini tushunib yetdi..

Bu orada pastdan ovozlar eshitila boshladi. Kimdir ularning yo‘qligini sezgan edi. Lia shoshilib xalatini tartibga keltirib, o‘zini go‘yo hech narsa bo‘lmagandek tutdi. Junho esa, bu hodisani miyyasiga asrab qoygancha pastga tushdi..

U uchun bu voqea nafaqat sharmandalik edi, balki uning va Gihun o‘rtasidagi ishonchni butkul buzadigan kunning boshlanishi ham edi.

Junho har bir zarbada o‘zini himoya qilishga urindi, ammo Gihunning g‘azabi hech qanday tushuntirishni qabul qilmas edi. Lia esa, go‘yo o‘zini himoya qilayotgan ayollik makri bilan rolini a'lo darajada o‘ynab, yig‘lashni davom ettirdi.

"Gihun, to‘xta! Nega hech narsani tushunmay turib, menga ishonmaysan?" dedi Junho.

"Chunki sening harakatlaring do‘stligimizni yo‘q qildi! Men senga butun hayotimni ishonib topshirgan edim, ammo sen men uchun xiyonatchidan boshqa narsa emassan!" dedi Gihun.

"Bu haqiqat emas! Bu sening xotiningning yolg‘onlari! U menga yomon niyat bilan yaqinlashishga harakat qildi!" dedi Junho.

Lekin Gihun bu gaplarga quloq solmadi. Nihoyat, jang tugaganida, Junho ko‘zlarida achchiq alam bilan gapirdi:
"Yaxshi, Gihun. Agar sen menga bir marta ham ishonmasang, unda men bu joyni tark etaman. Lekin bir kun kelib haqiqatni bilib olasan va o‘sha kuni juda afsuslanasan."

Shundan so‘ng Junho ortiga o‘girilib, ziyofatdan chiqib ketdi. Uning yuragi o‘sha kunning og‘ir yukini ko‘tarar edi, ammo u hech narsani o‘zgartira olmas edi. Bu voqea nafaqat uning va Gihun o‘rtasidagi do‘stlikni, balki ularning oilaviy hayotini ham butkul o‘zgartirib yubordi.

xonaga kirib, vaziyatni yanada jiddiy tus oldirgan holda so‘radi.

"Hozirgacha ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Mr. Kim (Junho) hali yaxshi holda. Unga hozircha zarar yetkazilmagan. Ammo u qayerda ekanligini aniqlash qiyin bo‘lyapti," dedi jamoa rahbari.

Taehyungning ko‘zlari g‘azab va xavotirga to‘ldi. U endi nafaqat o‘z oilasi, balki otasining sha’ni va adolat uchun ham kurashayotgan edi.

"Biz Lia va uning guruhiga zarba berish uchun qachon tayyor bo‘lamiz qancha vaqt kerak?" deb so‘radi Taehyung.

"Biz ularning joylashuvini aniqlash uchun oxirgi texnologiyalardan foydalanmoqdamiz. Ammo ular juda ehtiyotkor. Lia hammani aldashni yaxshi biladi," deb javob berishdi.

Taehyung jiddiy ovozda dedi:
"Bizning vaqtimiz oz. Agar Mr. Kimga zarar yetkazilsa, bu faqat mening otam emas, balki bizning butun jamoamizning mag‘lubiyati bo‘ladi. Men bunga yo‘l qo‘ya olmayman."

Jennie ham bu uchrashuvda qatnashayotgan edi. Uning yuzida g‘am va tashvish ifodalari bor edi. U dadillik bilan dedi:
"Lia faqat manipulyatsiya orqali kuchli ko‘rinadi. Agar biz uning ichki zaif tomonlarini topsak, uni yengishimiz mumkin"

Taehyung unga qarab bosh irg‘adi va so‘z berdi:
"Men nima bo‘lsa ham, otamni qutqaraman. Lia o‘zining qilgan har bir yomon ishi uchun javob beradi."

Uning gaplari jamoaga yangi ishonch bag‘ishladi va ular Lia va uning yashiringan joyini topish uchun yangi reja tuza boshlashdi.

yaxshi bo‘ladi.

Time skip***
Men sening va Taeminning yonida bo‘laman, hammamiz yana baxtli oilaga aylanamiz," dedi Taehyung muloyimlik bilan, uning ko‘zlariga chuqur tikilib.

Aeri boshini egib, chuqur nafas oldi. "Tae, men sizga ishonaman. Lekin, bu o‘yin davomida biz juda ko‘p narsani yo‘qotdik. Umid qilamanki, bu hammasiga arziydi."

Taehyung uning yelkasini silab:
"Men seni va Taeminni hech qachon xavfga qo‘ymayman. Lia va uning fitnalarini oxiriga yetkazib, barchasini yakunlaymiz. Faqat biroz sabr qil," dedi.

Aeri bosh irg‘adi va Taeminning xonasiga qarab ketdi. Shu payt Taehyung boshqa guruh a'zolari bilan yashirin rejalarni muhokama qilishga qaytdi.

"Jennie qanday fikrda?" deb so‘radi katta jamoa a'zosi.

"U men bilan bo‘lishga tayyor. Ammo men har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosishim kerak. Lia juda yaxshi manipulyator, va men hech narsani havfga va tavakkalga qo‘ya olmayman," dedi Taehyung qat'iyat bilan.

"Bu ishni oxirigacha olib boramiz. Mr. Kimni topamiz va adolatni tiklaymiz," dedi jamoaning a'zosi

Taehyung oxirgi marta o‘g‘li Taeminni eslab, ichida kuch yig‘di. U bilardi, bu o‘yinning yakunida nafaqat adolat, balki oilasining tinchligi ham tiklanadi.

Tae karavotga yotdi
U ichkariga kirib, yengil charchoq bilan kiyimlarini almashtirdi va karavotga yotdi. U shunchaki Aeri bilan bo‘lishni xohlagan edi, shuning uchun qo‘shimcha e'tibor bermadi.

Tunda, bir lahzalik jimlikni buzgan eshik ovozi eshitildi:

Tae chiqdi eshikni ochdi va..
-Lia?!
-ha kutmaganmiding?!azizim
-Sen nma qilyapsan
-senga bir taklif bilan keldim Agar kuchlaringni companiyalaringni kopaytirmoqchi bolangni sog omon kormoqchi bolsang shunchaki menga uylan
-Nima sen aqldan ozganmisan?seni oilamdan uzoqlashtirish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman. Men uchun yagona oila bu Aeri va Taemin!"

Lia esa jilmayishda davom etdi, ammo uning ko‘zlari ichida hasad va g‘azab alangasi yonardi.
"Men seni o‘zimniki qilmasam, hech kimniki qilmayman, Taehyung. Buni bilib qo‘y," dedi u sovuq ovozda va eshikdan chiqib ketdi.

Taehyungning g'azabi kuchayib, bu vaziyatning qanchalik xavfli ekanligini tushundi. U Aerini himoya qilish uchun yanada ehtiyotkor bo‘lishi kerakligini bilardi. Shu payt u darhol Aerini uyg'otmoqchi bo'ldi va uni xavfsizlik uchun boshqa joyga ko‘chirishga qaror qildi. Lia esa, o‘zining navbatdagi fitnasini rejalashtirar edi.

Taehyung charchoqdan karavotga yotdi va tezda uyquga ketdi. U Aeri yotgan deb o‘ylagan edi, lekin aslida karavotda faqat yostiqlar va ko‘rpa bilan niqoblangan narsalar bor edi.

U tunda birdan uyg‘onib, g‘alati jimlikni sezdi. Aerining har doimgi yumshoq nafas olishi yo‘q edi. Xonani tekshirib chiqdi, lekin hech kimni topmadi. Ko‘ngliga shubha oraladi.

"Aeri?! Qayerdasan?" deb ohista chaqirdi, ammo javob bo‘lmadi.

U shosha-pisha telefoniga qo‘l uzatdi va Aeriga qo‘ng‘iroq qildi, lekin telefon o‘chirilgan edi. Taehyungning yuragi tez ura boshladi. Nimadur g'alati edi...

Tezda xonani va atrofni sinchiklab tekshira boshladi. Stol ustida kichik bir qog‘ozga yozilgan xabar topdi:
"Agar Aerini yana ko‘rishni istasang, yolg‘iz kel. Manzilni keyinroq yuboraman."

Taehyungning qo‘llari titrardi. Bu Lia yoki uning odamlari ishi ekanligini darhol tushundi. U Aeri va Taemin uchun bunday xavflardan himoyalanishga qasam ichgan edi, endi esa u Aerini qutqarish uchun nima bo‘lsa ham qilishga tayyor edi.

Shu payt unga noma’lum manbadan xabar keldi: "Ertalab soat 6:00 da manzilni olish uchun tayyor tur. Yolg‘iz kel."

Taehyungning ichki g‘azabi kuchayib, u o‘zini tinchlantirishga harakat qildi. "Bu fitnani tugataman va oilamni himoya qilaman," deb o‘ziga so‘z berdi.

Azizlar uzoooq kutilgan fanfic keldi nihoyat
Marhamat keyingi qism final uree
Angel's sister #Melek
Translate by #Melek
For : @Heavenly_fanfics