April 8, 2023

Тоshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan o'tkazilgan navbatdagi seminar-trening

Bugunga kunga qadar Tadbirkorlik markazi tomonidan xotin-qizlarni kasb-hunarga o'qitishning bir necha yo'nalishlar bo'yicha ko'plab o'quv kurslari tashkil etilib, ularning bandligini ta'minlashga erishib kelinmoqda.

O'quv-seminar kurslariga yig'ilgan ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan kasb yo'nalishi bo'yicha kerakli ma'lumotlar olib, duch kelishi mumkin bo'gan qiyinchilik va ularni engib o'tish yo'llani o'rgandilar.

O‘quv kursi ishtirokchilarining ko'p qismi bandligi ta'minlanmagan yoshlarni tashkil qiladi. Ular IT saboqlari yo'nalishi, shunigdek sartaroshlik, bahoriy go'zal gullar, bichish-tikish, zargarlik kasblari bo'yicha taxsil olmoqdalar.

Ular tadbirkorlik ko'nikmalari bo'yicha ko'plab bilimlarga ega bo'lishdi. Bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.