February 14, 2025

❄️FIRST_SNOW❄️

Mukammal hayot yo'q, lekin mukammal lahzalar bor.

———

Qizlar quyonni tashlab ketib qoldi quyon ularni ortidan yerga yotib qoldi va oʻta gʻalati qiliqlar qila boshladi koʻzlari qozarib ketdi .....

Ustoz: Soat 10:10 boʻlibdi , bolalar hammangiz sizlarga ajratilgan xonalarni topish uchun oʻylagandan ham koʻp boʻlib ketdingiz, shu sabab bu yerda t ta birhil 8 ta raqam bor bir xil raqamdagilar 1 xonada boladi

Balalar oldiniga norozilik qilib xorsinib oʻjarlik qilib turishdida keyin birin ketin raqam ola boshlashdi

Ustoz: hoʻsh endi hamma raqami boʻyicha boʻlinib olsin va taxlanib turing

Bolalar raqamlar boʻyicha taxlanib turishdi ustozlar boalarga xona kalitlarini berishdi va xamma oʻz xonalariga ketishdi

5_XONA

-hey mening ismim Sana sizlarnikichi?

Bitta qiz unga qarab

-meniki Tesu

-meniki Dina

-men esa Feya

Sana ularga qarab

- biz endi xonadosh ekanmiz, tanishganimdan xursandman

-men ham

-men ham

-men ham

3_XONA

Qiz dugonasi yoniga borib

- hey qoʻling yaxshimi Minji?

-ha hammasi joyida faqat biroz achishayabdi

-bu shifokorga korsatish kerakdir balki

-yoq qoysangchi bu oddiq tirnalish

Xonadagi boshqa ikkita qiz ular tomon yaqinlashib

-Salom mening ismim Hyuna

-meniki Minji

-men esa Hari

- men Sun I

Qizlar tanishib olishdi

Yigitlar ham xonalariga boʻlingandi hamma oʻz xonasidan rozi edi faqat bazilardan tashqari....

4_XONA

-hoy yigitlar men Jiminman

-men Niki

-men Taehyung

Hyunjin kesatib xoʻrsinib

-men Hyunjin

8_XONA

-OU ajoyib men Sunghoon

-a men Xvanso

-kaminayu kamtarin Janob Jeon Jungkook

-men esa Taemin

3_XONA

Minji yotoqda yotib dugonasi tomon oʻgrilib

-hey Hyuna

Hyuna koʻzlarini sekin ochib unga qaradi

-ha

-eshikni qulfla

-nega?

-biz begona joydamiz, bu yerni qandayligini ham bilmaymiz shuning uchun har extimolga qarshi eshikni qulflab qoʻy

Hyuna tushungacha bosh irgʻib oʻrnidan turib eshikni qulflab qoʻydi

Quyosh osmonni tark etib oy quyosh oʻrnini egallar ekan , lager binolarining chiroqlari oʻchirildi hamma uyquga ketdi

3_XONA

qizlar xonada jim mazza qilib uxlab yotishardi va birdan sekin Minjining burnidan qon oqa boshladi va u oʻta isb keta boshladi undan qattiq ter oqardi u gʻalati qiliqlar gʻalati ovozlar chiqara boshladi, va birdan Minji koʻzlarini katta qilib ochdi uning koʻzlari allaqachon qonga toʻlgan edi kozlari qip qizil rangda edi,Minji oʻrnidan turib roʻparasidagi qiz tomon yugurdi va uni qattiq illat dek ushlab oldi , tirnoqlari qizning terisiga qattiq kirib qon sizib chiqa boshladi Minji qizni tishlab gʻajib yeya boshladi, va Minjining koʻzlari tepadagi qizga tushdi uni ham ushlab tutib gʻajib yeya boshladi va bu shovqizdan Hyuna uygʻonib ketdi, Hyuna nima boʻlayotgani tushunmay qorongʻulikda va uyqu sabab yarim ochilgan koʻzlari bilan hech narsani tushunmasdan pastga tushdi va Minji yoniga borib uni yelkasidan ushlab uni biroz turtib

-hoy Min..Minji nima qilayabsan? Uxlamay?

Minji sekin boshini burab ortga qaradi

Hyuna uning qonga toʻlgan koʻzlari va ogʻzidagi qon izlarini koʻrib qoʻrqib ketib ortga tisarilib baqirmoqchi bolgandan Minji uni ushlab olib uni ham gʻajib yeya boshladi.....

Erta tong hamma ovqatlanib boʻldi, hamma har tarafga tarqaldi

-hoy qizlar

-nima ?

-Minji va Hyunani koʻrmadingizmi?

-voy yoʻq, men ularni ovqatlanayotganda ham ķormadim

- ular uchinchi xonaga joylashgan edi

- ha balki u yerga borib koʻrarmiz

-yaxshi fikr

Qizlar uzun kolidor boʻylab yurib uchunchi xona eshigi oldida toʻxtab qolishdi , ichkaridan gʻalati ovozlar va tovushlar eshitiladi

Qizlar eshit oldida turib gʻalati tovushlarni eshitib bir biriga oʻychan qarab qoʻyishdi

Ular oʻylanib sekin eshikni taqillatib koʻrishdi , bir marta va yana bir necha marta lekin hech kim eshikni ochmadi

-hoy qizlar bunima ovoz eshikni oching

-hoy eshikni nega qulflagansizlar

-Hyuna? Minji?

-qizlar balki ustozni chaqirarmiz?

-ha , ustozni chaqirib kel

Oʻsha qiz ustozni chaqirib keldi ustoz ham eshikni taqillatib

-qizlar ogohlantirayabman eshikni oching

Qizlar hech qanday javob berishmadi , aksincha shovqin yanada koʻpaydi

Ustoz eshikni tepib qattiqroq taqillatar ekan shun payt eshik ostidan qip qizil qon sizib chiqdi va ustozning poyabzali tagi qonga toʻldi

Ustoz oyoqlari ostidagi qonni koʻrib baqirib yubordi

-buni nima, hazillashayabsizmi, nima boʻlayabdi qizlar

Bitta qiz vahima qilib

-politsiya , ustoz politsiyaga qoʻngiroq qilish kerak

Ustoz: tez, tez politsiyaga qoʻngʻiroq qiling

-_Birozdan soʻng_‐

Politsiya xodimi_ nima nima boʻlayabdi?

Ustoz : bilmaymiz, lekin ichkariga aniq nimadir yomon narsa boʻlayabdi, u yerdan qon oqayabdi

Barcha oʻquvchilar qiziqib kolidorga yigʻilib olishgandi va oʻquvchilar ustozlarga koʻp savollar bera boshlashdi

Ustoz: bolalar jim boʻlim havotirlanmang politsiya shu yerda

-HOY Sana toʻxta deyabman, sen bilan gaplashib olishimiz kerak

Qiz oldinga yana yura boshladi

-nima hohlaysan nima? Sen bilan gaplashishni hohlamayman, seni koʻrishni hohlamayman ket

Hyunjin uni qoʻlidan qattuq ushlab baqirib

-TOXTA DEGANDAN KEYIN TOʻXTA

Sana qoʻlini olish uchun tortqilab

-nima hohlaysan oʻzi mendan? Meni tinch qoʻyasanmi? Tinch qoʻy endi meni

Hyunjin Sanani uzi tomon tortib uni devorga tirab oldi

-nima qilayabsan, tegma menga

-men senga buni 2chi marotaba aytayabman bilib qoʻy 3chisida juda yomon boʻladi, sen shunchaki mendan voz kecha olmaysan , sen menikisan, hech qayoqqa keta olmaysan, bu yerda men hukmronlik qilaman, sen fikr bildirib nimadir talab qilishga haqqing yoʻq

Sana tipirchilab

-yoʻq, tegma menga, men senga aytayabman sen menga yoqmaysan, tinch qoʻy meni

Hyunjin qorongʻu kulib Sanani devorga qattiqroq tirab oldi

-sen meni sevish yoki sevmasliging rol oʻynamaydi, seni hech qachon tinch qoʻymanman, sen menikisan, menga tegishlisan

Sana tipirchilashni toʻxtatmay yana tipirchilay boshladi Hyunjin uni belidan ushlab oʻziga tortdi va yuzini Sananing boʻyniga solib undan chuqur nafas oldi

-sen haligam oʻsha hidga egasan

-ablaxsan

Hyunjin smirk qilib unga qaradi

Sekin Sananing yuziga yuzini yaqinlashtirdi , Sana yuzini burib oldi, Hyunjin Sanani yuzini qattiq qopol ushlab oʻziga qaratdi va yana yuzini Sananikiga yaqinlashtirib undan bosa olmoqchi boʻlganda , yoniga tekgan qattiq kuchli tepkidan yerga yiqildi va yon tarafga qaraganda Taehyungni koʻrdi, Taehyung Hyunjinni oyogʻi bilan tepib yuborgandi , Hyunjin zarba kuchidan yerga yiqilgandi oʻrnidan turishga uniganida Taehyung uni yoniga borib uni yana doʻpposlay boshlad, Sana oʻzini shok xolatidan yigib olib Taehyungni toʻxtatishga uruna boshladi, Taehyung toʻxtamasdi Sana oxiri nima qilishni bilmay Taehyungni oldiga chiqib qoldi Taehyung musht qilib siqilgan qonga boʻyalgan qoʻli Sananing yuziga 2 cm qolganda toʻxtab qoldi, Sana qattiq yumib olgan koʻzlarini sekin ochdi va Taehyungni jaxldan qizarib ketgan yuz koʻzlariga qaradi , Taehyung chuqur nafas olardi Sana sekin uni qoʻlidan ushlab uni sekin bu yerda olib ketdi

Ularni bu ishini tepadan 3 ta qiz biroz kulgili kiyingan qizlar kuzatib turishardi va ular gap boshlashdi

-nima deb oʻylaysiz) bu nima?

Oʻrtadagi qiz gapirib

-menimcha bu sevgi 3 burchagiga oʻxshaydi (qiz qoʻlini 3 burchak qilib)

Uchinchi qiz

- men bu sevgi qissasi oxiriga juda qiziqayayabman, ular huddi Romeo va Julyetdaga oʻxshashadi

1chi qiz xoʻrsinib, ichidan kapalaklar uchun oʻtdi

-nima boʻlsaham lekin anavi anavini doʻpposlab anavi bilan ketib qolgan anavi yigit chiroyli ekan

Uning yonida turgan 2 ta qiz baravariga "NIMA?" Deb kulib yuborishdi

"guys mana ffni keyingi qismi umid qilamanki ff yoqayabdi fikr va reaksiyalaringiz kutaman👀❤️"