January 27, 2025

❄️FIRST_SNOW❄️

Va Taehyung ularni suxbatiga aralashdi

- Sana seni ustoz chaqirayabdi

Sana hayollarini yigʻib olib unga umid koʻzlari bilan qarab

- hozir

Taehyung vaziyatni tushunib

-tezroq borishing kerak ekan, ustoz seni kutayabdi

Sana Hyunjinnni chetlab oʻtib ketti , Taehyung uni ortidan ketdi Hyunjin ularni ortidan gʻazabdan qizargan holda qarab qoldi

Sana maktab kirish eshigiga deyarli yaqinlashganda Taehyung uni qoʻlidan ushlab qolib

- toʻxta

Sana unga oqarga yuzi bilan qarab

-n..nima?

- men yolgʻon gapirdim

-nima?

Taehyung Sanani oʻsha yerdagi oʻrindiqqa oʻtkazdi va unga suv olib berib , suvni Sanaga uzatdi Sana suvni ichib olib biroz oʻziga kelib unga qarab

-meni yana qutqarding raxmat

-raxmat shart emas, arzimaydi

-men..

Taehyung yana gapirmoqchi edi ammo ularning suhbatiga ustoz aralashib

-bolalar sinfga kiring, sizlarga elonim bor

Taehyung va Sana oldin bir biriga keyin ustozga qarab bosh irgʻib xonaga kirib ketishdi

Hamma sinfga yigʻildi va Ustoz sinfga kirdi hamma tinchlanganda ustoz gap boshladi

- bolalar sizga elonim bor

Hyunjin asabiy holda Sanaga qarab qoʻydi

Sana bezovtalanib ustozga etiborini qaratishga harakat qila boshladi

Taehyung ham Sanaga va Hyunjinga qarab qoʻydi

Hamma bolalar ustozga qarashdi, ustoz yutinib qoyib gap boshladi

- keyingi hafta lagerga boramiz, hozir sizlarga soʻrovnoma beraman bormoqchi boʻlganlar ertagacha uni toʻldirib keling, buni qanday toʻldirishni juda yaxshi bilsanggiz kerak, har yilgidek soʻrovnoma

Bolalar hursand boʻlib bir biri bilan pichirlasha boshlashdi

Ustoz bolalarga soʻrovnomani tarqatib xonadan chiqib ketdi va Hyunjin stulidan turib Sananing stoli yoniga borib

- borasanmi?

Sana unga qarab

-bilmadim, oʻylab koʻraman

-menga habar qil, borish yoki bormasligingni

- nega? Biz ajrashganmiz, bu senga baribir boʻlishi kerak

Hyunjin jaxldan qizarib ketib engashib Sananing qulogʻiga pichirlab

- senga boya nima dedim? Jaxlimni chiqarma? Jazolanishni hohlaysanmi? Sen menga tegishlisan, biz ajrashmaymiz, yana bir marta shunday desang oyoq qoʻlingni urib sindirib, ismingni eslay olmaydigan ahvolga olib kelaman

Sana qoʻrqib ketib yutinib qoʻydi va hoyolida:

- yo xudo, men bu aqldan ozgandan qanday qutulaman? Nima qilishim kerak?Sana oʻzingni yigʻ, undan qoʻrqmaslikga xarakat qil, men unga nimadir deyishim kerak, javob qaytarishim kerak, u esa ketishi kerak, lekin unga nima deyman?unga bosh birortasini topganimni aytsamchi? Yoʻq bu yomon fikr, u meni oʻldiradi, lekin bundan boshqa fikr hayolimga kelmayabdiku...nima boʻlsaham Sana sen ahmoqsan

Sana chuqur nafas olib, tezda gapirdi

- menda boshqasi bor

Hyunjin qoshlarini koʻtarib unga qaradi

- ha, menda boshqasi bor, men boshqa bir odamni sevib qoldim, mening hozir yangi yigitim bor , u meni va men uni bir birimizni juda sevamiz

Hyunjin qoʻli bilan stolni qattiq urdi , butun sinfni etibori unga qaratildi va baqirib gapirmoqchi edi ammo sinfga ustoz keldi, Hyunjin barmogʻini Sana oʻqtalib gʻazabdan titrab bosh irgʻidi koʻzlari bilan aniq taxdid qilayotgani malum edi, Hyunjin jaxl bilan joyiga borib oʻtirdi , Sana yutinib qoʻydi Hyunjin jaxl bilan oʻtirib Sanaga har 1 daqiqadan qarab qoʻyardi, Sana boshini partaga urib sochini ushlab, hayolida oʻzi bilan gaplashib

- yo hudo, nima qilib qoʻydim, endi nimaqilaman, jin ursin, nega bunday dedima, bunday degandan koʻra tilim uzulib tushsa boʻlmasmidi, jin ursin endi nima qilaman, u meni oʻldiradi, aniq nimadir qiladi, men tamom boʻldim, endi bundan qanday qutulaman, kim bilandir shartnoma tuzishim kerak, meni undan himoya qila oladigan odam bilan, hoʻsh lekin kim bilan shartnoma tuzaman? Mening oʻgil bola doʻstim yoʻq, hatto tanishlarim ham

Sana boshini koʻtarib sinfga qarab yana hayolida:

Hoʻsh , sinfdagi yigitlarmi? Sinfda Hyunjindan tashqari Jami 10 ta yigit bor, hech boʻlmasa menga bittasi yordam bersa kerak , hech boʻlmasa bittasi yordam berar, mmmmm hoʻshhh kim?

Sana Minhoga qaradi va yana hayolida

Minhomi? Yoʻq, yo'q, yoʻq, u boʻlmaydi u oʻlsaham menga yordam bermaydi , jin ursin

Sana Yeonjunga qaradi va hayolida

Yeonjunchi?

Yeonjun Sanaga boshqacha qarab qoʻydi va Sana undan koʻzini olib qochib yana hayolid

Bu suyuqdan yordam soʻraganimdan koʻra Hyunjindan kaltak yeb oʻlganim yaxshi

Sana Yusonga qaradi va hayolida

Yusonmi? Yoʻq u hatto oʻzini ham himoya qila olmaydiku, jin ursin u ham boʻlmaydi

Sana yana toʻgriga qarab oʻzi bilan oʻzi hayolida gaplashib

Sana? Nima sen oq otdagi shaxzodangni kutayabsanmi?Nega bunchalik saylaysana? Jin ursin toʻxta shoshma Taehyungchi?ha u, u zoʻr variant undan yordam soʻrasamchi? U Hyunjinni urdi demak undan kuchli , Taehyung undan chiroyliroqham , huddi oq otsagi shaxzodalar kabi,Sana qoyil, sen oq otdagi shaxzodangni topding hehe, endi undan yordam sorasang bas

Sana sinfga nazar tashladi va yana hayolida

Shoshma, Taehyung qani? U sinfda koʻrinmaydi , yoʻq, yoʻq, u hozir yoʻq bolsa kunim bitadi, u yoʻq boʻlsa Hyunjin tanaffusda oldimga kelishi aniq, men nima qilaman, Taehyung qayerdasan, aysh hozir yoki hech qachon men uni qidirishim kerak

Sana dars boʻlayotganiga qaramay oʻrnidan turib sinfxonadan tezda chiqib ketdi, Hyunjin unga qarab uni ortidan ergashdi, Hyunjin sinfdan chiqganda lekin kolidorda hech kim yoʻq edi,

Sana va Teahyung maktab stadioniga borib oʻtirishdi va

-menga hech narsani tushuntirmaysanmi

-endi senga aytsam meni notoʻgʻri tushunma faqat

-hoʻsh, gapir

-Hyunjin, men undan qutilmoqchiman , men uni yaxshi koʻrmayman, agar senga barini aytsam menga ishonmasliging mumkin

-men tushunaman gapir

Sana chuqur nafas olib

-men kelajakdan, kelganman

Teahyung Sanaga qarab qoldi Sana esa unga qoʻlidagi belgini koʻrsatdi

Teahyung qoʻlidagi hujjatlarni pastga tushirib yubordi va ularni olayotib Sananing koʻzi
Teahyungning qoʻlidagi belgiga tushdi, Sana uni qoʻlidagi belgi bilan solishtirdi ular bir hil edi, Sana Teahyungning qoʻlini tutib oldi va

-Teahyung nima sen ham?

Teahyung qoʻlini tortib oldi va ketib qolmoqchi boʻlganda Sana uning oldiga chiqib uni toʻxtatdi

-sen ham kelajakdan kelgandingmi?

Teahyung hammasini aytishga qaror qildi

-ha

-nima, qanday?

bu yerga oʻlgandan keyin keyin kelgandim, nima kelajakda sen ham???

-oldin sen aytib ber

Sana seki. Taehyungga hammasini ayta boshladi

" guys mana ffni keyingi qismi umid qilamanki ff yoqayabdi fikr va reaksiyalaringiz kutaman👀❤️"