September 19, 2025

"π™π™€π˜Όπ˜Ώ π™π™Š 𝙃𝙀𝙇𝙇"

11-qism

Jungkook office ichida o'ylangancha o'tirardi...

"Nega... Nega meni hayotim bilan shunday narsalar bo'ladi... Nega birdaniga menga yoqadigan odamni rad eta boshlaganimni sababini tushunmadim? Nega shu faxsh ishlarga juda yaxshi ishlaydigan miyyam aynan bu mavzuda ishlamadi...? Nega uni rad etyapman deb o'ylamadim? Nega...? Yo xudo... jenniedan hozir avvalgidan battar nafratlanib ketyapman... uni o'ldirishni va go'shtini itlarimga berishni hohlayman... lekin... yo'q... Bunday qilmayman... avval u hammasiga to'laydi... "

U officedan chiqdi va Taehyungni xonasiga bordi. Har bir zinadan chiqar ekan yuragida nimadir og'irlashib borardi... eshikni qiya ochib unga qaradi, u allaqachon kiyimlarini yig'ishtirib bo'lgan va eng sevimli soatini taqayotgandi. U oynaga oxirgi martta qaradi va eshik tomon burilishidan avval jungkook yuziga tarqalgan tabassumni tezda jiddiylik bilan almashtirdi

Jungkook:oynaga qarashni bas qil, shoshilyapmiz.

Taehyung:yolg'onchi... Shoshilsak seni yuzing bunday bo'lmasdi..

Jungkook uning yoqimli yuziga qarab tabassum qilmaslikka harakat qildi. Ikkisi jamadonlarni mashinaga solib mashinaga chiqqanidan keyin Taehyung unga har xil savollar bera boshladi, jungkook esa savollarga "hm" yoki "hmm" deya javob berardi. Bazi savollarini esa umuman eshitmaganlikka olardi.

Taehyung:jungkook? Sen avval ham gay bo'lganmisan? Yoki mendan keyinmi?

Jungkook:yo xudo... Taehyung iltimos jim bo'l bidirlab miyyamni og'ritib yubording. Bas qil yoki mashinani o'sha daraxtga uraman!

Taehyung:bu shunchaki savolku! Javob ber bu qiziq!

Jungkook rulni mahkam qisdi va burulishni bekor qilib daraxt tomon tezlikni oshirdi. Taehyung uni jiddiy aytayotganini tushunib baqirdi.

Taehyung:jungkook ahmoqmisan?! Bo'pti kechir! Og'zimni yopib ketaman! Iltimos!

Mashina daraxtga xavfli darajada yaqinlashdi... va to'satdan jungkook mashinani keskin burdi. Taehyung shokdan qo'llari titrab rangi oqarib ketdi...

Taehyung to'satdan yig'lashni boshladi, ko'z yoshlar yuzini bo'yadi... Jungkookni bilagiga urdi.

Taehyung:ahmoq! Nega bunday qilding?! Meni o'ylamasang ham o'zingni o'yla! Senga nimadir bo'lsa men nima qilardim! Sevgiling jennieni o'yla! Nega shunday xavfli narsalar bilan o'ynashasan?! Miyyangni ishlatsang bo'lmaydimi?! Agar o'shanda rul burilmay qolsa yoki ulgurmasang nima bo'lardi?!

Jungkook uni yuzini ko'rib nima deyishni bilmadi, taehyung o'zi haqida emas balki u haqida o'ylarda uning sevgilisi uning hayoti haqida... qanday qilib o'zini birovdan ustun qo'yishi mumkin?..

11-qism tugadi.