"πππΌπΏ ππ ππππ"
Taehyung jungkookga qattiq bog'lanib qolayotgandi, uning erkalashlariga, teginishlariga, e'tiboriga qattiq o'rganib qoldi. Uni hammadan rashk qilar edi, har bir qiz-u yigitdan qattiq qizg'onar edi, lekin buni Jungkookga ochiqchasiga aytmasdi.
Jennie folbinga bir martta emas, to'rt nartta bordi.
O'sha kecha:taehyung jungkookning ofisiga juda yaxshi kayfiyat bilan kirdi.
Taehyung jungkookni stoli yoniga sakragancha keldi. Shimini erkalik bilan biroz ko'tarib shirin xarakatlar bilan gapira boshladi.
Taehyung:jungkook men o'sha rejamni amalga oshirmoqchiman! Mehribonlik uyiga hayriya qilmoqchiman. Ertaga birga boramiza? immm~
Jungkook uni gaplaridan biroz eridi... lekin nimadur g'alati edi.. buni o'zi ham biroz sezardi.
Jungkook:... yo'q men bormayman
Taehyung uni sovuq gaplaridan biroz hafa bo'lgandek lablarini burdi. Uni yuziga yaqin keldi.
Taehyung:kookiee~ birga iltimos boraylik~
Jungkookning g'azabi birdan toshib ko'zlarini g'azab bilan yumib ochdi
Jungkook:bas qilasanmi yoki o'sha og'zingni boshqa* narsa bilan yopaymi?
Taehyung uni bu so'zlaridan keyin yuzini uning yuzidan ancha uzoqlashtirdi.
Taehyung:haligi... yo'q men... men
Gap qoq o'rtasidan o'tkir so'zlar bilan kesildi.
Jungkook:sen bilan borishga majbur emasman taehyung, xonamdan chiq turqing yoqmayapdi!
Taehyung butunlay qotib qoldi... endigina yoshlanayotgan ko'zlarini yerga qadam tazim qilgancha chiqib ketdi
Taehyung:... nega u qo'pol... Menimcha kayfiyati yo'q... Nega ekana..
Taehyung:kecha yotoqga chaqirganda yo'q deganim uchundir... lekin ertalab yaxshi ediku..
Ish vaqti tugadi... Taehyung telefonini oldi va Jungkookni xonasiga kirmoqchi bo'lganida Jungkook o'zi chiqib keldi. Taehyung eshikdan birdaniga chiqqan jungkookdan cho'chib biroz ortga tisarilib ketdi.
Taehyung:voy!... H-haigi...
Taehyung jungkookni kayfiyati yaxshi emas deb o'ylab gaplarini ancha o'ylab gapira boshladi. So'zlarni lug'atidan terib ishlatardi.
Jungkook:kettik'mi'? Biz birga ketamiz deb kim aytdi? Meni boshqa ishlarim bor. Puling bor ekanligini bilaman. Uyga yaxshi yetib ol.
Jungkook javobni kutmay ketib qoldi
Taehyung endi gapirmoqchi bo'lgancha og'zini ochib qolaverdi..
Bugun dushanba bo'lgani sababli taksilarning hammasi band. Taksi topish taehyung uchun qiyin bo'ldi.
Chamasi bir soatlarda uyga yetib keldi. Eshikdan kirishi bilan abzoyi hali ham buzuq bo'lgan jungkookni va uning yonidagi jennieni ko'rdi. Ular qayergadir ketishyapdi...
Taehyung ulardan ko'zini uzmastan ularning qarshisiga bordi.
Taehyung:qayerga ketyapsizlar?... jungkook... jennie bilan qayerga ketyapsan.
Jungkook endigina gapiraman deganida jennie gapni o'rtasidan bo'ldi.
Jungkook:o'chir!... Ha bazimga ketyapmiz. Sen bilan borishimni kutmayapsanku to'g'rimi? Hamma xotini bilan keladi deyilgan. Men seni olib bormaymanku to'g'rimi?
Taehyung uning gaplaridan butunlay muzladi... bu so'zlar tanasiga jismoniy zarbadek urildi.
Jungkook:ihm, yaxshi qol. Meni kutmay uxlayver.
Jennie va jungkook uydan chiqib ketdi... taehyung polga o'tirib qoldi....