Forbidden
aloqa Jungkook yotoqda futbolkasiz yotardi ko‘zlari telefon ekraniga qadalgandi. Xonada sokinlik hukm surardi.
Hammom eshigi sekin ochildi. Nam sochlarini sochiq bilan artib Taehyung chiqib keldi. U indamay Jungkookning yoniga yotdi va oldiga yotib uni quchoqlab oldi. Boshini uning ko‘ksiga qo‘yib, bir zum jim qoldi. Go‘yo shu lahzani eslab qolmoqchidek.
Jungkook telefonini bir chetga qo‘ydi va Taehyungni mahkamroq quchoqladi.
Taehyung ko‘zlarini yumdi. Ovozi past biroz titroq edi.
Tae: Albatta bor. Ertaga sen turmush qurasan. Bir kun kelib meni yoqtirmay qo‘ysangchi?
Jungkook uning iyagidan ushlab, ko‘zlariga qaradi.
Jk: Tae jonim… Men faqat seni deyman. Ota-onam majburlab uylantiryapti. U yigitni esa bir ko‘rishda yoqtirmagandim ham.
Jungkookning ota onasi Jiminning ota onasi bilan hamkor va yaqin do’stlar bo’lishganligi uchun kampaniyaga foyda maqsadida ularni bir biriga unashtirishdi. Jungkookni xohishlarini eshitishmadi ham
Jk: Endi esa uxlay qol. Qolganini keyin hal qilamiz. Men hech qachon u bilan birga bo‘lmayman.
Jungkook uning lablariga sekin o‘pich qoldirdi. Xonada sukunat cho‘kdi. Ikkalasi ham ko‘zlarini yumsada o‘y-xayollari butunlay boshqa joyda edi.
Bugun Jeon va Park oilasida katta xursandchilik. Zal bezatilgan mehmonlar tabassum bilan qarab turishardi. Faqat ota-onalar chin dildan quvonayotgandek edi.
Jungkook esa o‘zini begona his qilardi.
U qo‘lidagi nikoh uzugiga qaradi. Barmoqlari biroz titradi ammo baribir uzukni taqdi. Atrof qarsaklarga to‘ldi.
Endi navbat… rasmiy bo‘sa edi.
Do‘stlari old qatorda turib, ularni qo‘llab turishardi. Kimdir “tabriklayman” deb qichqirdi.
Jungkook esa Jiminning yuziga sovuqqina qaradi. Uning nigohida iliqlik yo‘q edi faqat majburiyat va ichki qarshilik.
So‘ng boshqa tomonga qarab nikoh varog‘iga qat’iy qo‘l qo‘ydi.
Qalam ovozi zal shovqinidan ham balandroq eshitilgandek tuyuldi.
Bir necha soniyadan keyin Jimin ham qo‘l qo‘ydi. Uning chehrasida esa tushunarsiz tabassum bor edi balki og‘riqni yashirayotgandir
Marosim davom etardi. Jiminning yuzida sokin tabassum bor edi lekin ichida butunlay boshqa tuyg‘ular girdobi aylanardi. U bolaligidan beri Jungkookni sevardi. Har bir sovuq qarashiga qo‘pol gaplariga qaramay yuragi baribir undan voz kecha olmagandi.
“Bir kun kelib o‘zgaradi,” deb o‘zini ishontirardi doim.
Jiminni ham sevadigan inson bor edi.
U bir necha marta Jimin bilan gaplashishga hislarini aytishga harakat qilgan. Har safar esa muloyim ammo qat’iy rad javobini olgan.
— Kechirasan… men boshqasini sevaman — degan edi Jimin.
Yoongi esa indamay bosh irg‘ab ketardi. Lekin nigohidagi og‘riq yashirinmasdi.
Jimin o‘y-xayollarga cho‘mgan payti Jungkookning zalni tark etayotganini ko‘rib qoldi. U atrofga qarab sekin tashqariga chiqib ketdi.
Jiminning yuragi nimanidir sezgandek tez ura boshladi.
Koridor jim edi. Qadam tovushlari aks sado berardi. Jimin burchakdan qaradi.
Jungkook Taehyung bilan turardi.
Ular bir-biriga juda yaqin edi. Qo‘llari bir-biriga chirmashgan. Jungkookning yuzida esa marosim davomida ko‘rinmagan iliqlik bor edi.
Jiminning ko‘zlari bir zum qotib qoldi.
Yuragida nimadir sinayotgandek og‘riq paydo bo‘ldi. Nafasi qisildi.
Zalga kirib kelganida, yana o‘sha tabassumni taqib oldi. Hech kim hech narsani sezmasdi.
Faqat ichida bir narsa o‘zgardi.
Bu sevgi endi avvalgidek beg‘ubor emasdi.
Nikoh ularni bir tom ostiga olib keldi. Endi ular bir xonada yashashlari kerak edi hech bo‘lmaganda boshqalarga shunday ko‘rinishi uchun.
Jungkook xonaga kirganida xona bezatilgan edi. Yotoq atrofida shamlar, gullar, bezaklar… Hammasi yangi hayot boshlanishini eslatardi.
Jimin esa ichkarida uni kutib turardi. Eshik ochilishi bilan u sekin o‘rnidan turdi va jilmaydi.
Bu jilmayish ichidagi qo‘rquvni yashirish uchun edi.
Jungkook esa atrofga befarq nazar tashladi. Go‘yo bu xonada hech qanday ma’no yo‘qdek.
U shkaf tomon yurdi, kiyimlarini ola boshladi. Ustidagi kiyimini yechib, uxlash uchun oddiy kiyim tanladi.
Jk: Bir necha kun shu yerda yotishingga ruxsat beraman. Lekin keyinchalik men bilan yotmaysan. Senga alohida xona tayyorlab beraman.
U gapini davom ettira olmadi. Chunki javobni allaqachon bilardi.
Bir necha soniya og‘ir sukunat cho‘kdi.
Jungkook yotoqqa yotdi va telefonini qo‘liga oldi. Ekran yorishdi.
Jk: Salom, jonim. Yaxshimisan?
Bu so‘zlar jiminga pichoqdek botdi.
Jimin ko‘zlarini pastga qaratdi. U bilan bir xonada turib, boshqa birovni “jonim” deb atash… bu og‘riqni tasvirlab bo‘lmasdi.
Jungkook hatto ovozini ham yumshatdi. Marosimda ko‘rinmagan iliqlik yana paydo bo‘ldi.
Jimin asta yotoqning narigi tomoniga o‘tib yotdi. Orasida masofa bor edi nafaqat jismoniy, balki yuraklar orasida ham.
Shiftga tikilib yotarkan, ichidan bir savol o‘tdi:
“Men haqiqatan ham noto‘g‘ri tanlov qildimmi?”
Lekin u hali ham Jungkookni sevardi.
Va shu sevgi uni eng ko‘p qiynayotgandi.
Jungkook hali ham Taehyung bilan yozishar past ovozda kulib qo‘yardi. Jimin esa boshqa tomonga qarab yotardi. Eshitishni ham, his qilishni ham istamasdi. Ko‘zlarini yumgan, lekin uyqu kelmasdi.
Hamma bir dasturxonga yig‘ildi: Jungkook, Jimin va Jungkookning ota-onasi. Stol bezatilgan, nonushta tayyor. Ota-onasi Jimin bilan turli mavzularda gaplashishardi — o‘qishi, qiziqishlari, rejalari haqida. Jimin muloyim javob berardi.
Jungkook esa indamay o‘tirar, go‘yo bu suhbat unga tegishli emasdek.
U buni oddiy iltimos ohangida emas, buyruqdek aytdi.
Jungkookning onasi darhol qaradi.
Jk’s mom: Jungkook, buni xizmatchilarga aytsang bo‘ladi.
Jk: U mening xotinim. Demak qilishi kerak. Menga bo‘ysunishi shart.
Onasining jahli chiqdi, lekin vaziyat sabab indamadi. Otasi esa jiddiy qarab qo‘ydi.
Jimin qo‘li bilan shishani oldi. Barmoqlari biroz titrardi. U vinoni stakanga quya boshladi, ammo hayajon sabab ozgina to‘kilib ketdi.
Tomchilar oq dasturxonga tushdi.
Jimin darhol orqaga chekinib, boshini egdi.
Lekin Jungkookning sabri allaqachon tugagandi.
U keskin o‘rnidan turdi. Stakanni qo‘liga oldi va ichidagi qizil vinoni Jimin tomonga sepib yubordi.
Sokin xona bir zumda muzlab qoldi.
Qizil dog‘lar Jiminning kiyimiga tushdi. U qimirlamay turardi. Ko‘zlari pastda.
Jungkookning ota-onasi darhol o‘rnidan turishdi.
Jk’s dad: Axmoq bola Bu nima qilganing?!
Jungkook esa hech kimga qaramadi. Jag‘i qattiq qisilgan, ko‘zlari g‘azabga to‘la edi.
U hech narsa demay, xonani tark etdi.
Stol atrofida esa og‘ir sukunat qoldi.
Jimin hali ham qimirlamasdi. Uning yelkasi sekin titrardi, lekin u yig‘lamaslikka harakat qilardi.
Bu endi shunchaki sovuqlik emas edi.
Va balki, nimadir ichida sinib bo‘lgandi.
Jk’s mom: Uni kechir… harakteri shunaqa bilasanku. Men u bilan o‘zim gaplashaman. Sen borib kiyimlaringni almashtirib tur
Onasining ovozida uyat ham, g‘azab ham bor edi. Ammo u vaziyatni tinchlantirishga harakat qilardi.
U hech kimning ko‘ziga qaramadi.
Sekin qadamlar bilan xonasiga kirib ketdi.
Eshik yopilishi bilan tashqi dunyo bilan orasidagi parda ham yopilgandek bo‘ldi.
Va nihoyat… ushlab turgan ko‘z yoshlarini chiqarib yubordi.
Ko‘z yoshlari birin-ketin to‘kila boshladi.
U labini tishlab, ovoz chiqarmaslikka harakat qildi. Lekin bugungi voqea yuragining eng nozik joyiga tegib ketgandi.
Kiyimida qizil dog‘lar. Soch tolalariga ham vino sachragan edi.
U Jungkookning sovuq qarashini esladi. Va tashqarida Taehyung bilan qo‘l ushlashganini ham.
Jimin bir zum ikkilanib qoldi. Ko‘z yoshlarini artdi. Qo‘ng‘iroqni qabul qilishga qo‘li bordi… keyin to‘xtadi.
Bu safar u javob berdi, lekin ovozi titroq edi.
Telefonning narigi tomonida bir necha soniya jimlik bo‘ldi.
Jimin tezda ko‘z yoshlarini artdi.
Jm: Yo‘q… shunchaki charchadim.
Yoongi uning yolg‘on gapirayotganini darrov sezdi. U Jiminni juda yaxshi bilardi.
Keyin Yoongining ovozi odatdagidan jiddiyroq eshitildi.
Jimin yuragi tez urib ketdi. Hozir kimningdir kelib, “sen bunga loyiq emassan” deyishini eshitgisi kelardi. Lekin u hali ham ikkilanardi.
Jm: Kerak emas… hammasi joyida.
Yg: Jimin. Menga yolg‘on gapirma.
Bu safar Jimin indamadi. Nafasi titradi.
Yoongi past ovozda, lekin qat’iy dedi:
Yg: Agar u seni xafa qilgan bo‘lsa… endi yetar. Men seni shunday ko‘ra olmayman. Bir umr boshqasini sevgan odam uchun o‘zingni sindirib yashashing shart emas.
Bu so‘zlar Jiminning ichidagi og‘riqqa tegdi.
Yg: Bilaman. Lekin sevgi bir tomonlama bo‘lsa, u faqat og‘riq beradi.
Eshik ortida esa qadam tovushi eshitildi.
Jungkook xonaga qaytib kelgandi. U eshik oldida to‘xtadi. Ichkaridan Yoongining ovozi past, lekin aniq eshitilardi.
Yg: Agar xohlasang, hozir boraman. Seni olib ketaman. Hech kimga hech narsa tushuntirishing shart emas.
Bir tomonda bolalikdan beri sevgan insoni.
Boshqa tomonda esa uni hech qachon yig‘latmaslikka tayyor yigit.
Eshik ortida esa Jungkookning yuzi asta-sekin o‘zgarardi.
Jungkook birdan xonaga kirib keldi, ko‘zlari g‘azabga to‘la edi.
Jk: seni hali o’ynashing ham bormi?
Jimin orqaga chekinishga harakat qildi, lekin Jungkook uning qo‘lidan mahkam tortdi va xonadan olib chiqdi.
Jm: Meni no’to‘g‘ri tushunding, Jungkook…
Jk: (qo‘llarini og‘ritib ushlab) Bu jin… u urgur o‘ynashi bilan uchrashmoqchi ekan, menga loyiq ko‘rganingiz shumi?!
Jungkook jiminni onasini olidga uloqtirdi. Jungkookni onasi Jiminni o‘ziga oldi va himoya qilishga urindi.
Jk’s mom: Yolg‘on gapirma, qayerdagi bir axmoqni sevib qolganing uchun shunday deyapsan!
Jk: (qattiq) Unga til tekkizmang
Jk’s dad: Jungkook, ovozingni o‘chir
Jungkook bir zum to‘xtadi, ko‘zlarida g‘azab va qayg‘u aralashdi. Nafasini chuqur oldi, keyin esa hech kimga e’tibor bermasdan, uydan chiqib ketdi.
Eshik qattiq yopildi. Ichkarida qolgan Jimin hali ham qo‘llaridagi og‘riqni his qilardi, yuragi titrab turardi.
Jimin ertalab ishga chiqdi. Bugun toydan keyin birinchi ish kuni edi, yuragi hali ham bezovta edi. Xotirasi asta-sekin to‘y kunidagi voqealarni eslardi: Jungkookning g‘azabi, sovuq qarashlari… Hamma narsa hali ham uning ongida jonli edi.
U taxi chaqirish uchun ko‘chaga chiqqanda, yon tomondan tanish ovoz eshitildi.
Jimin boshini burdi Yoongi mashinada, derazani ochib unga qarardi. Nigohi uni diqqat bilan o‘rganib turardi, u esa shunchaki jilmaydi.
Jimin atrofga bir qaradi, keyin mashinaga o‘tirib oldi. Hech narsa demadi, lekin yuragi tez urardi. Nafasini bir zum to‘xtatib, deraza tomon qaradi. Yoongi uning yonida, xotirjam, ammo nigohi jiddiy edi.
Y: Jimin, yaxshimisan? U senga zarar yetqazmayaptimi?
Jm: Menda hammasi yaxshi… baxtliman.
Yoongi uning so‘zlariga ishonmadi. Nigohi shunchalik chuqur edi-ki u Jiminning yolg‘onini sezib turardi.
Y: (past, ammo qat’iy) Jimin… sen yolg‘on aytayapsan. Ko‘zlaring… sen xotirjam emassan. Oldin bunaqa emas eding
Jiminning qo‘llari bir oz titradi. U so‘nggi paytlarda his qilgan yolg‘izlik, g‘azab va tushunmovchilikni boshidan o‘tkazayotgan edi. Shoshqaloq nafas oldi va derazaga qaradi: ko‘cha shovqini, odamlar… hammasi o‘zgarib ketgandek tuyulardi.
Jimin: (past ovozda) Men… men baxtliman. Shu… shunchaki…
Yoongi uning ovozidagi titrashni eshitdi. U tez orada tushundi: so‘zlar faqat yuzaki edi, yurak esa boshqa narsani his qilardi.
Y: Jimin… agar u seni xafa qilsa, men sening yoningda bo‘laman. Hech kimga shunday imkoniyat bermayman.
Jiminning ko‘zlari shundoq ochilib ketdi. Ichki hissiyotlari aralashib, titrardi. Yuragi bir zumga tinchlandi, ammo yana o‘z-o‘zini tuta olmadi.
Mashina jimlikda harakatlanar, lekin xonadagi voqealar, Jungkookning sovuq qarashlari va hissiyotlar uning ongida qayta-qayta aylanar edi.
Jimin asta past ovozda, o‘zi bilan gaplashardi:
Jm: (o‘ziga) Men… haqiqatdan ham baxtlimanmi?
Yoongi uning qo‘lini sekin ushlab, muloyimlik bilan:
Y: Hamma narsa joyiga tushadi, Jimin. Sen yolg‘iz emassan. Barbir seni o’zim bilan olib ketaman. Biroz sabr qil… ota onangni ko’ndiraman
Jm: ular sen bilan bo’lishimni xohlashmaydi
Y: agar unday bo’lsa ularga aytmasdan olib ketaman. Seni bunday ko’rish men uchun og’ir
Jimin ko‘zlaridagi og‘riq hali ketmagan edi. U Yoongiga ishonar, lekin yuragidagi jazba hali sovimagan edi.