GANGSTER
Ertalabdan nonushta qilib bo‘lgach, Taehyung va Jiwoo shopping uchun ko‘chaga chiqishdi. Ularning xavfsizligi uchun qorovul ham yonlarida edi, chunki Jungkookning dushmanlari ko‘p bo‘lgani sababli ko‘chaga chiqish har doim xavfli hisoblanardi.
Jiwoo to‘satdan to‘xtab, ko‘zlari muzqaymoq sotilayotgan tomonga tushdi.
Jiwoo: dada muzqaymoq yeyishni xohlayman
Tae muloyim ohangda javob berdi:
Tae: ichkariga kirsak o’sha yerdan olamiz.
Jiwoo esa boshini chayqab, yana o‘sha tomonga ishora qildi:
Jiwoo: yo’q mana bu yerda sotilayotgan ekan
U tashqarida muzqaymoq sotilayotgan joyni ko‘rsatdi.
Taehyung o‘sha tomonga qaradi. Shu zahoti uning nigohi qotib qoldi u yerda Jimin turgan edi. Taehyungning yuragi biroz tezroq ura boshladi, lekin u buni sezdirmaslikka harakat qildi.
Tae: og’lim yur boshqa joydan olamiz
Jiwoo esa o‘jarlik qilib yerga o‘tirdi, ovozini balandlatdi:
Jiwoo: yoq yoq dedim men shu yerdan olaman aynan shu yerdan bolmasa mana shu yerga yotib olaman
U yig‘lashga yaqin baqira boshladi. Qorovul darhol atrofga qarab, vaziyatni kuzatishga tushdi, Taehyung esa Jiwooni tinchlantirish uchun egildi, lekin ichida Jimin turgan joydan ko‘z uzolmayotgandi.
Taehyung oxiri nima qilishni bilmay, rozi bo‘ldi.
Tae: Jiwoo, qanaqa muzqaymoq yeysan?
Jiwoo darhol ko‘zlari yonib, javob berdi, xursand bo‘lib atrofga qaray boshladi.
Shu payt Jimin tanish ovozni eshitib, kassa tomonga qaradi. Uning yonida kichkina qizcha ham bor edi. Jimin Taehyunglarni ko‘rib, qizchaga ishora qildi.
Jm: sen oying bilan o’tirib tur, hozir kelaman
U sekin o‘rnidan turdi va Taehyung tomonga qaradi. U Taehyungning Jiwoo bilan band ekanini ko‘rib, biroz to‘xtab qoldi.
Taehyung esa uni sezmagandek bo‘lishga harakat qildi. Nigohini boshqa tomonga burib, Jiwoo bilan gaplashishda davom etdi.
Bir ozdan so‘ng, ular muzqaymoqlarini olib, yaqin atrofdagi bo‘sh stolga o‘tirishdi. Jiwoo muzqaymoqni ko‘rib darhol kulib yubordi, Taehyung esa atrofni yana bir marta kuzatib chiqdi, lekin o‘zini xotirjam tutishga urindi.
Ular stolga o‘tirishgach, Jimin ham asta yaqinlashdi. Avval qorovulga bir kartichka ko‘rsatdi. Qorovul uni tekshirib, jim turib qoldi u Jungkookni qo’lida ishlashini bilib aralashmadi
Taehyung muzqaymoqni Jiwooga uzatib, sovuq ohangda so‘radi:
Jimin biroz jim turib, unga tikilib qoldi. Nigohida tushunib bo‘lmaydigan og‘irlik bor edi.
Jm: Taehyung… o‘zgarib ketibsan.
Uning ko‘zi keyin Jiwooga tushdi.
Tae hech ikkilanmay javob berdi:
Tae: ha. Jungkook va mening o‘g‘limiz. Hozir biz juda ham baxtlimiz. Shu gap kerakmi senga?
Jimin bir zum sukut saqladi. Keyin pastroq, biroz og‘ir ohangda gapirdi:
Jm: Taehyung… sen juda ham o‘zgarib ketgansan. Ko‘rinishing ham emas… seni o’zing
Taehyung muzqaymoqni stolga qo‘yib, Jiminga qisqa qarab qo‘ydi. Uning yuzida hislarini yashirib turgan sovuqlik bor edi, lekin ko‘zlarida eski xotiralar soyasi sezilib qoldi. Jiwoo esa atrofga qiziqib qarab, kattalarning gapiga uncha ahamiyat bermasdi.
Taehyung buni o‘ziga ham ochiq aytmagan, lekin ichida Jimin bilan bog‘liq hislar butunlay o‘chib ketmagan edi. U buni yashirishga qanchalik urinmasin, Jiminning ovozi yoki qarashi eski xotiralarni qo‘zg‘atardi.
Lekin hozir u boshqa hayotda edi Jungkook, Jiwoo va tinchlikni tanlagan edi.
Shu sabab Taehyung yuzini sovuq tutdi, ko‘zlarini Jimindan olib qochdi.
Tae: o‘tmish haqida gaplashishga hojat yo‘q.
Jimin biroz jim qoldi. Uning nigohi Taehyungning yuzidan chekinmadi, go‘yo u ichidagi haqiqatni o‘qimoqchidek.
Jm: sen shunchaki hammasini unutib yuborgandek ko‘rinyapsan.
Taehyung Jiwooga qarab qo‘ydi bola muzqaymoq bilan band, hamma narsa unga oddiy va quvonchli edi.
Tae: senga muammo kerakmi? Agar sen bilan o‘tirganimni Jungkook bilsa, nima bo‘lishini o‘zing bilasan
Tae: bor, xotining va qizing kutib qolishdi.
Jm: nima? Ular meni singlim va singlimning qizi.
Tae: menga baribir. Agar tinch yashashni xohlasang, menga yaqin kelma.
Jm: men seni shunchaki ko’rish uchun yoningga kelgandim. Tan olaman, hali ham afsusdaman. Lekin o‘sha payt qo‘limdan hech narsa kelmasdi. Buning ustiga Jungkookning qo‘lida ishlardim…
Tae: men so‘radimmi? O‘sha payt Jungkookni tanlaganim uchun hech qachon afsuslanmayman.
Jm: rostanmi? Lekin ko‘rinishing bunday demayapti… qo’lingdagi jarohatlar-chi?
Taehyung qo’llarini o’ziga yaqinlashtirib jarohatlarini yaxshirishga urindi
Tae: bu mening hayotim. Menga o‘tmishni eslatma.
To‘satdan Jiwoo og‘zini ochdi va hamma jimib qoldi.
Jiwoo: amaki… dadamni qo‘llaridagi jarohatni Jungkook dadam qilgan. Olovda kuydirgandi… men o‘zim ko‘rgandim. Juda ham qo’rqib ketgandim va juda ko’p yig’ladim lekin…
Taehyung uni gapirishdan to’xtatdi
Tae: Jiwoo… bu mavzuni gapirmaymiz
Jiwoo ko‘zlari kattalashib, hayron bo‘lib qaradi, lekin jim bo‘lib qoldi.
Jimin esa qotib turardi. U og’ri nimadir his qildi
Taehyung Jiwooni tezda olib ketdi. Jimin esa ortidan qarab qoldi. Taehyungning sovuqligi ortida yashiringan og‘riqni u aniq sezgandi. Shu sabab ichida g‘alati og‘irlik paydo bo‘ldi go‘yo u ham bu holat uchun aybdordek.
Jimin allaqachon Jungkookning qanday inson ekanini bilardi. Shu sababdan hayron qolmadi
Uyga qaytgach, Taehyung Jiwoo bilan birga ovqatlandi. Bola charchagani uchun ko‘p o‘tmay uxlab qoldi. Uy yana sokinlashdi. Taehyung esa bekor o‘tirmay, enagaga uy ishlarida yordamlasha boshladi.
Enaga: siz borib dam olavering, janob.
Tae: baribir hech qanday ishim yo‘q.
Enaga: dorilaringizni ichdingizmi?
Enaga: unda keling, qo‘llaringizga malham surtaman.
Enaga indamay kerakli narsalarni olib kelish uchun chiqib ketdi.
Xona yana jimjit bo‘lib qoldi.
Taehyung sekin qo‘liga qaradi. Jarohat hali ham bilinib turardi. U barmoqlari bilan ehtiyotkor tegib ko‘rdi va ko‘zlarini yumdi. Bu og‘riq yangi emas edi… bir necha kun oldingi tortishuvdan qolgan iz edi.
Shu payt xayoliga Jimin keldi — uning bugungi qarashi, aytgan gaplari, ayniqsa “jarohatlar-chi?” degan savoli.
Taehyung boshini pastga soldi.
U yana qo‘liga qaradi, lekin bu safar faqat jarohatga emas o‘tmishga tikilgandek edi.
Tae (ichida): uni ko‘rishga ko‘zim yo‘q… qaniydi butunlay yo‘q bo‘lib ketsa…
U bu fikrni o‘ziga ham tan olgisi kelmasdi. Chunki ichining bir chekkasida buning aksi yashirinib yotganini o‘zi ham bilardi.
Shu payt enaga yoniga kelib, indamay qo‘liga malham sura boshladi. Taehyung qarshilik qilmedi, faqat jim o‘tirib qoldi. Xona ichida og‘ir sukunat hukm surardi.
Jiwoo esa odatdagidek tinchimadi, bugun ayniqsa injiqligi kuchli edi. Sababi bor edi Jungkook ularni aylanishga olib borishini aytgan edi.
Taehyung telefonni olib, Jungkookka qo‘ng‘iroq qildi. Bir marta… ikki marta… lekin javob bo‘lmadi.
Jiwoo yonidan bezovta bo‘lib turardi.
Taehyung yana qo‘ng‘iroq qildi. Bu safar ham javob yo‘q.
Oxiri ular qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilib, hatto xabar ham yozishdi. Birozdan keyin javob keldi.
“Meni vaqtim yo‘q bugun. O‘zinglar borib turinglar.”
Taehyung xabarni o‘qib, bir zum jim qoldi. Keyin majburan jilmayishga harakat qilib, Jiwooga qaradi.
Tae: Jiwoo, dadangni ishi ko‘p ekan. Yur, o‘zimiz borib kelamiz.
Jiwoo darrov norozilik bildirdi:
Jiwoo: har doim shunaqa qiladilar. Men mashg‘ulotlarga aytgan vaqtlarida boraman, lekin aylanishga vaqt topolmaydilar…
Taehyung uning gapini muloyimlik bilan to‘xtatdi.
Tae: bo‘ldi, Jiwoo… unday demaymiz. Kiyinamiz, xo‘pmi?
Jiwoo sekin bosh irg‘adi, lekin xafaligi bilinib turardi. Taehyung esa ichida yana o‘sha tanish hisni sezdi — yolg‘izlik va tushunarsiz og‘irlikni.
Ular yo‘lga chiqishdi. Uy ancha chekkada joylashgani uchun shahargacha yetib borish uzoqroq vaqt olardi. Yo‘l asta-sekin qorong‘ulashib, atrof siyraklashib borardi.
Birdan, notanish mashinalar paydo bo‘lib, ularning atrofini o‘rab ola boshladi.
Haydovchi: bu nimasi bo‘ldi?..
Qorovul darhol vaziyatni tushunib, telefoniga yopishdi.
Qorovul: janobga xabar beringlar, tez!
Haydovchi esa tezlikni oshirib, chiqib ketishga urinardi. Lekin ortidan quvayotgan mashinalar soni kamaymas, aksincha tobora yaqinlashardi.
Taehyung uni darhol bag‘riga tortdi.
Tae: men yoningdaman, qo‘rqma.
Mashina ichida keskinlik kuchayib borardi. Shu payt yon tomondan kelgan mashina qattiq zarb bilan ularni urdi.
Haydovchi rulni mahkam ushlab, zo‘rg‘a boshqarishga harakat qilardi.
Haydovchi: jin ursin… nazoratni yo‘qotyapman!
Mashina yo‘ldan chiqib ketgudek tebranardi. Hammasi bir necha soniya ichida sodir bo‘ldi.
Va birdan mashina ag’darilib ketdi
Aftohalokatdan keyin hammasi bir lahzaga go‘yo jimib qolgandek edi. Ichkarida hech kim qimirlamas, hammasi hushsiz edi. Old o‘rindiqda o‘tirganlar eng ko‘p jarohat olgani aniq bilinardi.
Oradan ko‘p o‘tmay atrofga notanish odamlar yig‘ila boshladi. Ularning ovozlari qorong‘uda xira eshitilardi.
Kimdir mashina eshigini zo‘rg‘a ochdi. Bir necha kishi ichkariga egilib, hushsiz yotganlarni tekshira boshladi.
Ular avval Taehyungni, keyin Jiwooni mashinadan chiqarishdi. Taehyung mutlaqo qimirlamasdi, Jiwoo ham hushsiz edi
Shu payt kimdir shoshilinch ovozda dedi:
— tez bo‘linglar, kimdir kelyapti. Faqat bolani o’zini olinglar!
Bir lahza ikkilanish bo‘ldi, lekin keyin ular qaror qilishdi.
Jiwooni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib, boshqa mashinaga olib borishdi. Eshik yopildi, dvigatel ovozi eshitildi.
Mashina qorong‘u yo‘lda tezlik bilan uzoqlashib ketdi.
Ortda esa Taehyung hushsiz holda qolib ketdi.
Birozdan keyin Taehyung asta-sekin o‘ziga kela boshladi. Atrof hali ham xira, boshida og‘riq bor edi.
U birdan sergak tortib uyg‘ondi. Nafasi tezlashdi, ko‘zlari atrofni izlay boshladi. Bu joy… notanish edi.
U o‘rnidan turishga urindi, lekin bosh aylanishi sabab yana biroz tebranib qoldi. Shu payt eshikdan kirib kelayotgan Jiminga ko’zi tushdi