February 19

Педофиль 2

часть 2

Jungkook Taehyung bilan ishini bitirib, xonadan chiqib ketdi. Taehyung esa yotoqda og‘ir ahvolda yotardi. U qornini ushlab, xayol sura boshladi. Nega Jungkook unga yanada qiyinroq ishlarni qo‘shganini tushunmasdi. Balki bu jazodir, deb o‘yladi u.

Shu holatda uxlab qolgan Taehyung ertalab ko‘zini ochdi. Dushga kirib chiqdi va nonushta qilish uchun pastga tushdi. Nonushta qilib bo‘lgach, endi ishga kirishmoqchi edi, lekin xizmatkor uni to‘xtatdi.

— Janob, bu ishlarni endi siz qilmasligingiz buyurilgan. Soat roppa-rosa 10:00 da treyneringiz keladi — dedi xizmatkor.

Taehyung bosh irg‘ab qo‘ydi va xonasiga qaytdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, soat millari 10:00 ni ko‘rsatdi. Xizmatkor eshikni qoqib, treyner kelganini ma’lum qildi. Taehyung chuqur nafas oldi. Ichida qandaydir bezovtalik bor edi, lekin buni tashqariga sezdirmaslikka harakat qildi. U asta qadamlar bilan zal tomon yo‘l oldi.

Zal eshigini ochgach, Han allaqachon uni kutib turgan edi. Sport kiyimida, jiddiy nigoh bilan Taehyungga qaradi.

Han: Bugungi mashqlarga tayyormisan?

Taehyung bir zum sukut saqladi. Kechagi og‘riqlar hali ham tanasida bilinib turardi. Shunga qaramay, o‘zini tik tutishga urindi.

Tae: Ha.

Han yengilgina bosh qimirlatdi, go‘yoki uning javobini kutgan edi.

Han: Bugun kechagidan ko‘proq bo‘ladi. Faqat chiday olsang bo‘ldi. Orqaga yo‘l yo‘q.

Bu so‘zlar Taehyungning yuragiga og‘ir botdi. Ammo u yana bosh irg‘adi. Ichida qo‘rquv va ikkilanish bo‘lsa ham, buni ko‘rsatishni istamadi. U bilardi bu mashg‘ulotlar shunchaki sport emas, balki sabr sinovi ham edi.

Han mashqlarni tushuntira boshladi. Zal ichida sukunat hukm surar, faqat qadam tovushlari va jihozlarning shovqini eshitilardi. Taehyung esa o‘zini ruhan tayyorlashga harakat qilardi. Bugun ham oson bo‘lmasligini his qilib turardi.

Oradan ikki oy o‘tdi. Bu vaqt ichida Taehyung ancha o‘zgardi. Oldingidek juda ham kuchsiz emasdi mashg‘ulotlar uni jismonan ham, ruhan ham chiniqtirgandi. Harakatlari ancha ishonchli, nigohi esa avvalgidan qat’iyroq ko‘rinardi.

Ertadan u yana maktabga borishi kerak edi. Bu fikr uning ichida biroz hayajon va biroz xavotir uyg‘otardi. Hozir esa u Jungkook bilan birga kechki ovqat stolida o‘tirardi. Stol ustida sukunat hukm surar, faqat idish-tovoqlarning yengil tovushi eshitilardi.

Jungkook nihoyat sukutni buzdi.

Jk: Taehyung, meni eshit.

Taehyung sekin boshini ko‘tarib, unga qaradi. Nigohi sokin bo‘lsa-da, ichida taranglik bor edi.

Jk: Maktabga chiqasan. Lekin agar menga yoqmaydigan biror xatti-harakat qilsang, seni o’lgudek kaltaklayman buni qilishimni yaxshi bilasan

Bu so‘zlar tahdid ohangida yangradi. Taehyungning yuzida qo‘rquv sezilib turardi. U buni yashirishga harakat qilsa ham, qo‘llari biroz titrab ketdi. U indamay bosh irg‘adi.

Jungkook yana davom etdi:

Jk: Yana bir narsa. O‘zingni himoya qil. Senga qo‘riqchi qo‘ya olmayman. Agar o‘zingni himoya qila olmasang… keyin mendan e’tiroz kutma.

Bu gap aniq ogohlantirish edi. Taehyung chuqur nafas oldi.

Tae: Tushunarli.

U boshini egdi. Ertangi kun qanday o‘tishini tasavvur qila olmasdi, lekin bir narsani bilardi endi hammasi o‘z qo‘lida.

Taehyung xonasiga kirgach, eshikni sekin yopdi. Xona ichidagi sukunat unga odatdagidek tanish tuyuldi, ammo bugun bu sukunat boshqacha og‘irroq edi. U deraza yoniga borib, qorong‘ulikka tikildi. Xayoli esa ertangi kundan nariga o‘tolmasdi.

Maktab shahar ichida emas, chekkaroqda joylashgan xususiy maktablardan biri edi. Uni har kuni mashinada olib borishadi va yana olib kelishadi. Hammasi nazorat ostida, hammasi tartibli. Lekin baribir… bu uni tinchlantirmasdi.

Muammo yo‘l yoki joyda emas edi. Muammo odamlar edi.

Taehyung odamlar orasida yurishni, ular bilan oddiy suhbat qurishni, kulib javob qaytarishni o‘rganmagan edi. U ko‘proq sukunatni, yolg‘izlikni bilardi. Begona nigohlar, pichirlashlar, savollar bularning o‘ziyoq uning ichini siqib yuborardi.

“Ular meni qanday qabul qilishadi?” degan o‘y xayolidan ketmasdi. Agar savol berishsa-chi? Agar uni g‘alati deb o‘ylashsa-chi?

U karavot chetiga o‘tirib, qo‘llarini bir-biriga qisdi. Yuragi tezroq ura boshladi. Ikki oy davomida jismonan kuchaygan bo‘lsa ham, ichidagi qo‘rquv hali ham o‘sha-o‘sha edi.

Taehyung chuqur nafas oldi. Balki bu ham bir sinovdir. Balki u haqiqatan ham o‘zini himoya qilishni nafaqat jismonan, balki ruhan ham o‘rganishi kerakdir.

Ertangi kun uning uchun yangi bosqich edi. Va u bundan qanchalik qo‘rqmasin, baribir o‘sha eshikdan kirishga majbur edi.

Taehyung yana Ian haqida o‘ylab ketdi. Oradan ikki oy o‘tgan bo‘lsa ham, u go‘yo kechagidek yodida edi. Shu vaqt ichida biror marta ham uni ko‘rmadi. Na ovozini eshitdi, na tasodifan bo‘lsa ham yo‘llari kesishdi. Go‘yo Ian birdaniga hayotidan o‘chib ketgandek edi.

Taehyung o‘zini majburlab, undan kechishga harakat qilardi. “Unutishim kerak” deb ko‘p marta takrorladi o‘ziga. Lekin yurak buyruqqa bo‘ysunmasdi. Qanchalik rad etsa ham, ich-ichidan uni qattiq sog‘inardi. Ian bilan o‘tgan qisqa lahzalar ham unga juda qadrli bo‘lib qolganini endi tushunayotgandek edi.

Shu o‘ylar ichida uning ko‘zlaridan sekin yosh oqib tushdi. U qo‘li bilan artishga ham urinmadi. Shunchaki shiftga tikilib yotdi. Yuragi og‘ir, ko‘kragi siqilgandek edi. Oxiri charchoq ustun keldi va u ko‘zlari nam holda uxlab qoldi.

Ertalab eshik qoqildi.

Xz: Janob, maktabga tayyorlanishingiz kerak. Kiyimlaringiz va nonushta tayyor.

Taehyung ko‘zlarini sekin ochdi. Bir zum qayerdaligini anglay olmay yotdi, so‘ng kechagi o‘ylar yana yodiga tushdi. U indamay o‘rnidan turdi. Yuvinib chiqdi, tayyorlab qo‘yilgan kiyimlarini kiydi. Hammasi odatdagidek tartibli va reja asosida edi. Nonushta ham jimlikda o‘tdi.

Bir necha daqiqadan so‘ng u tashqariga chiqdi. Havo salqin, osmon ochiq edi. Haydovchi eshikni ochib berdi. Taehyung mashinaga o‘tirdi va yo‘lga tushishdi.

Mashina shahar chetiga qarab harakatlanar ekan, Taehyung oynadan tashqariga tikilib qoldi. Ko‘chalar, daraxtlar, o‘tib ketayotgan odamlar hammasi ko‘z oldidan o‘tardi. Ammo uning xayoli yana Ian bilan o‘tgan lahzalarga qaytdi. Birga kulgan paytlari, oddiy suhbatlari… hatto sukutlari ham.

U ko‘zlarini yumdi. “Balki bugun uni unutishga harakat qilarman,” deb o‘yladi ichida. Lekin yuragi bu fikrga ishonmadi.

Maktab hovlisiga qadam qo‘yishi bilan Taehyungning boshi g‘uvillab ketgandek bo‘ldi. Atrof shunchalik shovqin ediki, bir zumga nafas olishi ham qiyinlashdi. O‘quvchilarning kulgisi, baland ovozdagi suhbatlar, yugurayotgan qadam tovushlari bularning bari bir-biriga qo‘shilib, uning quloqlarida og‘riqli jarangga aylandi.

U bunday muhitga o‘rganmagan edi. Taehyungning barmoqlari beixtiyor sumkasiga yo‘naldi. Ichidan kichik, ixcham moslamani oldi va quloqlariga taqdi. Bu shifokor tomonidan berilgan maxsus himoya vositasi edi. Shovqin unga zarar qilmasligi, asab tizimi zo‘riqmasligi uchun tavsiya etilgan.

Moslamani taqqach, tashqi ovozlar biroz pasaydi. Hali ham shovqin bor edi, ammo endi u chidab bo‘ladigan darajaga tushdi. Taehyung yengil nafas chiqardi. Go‘yo bir zumda bosim kamaygandek bo‘ldi.

Baribir u o‘zini begona his qilardi. Atrofdagi o‘quvchilar guruh-guruh bo‘lib gaplashishar, kulishar, bir-birlarini chaqirishardi. Taehyung esa ularning orasidan yolg‘iz o‘tib borardi. Nigohlar ba’zan unga qadalardi yangi o‘quvchi bo‘lgani uchunmi yoki shunchaki notanishligi sababmi, buni bilmasdi.

U sumkasining tasmasini mahkamroq ushladi va ichkariga qarab yurdi. Har bir qadami og‘ir tuyulardi, ammo u to‘xtamadi.

Taehyung sinf eshigidan sekin ichkariga qadam qo‘ydi. U hali ham quloqlaridagi himoya moslamasini ushlab turardi atrofdagi shovqin endi chidab bo‘ladigan darajada edi. Sinfdagi o‘quvchilar uning kelishini payqab, turlicha qarashdi ba’zilari qiziqib, ba’zilari esa befarq.

O‘qituvchi sinfning oldida turib, jilmaydi va Taehyungga qaradi.

— Xo‘p o‘quvchilar, bu yili bizning sinfimizga yangi o‘quvchi kelmoqda — dedi u jiddiy, lekin iliq ohangda. — Ismi Taehyung. Iltimos, uni iliq kutib olinglar va yordam beringlar.

Taehyung o‘qituvchiga bir oz bosh egdi va o‘rnini topishga harakat qildi. Sinf ichida biroz shovqin bo‘ldi, lekin u diqqat bilan o‘rnini topdi va sumkasini yoniga qo‘ydi. Ich-ichida u odamlar orasida yurishni hali ham o‘rganmaganini, shuning uchun biroz asabiy ekanini his qilardi.

— Ha — dedi u tiniq, lekin past ovozda, — rahmat.

O‘qituvchi unga yana bir jilmaydi:

— Xavotir olmang, Taehyung. Bu yerda hammasi tartibli va sizga yordam beramiz.

Taehyung sekin nafas oldi va o‘rnida o’tirib, dars boshlanishini kutdi.

Taehyung o‘z o‘rniga o‘tirdi va sumkasini yoniga qo‘ydi. Darsliklarni ehtiyot bilan oldi, qalam va daftarlarini tartib bilan joylashtirdi. Shu payt u o‘zi bilan gaplashayotgandek bo‘ldi: “Xato qilmadimmi? Hech narsani unutmadimmi?”

Orqada o‘tirgan ba’zi bezori bolalar esa uni payqab qolishdi. Ularning nigohi Taehyungga qaratildi. Bir nechtasi pastdan-balandga qarab, o‘zaro pichirlashishdi. Bittasi xuddi smirk qilgandek kuldi.

— Bu qayerdan kelib qoldi? Nega u juda oppoq? Quyosh ko‘rmaganmi? — dedi biri, ovozi biroz balandroq chiqdi.

— qiziq Juda ham… Qiz bolaga o‘xshaydi, terisi juda nozik, — dedi ikkinchisi jilmayib.

Taehyung buni eshitdi. lekin u gapirmadi. Shunchaki boshini egib, ishini davom ettirdi. Darsliklarni tartibga keltirdi, daftar varaqlarini ochdi va e’tiborini faqat o‘z ishi va darsga qaratdi.

Dars tugagach, Taehyung o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi. Shu payt orqa o‘tirgan bezori bolalardan biri uni yelkasidan ushlab, yana joyiga o‘tkazdi. Taehyung tog‘ri oldiga qarab turardi, ularning yuzlariga qaramay, jim edi.

— Bizning yangi xizmatchimiz — dedi biri, kulib — Eskisi maktabdan ketgandi, ana yangisi kelibti.

Yonidagi bolalar hammasi kulib turishdi, lekin hech kim bilmasdi: Jungkook ularni kameradan kuzatib turardi. U lablarini asabiy tarzda tishlab, vaziyatni nazorat qilardi. Hoziroq yordamchisini yuborib, ularni jazolashi mumkin edi, lekin hozircha faqat kuzatishni tanladi.

— Qani, bizga oshxonadan ovqat olib kel — dedi biri Taehyungga, kulib.

Taehyung indamadi.

— Eshitmadingmi? — ovozini biroz balandlatdi u.

Taehyung hali ham jim turdi. Bir necha soniyadan so‘ng, ulardan biri oxiri qo‘l ko‘tarishga uringanda, Taehyung kutilmaganda tirsagi bilan uning qorniga urdi. Bola yon tomonda turgan edi va egilib qolganida, Taehyung yonidagi temirni olib uni qattiq urdi. Bola ezilgan, lekin sheriklari darhol taehyunga qarshi chiqmadi; ularning yuzidagi hayrat sezilib turardi.

Kameradan uni kuzatib turgan Jungkook bundan qoniqib sekin jilmaydi va kamerani o‘chirib qo‘ydi. Ich-ichida u

Taehyungning yonidagi yigit yana biror narsa qilmoqchi bo‘lganida xonaga ustozi kirib keldi. Xonada birdaniga jimlik hukm surdi.

— Tushunmadim — dedi professor, qattiq va hayrat bilan. — Sen yaramas, birinchi kuningdan shunday qilayapsanmi?

Taehyung boshini egdi, jim turdi.

Professorning jahli birdan ko‘tarildi. Taehyungning oldidagi bezori yigitni ko‘rib taehyung uni og’lini shunday qilganini bilgach professor yana ham keskinroq chiqdi. U nafaqat ta’lim va tartibni himoya qilayotganini his qilardi, balki shaxsiy g‘azab ham qo‘shildi.

Taehyung esa yoniga chaqirildi. U o‘zini himoya qilmagan holda domla qarshisida turdi. Bir zumdan so‘ng, ustoz Taehyungning yuziga kuchli tarsaki berdi

— direktor xonasiga boramiz — dedi professor jiddiy ovoz bilan.

Taehyung ich-ichidan biroz qo‘rqdi, lekin boshini egib, ustozga ergashdi. Yo‘l davomida xonadagi jimlikni his qilardi; sinfdoshlar uning xatti-harakatlarini ko‘rib, hech kim gapirmadi.

Professor a Taehyung direktor xonasiga yetib keldi. Eshikni ochgach, ichkaridagi atmosfera yanada jiddiy edi..

Vaqt tez o‘tib, Taehyung direktor xonasidan chiqib, sinfga yo‘l oldi. Bugungi darslar tugagach, u uyga qaytmoqchi edi. Shu payt ortidan kimdir unga yaqinlashdi va og‘zini yopib, ortga tortdi.

Taehyung bir zumlik hayrat va qo‘rquv bilan qaradi, keyin sekin atrofga nazar soldi. Chunki u endi butunlay bo‘sh sinfga kirib qolgan edi. Atrofida hech kim yo‘q edi faqat qarshisida bir odam turardi.

Uning qarshisida Ian turardi.

— Menimcha, bu aniq kamerasiz xona — dedi Ian, jilmayib.

Taehyungning yuragi biroz tezlashdi.

— Nega unda qilyapsiz? Nega maktabga keldingiz? Men ketishim kerak, yo‘qsa… — dedi u, hayrat va biroz hayajon aralash ovoz bilan.

— Tinchlan Tae — dedi Ian yumshoq ohangda.

Taehyung biroz hayron bo‘ldi. Shu payt Ian birdan uni qattiq quchoqlab oldi. Taehyung hayron bo‘lsa-da, u qo‘llarini biroz qo‘yib yubordi.

— Seni sog‘indim. Juda ham… — dedi Ian, ovozi biroz shivirday, lekin samimiy.

— Sen… — dedi Taehyung, gapini tugata olmadi, yuragi biroz tezroq urardi.

— Men xotiramni yo‘qotmaganman. Men yaxshiman, men o‘zimni shunday tutdim. Meni kechir, bir necha ishlarim bilan seni oldinga kelolmadim — dedi Ian, yuzida chin dildan pushaymonlik va iliqlik aralashib.

Taehyung hali ham hayrat va aralash his-tuyg‘ular ichida edi. U nima deyishni bilmasdi, faqat qarshisidagi Ianni ko‘zdan kechirish bilan band edi. Ichida esa bir paytlar sog‘ingan hissi asta-sekin yuragiga qaytayotgandek edi.

Taehyung birdan yig‘lab yubordi. Ko‘zlaridan oqayotgan yoshlar, birdan yuragidagi barcha siqilish va sog‘inchni tashqariga chiqardi.

— Axmoq… — dedi u, ovozi titrab. — Men seni o‘ldim deb o‘ylagandim. Keyin esa xotirang yo‘qoldi… Meng-a qanchalik qiyin bo‘lganligini bilasanmi o‘zi?

Ian uning oldida biroz sust holda turdi. Ko‘zlarida pushaymonlik va chin dildan qayg‘u aralashgan edi. U asta Taehyungga yaqinlashdi, qo‘llarini muloyim tortdi:

— Bilaman Tae… meni kechir, iltimos. Men… oldingda juda ham afsusdaman. Seni bu holatga tushurganimdan, vadamni bajarolmaganimdan… juda ham afsusdaman, Tae. — U chuqur nafas oldi va davom etdi. — Lekin aniq qilib ayta olaman: seni o‘zim bilan olib ketaman. Shunda birga tinch yashaymiz.

Taehyung hali ham yig‘lardi, har bir so‘z yuragiga kirib, uni yumshatardi. Shu lahzada u Ianning rostgo‘yligi va samimiyligini his qildi, va ichki og‘irlik asta-sekin yengillikka aylanayotgandek edi.

Yig‘lash va ichki siqilish bilan birga, Taehyungning ko‘zlarida umid ham paydo bo‘la boshladi. U hali ham so‘z topolmasdi, faqat Ianning quchog‘ida turib, o‘z his-tuyg‘ularini sekin asta qabul qilardi.

Taehyung mashinada ketar ekan, Ian aytgan so‘zlari doimiy ravishda xayolida aylanib yurardi. Unga qanchalik iliq va samimiy bo‘lgan bo‘lsa-da, ichida bir narsani tushunmasdi nimadir uni xursand qilmayotgandek edi. Bu hissiyotni o‘zi ham izohlay olmasdi.

Uyga kirgach, u odatdagidek zalga yo‘l oldi. Har doimgidek, bugun ham shunchaki tinch o‘tadi deb o‘yladi. Endi esa kechki ovqat va hamisha singari Jungkook bilan birga bo‘lish vaqti edi.

Jungkook uyga kirib, Taehyungni ko‘rishi bilan darhol unga qarab qoldi. Nigohi keskin va jahldan to‘la edi. U taehyungni yuzini o‘zi tomonga burib qaradi

Taehyungning yuzida ustoz urgan izlar hanuzgacha aniq ko‘rinib turardi.

— Buni kim qildi? — dedi Jungkook, ovozi asabiy va keskin.

Taehyung sekin boshini egdi va past ovozda javob berdi:

— Men… o‘zimni himoya qildim, lekin buni… professor qildi… kechiring.

Jungkookning ko‘zlari dag‘dag‘a bo‘ldi, u ich-ichidan g‘azabini ushlay olmadi:

— Seni urishga qanday haddi sig‘di? — dedi u, lablarini tishlab.

Bir necha soniya sukut hukm surdi, Jungkook ich-ichidan o‘zi bilan kurashdi. Nihoyat u biroz nafas oldi va ovozini biroz yumshatdi:

— Mayli… Ovqatlanamiz. Uni keyinroq hal qilaman.

Taehyungning yuragi tez urdi, u hali ham Jungkookning jahli va g‘azabini his qilardi, lekin hozircha shunchaki jim turishga majbur edi. Ovqat paytida ham u ichki taranglikni his qilgan holda, harakatlarini ehtiyot bilan qilardi.

Kechki ovqatdan so‘ng Taehyung indamay xonasiga chiqdi. Ichidagi og‘ir fikrlar hali ham tinchimagan edi, lekin u o‘zini chalg‘itish uchun dars qilishga qaror qildi. Professor bergan topshiriqni sumkasidan olib, stoliga o‘tirdi.

Daftarning sahifalarini ochib, yozishni boshladi. Har bir jumlani diqqat bilan o‘qir, xatoga yo‘l qo‘ymadimmi deb tekshirardi. Lekin xayoli tez-tez boshqa tomonga og‘ib ketardi Ian aytgan so‘zlar

Biroz vaqt o‘tib, charchoq o‘zini sezdirdi. Qalam barmoqlari orasida sekin to‘xtadi. Taehyung boshini qo‘liga tirab o‘tirgancha, o‘zi ham sezmagan holda parta ustida uxlab qoldi.

Tongda eshik taqilladi.

Xizmatkor odatdagidek ichkariga kirib, muloyim ovozda uni uyg‘otdi.

— Janob, uyg‘onishingiz kerak.

Taehyung sekin ko‘zlarini ochdi. Bir zum qayerdaligini anglamay atrofga qaradi, so‘ng stol ustida uxlab qolganini tushundi. Bo‘yni biroz og‘rirdi.

U o‘rnidan turib, dushga kirdi. Salqin suv yuziga urilgach, kechagi charchoq biroz bosilgandek bo‘ldi. So‘ng kiyimlarini kiyib, pastga tushdi. Nonushta ham odatdagidek jim va tartibli o‘tdi.

Taehyung sinfga kirishi bilan g‘alati sukunatni sezdi. Odatdagi shovqin bor edi, lekin bugun hamma pichirlab gaplashardi. Har kim yonidagisiga bir xil xabarni aytayotgandek edi.

— Eshitdingmi? Professor Minni o‘ldirib ketishibti…

— Yo‘g‘-e… Buni kim qilgan bo‘lishi mumkin?

— Kecha dars o‘tgandi-ku…

So‘zlar sinf ichida tez tarqaldi. Ba’zilar qo‘rqib ketgan, ba’zilar esa shunchaki hayratda edi.

Taehyungning qo‘llari sovuq tortdi. Kechagi voqealar birdan xayoliga keldi ustozning tarsakisi, direktor xonasi… va eng muhimi, Jungkookning jahli.

“Seni urishga qanday haddi sig‘di?” degan ovoz qulog‘ida jaranglagandek bo‘ldi. Taehyung uligini bilardi va hech ham hayratlanmadi

Taehyung sekin o‘z o‘rniga o‘tirdi. Professor haqidagi gaplar hamon qulog‘ida jaranglab turardi.

Eshik ochildi.

Kecha janjal chiqargan bezorining do‘stlari birin-ketin sinfga kirib kela boshlashdi. Odatdagidan jimroq edi ular. Kulgi ham, baland ovoz ham yo‘q. Faqat og‘ir qadam tovushlari.

Ular Taehyung tomonga qarab qolishdi.

Nigohlari oddiy emasdi sinchkov, sovuq, go‘yoki nimanidir bilayotgandek. Taehyung ham ularning qarashini his qildi, lekin boshini ko‘tarmadi. Daftarning bir chetiga qarab turaverdi, xuddi hech narsani sezmagandek.

Bir necha soniya shunday sukut saqlandi. Keyin ular indamay o‘z joylariga borib o‘tirdi. Hech kim ochiqchasiga gapirmasdi, lekin hamma nimanidir kutayotgandek edi.

Taehyung chuqur nafas oldi.