GANGSTER
U o‘rnidan turishga urindi, lekin bosh aylanishi sabab yana biroz tebranib qoldi. Shu payt qarshisida turgan odamga ko‘zi tushdi — Jimin.
Taehyungning yuzi darhol o‘zgardi.
Tae: men qanday qilib bu yerga kelib qoldim?.. Jiwoo qani? Bu… bular seni ishingmidi?!
Uning ovozida vahima va g‘azab aralashib ketgan edi.
Jimin esa unga yaqinlashib, tinchroq ohangda gapirdi:
U qo‘lini ko‘tarib, uni o‘tirishga undadi.
Jm: sen avariyaga uchragansan. Seni odamlarim topib, bu yerga olib kelishdi.
Taehyungning ko‘zlari yanada keskinlashdi.
Jimin bir lahza jim qoldi, bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.
Jm: u yerda faqat sen yotganding. Men hamma joyni tekshirdim…
Taehyungning ko‘zlari kengaydi, yuragi tez ura boshladi.
Tae: meni nega bu yerga olib kelding? Bu o‘zingga muammo bo‘lishini bilasan-ku. Men hoziroq ketishim kerak. Jiwooni topaman!
U o‘rnidan turishga urindi, lekin tanasi hali ham holsiz edi. Boshini ushlab, baribir oldinga intildi.
Jm: sen bu ahvolda hech qayerga bora olmaysan!
U Jiminning qo‘lini siltab tashladi.
Tae: u yolg‘iz! Sen tushunyapsanmi?!
Jm: allaqachon jungkookni odamlari uni qidiryapti
Taehyung bir zum to‘xtadi, lekin ko‘zlaridagi vahima yo‘qolmadi.
Tae: agar unga biror narsa bo‘lsa…
U gapini tugatmadi, lekin ovozi titrab chiqdi.
Jm: men Jungkookning odamlariga xabar berdim. Sen bu yerda ekanligingni u ham biladi. Hozir hamma Jiwooni qidiryapti.
Taehyung bir zum qotib qoldi. Bu gap uni biroz tinchlantirgandek bo‘ldi, lekin ko‘zlaridagi vahima hanuz yo‘qolmagan edi.
Jm: topishadi. Bunday paytda Jungkook ham qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi.
Taehyung ko‘zlarini yumib, devorga suyanib qoldi. Ichida esa bitta fikr aylanardi Jiwoo yolg‘iz emasmi?
Tae (pichirlab): iltimos… hech narsa bo‘lmasin…
Jimin bir oz yaqinroq kelib, lekin masofani saqlagan holda turdi.
Jm: agar biror yangilik bo‘lsa, darrov aytishadi. Sen esa o‘zingni tiklab olishing kerak.
Taehyung javob bermadi. U faqat vaqt o‘tishini kutayotgandi har bir soniya esa unga juda uzun tuyulardi.
Jimin unga biroz tikilib qoldi. Shu payt eshik qattiq taqillay boshladi. Uy ichidagi taranglik bir zumda yanada kuchaydi.
Jimin eshik tomonga yurdi. Taehyung ham ortidan chiqdi.
Eshik ochilishi bilan Jungkook va uning qo‘riqchilari ichkariga kirishdi. Jungkookning yuzi sovuq va jahldan tarang edi. Uning nigohi darrov Taehyung va Jimin orasida to‘xtadi.
Bir necha soniya hech kim gapirmadi.
So‘ng Jungkook past, lekin bosimli ovozda gap boshladi:
Jk: vaziyatdan foydalanib o‘ynashing bilan nima qilayotganding?
U ishonmagandek kulib yubordi.
Tae: u yerda o‘g‘limiz yo‘qolgan paytda meni shunday ishlarni qiladi deb o‘ylayapsizmi
Jimin oldinga chiqib, vaziyatni tushuntirishga urindi.
Jm: boss, u avtohalokatga uchragani sabab men unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun bu yerga olib kelgandim. Jiwoo allaqachon u yerda yo‘q edi.
Jungkookning nigohi bir zum Jiminga qadaldi.
Jk: sen bilan hali gaplashaman.
So‘ng u yana Taehyungga qaradi.
Taehyung indamay qoldi. U Jungkookning kayfiyati qanchalik yomon ekanini yaxshi bilardi. Lekin hozir qarshilik qilishga holi ham, vaqti ham yo‘q edi.
U sekin Jungkook tomonga yurdi.
Jimin esa ularning ortidan qarab qoldi. Ichida nimadir yomon bo‘lishini sezayotgandek, qo‘llari musht bo‘lib qisildi.
Uy ichida og‘ir sukunat hukm surardi. Faqat Jungkookning asabiy qadam tovushlari eshitilardi. U xonada u yoqdan bu yoqqa yurib, jahli bilan sochlarini ortga siltardi.
Jk: lanati… kim olib ketgan bo‘lishi mumkin?..
Taehyung esa divan chetida o‘tirardi. Qo‘llari tinmay bir-biriga ilinib ketar, ichidagi xavotirni yashira olmayotgandi. Ko‘zlari qizarib ketgan, xayoli esa faqat Jiwooda edi.
Bir necha soniya o‘tib, u sekin Jungkook tomonga qaradi.
Tae: agar Jiwooga vaqt topib biz bilan borganingizda… bunaqa bo‘lmasdi.
Oxirgi gapni u beixtiyor balandroq aytib yubordi.
Xona ichidagi havo birdan sovib ketgandek bo‘ldi.
Uning ovozi past edi, lekin undagi xavf aniq sezilardi.
Taehyung indamadi. Bu esa Jungkookni yanada jahlini chiqardi.
U tez yurib Taehyungning oldiga keldi.
Jk: mana shu tilingni kesib tashlashimni xohlaysanmi?
Taehyung beixtiyor ortga tortildi, lekin bu safar ham ko‘zini olib qochmadi. U qo‘rqayotgan bo‘lsa ham, ichidagi og‘riq qo‘rquvdan kuchliroq edi.
Tae: men faqat haqiqatni aytdim…
Jungkookning jag‘i taranglashdi. Xona ichida yana og‘ir jimlik cho‘kdi.
Jungkook Taehyungni bug’ib unga juda yaqinlashdi. Taehyung esa uning qo‘lini olib tashlashga urinardi, nafas olishi og‘irlashib ketgan edi.
Jk (jahldor): sen… tiling uzunlashib qoldimi? Jiwooni topib bo‘lganimdan keyin, sen bilan alohida gaplashaman. Meni rashkimni bilib turib Jimin bilan uchrashib yuribsana…
Tae (zo‘rg‘a): qo‘y… qo‘yvor… iltimos…
Taehyungning ovozi titrab chiqdi, lekin u baribir ko‘zini pastga qilmadi. Ichidagi qo‘rquv va xavotir aralashib ketgan edi.
Shu payt eshik tomondan shovqin eshitildi.
Qorovullardan biri shoshilib kirib keldi.
Qorovul: boss! Jiwoo haqida ma’lumot bor!
Bir lahzada xona ichidagi hamma to‘xtab qoldi.
Jungkook Taehyungni qo‘yib yubordi. Uning diqqat markazi darhol o‘zgardi.
Taehyung esa nafasini rostlab, hayajon bilan qorovulga qaradi. Uning qo‘llari hali ham titrardi, lekin endi eng muhim narsa Jiwoo edi.
Jungkook ishxonasiga yetib kelishdi. Taehyung ham u bilan birga edi. Xonada bir nechta qo‘riqchi, monitorlar va kameradan olingan tasvirlar ochiq turardi.
Burchakda esa Jiwooni olib ketishda ishtirok etganlardan biri o‘tirardi qo‘llari bog‘langan, yuzi qo‘rquvdan oqarib ketgan.
Jungkook unga yaqinlashdi. Xonadagi havo yanada og‘irlashdi.
Uning ovozi past edi, lekin juda xavfli.
Odam avval gapirishga jur’at qilolmadi. Ko‘zlarini olib qochdi.
— men… men faqat buyruq oldim…
Jungkook bir qadam yaqinlashdi.
Odam yutindi, ovozi titrab chiqdi:
— bizga… faqat bolani olib ketish buyurilgan… boshqa hech narsa demagan…
Taehyung orqada turib buni eshitib, mushtini qisdi.
Odam bir zum jim qoldi. Keyin zo‘rg‘a dedi:
— biz… faqat “tashqi yo‘lga olib chiqish” buyrug‘ini oldik… keyin uni boshqa mashinaga o‘tkazishdi…
Jungkook bir lahza orqaga qaradi — ko‘zlari sovuq, lekin ichida jiddiy bosim bor edi.
Jk: demak bu oddiy o‘g‘irlash emas…
U Taehyungga qisqa qarab qo‘ydi.
Jk: kimdir buni oldindan rejalashtirgan.
Taehyungning yuragi yanada tez ura boshladi.
Tae: unda nima kutyapmiz? Uni topishimiz kerak!
Jungkook hech narsa demadi. Faqat telefonini oldi va sovuq ohangda buyruq berdi:
Jk: hamma guruhlar harakatga. Jiwoo tirik topilishi kerak. Hozir.
So‘ng u kameradagi odamga qaytdi, ko‘zlari qoraygan edi.
Jk: sen esa… hammasini aytasan. Oxirigacha.
Nihoyat Jungkookning telefoni jiringladi. Xonadagi hamma bir zum jimib qoldi.
Ekranda noma’lum xabar paydo bo‘ldi.
Jungkookning yuzi darrov o‘zgardi. U vaqt yo‘qotmay qo‘ng‘iroq qildi.
Bir necha soniyadan keyin qarshi tomondan sovuq ovoz eshitildi.
Jungkookning ko‘zlari toraydi.
Uning ovozi past, lekin g‘azabga to‘la edi.
— 3 milliard dollar. Shunda o‘g‘ling senga qaytadi.
Taehyungning yuragi muzlab ketgandek bo‘ldi. U Jungkookka yaqinroq kelib, telefon tomonga qaradi.
Jungkook bir soniya ham o‘ylamadi.
Jk: menga manzil tashla. Pul hoziroq senga yetib boradi.
Telefon ortidan kulgi eshitildi.
— osonlikchami? Qiziq… demak o‘g‘ling sen uchun rostdan ham shunchalik qadrli ekan.
Jungkookning jag‘i taranglashdi.
Jk: avval menga o‘g‘lim o‘sha yerda ekanini isbotla.
Bir necha soniyadan keyin video xabar keldi.
Jungkook darrov videoni ochdi.
Ekranda Jiwoo ko‘rindi. U qo‘rqib ketgan, ko‘zlari yoshga to‘lgandi.
Jiwoo: dada… meni olib keting…
Taehyung videoni ko‘rishi bilan nafasi titrab ketdi.
U telefon tomonga intildi, lekin video allaqachon tugagan edi.
Jungkook esa ekran tomon sovuq tikilib turardi. Ammo ko‘zlaridagi xavf bu safar boshqacha edi — bu oddiy g‘azab emasdi. U o‘g‘liga tegilganini unutmaydigan odamning qarashi edi.
Jungkook telefonni asta stolga qo‘ydi. Xonadagi taranglik hanuz bosilmagan edi.
Taehyungning ko‘zlari esa ekrandan uzilmasdi. Jiwooning qo‘rqib ketgan ovozi hali ham qulog‘ida jaranglayotgandek edi.
Uning ovozi past va titroq chiqdi.
Jungkook chuqur nafas oldi, keyin sovuq ohangda gapirdi:
Jk: Taehyung, seni uyga olib borishadi.
Tae: nima? Yo‘q, men ham boraman.
Bu safar Jungkookning ovozi qat’iy edi.
Jk: u yer xavfli bo‘lishi mumkin. Sen uyda qolasan.
Taehyung bir lahza qarshilik qilmoqchi bo‘ldi, lekin Jungkookning yuzidagi jiddiylikni ko‘rib jim qoldi. Hozir eng muhimi Jiwooni qaytarish edi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, Taehyungni qo‘riqchilar bilan uyga jo‘natishdi.
Jungkook esa ishxonasida qolib, telefon ekranidan ko‘z uzmay o‘tirardi. Hamma jim edi. Faqat vaqt o‘tayotgan edi.
Nihoyat telefon yana vibratsiya qildi.
James Jiwooni bir xonada ushlab o‘tirardi. Bir qo‘lida telefon, ikkinchi qo‘li bilan esa stolga asabiy urib qo‘yardi.
J: pullarni olishdan oldin hammasini tekshiringlar. Soxta bo‘lmasin.
Jiwoo esa indamay unga qarab o‘tirardi. Qo‘rqayotgan bo‘lsa ham, buni bildirmaslikka harakat qilardi.
Shu payt u birdan oldinga egilib, Jamesning qo‘lini qattiq tishlab oldi.
James og‘riqdan baqirib yubordi.
James: jin ursin! Yaramas bola!
U qo‘lini tortib oldi va jahldan Jiwooga qaradi.
James: hali meni tishlayapsanmi?! Hozir seni shu yerning o‘zida—
Jiwoo qo‘rqib ketgan bo‘lsa ham, ko‘zini olib qochmadi.
Jiwoo: Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz.
Xona ichida qisqa sukut cho‘kdi.
James keyin istehzoli kulib yubordi.
James: hoy… yaramas. Katta odamlardek gapirishini-chi.
Jiwoo esa unga jahl bilan qarab turardi.
James jahli chiqib, yon tomondagi tayoqni qo‘liga oldi.
James: hozir seni aqlingni kirgizib qo‘yaman.
Jiwoo bir lahza unga tikilib turdi. Keyin birdan stol ustidagi pistoletni olib, James tomonga qaratdi.
Jamesning yuzi darrov o‘zgardi. Jiwoo qurolni juda ishonch bilan ushlab turgani uchun u beixtiyor bir qadam orqaga chekindi.
Jiwoo esa ko‘zini uzmay turardi. Qo‘llari kichkina bo‘lsa ham, qat’iy ko‘rinardi.
James sekin yaqinlashishga urindi.
James: hop… asta qo‘yib yuboramiz, xo‘pmi?
U qurolni olib qo‘ymoqchi bo‘lib qo‘l uzatgan payt—
Keyin Jamesning yuzi o‘zgardi.
Bu haqiqiy qurol emas edi. Oddiy o‘yinchoq pistolet.
Jiwoo esa uning reaksiyasini ko‘rib, kulib yubordi.
James bir necha soniya unga qarab turdi, keyin asabiy kulib boshini chayqadi.
James: sen hali juda muammo bo‘ladigan bolaga o‘xshaysan. Huddi dadangga o‘xshab.
Jiwoo kulishini zo‘rg‘a to‘xtatib, Jamesga qaradi.
Jiwoo: yuzingizni o‘zingiz ko‘rganingizda kulaverib o‘lib qolardiz.
James unga bir necha soniya tikilib turdi, keyin burnidan kulib yubordi.
James: jin ursin… bir lahza rostdan ham ishonibman.
U o‘yinchoq pistoletni qo‘liga olib aylantirib ko‘rdi.
James: bu narsani qayerdan olding o‘zi? Juda haqiqiyga o‘xshaydi.
Jiwoo: dadam sovg‘a qilgandi. Har doim sumkamda yuradi.
James: qaysi dadang? Jungkookmi?
Kimdir tashqaridan Jamesni chaqirdi
Tashqaridagi manzara sovuq va og‘ir edi. Bir nechta mashinalar, qurollangan odamlar va yerda jarohatlangan yordamchilar ko‘rinardi. Havoda taranglik sezilib turardi.
Ularning ro‘parasida esa Jungkook turardi.
Uning yuzi odatdagidan ham sovuqroq edi. Ko‘zlarida esa deyarli hech qanday hissiyot yo‘q edi.
Jk: har doimgidek axmoqona o‘yin.
James indamadi. Bu safar uning yuzidagi ishonch yo‘qolgandi.
Jungkookning nigohi Jiwooga tushdi.
Jiwoo bir soniya ham kutmay yugurib borib, Jungkookni quchoqlab oldi.
Jungkook uning boshidan sekin siladi, lekin ko‘zlari hanuz Jamesda edi.
Jk: lekin bu safar o‘yiningga o‘g‘limni qo‘shganing… meni jahlimni chiqardi.
Uning ovozi birdan jiddiylashdi. Atrofdagi odamlar ham jimib qoldi.
James: kechir… iltimos, meni eshit—
Jungkook hech narsa demay shunchaki uni otib yubordi. Jiwoo biroz qo’rqib ketdi lekin keyin etibor bermadi
Mashina uy oldiga kelib to‘xtadi. Ichkarida Jiwoo charchoqdan uxlab qolgan edi. Jungkook uni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib, mashinadan tushdi.
Uning qadamlari sokin, lekin og‘ir edi. Uy tomonga kirib borarkan, atrof jimjitlikka cho‘kkan edi.
Taehyung esa ichkarida uxlamay o‘tirardi. Har bir shovqinni eshitib, yuragi tez urardi. Nihoyat tashqaridan eshik ochilgan ovoz eshitildi.
Ko‘zlari darhol Jungkookning qo‘lidagi bolaga tushdi.
Taehyung bir lahza qotib qoldi, keyin ichidagi barcha siqilish bir zumda yumshagandek bo‘ldi.
U sekin nafas oldi, qo‘llari titragan holda Jiwooga yaqinlashdi, lekin uyg‘otmadi.
Jk: charchagan. Qo‘rqib ham ketgan.
Taehyung Jiminga o‘xshash his bilan Jiwooga qarab turdi — ko‘zlarida ham xavotir, ham yengillik bor edi.
Tae: uni ichkariga olib kiraylik.
Jungkook hech narsa demadi, faqat Jiwooni ehtiyotkorlik bilan Taehyungga yaqinroq tutib, birga uy ichiga kirib ketishdi.
Jiwoo Taehyung va Jungkookning o‘rtasida tinch uxlab yotardi. Xonada faqat uning sokin nafas olishi eshitilardi. Taehyung ko‘zini boladan uzmasdi go‘yo biror soniya ham uni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqayotgandek.
Jungkook esa yotoqning chetida o‘tirib, Taehyungga tikilib turardi. Uning nigohi sovuq edi.
Jk: balki menga Jimin bilan bo‘lgan voqeani tushuntirib berarsan. Qanday qilib u seni yordamchilarimdan oldin topib olgan?
Taehyung sekin nafas oldi, lekin Jiwooni uyg‘otmaslik uchun ovozini past tutdi.
Tae: Jungkook… iltimos, hozir emas.
Taehyung ko‘zlarini qisdi, ichidagi charchoq yuziga chiqib ketgandek edi.
Tae: qanday bo‘lganini o‘zim ham aniq bilmayman. Men hushimga kelganimda u yerda edim…
Jungkook bir lahza jim qoldi, keyin ovozi yanada sovuqlashdi.
Jk: Jimin bolalikdagi do‘stim bo‘lgani uchun boshida indamagan edim.
Jk: lekin endi u seni boshqa ko‘rmaydi.
Taehyungning nigohi darhol Jungkookka ko‘tarildi.
Jk: men buni muhokama qilmayman.
Jungkook tashqariga hovliga chiqdi va kimdirdan telefon qilishni boshladi. Ovozida keskinlik bor edi.
Jk (telefon orqali): ertaga Park Jiminni o‘sha joyimizga olib boringlar.
Taehyung buni eshitib, darrov ortidan yugurib chiqdi.
Tae: Jungkook, nima deganing bu… iltimos, unday qilma.
Jungkook bir lahza unga qaradi, keyin birdan ovozini ko‘tardi.
Jk: nega u haqida qayg‘uryapsan?!
Taehyung ham endi o‘zini ushlab turolmadi.
Tae: u meni qutqardi! Seni yordamchilaring yetib kelguncha mashina portlab ketardi! Jimin meni qutqargani uchun uni endi o‘ldirasanmi?!
Jungkookning jag‘i taranglashdi.
U bir soniya jim qoldi, keyin sovuqroq davom etdi.
Jk: meni jahlimni chiqarayotgan yagona narsa…
U gapini to‘xtatib, nafasini bosdi. Ko‘zlarida g‘azab bilan birga tushunarsiz og‘riq ham bor edi.
Jk: bor, Jiwoo yoniga kir. Bu ishimga aralashma.
Tae: gapingni oxirigacha gapir!
Lekin Jungkook unga javob bermadi. Telefonni mahkam ushlab, yana o‘z fikriga qaytgandek bo‘ldi.
Taehyungning ovozi endi pastlashdi, iltijo aralashdi.
Tae: iltimos… unday qilma. Uni o‘ldirma. Men uchun… iltimos.
Jungkook keskin unga o‘girildi.
Jk: hali shunaqami?! Sen meni aytganimni qilmaydigan bo’lib qoldingmi?
Jk: demak sen hali ham uni sevasan.
Jungkook bir lahza jim qoldi, keyin Taehyungning bilagidan mahkam ushlab tortdi.
Jk: men senga ko‘rsatib qo‘yaman.
Tae: qo‘yib yubor! Men uni sevmayman!
Taehyung qarshilik qilardi, lekin Jungkook uni allaqachon ichkariga olib ketayotgan edi.
Jungkook uni qorong‘i yer osti xonasiga olib tushdi va keskin itarib yubordi. Taehyung yerga yiqildi, nafasini zo‘rg‘a rostladi.
Xona sovuq va jim edi. Faqat ularning nafasi eshitilardi.
Jungkook unga yaqinlashdi va jag‘idan qattiq ushlab, yuzini ko‘tarishga majbur qildi.
Jk (sovuq ovozda): ertaga… sen sevgan o‘sha Jiminning yuragini senga qovurib yediraman.
Taehyungning ko‘zlari kattalashdi. U darhol Jungkookning qo‘lini itarishga urindi.
Jungkook unga tarasaki tushirib yerga yiqitdi. Va alamidan chiqib olguncha uni do’pposlab yer to’ladan chiqib ketdi. Taehyung esa qaltirab muzdek yerda zo’rg’a nafas olib yotardi
Taehyungni ko’zidan oxirgi ko’z yosh chiqdi va ko’zlari yumildi