Sahna ortida
Taehyung xonasida o'tirarkan, bo'lgan voqealarni eslab, g'azablanardi.
To'satdan uning telefoniga SMS keldi. U telefonni qo'liga oldi va xabarni o'qidi. Bu Jungkookdan edi
Jk sms: Hyung, meni kechir. Men seni xafa qilmoqchi emasdim. Men seni yaxshi ko'raman.
Taehyung nima qilishni bilmasdi. U bir tomondan Jungkookni oldiga borishni xohlardi, lekin boshqa tomondan boyagi voqealarni esladi.
U javob bermadi. U telefonni o'chirdi va yotog'iga yotdi. U uxlashga harakat qildi.
Lekin miyyasidagi o'ylar unga halaqit berardi. U Jungkookning tashvishli yuzini, uning iltijoli ko'zlarini esladi.
Taehyung uxlab qoldi. Lekin uzoq uxlay olmadi. Soatga qarasa, uxlaganiga endi yarim soat bo'lgandi.
Taehyung Jungkook haqida o'yladi. U derazadan qaraganida qattiq yomg'ir yog'ayotgandi, momaqaldiroq gumburlardi.
1 soat oldin Jungkook unga "seni kutaman" deb yozgandi. Buni eslab, Taehyung xavotirlana boshladi.
Tae: Yo'q... U bu yomg'irda turmagani aniq. U ahmoq emas. Yoki... Yoki borsammikin? Nima bo'lishidan qat'iy nazar, uning ahvolidan xabar olishim kerak.
Taehyung o'rnidan turdi va shoshib xonasidan chiqdi. Yuragi g'ash bo'lib, mashinaga o'tirdi va tez haydadi. Yomg'ir shiddat bilan yog'ardi, momaqaldiroq gumburlardi, lekin Taehyung bularga e'tibor bermadi. U faqat Jungkookni o'ylardi.
Nihoyat u manzilga yetib keldi. U mashinadan sakrab tushdi va atrofga qaradi. Uzoqda, yomg'ir tagida, skameykada o'tirgan Jungkookni ko'rdi.
Jk pov: U kelishi kerak... U keladi... Men unga ishonaman... Lekin bir soat bo'ldi... Yomg'ir juda kuchli... Men muzlayapman... Mayli, kutaman... Men uni kutaman...
Taehyung shoshilib unga yugurdi. Yetib kelgach, ustidagini yechib Jungkookka kiydirdi.
Tae: Sen ahmoqmisan? Nima, bir soatdan beri shunday turibsanmi? Shamollab qolsang nima bo'ladi? Nega bunchalik yupqa kiyingansan?
Taehyung g'azab bilan gapirarkan, Jungkook faqat unga qarab turardi.
Jk: Hyung... Nega mendan qochyapsan? Nega menga ishonmayapsan?
Taehyung jim bo'lib qoldi. U nimani gapirishni bilmasdi.
Tae: Jungkook... Meni kechira olasanmi?
Jk: Sen ahmoqsan. Seni yomon ko'raman. Sen... Sen... - Jungkook yig'lab yubordi.
Taehyung uni quchoqladi. U Jungkookning tanasini mahkam siqdi.
Ular bir zum shunaqa turishdi, yomg'ir ularning ustidan yog'ardi, lekin ular buni sezmadilar. Ularning yuraklari bir-biriga qo'shilib ketgandi.
Keyin Taehyung Jungkookning qo'lidan ushladi va mashinaga olib kirdi. U uni issiq o'rindiqqa o'tqazdi va uning yuzidan o'pdi.
Taehyung Jungkookni xonasiga olib kirdi. U yerdagi harorat iliq edi va ular o'zlarini xavfsiz his qilishdi.
Taehyung Jungkookni to'shakga yotqizdi va o'zi ham uning yoniga o'tirdi. Ular birga yotishardi, bir-biriga yaqin, himoyalangan. Jungkook Taehyungning quchog'ida edi, uning har bir hujayrasi xotirjamlikni his qilardi.
Jk: Hyung... Iltimos, meni rashk qilma. Ular meni akalarimku. Biz 13 yildan beri birgamiz. Biz birga o'sganmiz.
Tae: Mayli, Jungkook... Men o'zimni nazorat qilishga harakat qilaman. Sen yaxshimisan? 1 soat shunday havoda turding. Muzlab qolgan bo'lsang kerak.
Jk: Yaxshiman. Endi sen yonimda bo'lsang, hech qanday sovuqni his qilmayman.
Taehyung unga tabassum qildi va peshonasidan o'pdi. U Jungkookga issiq kofe tayyorladi va unga berdi. Jungkook uni kichik qultumlar bilan ichdi, uning tanasi asta-sekin isidi.
Ular sukut saqlashdi, lekin ularning sukunati mingta so'zdan ham ko'proq narsani anglatardi. Ular bir-birlarini tushunishdi, bir-birlariga ishonishdi, bir-birlarini sevishdi.
Keyin ular bir-birini quchoqlashgan holda uxlab qolishdi. Taehyung Jungkookni mahkam quchoqladi, uning har bir nafasini his qildi. Jungkook Taehyungning quchog'ida o'zini xavfsiz his qildi, hech qanday yomonlik ularga yaqinlasha olmasligiga ishondi.
Ularning orzularida faqat muhabbat va tinchlik hukm surardi.
J-Hope: Taehyung, tur. Jungkook seni yoningdami. Nonushtaga tushing.
Taehyung ovozni eshitib, shoshib o'rnidan turdi. U kechagi voqealarni esladi va Jungkookga qaradi. U tinchgina uxlab yotardi.
Tae: Ha, hyung, u yonimda. Hozir chiqamiz.
J-Hope: Yaxshi, tezroq turinglar.
J-Hope ketdi. Taehyung Jungkookka qaradi. U yoqimtoy bo'lib uxlardi, uning yuzida tinchlik aks etgandi. Taehyung uni uyg'otgisi kelmadi.
Tae: Jungkook, tur... Nonushta vaqti bo'ldi...
Jungkook turishni xohlamadi. U o'girilib, yana uxlab qoldi.
Taehyung o'rnidan turdi va yuvinib chiqdi. Qaytib kelgach, Jungkook hali ham uxlayotgan edi.
Tae: Hoy, hali ham turmadingmi. Mayli, unda o'zim turg'izaman.
Taehyung Jungkookning yuziga yaqinlashdi, uni o'pmoqchi edi. Lekin to'satdan uning yuzining qizarganini sezdi va peshonasini ushlab ko'rdi.
Uning harorati juda yuqori edi. Jungkook shamollab qolgandi. Isitmasi baland edi.
Taehyung qo'rqib ketdi. U shoshib o'rnidan turdi va telefonni oldi.
Jk: Yo'q, hyung... Shifokor chaqirmang... Yaxshiman...
Taehyung uning so'zlariga e'tibor bermadi va shifokorga qo'ng'iroq qildi.
Bir pasda boshqa a'zolar ham Jungkookning tepasiga to'planishdi. Ular tashvish bilan unga qarashdi.
Rm: Nima bo'ldi unga. Nega isitmasi buncha baland.
J: Jungkook, senga nima bo'ldi. O'zingni yaxshi his qilyapsanmi.
Tae: Uni qiynama. Gapirishga majbur qilma.
J: Xo'sh, unga nima bo'ldi o'zing aytchi.
Tae: U... U kecha momaqaldiroqdan qo'rqgani uchun men bilan yotdi... Qoganini bilmayman. Men bilmayman, qachon shamollab qolganini...
Shifokor keldi va Jungkookni ko'zdan kechirdi. U unga bitta kapilnitsa qo'ydi va dori-darmonlar yozib berdi.
Sh: U sovuqdan shamollab qolgan. Havotir olmang, men aytgan dorilarni ichirsangiz, tez orada tuzalib ketadi. Hozir esa biroz dam olsin. Unga yaxshi g'amxo'rlik qiling.
Birozdan keyin shifokor ketdi. Hamma nonushta qilish uchun pastga tushdi. Jin Jungkook uchun ovqat tayyorladi va uni Jiminga uzatdi.
J: Buni Jungkookka yedirib qo'y. Men qolgan ishlarimni qilishim kerak.
Taehyung buni ko'rdi. U o'zini tuta olmadi. Tezda Jinning qo'lidan ovqatni oldi.
Tae: Men o'zim yediraman. Unga qanday g'amxo'rlik qilishni yaxshiroq bilaman.
Jm: Hoy, nima qilyapsan. Nega ovqatni olding.
Tae: Jin hyung aytgan ishni qilyapman. Jungkookga ovqat berishim kerak.
Tae: Nima qilibti. Jimin borib... (Taehyung Yoongiga qaradi) borib Yoongiga yedir. U ham nonushta qilishi kerak.
Taehyung shunday dedi va ovqatni olib, ketib qoldi
Jm: yoongi? U... Kasal masku. Nima? Nega Taehyung bunday qilyapti. U Jungkookni rashk qilyaptimi.
RM: Rostan ham, nimadir bo'lyapti. Mayli, uka sifatida rashk qilayotgandir. E'tibor bermang. Bizga nonushtamizni davom ettiraylik.