May 5

GANGSTER

-1-

Taehyung: Nega menga Jungkook qo‘lida ishlashingni aytmading?

Jimin: Taehyung, kechir… men hech narsa qila olmayman…

Taehyung Jiminni ko‘ksidan itarib yuborib, xonadan chiqib ketdi.

Jimin nafaqat Taehyungning eng yaqin do‘sti edi ular hatto do‘stdan ham yaqinroq bo‘lishgan. Taehyungning uydagilari esa uni Jungkook bilan turmush qurishga majburlashadi. To‘yga oz vaqt qolganida, u va Jimin birga qochishni rejalashtirishadi.

Vmin shipiga albatta qarshiman😂

Ular baribir qochishga urinishdi. Jimin va Taehyung hammasini ortda qoldirib ketmoqchi bo‘lishdi. Ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi. Jungkook ularni juda tez topdi.

Hammasi bir lahzada barbod bo‘ldi.

Jimin qattiq jazolandi. Uni uch kun davomida omborxonada ushlab turishdi. Hech kim uni ko‘rmadi, hech kim uning ahvolini so‘ramadi. U faqat vaqt o‘tishini kutdi.

To‘y kuni kelganda, nihoyat uni u yerdan chiqarishdi.

Bugun — to‘y kuni.

Taehyung ko‘p yig‘laganidan ko‘zlari shishib ketgan edi. U oynaga qarashga ham o‘zida kuch topolmasdi. Yuragi siqilib, nafasi og‘irlashardi.

Ota-onasi esa indamasdi. Ular ham bu qarordan mamnun emasdi. Ammo baribir qarshi tura olishmadi. Jungkookning tanlovi hamma uchun majburiydek edi.

Xonada og‘ir sukunat hukm surardi. Har bir soniya Taehyung uchun cheksizdek tuyulardi.

Bugun uning taqdiri hal bo‘ladigan kun edi.

Bugun Taehyung Jungkookni uzoq yillardan keyin ilk bor ko‘rishi edi.

Bir paytlar Taehyungning onasi Jungkooklarning uyida xizmatkor bo‘lib ishlagan. O‘sha paytda ular hali yosh bola edilar.

Bir kuni kichkina Taehyung adashib katta va hashamatli uy ichida aylanib yurib, tasodifan bir xonaga kirib qolgan edi.

Jungkook: Hoy, sen nega mening xonamga kirib olding?

Taehyung: Bu sening xonang ekanini bilmagan edim.

Jungkook: Hozirning o‘zida chiqib ket.

Taehyung qoshlarini chimirib unga qaradi.

Taehyung: Menga baqirma. Yaxshilikcha iltimos qilsang, chiqaman. Bo‘lmasa butun umr shu yerda o‘tirib, xonangni yeb tashlayman.

Jungkook undan ikki yosh katta edi. Kichkina bolaning bu gapidan kulib yubordi.

Jungkook: Senmi? Shu mittigina holing bilan xonamni yeysanmi? Juda yoqimtoy ekansan.

Taehyung labini burishtirdi.

Taehyung: Mening kuchim juda ko‘p.

Shunda kichkina Jungkook unga yaqinlashdi. Taehyungning jiddiy turishiga qarab yana kuldi-da, birdan uning yuzidan o‘pib oldi.

Taehyung hayratdan qotib qoldi.

Jungkook esa kulgancha ortga chekindi.

Jungkook uning qo‘llarini qattiq ushlab oldi.

Taehyung: Qo‘limni qo‘yib yubor, og‘riyapti!

Jungkook sovuq nigoh bilan unga qaradi, qo‘lini bo‘shatmay turib gapirdi:

Jungkook: Seni o‘yinchoqlarim ichiga qo‘shib qo‘ymoqchiman. Agar hozir xohlasam, sen mening o‘yinchog‘im bo‘lasan.

Taehyung bu gaplardan seskanib ketdi. Uning yuragi tez ura boshladi. Qo‘rquv ichida u bir zum ikkilanib qoldi, keyin birdan Jungkookning qo‘lini tishlab oldi.

Jungkook og‘riqdan qo‘lini bo‘shatdi.

Shu fursatdan foydalanib Taehyung tezda xonadan chiqib ketdi.

—

To‘y kuni Taehyung Jungkookni yana ko‘rgach, uning sovuq xarakterini yanada aniqroq sezdi. Jungkookning ko‘zlarida iliqlik yo‘q edi faqat qat’iylik va hukmronlik bor edi.

Taehyung ichida qo‘rquv kuchaydi. Chunki Seulda Jungkook haqida hamma gapirar edi uni tanimagan odam deyarli yo‘q, va ko‘pchilik uni juda xavfli, sovuq odam sifatida tasvirlardi.

Taehyung shu gaplarga ishongan edi. Va hozir u bu ishonchidan pushaymon emasdi chunki ko‘rganlari ham o‘sha gaplarga juda o‘xshardi.

Jungkook: Azizam, nega termulib qolding?

Jungkookning sovuq ohangidagi gapidan Taehyung seskanib ketdi. Uning yuragi yana tez ura boshladi.

Jungkook: Oh yo‘q…

U barmog‘i bilan Taehyungning yuzidagi bir tomchi ko‘z yoshni artdi.

Jungkook: Bu nimasi endi? Ko‘zlaring shishib ketibdi. Endi to‘yimiz fotosessiyasi qanday bo‘ladi? Axir bugun baxtli bo‘lishing kerak edi.

U gapirayotganida ovozida hissiyot yo‘q edi hammasi sovuq va bir xil ohangda edi. Bu esa Taehyungni yanada qo‘rquvga soldi.

Taehyung jim turardi, nafasini zo‘rg‘a bosib, yerga qarab qolgandi. Uning qo‘llari titrardi.

Jungkook biroz unga tikilib turdi-da, yengil kulimsiradi.

Jungkook: azizam, bu qilganing uchun seni jazolayman

Uning kulgusi ham iliq emas, aksincha, yanada sovuqlik qo‘shgandek edi.

Taehyungning ichida qo‘rquv kuchayib borardi, lekin u hech narsa deya olmadi.

To‘y ham tugadi. Jungkook va Taehyung Jungkookning uyiga kelishdi.

Uy kichkina lekin hashamatli edi, lekin unda iliqlik yo‘q edi. Ichkarisi qorong‘iroq ohanglarda qora, kulrang va sovuq dizayn bilan bezatilgan edi. Bu joy Taehyungga shinam emas, balki begona va bosimli tuyuldi.

U ichkariga kirishi bilan atrofni sekin ko‘zdan kechirdi. Har bir burchak jim, har bir tovush aks-sado berar edi.

Taehyung ichida sovuqlikni aniq sezdi.

Jungkook esa kalitni stolga tashlab, xotirjam ohangda gapirdi:

Jungkook: Azizam, to‘y ham tugadi. Endi… o‘zimiz uchun vaqt ajratish payti keldi.

Uning ovozi sokin edi, lekin Taehyung bu gapning ortida qandaydir noaniq bosim borligini sezdi.

Taehyung darhol unga qaradi, lekin javob bermadi. Faqat nafasi biroz tezlashdi.

Xonada og‘ir sukunat cho‘kdi. Faqat soatning tiqillashi eshitilardi.

Taehyung bu uyda endi hammasi boshqacha bo‘lishini ich-ichidan his qildi.

Ular bezatilgan yotoqxonaga kirishdi. Xona to‘yga moslab chiroyli qilib bezatilgan, lekin havosi baribir sovuq va og‘ir tuyulardi.

Eshik asta yopildi.

Ertalab jungkookni onasi ulardan xabar olgani kelganda og’zi ochilib qoldi. Jungkook eshikni qulflab ketgan edi. Jungkookni onasida kalit borligi uchun uyga kira oldi. Taehyungni holini ko’rib yig’lab yuboradigan darajaga keldi

Jungkook va uni otasi vaxshiy bo’lsa ham onasi ulardan farq qilar edi. Anchagina mehribon va oqko’ngil edi.

U darhol tez yordam chaqirdi

Oradan bir yil o‘tdi.

Bugun Jungkook ota bo‘ldi. Uning birinchi o‘g‘li dunyoga keldi.

Bola tug‘ilgan lahzada Jungkookning ichida nimadir o‘zgardi. U sovuq va qat’iy inson bo‘lsa ham, ilk bor ko‘zlarida boshqacha ifoda paydo bo‘ldi — otalik hissi uni ich-ichidan silkitar edi.

Shu kundan boshlab u faqat o‘g‘li uchun butunlay boshqacha odamga aylandi. Ehtiyotkor, jimroq va mas’uliyatli ota bo‘lishga harakat qildi. U o‘g‘li uchun eng yaxshi narsani berishni xohlardi.

Ammo bu faqat otalik tomoni edi.

Boshqalar uchun u hamon sovuq, qo‘rqinchli va obro‘li gangster bo‘lib qolaverdi. Taehyung uchun esa u hali ham og‘ir xotiralar bilan bog‘liq, eng yomon er sifatida ko‘rinardi.

—

Oradan yana olti yil o‘tdi.

Jungkookning o‘g‘li Jiwoo olti yoshga to‘ldi.

Jiwoo quvnoq, ko‘p savol beradigan va otasini juda yaxshi ko‘radigan bola edi. Jungkook hamon unga mehrli ota edi — uning yonida butunlay o‘zgarib ketardi, yumshoqroq, sabrliroq bo‘lardi.

Lekin tashqi dunyoda u o‘sha eski Jungkook edi — sovuq qarashli, hurmat va qo‘rquv uyg‘otadigan inson.

Uy ichida esa ikki hayot yashardi: biri mehrli ota, biri esa o‘zgarmas qorong‘i soyadek Jungkook.

tanishtiruv tugadi.

Taehyung jungkook turgan tomonga qarab, jahli chiqqan holda gapirdi

Taehyung: Jiwoo’ga nimalarni o‘rgatyapsiz? U hali endigina 6 yoshga to‘ldi. O‘ziga zarar yetsa nima qilasiz?!

Uning ovozi balandlashib ketdi, qo‘rquv va g‘azab aralash edi.

Jungkook esa xotirjam turib javob berdi:

Jungkook: u meni o’g’im uni o’zim tarbiya qilaman Seni ishing bo‘lmasin.

Taehyung yanada qattiqroq gapirdi:

Taehyung: U meni ham o‘g‘lim! Nega ishim bo‘lmas ekan?! Men uni kelajakda sizga o‘xshagan qabih odam bo‘lishini xohlamayman!

Shu gapdan keyin xona bir zum jimib qoldi.

Jungkook sekin o‘rnidan turdi. Uning ko‘zlari sovuq edi.

Jungkook: Nima deding? Yana bir marta qaytar.

Taehyung orqaga chekinmadi.

Taehyung: Uni sizga o‘xshashini xohlamayman!

Shu zahoti Jungkook unga qattiq tarsaki tushirdi.

Taehyung muvozanatini yo‘qotib, yerga yiqildi.

Xonada og‘ir sukunat cho‘kdi.

Jungkook past, sovuq ovozda gapirdi:

Jungkook: Kechagi kaltaklar kamlik qildimi? O‘lguningcha kaltaklashimni xohlayapsanmi?

Jiwoo bularni eshitib xonasidan yugurib chiqdi va yerda yiqilgan Taehyungni qattiq quchoqlab oldi.

Jiwoo: Siz yomon dadasiz! Men sizni yomon ko‘raman!

U yig‘lab yubordi, kichkina yelkalari titrardi.

Jungkookning yuzi yanada sovuqlashdi.

Jungkook: Sen hali bolamga meni yomon ko‘rsatyapsanmi?

U shunday deb Taehyungning bilagidan qattiq ushlab, uni o‘rnidan tortdi.

Taehyung qarshilik qila olmadi.

Jungkook uni xonaga olib kirib ketdi. Eshik tomon Jiwoo yugurmoqchi bo‘ldi, lekin enaga uni zo‘rg‘a ushlab qoldi.

Jiwoo qo‘llarini cho‘zib yig‘lardi:

Jiwoo: Dada! Qo‘yib yuboring!

Lekin xonaga faqat eshikning yopilish ovozi eshitildi.

Enaga Jiwoo’ga muloyim ovozda dedi:

Enaga: Jiwoo, kel… xohlasang ko‘chaga chiqib aylanib kelamiz.

Jiwoo boshini chayqadi, ko‘zlari yoshga to‘la edi.

Jiwoo: Xohlamayman!

U xarxasha qilib yig‘lashda davom etdi. Enaga unga rahmi kelib qarardi. Bu uyda bunday holatlar tez-tez takrorlanardi.

Jiwoo asta-sekin qaysar, jahldor bo‘lib ulg‘ayayotgandi. Enaga buni ko‘rib ich-ichidan xavotir olardi — u Jungkookning o‘ziga o‘xshab borayotganini sezardi.

Ichkaridan esa hanuzgacha baland ovozlar, tortishuv va baqiriqlar eshitilardi. Jiwoo eshik tomonga qarab, yig‘lab o‘tirardi.

Bir payt eshik ochildi.

Jungkook chiqdi. Uning yuzi g‘azabdan qotib qolgan, ko‘zlarida sovuq asabiylik bor edi. U bir so‘z demay, tezda uydan chiqib ketdi.

Uy ichida yana jimlik va og‘ir atmosfera qoldi.

Shu fursatdan foydalanib Jiwoo yugurib ichkariga kirdi. U to‘g‘ri Taehyungning oldiga bordi lekin u yerda hushsiz yotgandi

Enaga esa odatdagidek xavotir bilan telefonini olib, shifokorga qo‘ng‘iroq qila boshladi.

Uy ichida hammasi yana og‘ir, chigal va bezovta holatda davom etardi.

Biroz vaqt o‘tgach, Taehyung hushiga keldi. Shifokor allaqachon kelib, uning jarohatlarini ko‘rib chiqib, kerakli yordamni ko‘rsatib ketgan edi.

Xona nisbatan tinch edi. Faqat devor soatining tiqillashi eshitilardi.

Enaga ehtiyotkorlik bilan yoniga keldi:

Enaga: Ancha yaxshimisiz? Suv ichib oling.

Taehyung sekin bosh irg‘ab, stakanni qo‘liga oldi. Qo‘llari hali ham zaif edi.

Jiwoo esa uning oldida jim o‘tirardi. Kichkina yuzi jiddiy, ko‘zlari esa chalkash hislarga to‘la edi.

Bir payt Jiwoo past ovozda gapirdi:

Jiwoo: oyi… menga dadam yomonlik qilgan odamni o‘ldirib tashlashim kerakligini aytishgan.

( ikkalasini ham jiwoo dada deyishi kerak edi lekin g’alati bo’lib qolarkan)

Taehyung darhol unga qaradi.

Taehyung: Bunday gaplarga e’tibor berma.

Jiwoo bir zum jim qoldi, keyin yana savol berdi. Uning ovozi bu safar yanada sovuqlashgandek edi:

Jiwoo: Unda… men dadamni ham o‘ldirsamchi? U sizni har kuni uradi. U o’laa biz baxtli yashaymiz

U Taehyungga tikilib qaradi.

Taehyungning yuzida qo‘rquv va hayrat aralash ifoda paydo bo‘ldi.

Taehyung: Bu nima deganing? Bunday gapni boshqa takrorlama.

Uning ovozi qattiqroq chiqdi, lekin ichida xavotir kuchayib borardi Jiwoo eshitayotgan narsalar uni asta-sekin noto‘g‘ri tomonga burayotganini sezardi.