February 22

Педофиль 2

Часть 4 «финал»

Oradan bir necha kun o‘tdi. Taehyung maktabga ancha moslashib qolgandi. Baribir u hech kim bilan yaqinlashmasdi. Hech kim bilan ortiqcha gaplashmas, faqat darsini qilib, vaqtini o‘tkazardi. Go‘yo u bu yerda mehmon edi.

Hozir u xonasida edi. Stol yonida o‘tirib dars qilardi. Xona jimjit. Derazadan tushayotgan yorug‘lik daftar sahifasiga tushib turardi. Hamma narsa tinch edi.

Shu payt eshik taqillamasdan ochildi.

Taehyung kim kirganini darhol sezdi. Yuragi bir urib ketdi. Jungkook.

U shoshilib o‘rnidan turdi. Har doimgidek sovuq muomala yoki buyruq bo‘ladi deb o‘yladi.

Jungkook qo‘li bilan ishora qildi.

Jk: O‘tir.

Taehyung sekin yana joyiga o‘tirdi.

Jungkook esa xonani ko‘zdan kechirib, stol yonidagi stulni tortdi va uning ro‘parasiga o‘tirdi. Bu safar u odatdagidan boshqacha ko‘rinar edi. Nigohlari sovuq emas, balki jiddiy va o‘ychan edi.

Jk: Senga muhim gapim bor.

Taehyung asta unga qaradi.

Jk: Menga ishonasanmi?

Savol kutilmagan edi. Taehyung bir zum jim qoldi, keyin sekin bosh irg‘adi.

Jungkook chuqur nafas oldi.

Jk: Men ham… senga ishonaman, Taehyung. Hozir faqat senga ishonaman.

Taehyung hayron bo‘lib unga tikildi. Nega birdan bunday gaplar?

Jk: Sendan so‘raydigan yagona narsam hissiyotlarga berilma. Sen qat’iyatli bo‘lishni o‘rganishing kerak. Mendan qo‘rqishingni bilaman… lekin endi qo‘rqishga vaqt yo‘q.

Jk: Yaqinda…

Jungkook gapini tugatmay jim qoldi. Go‘yo keyingi so‘zlarni aytish unga qiyin edi. U bir zum deraza tomonga qarab turdi, so‘ng yana Taehyungga yuzlandi.

Jk: Taehyung… xullas, men yaqinda bir joyga ketaman. Qachon qaytishim noma’lum.

Xonadagi havo bir zumda og‘irlashgandek bo‘ldi.

Jk: Mana shu bor mol-mulkim, hammasi senda bo‘ladi. Hujjatlar, hisoblar barchasi. Senga bu ishda Namjoon yordam beradi. Lekin…

Uning nigohi keskinlashdi.

Jk: Unga ham hamma narsangni ishonma. Umuman, hech kimga ishonma. Meni tushundingmi?

Taehyungning yuragi siqilib ketdi. Bular juda katta gaplar edi. U bir lahza jim turdi, so‘ng ovozi past chiqdi.

Tae: Ha… tushundim… Men hech kimga ishonmayman… va hissiyotga berilmayman.

Jungkook unga uzoq tikildi. So‘ng sekin jilmaydi.

Bu oddiy jilmayish emas edi. Unda nimadir yashirin edi ishonchmi, afsusmi yoki xayrlashuv? Taehyung bu jilmayishdan ko‘zini uzolmay qoldi. Yuragi g‘alati ura boshladi.

Jk: Yaxshi, Taehyung. Senga aytadigan gapim shu edi. Endi ketishim kerak.

U o‘rnidan turdi. Bir lahza go‘yo yana nimadir demoqchidek to‘xtadi, lekin indamadi.

Taehyung esa faqat bosh irg‘ab qo‘ya oldi.

Eshik ochildi. Yopildi.

Xona yana jimjit bo‘lib qoldi.

Taehyung biroz o‘ylanib qoldi. Keyin yotoqqa bosh qo‘yib, uzoq vaqt jimjit holda o‘tirgandek uxlab ketdi. Tinch tun, lekin yuragida hali ham Jungkook bilan bo‘lgan suhbatning izlari bor edi.

Ertasi kuni hammasi odatdagidek maktabda davom etdi. Sinfxonalar shovqin bilan to‘la, talabalar gaplashib, qadam tovushlari koridorni to‘ldirar edi.

U maktabga kirishi bilan koridorda bir kishi uni kutib turardi.

— Mana, bu xatni senga berib yuborishdi — dedi u

Taehyung qo‘lini uzatib, xatni oldi. U yerda Ian uning maktabning orqa qismida kutib turgani yozilgan edi. Yuragi birdan tezroq urib ketdi, xuddi harakatga chaqirilgandek.

U o‘sha joyga yugurdi. Har bir qadamida yuragi urishi yanada kuchaydi. Ianni ko‘rishi bilan yuzida katta, tabiiy tabassum paydo bo‘ldi. Yugurib borib, uni mahkam quchoqlab oldi.

Ian mehr bilan kuldi, qo‘llarini asta-sekin Taehyungdan tortib, jilmayib qaradi.

Tae: Seni shunchalik sog‘indim… Hamma vaqt sen haqida o‘yladim.

Ian: Men ham seni sog‘indim. Kechir, vaqt topolmadim. Hayot shunchalik band edi… Lekin senga yangiligim bor, juda muhim yangilik.

Tae: Qanday yangilik? Ayt, iltimos…

Ian: Seni o‘zim bilan olib ketishim mumkin. Endi birga yashaymiz.

Tae: (biroz hayron) Jungkook bilsa nima bo‘ladi?

Ian: Jungkookni qamatamiz. Hozir ayni payti u qayergadir ketmoqchi, lekin men deyarli u haqidagi hamma ma’lumotni to‘pladim. Hozir sen faqat arizangni qilasan, agar unga qo‘l qo‘ysang bo‘ldi. Jungkookni qamashadi

Tae: nima uchun uni qamatsan

Ian: Aslida u hamma qilgan yomon ishlariga javob berishi kerak. Jungkook tirik ekan, hatto o‘zim xohlaganimdek idol ham bo‘lolmayman. Hattoki sen bilan uchrasholmayman ham. Bu men uchun juda yomon. Bilasanku, seni juda yaxshi ko‘raman.

Tae: Nima qilishimiz kerak?

Ian: Bugun kechqurun akamning uyiga boraman. Rejam asosida ish qilaman seni xonangga bir qog‘oz olib kiraman. Uni imzolab berasan va hammasi tamom. Shundan keyin undan qutilamiz

Taehyung ich-ichidan bu gaplarni eshitib, biroz qaltiradi. Hozir ham yuragida ziddiyat bor edi. To‘g‘ri, Jungkook unga shafqatsiz tarzda azob bergan, lekin negadir Taehyungning unday qilgisi kelmasdi. Ichki ovozi unga shunday deyapti: “Buni qilganingda sen ham ular singari bo‘lasan… lekin qachon?”

U Ian tomonga qaradi, ko‘zlarida aralash hayajon va xavotir.

Taehyung boshini sekin irg‘adi.

Ian: Ana shunday.

U Taehyungning yuzini chimchilab qo‘ydi, biroz mayin, biroz hazil bilan.

Tae: Men darsga boraman… Jungkook bilib qolmasligi kerak.

Ian: Ha… mayli Taehyung. Ko‘rishamiz.

Taehyung oxirgi marta jilmayib qo‘ydi So‘ng u ketdi.

Sinfda u faqat shu narsa haqida o‘ylardi. Darslar uning qulog‘idan o‘tib ketayotgandek edi. Har bir harf, har bir so‘z uning ongida Ian bilan bo‘ladigan kechqurug‘a bog‘langan edi.

Uyga ketayotganda ham yo‘lda u xayolga berildi. Har bir qadamida yuragi tezroq urardi, qo‘llari biroz sovuq edi. “Vanihoyat… endi kechqurun” — dedi o‘zicha.

U bilardi, bugun kechqurun uning hayoti o‘zgariishi mumkin.

Taehyung xonasida yolg‘iz o‘tirardi. Kech bo‘lgandi. Deraza ortidan tushayotgan oyning nuri xona burchaklarini sekin yoritardi. Xonada tinchlik hukm surardi, faqat yuragi tez urishi eshitilib turgandek edi.

Shu payt eshik sekin ochildi. Taehyung avval Jungkook kirganini o‘yladi, lekin bu safar Ian edi.

Ian: Tae, qog‘ozni olib keldim. Sen haqingdagi ma’lumotlar yozilgan. Endi faqat qo‘l qo‘ysang bo‘ldi.

Taehyung o‘rnidan turdi, yuragi tez urardi.

Tae: Jungkook qayerda?

Ian: U uxlayapti. Men yashirincha kirdim, Tae. Tezroq qilishing kerak.

Tae: Hozir qo‘l qo‘ysam, Jungkook qamaladi, shundaymi? Keyin… biz birga yashaymiz?

Ian: Albatta, Tae. Mana ruchka, qo‘l qo‘yishing kerak.

Tae: Yo‘q.

Ian: Nima?

Tae: Qo‘l qo‘ymayman.

Ian: Aqldan ozdingmi yoki undan qo‘rqyapsanmi, Tae? Mengga ishon. Shundan keyin qaytib Jungkookni ko‘rmaysan. Uni olib ketishadi. Agar o‘tgan safargini o‘ylayotgan bo‘lsang, ular kuchli emas edi. Kuchliroq odamlarga kuchliroq dalil kerak.

Tae: Men xohlamayman. Men imzo qo‘ymayman.

Ian: Tae, vaqtimiz oz, aqlingni yig‘ishtir.

Tae: Men qilmayman.

Ian: Tae… tushun, shundan keyin qutulamiz. Birga baxtli yashaymiz.

Tae: U menga ishonadi.

Ian: Nima deganing bu? Sen u uchun buyumdek bo‘lding. Men endi bu narsaga qarab tura olmayman.

Xonada jimlik paydo bo‘ldi. Taehyung ich-ichidan titrab turardi. Yuragi ikki yo‘ldan birini tanlashga majbur edi: Ian bilan birga bo‘lish yoki Jungkookni himoya qilish.

Tae ovozi titrab, lekin ichida qat’iyat bilan gapirdi

– Ian, meni tinch qo‘y.

Ian unga yaqinroq keladi: Tushunmadim?

Tae ko‘zlarini ko‘tarib, chuqur nafas oladi: Men boshqa by xatoni qilmayman u menga ishonadi

Ian birdan achchiq kulib yuboradi, kulgisida alam va g‘azab aralash: Sen uning gaplariga ishondingmi? U yana sendan foydalanadi. Faqat foydalanadi. Oxirigacha.

Tae bosh chayqab, bir qadam ortga yuradi: Ian, ket.

Ian ovozini balandlatib, sabrsizlanib: Ketmayman. Qo‘l qo‘ymaguningcha ketmayman.

U Taehyungning bilagidan mahkam ushlaydi. Barmoqlari qattiq siqilgan, nafas olishi tezlashgan. Ruchkani uning qo‘liga tiqadi.

Tae qo‘lini siltab tortib oladi, ko‘zlarida qo‘rquv va norozilik: Qo‘yib yubor dedim!

Ian ko‘zlarini toraytirib, jag‘ini qisadi: Shundaymi?

U cho‘ntagiga qo‘l soladi va kichik pichoqni chiqaradi. Xonadagi havo bir zumda sovib ketgandek bo‘ladi.

Tae nafasi ichida qolib, devorga yaqinlashadi: Ian… nima qilyapsan?

Ian ko‘zlari bilan unga tikilib turadi. Uning ichida g‘azab, og‘riq va hasad qorishib ketgan edi.

Ian past, lekin titroq ovozda: Sen meni majbur qilyapsan, Tae.

Bir lahzada hammasi o‘zgaradi. Keskin harakat. Taehyung ko’kragida og’ri his qildi. Ian unga pichoq sanchiib oldi

Taehyung qimirlay olmay qoladi. Ko‘zlari katta ochilgan, ishonchsizlik va og‘riq aralash nigoh bilan Ian tomonga qaraydi.

Ian qo’lini torib olib qo‘lida ushlab turgan narsaga qarab qoladi. Qo‘llari qaltiraydi. Yuzidagi g‘azab o‘rnini dahshat egallaydi.

Pichoq qo‘lidan sirg‘alib tushadi.

Ian ortga tisariladi, nafasi bo‘g‘ilib: Yo‘q… yo‘q…

Tae zo‘rg‘a gapiradi, ovozi deyarli eshitilmaydi: Nega… bunday qilding…

U kuchsizlanib, tizzalari bukilib yerga qulaydi.

Ian boshini changallab, vahimaga tushadi: Yo‘q! Ataylab qilmadim! Ishon, ataylab qilmadim!

U burchakka borib o‘tiradi, ko‘zlaridan yosh oqadi, butun tanasi qaltiraydi.

Ian qayta-qayta pichirlaydi: Meni kechir… iltimos, meni kechir… o‘lma… iltimos…

Xonada og‘ir sukunat hukm suradi. Hamma narsa bir necha daqiqa ichida butunlay o‘zgargan edi.

Shu payt eshik qarsillab ochildi.

Eshik oldida Jungkook turardi. Uning ko‘zlari avval qorong‘i burchakka tushdi. Ian devorga suyangancha, rangi oqarib, qo‘llari qaltirab turardi.

Jungkookning nigohi sovuq tortdi.

Jk: Bu yerda nima qilyapsan?

Ian og‘zini ochdi, lekin ovozi chiqmadi.

Shunda Jungkookning ko‘zi yerga tushdi.

Taehyung.

Yerda yotardi. Harakatsiz.

Bir lahzada Jungkookning yuzi oqarib ketdi. Nafasi ichida qolib ketgandek bo‘ldi.

Jk shivirlab: Tae…

U tez yurib borib uning yoniga cho‘kdi. Qo‘llari titrardi, lekin u o‘zini majburlab, Taehyungni silkitdi.

Jk: Tae, ko‘zingni och. Menga qara.

Taehyung zo‘rg‘a ko‘zlarini ochishga harakat qildi. Nigohi xira, nafasi og‘ir edi.

Tae juda past ovozda: Jung… kook…

U Taehyungni ko’tarib oldi. Uning ko‘ylagi qonga belanganini ko‘rib, ko‘zlari yanada vahimaga to‘ldi.

Jk ovozi titrab: Kim qildi buni?

Taehyungning lablari qimirlagandek bo‘ldi, lekin so‘z chiqarmadi.

Ian birdan oldinga chiqdi, ko‘zlari yoshga to‘lib: Men… men ataylab qilmadim…

Jungkook unga o‘girildi. Uning nigohi bu safar dahshatli darajada sovuq edi.

Jk past, lekin xavfli ohangda: Sen?

Ian ortga chekindi.

Ian: U imzo qo‘ymadi… men shunchaki qo‘rqitmoqchi edim… hammasi tasodif…

Jungkookning jag‘i qisildi. Ko‘z tomirlari qizarib ketgan edi.

Jk: Agar unga biror narsa bo‘lsa…

U gapini tugatmadi.

Bir qo‘li bilan Taehyungni mahkam ushlab, shoshilinch tashqariga chiqdi. Yo‘lak bo‘ylab qadam tovushlari jaranglardi.

Jk: Chida Tae.

Tashqarida mashina eshigi qarsillab yopildi. Motor tovushi tun sukunatini buzdi.

Ian esa xonada yolg‘iz qoldi.

U qo‘llariga qaradi — hali ham qaltirardi. Polga tushgan pichoqqa qaradi. Ko‘zlaridan yosh oqib tushdi.

Ian pichirladi: Bunday bo‘lishi kerak emas edi… men shunchaki uni olib ketmoqchi edim…

U birdan eshik tomonga yugurdi.

.

.

.

Bir necha soatlik operatsiyadan so’ng shifokor tashqariga chiqdi va operatsiya muvaffaqiyatli o’tganligi haqida jungkokka xabar berdi. Jungkook yengil tortdi

Jk: xayriyat

Birozdan keyin

— U hushiga keldi. Hozircha xavf yo‘q, lekin kuchsiz. Uni bezovta qilmang.

Jungkook chuqur nafas oldi. Go‘yo ko‘kragidagi og‘ir tosh biroz yengillashgandek bo‘ldi. U asta palata eshigini ochdi.

Xona oppoq va jimjit edi. Monitorning sekin tovushi sukunatni buzib turardi.

Taehyung karavotda yotar, rangi oqarib ketgan, ammo ko‘zlari ochiq edi. U eshik ochilganini eshitib, sekin boshini burdi.

Nigohlari to‘qnashdi.

Taehyung unga qaradi, lekin hech narsa demadi.

Jungkook yaqinroq kelib, karavot yoniga stulni sekin surdi va o‘tirdi. Bir necha soniya shunchaki unga tikilib qoldi. Ko‘zlarida odatdagi sovuqlik yo‘q edi.

Jk past, ehtiyotkor ovozda: Ahvoling yaxshimi?

Taehyung sekin bosh irg‘adi. Uning harakati ham og‘riq bilan edi.

Tae ovozi zaif va titroq: Meni kechiring… men xohlamagandim… mendan jahliz chiqmasin…

Jungkookning qoshlarida og‘riqli chiziq paydo bo‘ldi.

Jk: Hammasi joyida. Sendan jahlim chiqmagan.

U bir lahza jim qoldi, so‘ng pastroq ovozda davom etdi.

Jk: O‘zingni ayblama.

Taehyung ko‘zlarini yumdi. Ko‘z burchagida yosh paydo bo‘ldi.

Tae: Ian… u—

Jungkookning yuzi birdan jiddiylashdi.

Jk sovuq, keskin ohangda: U haqida og‘iz ochma.

Xona yana jim bo‘lib qoldi.

Jungkook bir muddat jim o‘tirdi. So‘ng nigohini Taehyungdan uzmay, past ovozda gap boshladi.

Jk: Men bir necha soatdan keyin jo’nab ketaman. Ba’zi narsalarni senga Namjoon o‘rgatadi. Tushunarlimi?

Taehyungning yuragi yana siqilib ketdi.

Tae sekin: Qachon qaytib kelasiz?

Jungkook ko‘zlarini bir zum chetga oldi. Bu savolni kutgan, lekin javob berishni istamagandek.

Jk: Buni bilmayman. Lekin sen aytganimni qil.

Taehyung qo‘llarini ko‘rpacha ustida siqdi.

Tae: Men yolg‘iz qolib ketamanmi?

Jungkook bir necha soniya unga tikilib turdi. Uning yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi, ammo ko‘zlarida nimadir titradi.

Jk: Yolg‘iz qolasan. Lekin endi ozodlikdasan. Xursandmisan?

Bu savol havoda og‘ir osilib qoldi.

Taehyung ko‘zlarini pastga tushirdi.

Tae juda sekin: Yo‘q.

Jungkook qimirlamadi. Uning jag‘i tarang tortildi. Go‘yo ichida nimadir sinayotgandek edi.

Xona jimjit.

Monitorning bir maromdagi tovushi eshitilib turardi.

Tae pov

Uni yomon ko‘raman.

Ha, yomon ko‘raman.

Har doim yomon ko‘rganman. U sovuq. U shafqatsiz. U meni og‘ritgan. U meni o‘zgartirgan.

Undan nafratlanishim kerak.

Lekin nega… hozir u menga qaraganda yuragim siqilyapti? Nega nafrat qilish qiyinlashib qoldi?

U eng yomon odam.

Seni yomon ko‘raman, Jungkook.

Yomon ko‘raman…

Unda nega ketmoqchi bo‘lganda qo‘rqib ketdim?

Nega “ketmang” demoqchi bo‘ldim?

Agar u ketsa… men nima qilaman?

Men hech narsani o‘zim qilolmayman. U meni shu narsaga o‘rgatdi. Har qarorni u qildi. Har buyruqni u berdi. Har yo‘lni u ko‘rsatdi.

Men mustaqil emasman.

U ketsa… men bo‘sh qolaman.

Yolg‘iz qolaman.

Ozodlik degani shu bo‘lsa, nega u meni qo‘rqityapti?

Ian ham endi mendan nafratlanadi.

Men uning rejasini buzdim. Uni tanlamadim. U meni tanladi, men esa…

Men kimni tanladim?

Jungkookni.

Nega?

Chunki u menga ishonishini aytdi.

Balki birinchi marta kimdir menga ishonishini aytgandir.

Shuning uchunmi?

Yoki men allaqachon… unga bog‘lanib qolganmanmi?

Yo‘q.

Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas.

Men uni yomon ko‘raman.

Yomon ko‘raman.

…lekin u yonimda bo‘lmasa, nafas olish qiyinlashadi.

U nimani o‘ylayapti?

Nega yuzidagi ifoda har doimgidek emas?

Odatda uning nigohi sovuq bo‘lardi. Qattiq. Hech narsani bildirmaydigan. Lekin hozir… boshqacha.

U xomush.

Men uni birinchi marta bunday ko‘ryapman.

Unda nima yomon?

U menga tikilib turibdi. Go‘yo nimanidir aytmoqchi, lekin aytolmayotgandek.

Jk past ovozda: Nima o‘ylayapsan?

Tae tez ko‘zlarini olib qochadi: Hech… hech narsani.

Yolg‘on.

Men juda ko‘p narsani o‘ylayapman.

U og‘ir nafas oldi. Soatiga qaradi.

Jk: Menimcha… ketish vaqtim bo‘ldi.

Yuragim bir urib ketdi.

Yo‘q.

Ketma.

Shu so‘zni aytolmadim.

U o‘rnidan turdi. Menga yaqinlashdi. Har qadam tashlagani sari yuragim tezroq ura boshladi.

U egildi.

Va peshonamga sekin o‘pich qoldirdi.

Tanasidan kelgan issiqlikni his qildim. Nafasim to‘xtagandek bo‘ldi.

Jungkook: O‘zingni asra… va meni kutma.

Bu gap yuragimga og‘ir urildi.

Meni kutma?

Demak… u qaytmasligi ham mumkinmi?

U orqaga chekindi.

Yuzida o‘sha sirli, lekin g‘alati darajada yoqimli jilmayish bor edi. Avvalgidek sovuq emas. Bu jilmayishda xayrlashuv bor edi.

Men qo‘limni ko‘tarmoqchi bo‘ldim.

Uni to‘xtatmoqchi bo‘ldim.

Lekin tanam qimirlamadi.

Faqat ichimda bir savol yangradi:

Agar uni yomon ko‘rsam… nega hozir yig‘lagim kelyapti?

Eshik sekin yopildi.

Va men birinchi marta chinakam qo‘rquvni his qildim.

Tae pov

Eshik yopildi.

Va men uni qaytib ko‘rmadim.

O‘sha kecha juda uzun bo‘ldi. Monitorning tovushi, oppoq devorlar, sukunat… hammasi qulog‘imga urilardi. Ertasi kuni Namjoon keldi. U jiddiy, odatdagidek vazmin edi.

U menga hujjatlar, hisoblar, xavfsizlik, odamlar haqida gapirdi. Qanday qaror qabul qilishni, kimga ishonmaslikni, qanday jim turishni o‘rgatdi.

Men faqat bosh irg‘ab o‘tirdim.

Tuzalganimdan keyin Jungkookning uyiga qaytdim.

Uy o‘sha uy edi. Devorlar, zinapoya, katta oynalar — hammasi joyida.

Lekin baribir boshqacha edi.

U yo‘q edi.

Sukunat og‘ir edi. Ilgari bu uyda uning qadam tovushi, buyruq ohangi, sovuq nigohi bor edi. Endi esa faqat bo‘shliq bor edi.

Kunlar o‘tdi.

Keyin haftalar.

Keyin esa yillar

Lekin jungkookdan darak yo’q edi. Men bazi sabablarga ko’ra umuman boshqa joyga ko’chib ham o’tdim

ko’p narsalarni o‘rganib oldim. Hujjat o‘qishni, muzokara qilishni, yuzimni sovuq saqlashni.

Hali o‘rganadigan narsam ko‘p edi.

Ba’zan kechalari yolg‘iz o‘tirib qolardim. Va o‘sha peshonamdagi o‘pichni eslardim.

“Meni kutma.”

Men baribir kutayotgandek edim.

Bir kuni tasodifan Ian haqida yangiliklarni ko‘rib qoldim.

U orzusiga erishgan edi.

U endi solo idol.

Sahnadagi rasmlarini ko‘rdim. Yorug‘lik ostida turardi. Odamlar uning nomini baqirib chaqirishardi. U jilmayardi. Ishonchli. Yorqin.

Men bilmayman nega… lekin ko‘nglimda og‘irlik bilan birga g‘urur ham paydo bo‘ldi.

Men xursand bo‘ldim.

Bir kuni uning live efirini ochdim.

U kamera qarshisida o‘tirardi. Sochlari tartibli, ko‘zlarida charchoq va hayajon aralash.

Ian jilmayib dedi:

Ian: Men hozir juda hayajondaman… va sizlarga bir narsa haqida gapirib bermoqchiman.

U bir lahza jim qoldi. Go‘yo o‘tmishga qaytgandek.

Ian: Men bir paytlar bir yigitni yaxshi ko‘rardim. Telbalarcha uni sevganman.

Yuragim bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi.

Qo‘limdagi telefon og‘irlashdi.

Ian kameraga tikilib davom etdi:

Ian: U mening birinchi sevgim edi

Nafasim sekinlashdi.

Bu menmi?

Ian kameraga tikilib turdi. Bir necha soniya jim qoldi. Labidagi jilmayish asta sekin yo‘qoldi.

Ian: Men unga nisbatan juda yomon ish qilganman deb o‘ylayman… yo‘q, o‘ylamayman bilaman. Men uni og‘ritdim. U menga tegishli emas edi. Hech qachon tegishli bo‘lmagan.

U chuqur nafas oldi, qo‘llari bir-biriga qovushgan edi.

Ian: Men o‘sha payt buni sevgi deb o‘ylagandim. Lekin bu sevgi emas ekan. Bu qo‘rquv edi. Uni yo‘qotishdan qo‘rqardim. Shuning uchun uni majburlamoqchi bo‘ldim. Uni o‘zimniki qilmoqchi bo‘ldim.

Uning ovozi bir lahzaga titradi.

Ian: Lekin sevgan odamni og‘ritish… bu sevgi emas.

U pastga qaradi, keyin yana kameraga.

Ian: Agar mana shu live’ni ko‘rayotgan bo‘lsang… meni kechir. Men aqldan ozib qolgan edim. Men o‘zimni ham, seni ham yo‘qotdim. Har safar sahnaga chiqqanimda, yorug‘lik ko‘zimga tushganda… bir soniya seni eslayman.

U majburan jilmaydi.

Ian: Men orzuimga erishdim. Lekin ba’zi g‘alabalar ichidan bo‘sh bo‘ladi. Vijdon tinch bo‘lmasa, hech qanday olqish ovozi yetarli emas ekan.

U yana jim qoldi.

Ian: Sen baxtli bo‘lishingni xohlayman. Men bilan emas… shunchaki baxtli.

Live’dagi kommentlar tez oqib o‘tardi, lekin Ian ularni o‘qimayotgandek edi.

⸻

Tae pov

Telefonni o‘chirib qo‘ydim.

Ko‘kragim ichida nimadir siqildi.

Ko‘zimdan bir tomchi yosh tushdi.

Tae past ovozda: Axmoq… yana kechirim so‘raydi…

Lekin bu safar uning ovozidagi og‘riqni inkor qila olmadim.

U haqiqatan ham pushaymon edi.

Tae pov

Men unga qaytishni xohlardim…

Lekin bunday qilolmayman.

Agar hissiyotga berilib ketsam, hammasi rasvo bo‘ladi.

Men endi o‘sha eski Taehyung emasman. Men hislarim bilan yuguradigan bola emasman. Men o‘ylab qadam tashlashni o‘rgandim.

Kechir, Ian.

Sen meni telbalarcha sevding.

Lekin men telbalarcha yashay olmayman.

Jungkook menga ishongan. Men ham unga ishonaman

U birinchi marta menga “ishonaman” degan odam edi. Balki u sovuq edi. Balki u qo‘rqitardi. Lekin u menga mas’uliyatni berdi. U meni zaiflikdan chiqarib, oyoqqa turishga majbur qildi. Menda tanlov yo’q edi. Tanlov bu jungkook. Qaytsa ham… qaytmasa ham

Unga xiyonat qilolmayman.

Bu sevgi masalasi ham emas.

Bu tanlov.

Agar men hozir orqaga qaytsam… o‘sha kechaga qaytaman. O‘sha qo‘rquvga. O‘sha tartibsizlikka.

Agar biz hozir birga bo‘lsak…

Bu ikkalamiz uchun ham yaxshi emas.

Sen vijdoning bilan yashaysan.

Men esa o‘tmishim bilan.

Va biz bir-birimizni yana og‘ritamiz.

Shuning uchun men seni qo‘yib yuboraman.

Hech qanday xayrlashuvsiz.

Hech qanday “yana ko‘rishamiz”siz.

Ba’zi sevgilar tugamaydi.

Shunchaki davom etmaydi.

Men jungkookni kutaman… uni kutib yashayman…