May 3, 2025

Sahna ortida

4-qism

Taehyung Jungkookning xonasiga kirdi, U Jungkookni yaxshi ko'rardi va uning tezroq tuzalib ketishini xohlardi.

U Jungkookning yoniga o'tirdi va ovqatni unga uzatdi.

Tae: Jungkook, buni yeb ol. Sen kuch to'plashing kerak.

Jungkook o'rnidan turdi va ovqatni oldi. U och edi va tez-tez, shoshilib yeyishga kirishdi.

Tae: Sekinroq, tiqilib qolasan. Hech kim ovqatingni olib qo'ymaydi.

Taehyung unga jilmaydi. Keyin uning kulgusi so'ndi. U kechagi voqealarni esladi va o'zini aybdor his qildi.

Tae: Jungkook, meni kechir... Sen meni deb bu ahvoldasan. Men seni yolg'iz qoldirmasligim kerak edi.

Jungkook ovqat yeyishni to'xtatdi va Taehyungga qaradi.

Jk: o'zingni ayblama. Men shunchaki o'zim buni xohladim.

Tae: Nimani xohlading?

Jk: Agar kasal bo'lsam, sen yonimdan ketmaysan. Sen meni tashlab qo'ymaysan. Sen menga g'amxo'rlik qilasan.

Tae: Yo'q... Men har doim yoningdaman. Va har doim senga g'amxo'rlik qilaman.

Jk: Masalan, hozir. Seni ishing bor edi, to'g'rimi. Bogum bilan qiladigan ishingiz bor edi.

Tae: Ha, bugun Bogum bilan uchrashuvimiz bor edi.

Jk: Meni deb bormading, shundaymi. Hammasini bekor qilding.

Taehyung tabassum bilan Jungkookning yuzidan ushlab dedi.

Tae: Albatta, seni deb bormadim. Sen men uchun muhimroqsan. Men seni sevaman.

Jungkook uning so'zlaridan eridi va uni quchoqladi.

Jk: Men ham seni sevaman, hyung. Judayam.

Ular quchoqlashib turishdi, ularning sevgisi tun kabi chuqur va yulduzlar kabi yorqin edi. Ular bir-birlariga sadoqatli bo'lishga, bir-birlariga g'amxo'rlik qilishga va bir-birlarini hech qachon tashlab ketmaslikka va'da berishdi.

Oradan kunlar o'tdi, Jungkook tuzalib ketdi va yana mashg'ulotlarga qaytdi. Ertaga BTSning muhim uchrashuvi bor edi va ular nutqlarining matnini yodlashga kirishishdi.

Jk: Namjoon hyung, menga juda qiyin qismini berdingiz. Men buni ayta olmayman. So'zlarim chalkashib ketyapti.

Rm: Seniki eng osoni va eng kamiku. Boshqalarnikini ko'rmadingmi hali?

Jin: Hoy, Jungkook nolima. Nutq so'zlash vaqtida shunchaki mikrofonni RMga beramiz.

Rm: Nima, yana shu ishni qilasizlarmi? Agar shunday qilaversanglar, men umuman bormayman. Va hamma nutq sizlarga qoladi. O'zinglar nima qila olasizlar ekan?

Tae: Namjoon hyung, agar sening miyang menda bo'lganda, men hamma matnni o'zim o'qigan bo'lardim, qolganlarni qiynamasdan.

Rm: Demak, hamma nutqni o'zing o'qi demoqchimisan.

Tae: Albatta.

Rm: Shu gaping uchun ham tashkilotchilardan ko'proq savollarni senga berishlarini so'rayman. Shunda ko'raman, qanday qilib o'zing uddalaysan.

Tae: Yo'q, kerakmas. Men hazillashdim.

Jimin Taehyungga qaradi.

Jm: Bunday qilma. Agar nutqni Taehyungga bersak, u hamma narsani barbod qilishi mumkin. U o'zini tuta olmaydi va g'alati narsalarni gapirib yuboradi.

Tae: Yoge, shunaqami? Ha, aytgancha, o'tgan safar RM hyung "aymanglar" degan gapni kim aytib qo'ygandi a?

Jm: Men... Men o'shanda gap topolmay qolgandim. Men vaziyatni qanday qilib yumshatishni bilmasdim. Nima, jim turishim kerakmidi?

Boshqa a'zolar uning gapiga kulishdi.

J-Hope: Ha, keyin Jin hyung, sen ham sahnada Jiminni sharmanda qilib, hojatxonaga borishni xohlaganini aytgansan.

J: Nima qilishim kerak edi? Agar bunday demasam, biz hali ham turardik va Jimin kuta olmasdi.

A'zolar yana kulishdi. Yoongi ularga baqirdi.

Y: Hoy, bas qilinglar. Menga tinchlik beringlar. Men matnni yodlashim kerak. Sizlarning hazillaringiz menga xalaqit beryapti.

Shunday qilib, ular suhbatni to'xtatdilar va matnni yodlashda davom etdilar. Ular ertangi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rishlari kerak edi.

yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish uchun, ular guruhlarga bo'linishga qaror qilishdi. Namjoon ularni guruhlarga bo'ldi.

Nm: Jin va Yoongi sizlar bitta guruhdasizlar. J-Hope sen men bilan birga bo'lasan. Jungkook esa... Taehyung va Jimin, bittangiz men va J-Hopening guruhiga qo'shilasizlar.

Jimin va Taehyung bir vaqtda:

Men Jungkook bilan tayyorlanaman.

Ular ikkalasi birdan gapirishdi. Ular bir-biriga g'azab bilan qarashdi.

Tae: Nega sen har doim Jungkook bilan qilarkansan? U men bilan tayyorlanadi.

Jm: Sen nega unga o'z mulkingdek xo'jayinchilik qilyapsan? U meni ham yaqinim. U senga kim bo'lsa menga ham shunday. U men bilan tayyorlanadi. Men unga yaxshiroq yordam bera olaman.

Namjoon vaziyatni yumshatishga harakat qildi.

Rm: Xullas, bas qilinglar. Siz uchalangiz birga tayyorlanasiz. Muammoga aylantirmanglar.

Ular Jungkookning xonasiga kirishdi. Taehyung bilan Jimin hamon bir-biriga g'azab bilan qarashardi.

Jk: Hyunglar, asabiylashmanglar. Uning o'rniga do'konga chiqib, yeyish uchun nimadir olaylik. Shunda kayfiyatimiz ko'tariladi.

Tae: Mayli, Jungkook, yur unda ikkalamiz chiqib kelamiz. Jimin esa shu yerda o'tiradi. Bizga xalaqit bermaydi.

Jm: Nega ekan? Men ham sizlar bilan boraman. Nega doim meni chetlatasizlar? Yoki Jungkook men bilan o'tiradi.

Tae: Men bilan ketadi. Chunki men uni oldinroq taklif qilganman.

Jm: Taehyung, agar orangizda nimadir bo'lsa, aytinglar. Nega bunday qilyapsan? Agar orangizda nimadir bo'lsa, sizlarga xalaqit bermasdim..

Taehyung bilan Jungkook jim bo'lib qolishdi. Jimin buni bilishini xohlashmaydi.

Tae: Jungkook shunchaki mening do'stim va ukam. Biz oddiygina vaqt o'tkazmoqchimiz.

Jm: Men uchun ham shunday. Unga xo'jayinchilik qilma.

Tae: Jungkook, yur.

Taehyung uni qo'lidan ushladi va eshik tomon tortdi. Jimin ham Jungkookning qo'lidan ushladi va uni o'ziga tortdi.

Jk: Hoy, bas qiling. Yosh bola emassizlar. Nima qilyapsizlar o'zi. Yaxshisi, Jimin, sen ham biz bilan yur. Shunda hech kim xafa bo'lmaydi.

Ular do'konga kirib, har xil yeguliklar olishdi. Shirinliklar, gazaklar, ichimliklar... Hamma narsa yetarli edi.

Taehyung va Jimin Jungkookning yoniga borishdi. Ikkalasining ham qo'lida ko'pgina banana milk bor edi. Taehyung ensasini qotirdi.

Jk: Vauu, hammasini olamiz. Men banana milkni juda yaxshi ko'raman. Bu menga energiya beradi.

Ular o'zlariga kerakli narsalarni olishdi va yana uyga qaytishdi. Lekin uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish haqida unutishdi.

Ular matn yodlash o'rniga televizorni yoqib, kino qo'yishga qaror qilishdi.

Tae: Hozir "Iqror" ko'ramiz.

Jm: Yo'q, men uni hamma qismini ko'rib bo'lganman. "Taqdirlar" ko'ramiz

Tae: Men esa uni hamma qismini ko'rganman. Shuning uchun ham qiziq emas. Baribir "Iqror" ko'ramiz.

Jk: Hoy, urushmanglar! Undan ko'ra "Alhazar" ko'ramiz. Yangi soni chiqibti.

Tae: Yaxshi fikr.

Jm: Mayli, roziman. "Alhazar" ko'ramiz! Asosiysi, zerikmaylik.

Shunday qilib, ular o'zaro kelishib, televizorni yoqishdi va "Alhazar"ning yangi sonini ko'rishga kirishishdi. Ular uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni unutib, kino ko'rishardi

Ertalab ular uchalasi ham divanda juda kulgili holatda uxlab qolishgan edi.

Jin ularni uyg'otgani kirdi va ularning ahvolini ko'rib kulib yubordi.

J: Vooo Sizlar kechasi bilan kino ko'rdingizmi. Uchrashuv haqida umuman o'ylamadinglarmi? Yaramaslar.

Taehyung, Jimin va Jungkook birdaniga baland ovozda turib ketishdi.

Jk: Yo Xudo. Matnni hali yodlamagan edim.

Tae: Biz uni bo'lishib ham olmadikku.

Jm: Jin ursin. Biz nima qilamiz. Vaqtimiz yo'q.

Ular tezda yugurib borishdi va matnni bo'lishib olishdi. Har biriga o'z qismini yodlash uchun vaqt oz qolgandi.

J: Yaramaslar. Agar Namjoon bilsa, uchalangizni ham o'ldiradi. U g'azabdan yorilib ketadi.

Ular tashqariga chiqishdi va hammasi yuvinib, kiyinib, tayyorlanib chiqishdi. Stafflar ularga yordam berishdi, soch turmaklarini qildirishdi va ularni chiroyli qilib bo'yashdi.

Endi esa ular mashinaga chiqishlari kerak edi. Jungkook o'tirgan joyni yoniga Taehyung va Jimin kelib o'tirmoqchi edi va ular yana urush boshlashishdi.

Tae: Men o'tiraman. Men uni birinchi bo'lib ko'rdim.

Jm: Yo'q, men o'tirman.
Men unga yaqinroq bo'lishim kerak.

Shunda Suga ularga yaqinlashdi va dedi.

S: Hoy, bas qilinglar Ikkalang ham borib orqada o'tir. Men esa bu yerda o'tiraman. Hozir shoshilyapmiz. Uchrashuvga kech olamiz.

Noiloj ular shunday qilishdi. Taehyung va Jimin orqa o'rindiqda o'tirishdi, lekin bir-biriga qarashmas edi.

S: Jungkook, ular nega bunday qilishyapti? Mening miyam qaynayapti.

Jk: Bilmadim, hyung. O'zingiz ko'rib turibsizku.

Jungkook xijolat bo'lib, derazaga qaradi. U bu vaziyatni qanday hal qilishni bilmasdi.