my jealousy man
— Nahotki hali ham uni sevsang? — dedi Jin past ovozda — Agar men sening o‘rningda bo‘lganimda, allaqachon undan voz kechgan bo‘lardim.
Jin shunday deb, ehtiyotkorlik bilan Jungkookning yonoğidagi jarohatni davolardi. Uning barmoqlari juda muloyim harakat qilardi, go‘yo ozgina qattiqroq tegsa ham Jungkookga yana og‘riq berib qo‘yishidan qo‘rqayotgandek.
— Bu birinchi marta… — dedi Jungkook, go‘yo Taehyungni, ya’ni o‘z yigitini oqlamoqchi bo‘lgandek.
— Siz uni yaxshi bilmaysiz. Shunday ekan menga aql o‘rgatma. U siz o‘ylagandan ancha yaxshiroq…
Jinning sabri tugayotgandek edi.
— Aqldan ozibsan, — dedi u asabiy ohangda. — Sen u bilan uchrashishni boshlaganingga atigi uch oy bo‘ldi. U esa senga juda yomon munosabatda bo‘lyapti.
Jungkookning ko‘zlari jahldan chaqnadi.
— Bu mening ishim — dedi u keskin ohangda – ahh achiyapti
— Yaxshi, ishim bo‘lmagani bo‘lsin — dedi Jin sovuqqina.
U stol ustidagi ortiqcha narsalarni yig‘ishtirib oldi-da, indamay xonadan chiqib ketdi. Xona bir zum jimjit bo‘lib qoldi. Shu payt Jungkookning telefoni jiringladi.
Jungkook bir oz ikkilanib turdi-da, baribir qo‘ng‘iroqni ko‘tardi.
— Jungkook men uying yonidaman — dedi Taehyung telefonning narigi tomonida.
— Yaxshi… hozir chiqaman, — dedi Jungkook qisqa qilib.
U tezda kiyimlarini almashtirdi. Chiqib ketishdan oldin bir zum oynaga qaradi. Yonoğidagi yara hali ham aniq ko‘rinib turardi.
Jungkook bir lahza jim turdi, so‘ng chuqur nafas olib, orqasiga o‘girildi va xonadan chiqib ketdi.
— Yaxshi, ishim bo‘lmagani bo‘lsin — dedi Jin sovuqqina.
U stol ustidagi ortiqcha narsalarni yig‘ishtirib oldi-da, indamay xonadan chiqib ketdi. Xona bir zum jimjit bo‘lib qoldi. Shu payt Jungkookning telefoni jiringladi.
Jungkook bir oz ikkilanib turdi-da, baribir qo‘ng‘iroqni ko‘tardi.
— Jungkook men uying yonidaman — dedi Taehyung telefonning narigi tomonida.
— Yaxshi… hozir chiqaman, — dedi Jungkook qisqa qilib.
U tezda kiyimlarini almashtirdi. Chiqib ketishdan oldin bir zum oynaga qaradi. Yonoğidagi yara hali ham aniq ko‘rinib turardi.
Jungkook bir lahza jim turdi, so‘ng chuqur nafas olib, orqasiga o‘girildi va xonadan chiqib ketdi.
Taehyung mashinani sekin haydab borardi. Mashina ichida og‘ir sukunat hukm surardi.
— Nega jimsan? — dedi Taehyung yon tomonga qarab — Mendan jahling chiqdimi?
Jungkook unga bir lahza qaradi, lekin hech narsa demay yana oynaga qarab oldi.
— Meni jahlim chiqib ketgandi… — dedi u biroz past ovozda. — Kechir. Boshqa yuzingga urmaslikka so‘z beraman.
Bu gapni eshitib Jungkook yana Taehyung tomonga qaradi.
— Hozir do‘konga kiramiz — davom etdi Taehyung. — Xohlagan narsangni xarid qilishing mumkin.
Mashina esa tungi ko‘chalar bo‘ylab sekin oldinga qarab harakatlanishda davom etardi
Taehyung va Jungkook xariddan keyin Taehyungning uyiga kelishdi.
Ular yarim tayyor ovqatlarni oshxonaga olib kirishdi. Taehyung ularni tayyorlashga urinib ko‘rdi.
— O‘zim qilaman — dedi Jungkook
U Taehyungning qo‘lidan narsalarni olib oldi va oshxona stoliga qo‘ydi. Taehyung esa yon tomonda turib, indamay Jungkookga tikilib turardi.
Jungkook buni payqab, yengil xo‘rsindi.
— Menga tikilib turaverma. Mana bu narsalarni stol ustiga qo‘y — dedi u
Taehyung labining bir chetida kulimsirab bosh irg‘adi.
Shunday qilib, ular ovqatni olib kelishdi. Shu payt Jungkookning telefoniga qo‘ng‘iroq keldi. Jungkook qo‘lidagi stakanni sekin joyiga qo‘ydi va telefonini ko‘tardi. U endi turib ketmoqchi edi, lekin Taehyung uni to‘xtatdi.
— Yonimda gaplash — dedi Taehyung.
Jungkook qo‘ng‘iroqni ko‘tardi.
— Jungkook, uyga qaytmoqchi bo‘lsang, men uyda bo‘lmayman. Kaliting yoningdami? — dedi Jin telefonning narigi tomonida.
Jungkook bir lahza ikkilanib turdi.
— Menimcha uyga bormayman… Taehyungning uyidaman.
— Ah, shundaymi… yaxshi unda, xayr — dedi Jin sokin ohangda.
Jungkook qo‘ng‘iroqni tugatdi.
Taehyung esa stulga orqaga suyanib, xotirjam ohangda gapirdi:
— Jungkook, endi mening uyimga ko‘chib o‘tasan. Agar ishdan ta’til olsam, nikohdan o‘tamiz va kichik party uyishtiramiz.
Bu gapni eshitib Jungkookning yuzida tabassum paydo bo‘ldi. U bu fikrdan ancha xursand edi.
Taehyung uning reaksiyasini kuzatib turardi. U stuldan turib Jungkookga yaqinroq keldi.
— Albatta — dedi u xotirjam ohangda. — Axir biz baribir birga bo‘lishni xohlaymiz-ku. Ha yana nikohdan keyin chet elda sayohat qilamiz. Rozimisan
Jungkook boshini biroz egib qo‘ydi. Uning yuragi tezroq ura boshlagandek edi. U Taehyung aytgan kelajakni tasavvur qilib ko‘rdi bir uy, tinch hayot, sayohat, kichkina bayram…
— Men qarshi emasman, — dedi Jungkook oxiri sekin ovozda.
— Unda hammasi hal bo‘ldi — dedi u.
Oshxonada yana sokinlik cho‘kdi. Stol ustida hali ham ochilmagan paketlar turardi. Jungkook ularni tartibga solishga tushdi.
Taehyung esa yana unga tikilib turardi. U aslida jungkookni juda ham yaxshi ko’rardi. Doim birinchi o’ringa uni qo’yardi
Har doimgidek ertalab Taehyung ishga, Jungkook esa maktabga ketardi. Ular erta turishdi, tezda nonushta qilishdi va keyin har kim o‘z yo‘liga yo‘l oldi.
Jungkook 17 yoshda edi va yuqori sinf o‘quvchisi hisoblanardi. Maktabda uni deyarli hamma tanirdi. U quvnoq va ochiqko‘ngil bo‘lgani uchun do‘stlari ham juda ko‘p edi. Tanaffus paytida ko‘pincha uning atrofida bir nechta odam yig‘ilib turardi.
Ba’zi qizlar unga yashirincha qarab qo‘yishardi, hatto ayrim yigitlar ham Jungkook bilan yaqinroq bo‘lishni xohlardi. Chunki u nafaqat chiroyli, balki juda mehribon ham edi.
Shu odamlar orasida Hoseok ham bor edi.
Hoseok Jungkookning eng yaqin do‘stlaridan biri edi. Ular ko‘pincha birga o‘tirishar, darsdan keyin ham gaplashib qolishardi. Hoseok Jungkook bilan gaplashganda doimo kulib turardi.
Ammo bir kuni u Jungkookga o‘z hislarini aytgan edi.
— Jungkook… men seni shunchaki do‘st sifatida ko‘rmayman, — degandi u biroz hayajon bilan.
Bu gap Jungkookni ancha hayratda qoldirgandi. U Hoseokni faqat yaxshi do‘st deb bilardi, shuning uchun nima deyishni ham bilmay qolgan edi.
Shundan keyin vaziyat biroz noqulaylashib ketdi. Shu sabab Taehyung tomonidan tarsaki yegan edi. Hoseok taehyung haqida bilsa ham jungkookni sevishda davom etardi
Har doimgidek, Hoseok Jungkook bilan maktabda ko‘rishdi va ular yana bir partada o‘tirishdi. Sinf hali to‘liq to‘lmagan edi, ayrim o‘quvchilar endigina kirib kelayotgan edi. Derazadan tushayotgan ertalabgi quyosh nuri partalarga tushib turardi.
— Hayrli tong, — dedi Hoseok odatdagidek quvnoq ohangda.
Jungkook unga qarab qo‘ydi va javoban yengil jilmaydi.
Hoseok bir oz sukut saqlab turdi, go‘yo nimanidir o‘ylayotgandek. Keyin yana Jungkookga o‘girildi.
— Jungkook, bugun men bilan ovqatlanishga borasanmi?
Jungkook bir lahza o‘ylanib qoldi. Uning nigohi parta ustiga tushdi, keyin esa yana Hoseokga qaradi.
Hoseokning yuzidagi tabassum biroz so‘ndi.
— Nega? — dedi u asta. — Oldin doim birga borardik-ku.
Jungkook chuqur nafas oldi. U nima deyishni aniq bilmay turardi.
— Shunchaki… bugun boshqa ishlarim bor, — dedi u oxiri.
Hoseok unga bir necha soniya qarab turdi. Go‘yo Jungkookning gaplari ortida boshqa sabab borligini sezayotgandek edi.
— Taehyung sababmi? — deb so‘radi u sekin.
Bu savolni eshitib Jungkook bir zum jim bo‘lib qoldi.
— Bilasan-ku, men uni sevaman, — dedi Jungkook sekin. — Sen esa hali ham harakat qilyapsan. Iltimos… men bilan shunchaki do‘st bo‘l.
Hoseok bir necha soniya unga jim qarab turdi. Go‘yo Jungkookning har bir so‘zini o‘ylab ko‘rayotgandek edi. Keyin uning nigohi asta Jungkookning yuziga tushdi.
— Yuzingdagi nima? — deb so‘radi u birdan.
Jungkook beixtiyor qo‘lini yonoğiga tekkizdi.
Hoseok qoshlarini chimirdi. U Jungkookga sinchiklab qarab turardi.
— Aldayotganingni bilaman — dedi u past, lekin aniq ovozda.
Jungkook ko‘zlarini boshqa tomonga olib qochdi.
— Jungkook, — dedi Hoseok uning gapini bo‘lib. — Men ahmoq emasman.
U partaga biroz yaqinroq egildi.
— Bu kecha ham u bilan edingmi?
Jungkook hech narsa demadi. Sinf ichida boshqa o‘quvchilar gaplashib, kulishayotgan bo‘lsa ham, ularning o‘rtasidagi suhbat juda jiddiy bo‘lib qolgan edi.
— U seni xafa qilayapti, shunday emasmi?
— Unday emas. U meni sevadi — dedi Jungkook biroz qat’iyroq ohangda.
Hoseok boshini sekin chayqadi.
— Sevadigan odam shunday qiladimi? — dedi u jiddiy qarab. — Men bunga shunchaki qarab turolmayman.
Jungkookning yuzi birdan jiddiylashdi.
— Agar nimanidir boshlasang, qaytib sen bilan gaplashmayman, — dedi u keskin.
Hoseok bir zum jim bo‘lib qoldi. Keyin asta so‘radi:
Jungkook darhol javob bermadi. Uning nigohi bir lahza pastga tushdi. Go‘yo ichida nimadir bilan kurashayotgandek edi.
Bir necha soniyadan keyin Jungkook nihoyat boshini ko‘tardi.
— Qo‘rqmayman — dedi u sekin. — Uni sevaman.
Hoseok unga uzoq tikilib turdi. Go‘yo Jungkookning ko‘zlaridan haqiqatni o‘qimoqchi bo‘lgandek edi.
— Mayli… agar uni sevsang, men senga to‘sqinlik qilmay qo‘ya qolay — dedi Hoseok oxiri.
U sekin o‘rnidan turdi. Partasini yig‘ishtirib oldi-da, boshqa tomondagi bo‘sh joyga borib o‘tirib oldi.
Jungkook esa uning ketayotganini indamay kuzatib qoldi. Hoseokning orqasi o‘girilib ketganini ko‘rib, uning ichida g‘alati bir his paydo bo‘ldi. U bir zum unga qarab turdi, go‘yo nimadir demoqchi bo‘lgandek.
Taehyung Hoseok bilan gaplashishni qat’iy taqiqlab qo‘ygani Jungkookning yodiga tushdi. Shu sabab u Hoseokni to‘xtatishga ham, ortidan chaqirishga ham jur’at qilmadi.
U shunchaki partasiga qarab o‘tirdi.
Bir necha soniyadan keyin dars boshlandi. O‘qituvchi sinfga kirib kelib, mavzuni tushuntira boshladi. Ammo Jungkookning fikri darsda emas edi.
Ba’zan u ko‘zini ko‘tarsa, sinfning boshqa tomonida o‘tirgan Hoseokni ko‘rib qolardi. Ammo bu safar Hoseok unga umuman qaramadi.
So‘nggi uch oy ichida Jungkook juda ham o‘zgarib ketgan edi. Oldin u doimo kulib yuradigan, hamma bilan bemalol gaplashadigan bola edi. Hozir esa ko‘pincha jim bo‘lib qolardi, ko‘p narsani ichida saqlardi.
Buni atrofidagi odamlar ham sezishardi.
Lekin bu yo‘lni Jungkookning o‘zi tanlagan edi.
Taehyung yuqori sinfda o‘qiydigan paytlaridayoq Jungkookga erishishga juda ko‘p harakat qilgan edi. U tez-tez Jungkookning yoniga kelar, gaplashishga bahona topar, hatto darsdan keyin ham uni kuzatib qo‘yishni taklif qilardi.
Avvaliga Jungkook bunga unchalik e’tibor bermagan edi. U buni shunchaki oddiy qiziqish deb o‘ylagandi.
Ammo vaqt o‘tishi bilan Taehyung tobora qat’iyroq bo‘la boshladi. U Jungkookni o‘ziga yaqinlashtirish uchun ko‘p urindi. Ba’zan shunchaki mehribon bo‘lib ko‘rinar, ba’zan esa g‘alati darajada talabchan bo‘lib qolardi.
Va nihoyat, Jungkook unga rozi bo‘lganida, go‘yo hammasi joyiga tushgandek tuyulgandi.
Ammo aynan o‘sha paytdan boshlab muammolar ham boshlangandi.
Jungkookning atrofidagi deyarli hamma — do‘stlari, tanishlari, hatto akasi Jin ham — bu munosabatga qarshi edi. Ular Taehyungni yaxshi odam deb hisoblashmasdi.
Chunki Taehyung Jungkookga allaqachon juda ko‘p zarar yetkazgan edi.
Ammo Jungkook baribir undan voz kechishni istamasdi. U ichida bitta narsaga ishongisi kelardi: balki bir kun kelib hammasi o‘zgarar… balki Taehyung haqiqatan ham uni sevayotgandir.
Dars tugagandan so‘ng o‘quvchilar asta-sekin sinfdan chiqib keta boshlashdi. Shovqin-suron ichida Hoseok ham partasidagi narsalarini yig‘ishtirayotgan edi. U kitoblarini sumkasiga solib bo‘lgandi, shu payt telefoni jiringlab qoldi.
Ekranda noma’lum raqam chiqdi.
Hoseok biroz hayron bo‘lib qoldi, lekin baribir qo‘ng‘iroqni ko‘tardi.
— **** manzilda ko‘rishamiz. Sen bilan gaplashib olishimiz kerak, — dedi telefonning narigi tomonida yo‘g‘onroq, sovuqqina ovoz.
— Men seni kimligingni bilmayman. Nega u yerga borishim kerak? — dedi u shubha bilan.
Narigi tomonda qisqa jimlik bo‘ldi. Keyin o‘sha ovoz yana eshitildi.
— Men do‘sting Jungkookning bo‘lajak eriman.
Hoseok darrov kimligini tushundi.
— Ha, senmiding? — dedi u sovuqqina ohangda. — Xo‘sh, mendan nima istaysan?
— Ko‘rishganda gaplashib olamiz, — dedi Taehyung xotirjam.
Shundan keyin u boshqa hech narsa demay qo‘ng‘iroqni tugatdi.
Hoseok bir necha soniya telefoniga qarab turdi. Keyin sekin nafas chiqardi. U bu uchrashuv oddiy suhbat bo‘lmasligini yaxshi tushunib turardi. Ammo baribir ichida bir qaror paydo bo‘ldi.
U sumkasini yelkasiga ilib, sinfdan chiqib ketdi.
Hoseok uydan chiqib aytilgan manzil tomon yura boshladi. Bu joy maktabdan unchalik uzoq emas edi — eski binolar va kam odam yuradigan ko‘cha tomoni. U kelib, biroz kutdi. Atrofga qarab turdi, qo‘llarini kurtkasining cho‘ntagiga solib oldi.
Bir necha daqiqadan so‘ng uzoqdan kimningdir qadam tovushi eshitildi.
U sekin yaqinlashib keldi va Hoseokning ro‘parasida to‘xtadi.
— Salom, do‘stimning bo‘lajak eri, — dedi Hoseok kinoyali ohangda.
Taehyung uning gapiga kulmadi ham.
— Gapni qisqa qilaman. Agar Jungkookdan uzoq yurmasang, kunim bitdi deyaver.
— Kimni qo‘rqitmoqchisan? — dedi u sovuqqina. — O‘zi Jungkookni shunaqa qo‘rqitib qo‘ygansanki, hatto darslardan ham chalg‘ib qolgan. Qanaqa odamsan o‘zi?
Taehyungning yuzi birdan jiddiylashdi.
Hoseok kulib yuborgandek bo‘ldi.
— Men uni sendan yaxshiroq bilaman. Sen esa u bilan ko‘rishayotganingga atigi uch oy bo‘lgan bo‘lsa ham unga taqiqlar qo‘yib tashlagansan.
Taehyung bir qadam yaqinlashdi.
— Senga nima dedim? Uni tinch qo‘yasan. Gap tamom.
Hoseok esa joyidan qimirlamadi.
Shu gap bilan Taehyung birdan unga musht tushirdi. Zarba kuchli edi. Hoseokning boshi yon tomonga burilib ketdi. Bir lahza u muvozanatini tiklashga harakat qildi.
Keyin u ham o‘zini tutib, Taehyungga qattiq musht qaytardi.
Taehyung bir qadam orqaga chekinib ketdi, ammo darrov yana oldinga o‘tib, Hoseokning yoqasidan mahkam ushlab oldi.
Shu payt yon tomondan tanish ovoz eshitildi.
Jungkook yugurib kelib, ikkovining o‘rtasiga tushdi. U Taehyungning qo‘lini tortib, ularni ajratishga harakat qildi.
Taehyung darrov Jungkookga qaradi.
Hoseok ham hayron bo‘lib Jungkookga qaradi.
— Meni orqamdan kuzatib keldingmi?
Jungkook ikkilanib qoldi. U bir lahza jim turdi, keyin nigohini chetga burdi. Hech narsa deya olmadi.
Shu payt uzoqdan odamlarning shovqini eshitildi.
— Politsiya… — dedi Jungkook past ovozda.
Taehyung darrov Jungkookning qo‘lidan ushlab oldi.
U Jungkookni tortib, tezda u yerdan olib ketdi. Hoseok esa bir oz turib qoldi, keyin u ham boshqa tomonga yurib ketdi.
Jamoat joyida urishganlari uchun politsiya ularga jarima solishiga oz qolgandi. Shu sabab hamma tezda tarqalib ketdi.
Taehyung Jungkookni mashinaga o‘tqazib, hech nima demay uyiga olib keldi. Yo‘l bo‘yi mashina ichida og‘ir sukunat hukm surdi. Jungkook oynadan tashqariga qarab ketardi, Taehyung esa rulni mahkam ushlab olgancha oldinga tikilib haydab borardi.
Uyga kirishlari bilan Taehyung nihoyat gapirdi.
— Yaramas… senga nima degan edim?
Jungkook ham o‘zini tutib turolmadi.
— Men u bilan gaplashmadim ham, uchrashmadim ham! — dedi u jahli chiqib. — Yana nima xohlaysan? Taqiqlaring jonimga tegdi!
Bu gaplar og‘izidan chiqishi bilan xona ichidagi muhit birdan keskinlashdi.
Taehyung bir zum jim turdi. Keyin birdan qo‘lini ko‘tardi va Jungkookning yuziga qattiq tarsaki tushirdi.
Zarbadan Jungkook muvozanatini yo‘qotib, yerga yiqilib tushdi. Taehyung o’zini bosib turolmadi. Jungkookni yotgan joyida uni qorniga qattiq tepib yubordi. Jungkook qornini ushlab qoldi. Taehyung uni turg’azdi va devorga mahkam titadi
Tae: joninga tegdimmi? Sen uni sevasan shundaymi
Taehyung baqirdi. Jungkook yig’lagancha boshini chayqadi. Taehyung uni yuziga yana qattiq tarsaki tushurdi.
Taehyung aksincha uni yomonroq kaltaklardi. Keyin taehyung orqaga chekindi. Juda asabiy edi. U jungkookka g’azab ko’zlari bilan qarab turdi. Jungkook burchakda turib olgandi. Qo’llari bilan o’zini himoya qilgancha qaltirab turardi. Taehyung bir lahza unga tikilib turdi va tezroq qadamlar bilan uni yoniga borib quchoqlab oldi. Biroz quchoqlab turib uni o’ziga qaratdi
Tae: kechir… meni kechir bunday qilishni xohlamagan edim
Taehyung uni yana quchoqladi. Va qo’llarini ushlab oldi
Birozdan keyin Jungkook yotoqda yotgancha o‘yga tolgan edi. Yuzidagi mayda jarohatlar achishib turardi. U shiftga tikilib qolgancha, bo‘lib o‘tgan voqealarni yana va yana eslab chiqardi.
Birozdan keyin Jin xonaga keldi. Taehyung uni Jungkook yotgan xonaga yo‘naltirdi, o‘zi esa boshqa xonaga chiqib ketdi. Xona ichida hali ham jimlik hukm surardi, faqat Jungkookning ko‘zlaridagi achchiq va og‘riq sezilib turardi.
— jin ursin, Jungkook… — dedi Jin tashvish bilan eshik oldida to‘xtab.
— Jin hyung, keldingizmi? — so‘radi Jungkook sekin ovozda, hali ham yuzini qo‘liga yopgancha.
— Keldim, keldim… — Jin tez-tez bosh chayqadi. — Yana Taehyung urdimi? Yaramas, men unga gapirib qo‘yishim shart!
— Hyung, avval bularni davolang… — dedi Jungkook biroz tortinib. — Maktabga qanday ketaman?
Jin uning yuzidagi yaralarni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi.
— Biroz paytga bormay tur — dedi u sokin.
— Shunday qilsam bo‘ladimi? — so‘radi Jungkook shubhali ohangda.
— Albatta — dedi Jin jilmayib. — Uyga bor, baribir bu yerda Taehyung kuni bilan bo‘lmaydi.
U xonada Jim Jungkookga qaradi, yaralarni ehtiyotkorlik bilan tekshirdi va davolashni boshladi. Jungkook esa sekin nafas olib, biroz xotirjamlanib ketdi. Xona ichida endi biroz sokinlik paydo bo‘lgandi.
– yaxshiyam ota onamiz seulda emas – dedi jin – agar bu ahvolda seni ko’rishsa hech qachon taehyung bilan bo’lishga ruxsat berishmas edi, juda ham qaysarsan – Jin ehtiyotkorlik bilan Jungkookning lablari yonidagi yarani paxtaga spirt surtib arta boshladi. Jungkook biroz tiqilsa-da, hech nima demadi. Keyin Jin uning yonoğidagi yarani ham muloyimlik bilan davolab chiqdi. Har bir harakati juda ehtiyotkor edi, Jungkookning og‘riqni kamaytirishga harakat qilayotgandek.
— Bo‘ldi, endi hammasi yaxshi — dedi Jin tinch ovozda. — Bir necha kun shunday qilsak, yarani izi ham qolmaydi. Kerakli narsalaringni yig‘ishtirib ol, men bilan ketasan. Jimin uyda, busandan kecha qaytib keldi.
Jungkook hali ham bir oz ikkilanib qaradi.
— Taehyungdan so‘rang, — dedi u sekin, ko‘zlarini yerga tushirib.
Jin unga yumshoq jilmayib qaradi.
— Sen tayyorlanib tur, — dedi u. — Men u bilan gaplashib kelaman.
U xonadan chiqib ketganda, Jungkook hali ham yotgancha yaralari ustiga qo‘lini tekkizdi. Ichida biroz xotirjamlik va bir oz bezovtalik aralashib qolgan edi. U Chunki Taehyung bilan qanday gaplashganini bilmasdi, lekin Jinning borligi unga biroz xavfsizlik tuyg‘usi bergandek edi.
Jin chuqur nafas olib, jiddiy ohangda Taehyungga qaradi.
— Taehyung, sen bilan gaplashib olishimiz kerak — dedi u.
Taehyung telefonini stolga qo‘ydi va o‘rnidan turdi. Uning yuzida xavotir aniq ko‘rinib turardi.
— Jungkook yaxshimi? — so‘radi u biroz past ovozda, nigohi yuzga tikilgancha.
Jin unga qo‘lidagi spirt paxtasi bilan ishlagan harakatlari kabi sokin qaradi.
O‘z navbatida Jin ham kravatga o‘tirib oldi va yuzini jiddiy qilib Taehyungga tikdi.
— Xo‘sh, uni nega urding? — so‘radi u — Menga o‘tgan safar nima deganding?
Taehyung bir oz pastga qaradi, so‘ng asta javob berdi:
— Kechiring… bu tasodifan bo‘ldi. O‘zimni bosolmay qoldim.
Jin biroz o‘ylab qo‘ydi, keyin qat’iy ohangda dedi:
— Sen avval o‘zingni davolat. Keyin jungkookni ko’ra olasan. Hozir u men bilan ketadi.
— Hyung, vada beraman, uni boshqa urmayman.
Jin ko‘zlarida qat’iyat bilan.
— Ha, lekin… — dedi Taehyung biroz ikkilanib.
— Gap tamom, — dedi Jin so‘nggi so‘z bilan, ortiqcha izoh bermasdan.
Jin Jungkookni olib, uydan chiqib ketdi. Ularning orqasida xonada Taehyung qotib turardi. Jungkook mashinaga o‘tirishdan oldin oxirgi marta orqasiga qaradi — nigohi Taehyungga tushdi. U ich-ichidan bir oz qo‘rqib, bir oz xafa edi, lekin hech nima demadi.
Taehyung esa xonada jim turib o‘z-o‘ziga past ovozda so‘zladi:
— Lanati… nimadir qilishim kerak.
U bir lahza o‘ylab turdi. Ko‘zlari biroz qorong‘i, yuzida esa ichki g‘azab va xavotir aralashgan edi. Taehyung bilardi: Jungkookni qaytarish va uni xavfsiz tutish uchun hozir harakat qilishi kerak edi.
U biroz chuqur nafas oldi, keyin sekin qilib o‘rnidan turdi va xonada harakat qilishi uchun tayyorlandi. Ichida bir qaror paydo bo‘lgandek edi endi hammasi o‘z qo‘lida edi.