January 21, 2025

CHILDISH

#CHILDISH
#Episode_5
.

.

.

.
Taehyung yig'i ovozini eshitib ichida g'alati his uyg'ondi. Qadamlari tezlashib, kattalashdi. Vanihoyat xonaga yaqinlashganda, tezlikda eshikni ochib ichkariga qadam tashladi. Kirishi bilan ko'rgan manzarasidan yuz qoyofasini havotir va ajablanish egallab oldi.
Fiona eshikka teskari holda, tanasini choyshabga o'ragan holda yig'lab yotardi. Hatto xonaga Taehyung kirib kelganini ham sezmadi. Yig'lagani sabab nafasi tiqilib, har daqiqa tanasi silkinib turardi.
Taehyung tezlikda yotoq oldiga borib, Fionaning qaltirayotgan tanasi oldiga borib o'tirdi. Fionaning nam bosgan sochlarini peshonasidan olib, yuzini namoyon etdi.

– Fiona... Nima bo'ldi. Hoziroq gapir.

Taehyung Fionani ko'zyosh bilan to'lgan ko'zlaridan silab, iyagini asta ko'tarib, o'ziga qaratdi. Fiona qaltiragan holda asta yuzini Taehyungga qaratdi.

– Tishim... og'riyapti...

Fiona shu so'zlarni tish og'riqi sabab zo'rg'a past ovozda aytdi va yana yig'lashga tushdi.

– Fiona, menga qara... Menga qara

Taehyung Fionani qizargan yuzini qo'llariga oldi. Fionaga boshini asta ko'tarib, yotoqga o'tirishiga ko'maklashdi.

– Bo'ldi, yig'lama..., - erkak asta qizning yuzini mayin silab, boshini ko'ksiga yaqinlashtirib, mayin quchoqladi, – Endi esa ayt, qachondan beri og'riyapti... To'g'ri javobni xohlayman.

– ...Ertalabdan...b-beri

Fiona yuzini Taehyungni ko'ksiga ko'mgancha, past ovozda aytdi. Taehyung eshitgan narsasidan ichida g'azab va yanada kuchli havotirlanish boshlandi.

– Nega menga habar bermading?, - erkak savol berdi. Ammo hech qanday javob olmagach jiddiy tovushda davom etdi, – Hoziroq shifokorga boramiz. Bo'lmasa jiddiylashishi mumkin.

Fiona shifokor so'zini eshitib ko'zlari kattalashdi. U shifokordan qo'rqadi. Juda deb bo'lmaydi-ku, ammo qo'rquv yo'q deb ham bo'lmaydi. Fiona boshini Taehyungni ko'ksidan uzoqlashtirib, pastga qaragan holda boshini silkidi. Taehyung esa Fionani tushunmagandek qoshlarini ko'tardi.

– Bu nima degani?

– Men...borishni... xohlamayman..., - qiz boshini ko'tarmagan holda past ovozda gapirdi.

– Sen... Bu holingda qanday qilib bu gaplarni aytolishing mumkin?, - erkakni ichida g'azab uyg'ondi-yu uni bosishga harakat qilib, ovozini mayinlashtirdi, – Fiona... Bilaman bu og'riq beradi. Ammo sen buni yengib o'tolasan. Agar hozir bormasak, og'riq yanada kuchayib azob berishni to'xtatmaydi.

Fiona Taehyungni gaplarini eshitar ekan ichida ozgina bo'lsa ham jasorat shulasi uyg'ondi. U bola kabi gapga ishonib, boshini ko'tardi. Keyin qo'li bilan ko'zyoshlarini artib burnini tortdi.

– Borib og'riqni tugatamizmi? Yoki shu holda davom etamizmi?

– B-boramiz.

– Aqlli qizaloq. Qani kelaqol.

Taehyung Fionani ko'tarish uchun qo'l uzatarkan, Fiona shunchaki joyida turib egnidagi libosiga qarab qoldi.

– Meni...kiyimim...shunday boramanmi?

Taehyung Fiona kiyimini almashtirmaganini sezib, qo'llarini qaytardi. O'rnidan turib vannaxonaga kirib ketdi. Vannaxonaga kirib kichik javonlardan birida turgan Dori qutini oldi. Quti ichidan vaqtinchaga og'riq qoldiruvchi dorini olib, barcha narsalarni qayta joyiga joylashtirdi va xonadan chiqdi. Qaltiroq bosgan quyonga o'xshab o'tirgan Fionaga qarab yengil nafas chiqarib, yotoq oldidagi kichik stol ustida turgan stakandagi suvni yangilab, dori bilan Fionaga yaqinlashdi.

– Buni ichi ol. Biroz og'riqni kamaytiradi. Keyin kiyimingni almashtirib olasan.

Taehyung shunday deb qo'lidagilarnu Fionaga tutqazdi. O'zi esa turib yotoqxona chekkasida joylashgan katta shkaf oldida to'xtadi. Shkafni ochib Fiona uchun kiyim qaray boshladi. Ammo shkaf ichida Fionaning kiyimlari yo'q. Ya'ni hali uni jamadonidan shaxsiy deb chiqarishmagan. Taehyung o'ylanib turib, o'zining kichikroq kiyimlarini qidira boshladi. Sal orqaroda oq futbolka va qora rangli sho'rtigi turar edi. Taehyung shularni qo'liga oldi-yu ko'z yugurtirdi. Keyin yana uning harakatlariga hayron boqib turgan qiz oldiga qaytdi. Va odatiy ammo sal hijolatli ohangda gap boshladi.

– Kiyimlaring hali tashqariga chiqarilmagan ekan. Vaqt sariflamaslik uchun o'zimni kiyimlarimni olib keldim, - erkak shunday deb yotoqda jim o'tirgan qizga qo'lidagi kiyimlarni tutqazdi, – Mana. Kiyib ol. Men xona tashqarisida bo'laman agar qandaydur muammo chiqsa.

Taehyung so'zlarini yakunlab xonadan chiqib ketdi. Fiona Taehyung bergan kiyimlarga qarab qo'ydida, asta o'rnidan turdi. Kiyimlarni yotoq ustiga tashlab, yotoqdan biroz uzoqlashdi. Fiona shkaf yonida joylashgan katta ko'zgu oldiga kelib ishgan ko'zlari-yu to'zg'igan sochlariga nazar soldi. Keyin holsiz qo'llarini kiyimini orqa zamogini yechish uchun cho'zdi. Kichik qo'llarini zamokni yechish uchun yetmasdi. Yana uch-to'rt marta urinishdan so'ng Fiona charchagan qo'llarini hafsalasiz yoniga tashladi. Taehyungni yordamga chaqirish yoki chaqirmaslik haqida o'ylab qoldi. Ammo ko'p o'tmay tishida paydo bo'lgan og'riq Unda o'ylashga ko'p vaqti yo'qligini eslatganday bo'ldi.

–... Taehyung...

Fiona past ovozda Taehyungni chaqirdi. Va eshik oldiga yaqinlashgan qadam tovushlarini eshitdi. Taehyung eshikka yaqin kelib, narigi tomondan gapirdi.

– Ha, nimadur kerakmi?

– Yordamingiz kerak... To'y libosimni zamogini...yechishga yordam berolasizmi?

Fiona gapirar ekan ovoz toni har so'zida pastlashib borardi. Ammo eshik tashqarisidagi Taehyung buni eshitmadi degani emas.
Taehyung Fionaning gaplarini eshitib, biroz nafasi tiqilib qoldi. Fionani uyatli va past ovozidan uning ham o'zi hijolat bo'layotganini sezdi. Taehyung gapirishdan oldin tomog'ini qirdi.

– Yaxshi. Hozir kiraman.

Taehyung asta eshikni ochib ichkariga kirdi. Eshikni orqasidan yopib e'tiborini katta ko'zgu oldida turgan rafiqasiga qaratdi. Asta u tomonga borib yaqinlashdi. Fiona ham bir orqasiga qarab qo'yib og'ir nafas chiqardi.
Taehyung Fionaning orqasiga yaqinlashib barmoqlarini asta mahkamlangan zamok tomon cho'zdi. Bir qo'li bilan zamokni asta tushirsa, ikkinchisi bilan zamok tugagan qismini ushlab turardi.
Fiona tanasida inson terisini his qilib eti jimirlab ketdi. Pastga qaragan holda libosining etagini qattiq qisib turardi.
Taehyung zamokni boshlangan nuqtasiga yana qaytarib, bo'shagqn qo'lini Fionaniki tomon cho'zdi. Bir qo'li hali ham zamokning oxirgi qismini zamok ochilib ketmasligi va libos tushib ketmasligi uchun ushlab turardi. Fionani mahkamlangan qo'lini ushlab orqasiga o'tqazdi. Fiona sergak tortib nima bo'layotganiga tushunmay qoldi.
Taehyung Fionani qo'lini ortiga o'tkazib zamokning oxirgi qismini ushlatdi. Keyin ikkala qo'lini ham qo'yib yubordi. Fiona esa ko'ylagini orqasini o'zi ushlab turardi. Taehyung bir qadam orqaga yurib, yuzini boshqa joyga qaratdi.

– Men pastda bo'laman. Kiyimlaringni almashtirib chiq.

Taehyung qaytib ortga qaramay tez qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi. Ichidagi yuragining urishi birdaniga tezlashib ketdi. Taehyung esa bunga e'tibor bermaslikka harakat qilardi. Balki bu erkaklik hislaridandir...

~~~~

Taehyung va Fiona oralarida yarim qadamli masofa bilan shifoxonaga kirib kelishdi. Taehyungning qadamlari katta bo'lgani uchun Fiona qadamlarini tezlatishga harakat qilib tezroq yurardi. Taehyung buni payqab qadamlarini biroz kichraytirib, Fionani bemalol yurishini tamilnadi.
Ular kerakli xonaga kirishar ekan xonada ularni tabassum bilan qariroq shifokor kutib oldi. Fiona asta qo'rqoq yosh boladek Taehyungning orqasiga o'tdi.

– Hayrli kun, janob Kim. Siz bilan ko'rishganimdan hursandman.

– Men ham, Janob Woon.

Shifokor oartasidan aylanib o'tib ularni oldiga keldi. Va Taehyung bilan qo'l siqishib salomlashdi. So'ng Taehyungning orqasida turgan uncha tanimayroq turgan qizga - Fionaga qaradi.

– So'raganim uchun uzur, ammo bu qiz sizning kimingiz bo'ladi?

– Ha aytgancha, bu Kim xonim - mening rafiqam Fiona. Bizni bu yerdaligimizni sababchisi ham shu rafiqam bo'ladi.

– Ha, tushunarli. Uylanganingizni eshitmagandim.

– Aslida to'yimiz juda ham kutilmaganda va tez bo'lib o'tdi. Bo'lmasa albatta sizni taklif qilardik.

– Rahmat, janob Kim, - shifokor Fiona tomon qarab qo'llarini salomlashuv tariqasida uzatdi, – Tanishganimdan hursandman, Kim xonim.

Fiona u tomon uzatilgan qo'lga qarab qoldi, ammo javoban uzatmadi. Taehyung buni sezib gap boshladi.

– Undan xafa bo'lmang, janob Woon. Uning ertalabdan beri tishlari og'riyapti shu sabab kayfiyati yaxshi emas. Buning uchun uzur.

– Hech qisi yo'q, janob. Vaziyatingizni tushindim. Bo'lmasa, men og'riq qoldiruvchi ukol yuborib, dorilar yozib beraman... Marhamat bu yerda o'tirishingiz mumkin.

Shifokor ularga partasi oldidagi divanni ko'rsatib, o'zi esa ukol uchun yuborilishi kerak dorini olib kelgani xonadan chiqib ketdi.
Taehyung Fionani bilagini ushlab divan tomon yetakladi va o'tirg'izdirdi. Fionani qo'rquvini sezib ikkita yelkasidan ushlab o'ziga qaratdi.

– Fiona, bu og'riqsiz. Qo'rqishga hojat yo'q. Men oldingdaman. Agar qo'rqsang qo'lingni ushlab turaman. Faqat qo'rqma, kelishdikmi?

Fiona yana Taehyungning muloyim va yumshoq so'zlariga aldanib boshini "ha" degandek silkib qo'ydi. Va Taehyungga yaqinroq joylashdi.
Hech qancha vaqt o'tmay o'ziga kerakli kapsula bilan shifokor kirib keldi. Kirishi bilan vaqtni cho'zishni istamay og'riq qoldiruvchi ukol tayyorlashni boshladi.
Suyuqlik tayyor bo'lgach Fiona tomon yaqinlashib qo'lini ushlab, tomirini tekshirdi. Fiona bo'sh qo'li bilan darhol Taehyungnikini ushlab, ko'zlarini qattiq yumib oldi.

Pov | Taehyung
*U qo'limni qo'rquvdan qattiq qisib oldi. Men ham yordam berishi uchun unikini mahkam qilib kaftlarim orasiga oldim... Shifokor shpirist ignasini Fionani tomiriga yuborganida og'zidan ingragan tovush, ko'zidan esa yosh chiqib ketdi. Negaligini bilmayman ammo uni yig'lashni meni ham xafa qildi. Uni og'riq bilan kurashishi menga og'irdek tuyildi. Birinchi ko'rishganimizdan beri yurak urish tezligim o'zgargan. O'zim ham o'zgargandekman. Unga qaraganimda, u bilan birgaligimda hech qachon sovuq gapirolmayman, jahl qilolmayman. U juda nozik, beg'ubor va ko'nglichang. Ozgina og'riq va yomon so'z, uni qalbini sindirishgacha boradi. Va men buni xohlamayman.

~~~

Taehyung va Fiona shifokor tekshiruvidan chiqib shifoxona kalidori bo'ylab yurishayotgan edi. Taehyung Fionaga qarar ekan uning ko'zlari birdaniga quvonchdan porlagini ko'rib, qoshlari chimirilgan holda Fiona qaragan tomonga qaradi.

– Yoongi oppaaa

Fiona Taehyungni oldidan yugurib Yoongi tomon yugurib bordi. Borishi bilan Yoongini quchog'iga singib ketdi.

– Kichkintoy, bu yerda nima qilyapsan?

Yoongini nigohlari beehtiyor Fionani egnidagi kiyimga tushdi. Uning hayolida har xil o'ylar aylana boshladi. Shifoxonada erini kiyimini kiyib olgan holda, Fiona nima qilib yurgani uni g'alati holatga soldi. Nahotki...

– Tishim...og'riyapti. Keyin bu yerga keldik. Bitta shifokor menga ukol qildi. Va bu qattiq og'ridi.

Fiona Yoongini ko'ksiga yuzini ko'mgancha xafa tovushda erkalanib gapirdi. Yoongi Fionani javobidan yengil nafas chiqardi. Va u ham javoban uning beliga yengil-yengil urib qo'ydi.

– Bu senga foyda. Ukol bir muddatga og'riq beradi. Ammo qolgan og'riqlaringni yo'q qiladi.

Yoongi shu zayilda turar ekan ularga qaratilgan jiddiy va egalik nigohlariga duch kelib, Fionani bag'ridan chiqardi. Va ular tomon kelayotgan o'sha nigohlar egasiga qarab turdi.

– Hayrli kun, janob Kim.

– Sizga ham, janob Min... Endi ruxsat bersangiz rafiqamni olib ketsam. U charchagan, dam olishi kerak.

Taehyung Fionani bilagidan ushlab o'zi tomon yaqinlashtirdi va hech bir so'zsiz hayron qolgan Fiona bilan shifoxonani tark etdi.

~~

Taehyung Fionani uyga olib kelib, dorilarini berdi. Yotoqga yotqizib, holatini tekshirdi. Keyin otasidan habar olib kelishdi kerakligini va tezda qaytishini aytib yana uyni tark etdi.

~~

– Dadanon, ahvolingiz yaxshimi?

Taehyung dadasi oldida har doimgidek o'tirar ekan hol-ahvol so'rash esdan chiqmadi.

– Men yaxshiman... Kelin yaxshimi?

– Yaxshi. Faqat bugun sal tishi og'ridi. Shu sabab shifokorga olib borib keldim.

– Hozir yaxshimi?

– Ha... yaxshi

– Taehyung...umrim borgan sari kamayib boryapti. Mana oila qurding. Men tezroq nevaralarimni o'lishimdan oldin bag'rimga bosishni xohlayman...

.

.

Davomi bor...
5- qism tugadi.
.

.