February 13, 2025

CHILDISH

#CHILDISH
#Episode_11
.

.

.
Mashina yo'l bo'ylab o'rtacha tezlikda harakatlanmoqda. Havo yaxshi. Atrofda quyosh porlamoqda. Va mayin shaboda ham unga hamohang.
Taehyung yo'ldan nigohini uzmagan holda mashinani bir xil holatda boshqarmoqda. O'ng qo'li bilan mashina rulini ushlasa, chap qo'li tirsagini eshikka tirab, kafti bilan jag'ini ishqalab ketyapti. Balkim bu harakat asabiylikdandir.
Fiona nimadur demoqchi bo'lib Taehyung tomonga o'girildi. Taehyungni diqqatini yo'lga qaratganini ko'rib, bezovta qilishni xohlamay, yana oyna - tashqari tomonga qarab oldi.

- Nimadur kerakmi?, - erkak qizga qaramasdan qizni unda gapi borligini bilib o'zi so'z boshladi.

- Tae Tae..., - qiz yuziga tabassum olgancha erkak tomon yana o'girildi, - Yaqin oradagi do'konlardan birida to'xtay olasizmi?

- Do'kon? Nega?, - erkak qizga qaramasa ham qiz uni qoshlari hayronlikdan ko'tarilganini sezdi.

- Meva yegim kelyapti. Suvlisidan.

- Fiona, - vanihoyat erkak yana yo'lga qarashdan oldin qizga qaradi, - Biz muhim ish uchun ketyapmiz. Hozir sening istaklaringga e'tibor beradigan vaziyatda emasman.

- ...Kirmaymizmi?, - qiz sal bo'lsa ham umid qilib erkakka qaradi.

- Meni tushunmadingmi? Albatta yo'q. Hozir to'g'ri shifoxonaga boramiz va to'g'ri qaytib kelamiz, - erkak so'nggi so'zlarini jiddiy ohangda yakunladi.

- ...Yaxshi

Fiona biroz xafa bo'lib yana Taehyungdan nigohini olib qochdi. Barmoqlari ko'ylagi etagini o'ynab ketarkan, yuzi o'sha barmoqlarini kuzatardi.

~~

Ofisdagi parta turli qog'ozlar va suratlar bilan to'lgan. Ular tartibsiz bo'lsa ham professianallikdan dalolat berardi. Xona uncha qorong'u emas. Oynadan va lampadan taralayotgan yorug'lik xonaga nur baxshida etadi.

Stulda hayol surgancha Yoongi dam olardi. Hayollari hali ham biroz oldin sodir bo'lgan hodisa haqida edi. Nafaqat u, balki Fionaning natijalari ham bir tomondan tashvishlantirishni boshlagandi. Uning hayollari shunchakar chigak ediki, huddi, yechishni hech qanday imkoni yo'qdek.
Yoongini shu holatda o'tirishingiz eshik ovozi buzdi.

- Yoongi, Mayor Seol seni o'z xonasida kutyapti, - xonaga Yoongi teng erkak kirib keldi.

- Muhim masala bormi?

- Menimcha ha. Ovoz to'ni jiddiyligidan bilindi.

- Tushunarli, hozir boraman.

Xabari bergan erkak chiqib ketgandan keyin Yoongi partasi ustidagi qog'ozlarni tartibga keltira boshladi. Barcha qog'ozlarni va rasmlarni ustma-ust tahlab, parta chekasiga joylashtirdi. Keyin ustidagi mahsus formasini ham tartibga keltirib, xonasidan chiqdi.

~~~

Yoongi eshikni tashqari tomondan taqillatgandan keyin ichkaridan 'kiring' degan ovoz keldi. Va Yoongi eshikni ochib ichkariga kirdi.

- Chaqirtirgan ekansiz, Mayor Seol, - Yoongi birinchi o'ng qo'lini boshini yon tomoniga qo'yib, hurmat bildirdi.

- Ha. Hal qilishimiz va oshkor qilishimiz kerak bo'lgan narsalar bor. Qani o'tir-chi, - janob Seol tik turgan Yoongiga o'tirishni ishora qildi. Va Yoongi borib, janob Seol oldidagi stullardan biridan joy oldi.

- Qanday masala ekanligini bilsam bo'ladimi?

Janob Seol oldida turgan bir necha kameraga tushib qolgan noma'lum shaxs suratlarini Yoongiga uzatdi. Suratda, orqasiga uzunroq sniper ilib olgan holda yugurayotgan niqobli shaxs tasvirlangan. Yoongi buni qo'lga olib, qoshlarini hayronlikdan ko'targan holda tekshira boshladi.

- Bular qanday rasmlar, - Yoongi oxiri ichini qiynayotgan savolni berdi.

- Bu do'stim Kimni o'ldirgan shaxs. Qochayotgan paytda shifoxona kameralaridan biriga tushib qolgan. Menimcha, kamerani payqash uchun juda qo'rqayotgan bo'lgan.

- Demak, janob Kimni qotili shu, - Yoongi rasmga tikilish ko'yi davom etdi.

- Ha. Uni kimdur yonlagan. Bu suiqasd... Ammo Kimni hech kim bilan adovati yo'q edi. Buni Kim qilgan bo'lishi mumkin?

Yoongi rasmni yuziga yanada yaqinlashtirib nimanidur qidirayotgandek rasmga termuldi. Oxiri o'ziga kerakli bo'lgan narsani ko'zi payqadi. Rasmni qo'liga ushlagancha o'rnidan turdi. Partani aylanib o'tib janob Seol oldiga o'tdi.

- Mayor, mana bunga qarang, - Yoongi janob Seolning ko'zlariga rasmni yaqinroq tutib, rasmdagi shaxs yelkasiga ilib olgan sniper qolibini ko'rsatdi. Qolibda qandaydur kompaniya nomi hira ko'rinishda ko'rinyapti.

- Bu... Seningcha, shu kompaniya egasi qotillik boshida bo'lishi mumkinmi?

- Birinchi bu qaysi kompaniya ekanligini aniqlashimiz kerak, - Yoongi egilgan holatidan qo'lida rasm bilan qaddini rostladi.

- Menga rasmni berib tur, - janob Seol rasmni qo'liga olib, o'zi tekshira boshladi. Parta ustidan ko'zoynakni olib, kompaniya yozuviga sinchiklab qaradi. Va to'xtadi, - Topdim.

- Mayor, nimani?

- Bu o'sha. Han kompaniyasi. Noqonuniy ishlar bo'yicha shug'ullanadi, - janob Seol ko'zoynagini yechib, rasm bilan birga parta ustiga joylashtirdi. Va o'ychan holatda gapirishda davom etdi, - Ammo...unga Kimni o'limi nega kerak?

- Ular adashgan. To'g'rirog'i yo'nlangan sniper adashgan, - Yoongi ham o'ylangan holda davom etdi.

- Nima demoqchisan?

- Ularning nishoni siz bo'lgansiz. O'tgan yili... Han Kangni o'g'li biz bilan sodir bo'lgan otishmada o'lgan... U qasos olmoqchi bo'lgan. Ammo o'q adashib sizga emas, janob Kimga tekkan... Sniper juda ahmoq....

- Lanatilar, - janob Seol o'rnidan zarb bilan turib, qo'lini partaga g'azab bilan urdi, - Men unga yashashi uchun imkon bergandim. Endi uni o'z qo'lim bilan o'ldiraman.

- Mayor, biz puxta reja tuzishimiz kerak. U juda ayyor. Kimgadir zarar berishi mumkin...

~~~~ Time skip

- Tabriklaymiz, janob Kim. Ayolingiz homilador ekan.

Shifokor qo'lidagi tekshiruv natijalariga qarab bir qarorga keldi. Va Fionani yelkasini qisib o'tirgan Taehyungga qarab jilmaydi. Taehyung eshitgan so'zlariga ishongisi kelmasdi. Ich-ichidan juda ham quvonyapti. Ota bo'lish baxti... Bu juda ham ajoyib baxt. ( Oddiy yozuvchiga bunday baxtni tariflash juda qiyin hisoblanadi )

- Doktor...Rostdanmi?, - Taehyung past ovozda deyarli shivirlash bilan so'radi.

- Albatta, ha. Sizlarni yana bir bor tabriklayman, - shifokor o'rnidan turdi. Ikki sevishanni holi qoldirish uchun xonasini tark etdi.

- Fiona...malikam...men ota bo'laman...sen esa ona, - Taehyung Fionani javobini kutmasdan mahkam quchib oldi. Bir qo'li belini silasa, ikkinchisi sochlari bilan o'ynashardi, - Rahmat...

Taehyung Fionani mahkam bag'riga bosib turarkan, jim turgan Fiona ham Taehyungni belidan qo'llarini o'rab oldi.
Fiona ham Taehyungni bag'riga singib ketarkan, yelka va bo'yin sohasida namlikni his qilib, boshini ko'tarmasdan gapirdi.

- Tae Tae...nega yig'layapsiz? Yoki...bu yangilik...yoqmadimi?

- Yo'q! Aslo unday dema... Bu shunchaki... Quvonch ko'zyoshlari. Hali ham ota bo'lishimga ishongim kelmayapti... Menga shunday baxtni berganing uchun rahmat... Va'da beraman... Eng yaxshi dada va er bo'lishga...

- Tae, bolamiz tug'ilsa... U sizni mendan olib qo'yadi-ku...

- Nega bunday o'ylayapsanmi?, - Taehyung bilinmas holda kulib qo'ydi.

- Kinolarda ko'rganman... Siz meni erkalamaysiz, shirinlik olib kelmaysiz... Faqat ularga g'amxo'rlik qilasiz. Men esa qolib ketaman.

- Albatta unday emas, malikam... Hech qachon unday bo'lmaydi. Men senga ulardan ko'proq shirinlik, mehr va e'tibor beraman.

- Rostdanmi?

- Qachondur aldadimmi?

Taehyung shirin so'zlar bilan Fionani erkalashda va uni mahkam quchishda davom etardi. Go'yoki ular uchun yaxshi kunlar boshlangdek. Eng yaxshisi...

~~ 2 haftadan so'ng | 10:23

Fiona muzlatgich oldiga kelib, o'ziga kerakli narsani qidirishni boshladi. Muzlatgich ichini chiqulab qidirar ekan kerakli yeguligi topilmadi. Oxiri muzlatgichni jaxl bilan yopib, o'zidan o'zi arazlab oldi.

- Nega muzlatgichdan muzqaymoq turmaydi. Axir muzqaymoqni joyi muzlatgich emasmi?!

Fiona o'zi o'zi gapirib uy telefoni oldiga bordi. Hozirgi paytda o'ziga kerakli bo'lgan raqamni tanlab, chaqiruv tugmasini bosdi... Lekin javob bo'lmadi. Fiona yana bir necha bor Taehyungni raqamini tezrib, qo'ng'iroq qildi. Ammo hech birida javob yo'q.
Oxiri Fiona o'ziga kerak narsani o'zi qo'lga kiritishga qaror qildi. Xonasiga kirib, saqlab qo'ygan pullarini oldi. Keyin esa muzqaymoqqa bo'lgan ishtiyoq bilan uyni tark etdi.
.
Fiona qo'shiq hirgoya qilgancha uyiga yaqin joyda joylashgan muzqaymoq sotiladigan joyga ketyapti. Yo'lidan chiqqan o'yin bilan band bo'lgan bolalar uni tabassum qilishga majbur qilardi.

Fiona muzqaymoq tomon yaqinlasharkan qadami tezladi. Ammo orqasidan kelib tushgan qattiq zarba, uni yerga tiqilib, hushidan ketishiga majbur qildi...

.

.

.
11- qism tugadi.
Davomi bor...
.

.
#Seol_Sarang
#Twins_fanfics