CHILDISH
.
Oradan uch-to'rt Kun o'tar o'tmas hafta oxiri keldi. Va bu degani to'y kuni. To'y erta bo'lgani Fionani xafa qildi. To'g'risini aytganda to'y bo'lishini o'zi Fionani hursand qilmagan edi. Maktabni bitirishi bilan o'yin-kulgu qilmay turmushga chiqishi uni xafa qilsa qilardiki, ammo hursand qilmasdi.
Mana bugun to'y kuni. Kun o'rtasiga kelib qoldi. To'y uchun mahsus band qilingan mehmonxonaning mahsus xonalaridan biridan bizning kelinimiz o'tiribti. Fiona ko'zguga qarab o'tirar ekan, pardozchilar uni yanada jozibali qilish bilan band edi. Ammo buni Fionaga yoqdi deb bo'lmaydi. Yuziga urilgan upadan burning qichiy boshladi. Shu sabab ora-orada aksi urib qo'yardi. Egniga oq libosini kiyib olgan holda yerga uncha tegmayotgan oyoqlarini bolalarcha harakatga keltirib o'tirardi.
Vanihoyat pardozchilar so'nggi bor Fionaning sochiga uzun to'rsimon matoni joylashtirib, ishlarini yakunlashdi. Fionani qo'liga guldastani tutqazib, pardoz qilinadigan ko'zgu yonidan, atrofi mahsus bezatilgan divanga joylashtirishdi. Va Fionani yolg'iz qoldirib xonadan chiqib ketishdi.
Fiona xonada o'zi yolg'iz qolgangandan keyin etagi butun oyog'ini berkitib turgan kelinlik libosiga qaradi. Hatto ushbu libosni ham o'zi tanlamadi. Uning uchun Taehyungni o'zi tanlagani solingani qovog'ini yanada soldirdi. U qo'lidagi guldastani yoniga tashlab, qo'llarini kesishtirib, pastga qarab xafa bo'lgan ko'yi o'tirib oldi.
Eshik ochilib, xonaga uzun bo'yli figura kirib keldi. Ammo Fiona boshini ko'tarmay o'sha erkakning oyoqlariga qarab turardi.
β Mening kichkintoyim nima sababdan Juda ham xafa, - Yoongi Fionadan bir necha qadam uzoqlikda turgan holda cho'ntagiga qo'llarini joyladi.
β Amakii, - qiz boshini tezda ko'tarib, o'rnidan turgan. Libosiga e'tibor bermay o'zini erkakning bag'riga otdi, β Nega oxirgi uchrashganimizdan keyin meni ko'rgani kelmadingiz?, - qizning ovozi yig'i ovoziga almasha boshladi.
β Kichkintoy, meni kechir. Ammo yaqin kunlarda ishlarim juda ham ko'paydi. Bilasan politsiyachiman, - erkak ham qizni javoban bag'riga olib, sochlaridan siladi. Ko'ksida namlikni his qilgandan keyin, ovozini pastlatdi, β Hoy... Nega yig'layapsan? Meni ko'rmaganing uchun emas, to'g'rimi?
β Yig'lashga sabablarim ko'p. Meni majburlab turmushga berishyapti. Hatto libosimni ham o'zim tanlamadim. Va bu libos menga umuman yoqmadi. Yana sizni ko'rgim kelgandan ko'rmadim. Uni ustiga endi kam ko'raman, - qiz yig'ib aralash tez-tez gapirdi. Yuzi hali ham erkakning ko'ksiga ko'milib turardi.
Barcha mehmonlar yig'ilgan. Atrofda insonlarni past ovozdagi pichirlashi barchasi yig'ilib, xonada ma'lum bir shovqinni hosil qilyapti. Taehyham yuzida jiddiy qoyofasini saqlab qolgan holda bo'lajak rafiqasini kuta boshladi. Tashqaridan shunday ko'rinsada hayoli shifoxonada yotgan otasi tomon ketib qolardi. Otasi kasallikdan aziyat chekayotgan bir vaqtda to'yi kuni hursandchilik qilish unga ma'qul kelmayapti.
Taehyung eshikka qaragancha hayol surib turarkan, hayollarini birdaniga yangragan qarsak tovushlari buzib yubordi. Va e'tiborini kirish eshigiga qaratsa, otasining qo'lidan ushlab kelayotgan, lablari tabassum qilish o'rniga arazdan ishirilgan holda kirib kelayotgan bo'lajak rafiqasiga tushdi.
Fiona otasi bilan birga qizil yo'lak bo'ylab yurib borar ekan bo'lajak eriga qaragisi ham kelmayotgandi. Shu sabab mehmonlarga goh pastga qarab qo'yardi.
Vanihoyat yo'lak tugagandan keyin Janob Seol qizining qo'lini Taehyung tutqazib, o'zi bosh qatorlardan birida o'tirgan rafiqasi yonidan joy oldi.
Fionaning nozik qo'llari asta Taehyungniki birlashib, o'rab oldi. Va ikkasi ham qarshilarida turgan rohibga e'tiborlarini qaratishdi.
Biroz cho'zilib ketgan nigoh marosi o'z nihoyasiga yetganidan so'ng barcha mehmonlar o'z uylariga tarqaldi. Jumaladan yangi oila ham.
Marosim kun yarmida boshlanganiga qaramay kun tugashiga yaqin tugadi. Quyosh asta o'z o'rniga kirib borar. Oy esa endi uyg'onar edi.
Salqin havoda, tekis yo'l bo'ylab harakatlanayotgan mashinaning orqa o'rindiq oynasi ochiq. Va mashina ichiga salqin havo olib kirmoqda. Taehyung haydovchi o'rindig'ida mashinani boshqarib ketar ekan, Fiona bu mahalda orqa o'rindiqda o'tirib, boshini suyab olgan holda yuziga urilayotgan yengil shamoldan rohatlanib ketardi. Kirayotgan shabada Fionaning to'zg'igan sochlarini yanada to'zg'itar, ammo bu Fionaga yoqardi. Huddi uni yuzini silashgendek. Bu mayinlik va salqinlik uni allalardi.
Taehyungning yo'ldan uzilmayotgan ko'zlari ora-orada mashina oynasi orqali orqada o'tirgan rafiqasi tomon ketib qolardi. Buni bildirmaslik uchun tezda nigohlarini yana qaytib yo'lga qaratardi.
Mashina katta va hashamatli bo'lgan uy oldida to'xtadi. Taehyung xavfsizlik kamarini yechib, mashinani o'chirgach Fionani ogohlantirish uchun orqaga qaradi. Ammo bir og'iz so'z demay to'xtadi. Baribir gapirganni foydasi yo'q. Sababi Fiona allaqachon shirin uyqu yo'lida. Boshlari eshikka suyangan, sochlari yuziga tushib qolgan holda uxlab qolgan.
Taehyung o'z o'rnidan tushib eshikni asta yopdi. So'ng Fiona joylashgan tomonga aylanib kelib, astalik bilan eshikni ochdi. Eshik ochilishi bilan Fionaning boshi suyangan narsasidan mahrum bo'lgach egilib qoldi. Taehyung nima qilishni bilmay asta egilib Fionani qo'llariga ko'tarib oldi. So'ng yana eshikni berkitdi. Fionaning oq libosining etagi osilib, turardi. Taehyung esa uni yurgan payti ezib olmaslikka harakat qilardi. Fiona esa Taehyungning qo'llarida hech narsani sezmay uxlab ketardi.
Taehyung ular uchun mahsus tayyorlangan xonaga Fionani ko'targan holda kirib, eshikni orqasidan asta yopdi. Xonaga kirib, chekaroqda joylashgan yotoq yoniga yaqinlashib Fionani oq libosi bilar birgalikda yotqizdirdi. Fiona yumshoq joyga joylashganini his qilib, yengil nafas chiqarib boshqa joyga burildi.
Taehyung katta shkaf oldiga yaqinlashib, qalinroq choyshab oldi. Va yana yotoq oldiga kelib choyshabni Fionaning ustiga yengil tashladi. Rafiqasini libosi tufayli uncha qulay bo'lmasada, ammo sovuqotmasdan uxlashiga ishonch hosil qildi.
Taehyung so'nggi so'zlarini aytib xonadan chiqib ketdi.
Fiona asta quyosh nurlari sabab ko'zlarini ochdi. Ochdi-yu tishida og'riq paydo bo'ldi. Yuzlari og'riq saba burishib ko'zlari yoshlandi. Asta yotoqqa o'tirar ekan, endi o'zini uyidan emasligi va bu o'zining xonasi emasligini payqadi. Xonadagi hech narsa unga tanish emas. Nima narsa qayerda joylashganini bilmaydi. Endi tishi og'risa I grab boradigan onasi ham yonida emas. Kiyimini nimaga almashtirib, dorini qayerdan izlashni ham bilmaydi. Qandaydur ichidan xo'rligi kelib, ko'zlari yoshlanib ketdi.
Yana sekin o'rniga yotar ekan tish og'rig'i borgan sari o'tib borardi. Ustidagi choyshabni kechagi libosini kiygan holda yana ustiga mahkam o'rab oldi. Og'riyotgan tomonini bosib yotib, uxlashga harakat qila boshladi. Endi tong otganiga qaramay, uxlash og'riqni yengishni yagona yo'li.
Fiona pastki qaltirayotgan labini tishlab, namlangan ko'zlarini qattiq yumdi. Qo'llari shoyshabni mahkam qisib olgan. Yotoq oldidagi kichik qog'ozdagi xatga qaramay uxlab qoldi.
Taehyung ertalab erta ishga ketgan bo'yi ishda edi. Tushlik vaqti kelgani sabab tushlikni uyda qilishga qaror qildi va uyga yo'l oldi.
.
.
Taehyung uyiga yetib kelgach, ichkariga kirdi. Kirishdagi stul ustiga ustidagi kastyumini yechib joyladi. Uyni tinchligi uni biroz ajablantirdi. Axir u endi yolg'iz yashamayapti.
Taehyung asta Fiona bilan bo'lishgan xonasi tomon yaqinlasharkan xonadan yumshoq yig'i tovushlari eshitila boshladi...
.