CHILDISH
Atrofda mayin shaboda esmoqda. Hozirgina bo'lajak turmush o'rtog'i tomonidan ma'lum bir sabablarga ko'ra yolg'iz tashlab ketilgan Fiona kayfiyatini bu sabab buzgisi kelmadi. Yon sumkasidan telefonini chiqarib, sekin yo'li tomon qadam tashlab boshladi. Qadam tashlash ko'yi "Amaki" deb yozib qo'yilgan kontakt ustiga bosib, qo'ng'iroq qilishni tanladi. Biroz kutilgan vaqtdan keyin telefon ortidan bo'g'iq ovoz eshitildi.
β Amakiii, - qiz kulgancha sekin qadam tashlab borarkan gapni asab buzish bilan boshladi.
β Ha, kichkintoy, - jiddiy ovoz darhol yumshab, kulgu ovozini hosil qildi, β Meni eslashingga nima sabab bo'ldi? Yoki bo'tqang tugab qoldimi?
β Amakiii, - qiz qiqirlab kulgancha yo'lida davom etdi. Atrofda harakatlanayotgan mashinalari tovushlari eshitilib turardi, β Amakijonn
β Kichkintoy, hozir qayerdasan?, - Yoongi hali ham kulgu yo'qolmagan ammo biroz jiddiylik aralashgan ovozi bilan davom etdi.
β Amakii, meni olib keting. Men o'zim qolib ketdim. Qornim ham och, - Fiona ovozida soxta g'amginlikni yoqib, ketish mobaynida lablari burishtirdi.
β Oo, kichkintoy qayerda qolib ketdi, - Yoongi ishxonasida o'tirgan holida jilmayib oyoqlarini kesishtirdi.
β Manzilni telefon orqali yuboraman. Olib ketasiz-a? Hami?, - qiz joyidan to'xtab erkakning javobini kuta boshladi.
β Yaxshi... Ammo bundan menga qanday foyda bor?
β Sizni bir marta o'pib qo'yaman. Yuzingizdan, - qiz bolalarcha erkalanib gapirdi.
β Mayli, kichkintoyimdan oladigan narsam menga yoqdi. Manzilni tashlab qo'y. Besh daqiqada o'sha yerda bo'laman.
Shifoxona oldiga tezlikda mashina kelib to'xtadi. Mashinadan tushgan Taehyung mashinani qulflab, orqasiga qaramay shifoxonaga kirib ketdi. Bino ichiga kirishi bilan har doimgi boradigan xonasi tomon yo'l oldi.
Taehyungning qadamlari qattiq va tez harakatlanmoqda. Qo'li cho'ntagi ichida bo'lishiga qaramay barmoqlari harakatda biroz qaltiramoqda. Nafasi og'irlashgan va qoshlari biroz chimirilgan.
Taehyung kerakli xona oldiga kelgandan keyin cho'ntagi ichida turgan qo'lini chiqarib eshik tutqichi tomon uzatib, eshikni ochdi. Xona ichida uchtadan ko'p shifokorlar otasi atrofini o'rab olgan. Taehyung bo'layotgan voqeadan havotirlanib tezda otasi tomon qadam tashladi.
β Hoy... nimalar bo'lyapti? Nega dadam bu ahvolga?, - erkak zo'rg'a nafas olayotgan ko'zlari yumilib ketayotgan dadasini ko'rib, ichidagi g'azab qaynay boshladi. Bor alamini shifokorlardan olmoqchidek ularga o'tkir nigoh bilan qaradi, β Javob beringlar!?
β Janob...biroz o'zingizni bosing. Dadangizni ahvoli yomonlashmoqda. O'pkadagi saraton kattalashmoqda. Bu esa nafas olish yo'llariga xavf tug'diryapti, - atrofdagi shifokorlardan biri erkakni jahlini tushirish uchun tinchlantiruvchi ohangda hozirgi vaziyatni tushintirdi.
β Nega yomonlashadi!? Nega dadamga yaxshi g'amxo'rlik qilmayapsizlar?
β Janob, Kim... Biz qo'limizdan kelgan barchasini qilyapmiz. Ammo o'simta kattalashgani sari uni yengish ham qiyinlashib boryapti.
β Lanati, - Taehyung o'tkir nafasi ostidan ming'irlab, xona bo'ylab aylana boshladi. Kafti peshona sohasining og'riqni kamaytirish uchun silay boshladi.
Biroz xonadagi sukunat va moslamani chiyillab turgan ovozidan so'ng, xirillab eshitilgan past ovoz Taehyungni harakatlarini to'xtatdi.
β Taehyung, - Taehyungni otasi nafas olish uchun mo'ljallangan og'zi va burnini to'sib turgan moslamani olib, chaqirdi.
Taehyung otasini ovozini eshitib darhol otasi oldiga turib, yotoq oldidagi stuldan joy oldi.
β Taehyung... To'yni tezlatishimiz kerak..., - qari erkak bir yo'talib, yana xirillagan va xolsiz ozoz bilan davom etdi, β Bilmadim qancha umrim qoldi...shunchaki nabiramni bag'rimga bosmoqchiman...
β Dada...bu nima deganingiz. Siz hali ko'p yashaysiz. Nabira emas nabiralaringizni bag'ringizga bo'lasiz, - erkak otasini qo'lini ushlab boshini otasini kaftiga joylashtirdi.
β O'g'lim...buni qabul qilish qiyin... Ammo bu haqiqat... Bugun Seol amakingni uyiga bor... to'y shu hafta ichida bo'lsin, - qari erkak yana bir bor qattiq yo'taldi, β Men uchun ...rozi bo'lasan...to'g'rimi?
β Ha dada... to'yni bu hafta qilamiz... Va'da beraman, - Taehyung boshini otasini qo'liga yotqizib, ichidagi bo'ron bo'layotgan hissiyotlarni boshqarishga harakat qilardi.
Taehyung shu holatda, otasini kaftiga boshini bosgancha hozirgi daqiqadan zavq olishga harakat qilardi. Bilardi... Bu vaqtlar abadiy emas. Ammo tan olgisi kelmasdi.
Janob Seol va Seol xonim dam olib, mehmonxonada birgalikda film ko'rish bilan band edi. Janob Seol rafiqasining yelkasidan qo'llarini o'rab, iliqlik hadiya etmoqda.
Ular shu holatda davom etishar ekan eshik qo'ng'irog'ini jiringlashi bu holatli buzdi.
β Azizim, kech bo'lganda kim bo'lishi mumkin? Ishingizdan emasmi?, - Seol xonim eriga qarar ekan. Eri allaqachon o'rnidan turib, bunga ishon hosil qilmoqchi edi.
β Hozir tekshiramiz, azizam. Havotir olma.
Janob Seol eshik tomon borib, asta eshikni ochdi. Eshik tagida unga tanish qiyofa turardi.
β Hayrli kech, Seol amaki. Kech bo'lganda bezovta qilganim uchun uzur.
β Yo'q albatta, Taehyung. Qani kiraqol, - janob Seol eshik tagida turgan Taehyungni ichkariga taklif qilib, orqasidan eshikni yopdi.
β Demak, to'yni shu haftada o'tkazmoqchisizlar, shundaymi?
Deyarli 20 daqiqadan beri davom etayotgan suhbatning asil maqsadiga o'tildi. Taehyung o'tirgan divaniga yaxshiroq joylashib Bosh silkidi.
β Amaki, dadamni ahvoli og'ir. Ular to'yni tezroq bo'lishini xohlayaptilar... Iltimos. Bilaman buni birdaniga bo'lishi ikki tomon uchun ham g'alati...
β Taehyung, o'g'lim tashvishlanma. Biz seni tushundik, - Seol xonim ham hamdardlik bildirgan holda Taehyungga qarab bosh silkidi.
β Xavotir olma, to'yni shu hafta oxirlariga o'tkazamiz. Do'stimni iltimosini yerda qoldirolmayman.
β Rahmat, amaki. Sizga ham Seol xola, - erkak yuzida iloji boricha tabassum qilib minnatdorchilik bildirdi.
Shu vaqt yuqori qavaqtdagi xonalardan biridan qattiq va baland ovoz eshitildi. Barcha boshini yuqoriga ko'tarib, e'tiborini qaratdi.
β Bu Fiona emasmi?, - janob Seol rafiqasiga qoshlarini ko'tarib, savol tariqasida qaradi.
β Men uni bugungi uchrashuv sabab charchab, allaqachon uxlab qolgan deb o'ylagan edim, - Seol xonim ham hayronlik bilan javob berdi.
β Men tekshirib ko'raman. Sizlar shu yerda kutib turishingiz mumkin, - Taehyung asta o'rnidan turib, ularga qaradi. Seol xonimning rozilik ifodasidan so'ng, asta zinalardan yuqoriga ko'tarila boshladi.
Asta zinalardan ko'tarilib, eshigi boshqa eshiklarnikiga qaraganda o'zgacha bezatilgan eshik tomon yurdi. Eshikni ochib, ichkariga qadam tashlar ekan, xonadagi vaziyatdan qoshlari hayronlikdan ko'tarildi.
Fiona xona chekkasidagi polda, bir tizzasini quchgancha, tanasi tebranga holda o'tirar edi. Xonaga kimdur kirganini sezib, egilgan boshini asta ko'tardi. Ko'zlari yoshlana boshladi.
β Men...men...haligi, - qiz duduqlangancha gapirishga harakat qilarkan, samara bermadi. Saqlab turgan ko'zyoshlarini birdaniga chiqarib yubordi.
Taehyung bunday vaziyatni kutmagani uchun shoshib qoldi. Eshikni tezlikda yopib xona ichiga kirdi. Sekin Fionaga yaqinlashib, tizzasida cho'kkaladi.
β Hoy, nega yig'layapsan?, - erkak ovozini ehtiyotkorona va muloyimlikka o'zgartirdi. Qo'lini hali ham yig'lab, tanasi silkinayotgan qizning yuziga uzatib ko'zyoshlarini artdi.
β Mening...tizzam...u og'riyapti...juda qattiq, - qiz bolalarcha dardini do'ston qilarkan, erkakning ko'zlari qiz quchib olgan biroz jarohatlangan tizzasiga tushdi.
β Juda ham qattiqmi?
Taehyung jarohat unchalik katta va og'ir emasligiga ishonch hosil qilarkan, ammo qizning qattiq yig'lashi tahminlarini chalkashtirdi. So'ng
Fiona boshini qaltiragancha silkidi.
β Bu qanday bo'ldi?, - erkak barmoqlari bilan tizzadagi jarohatni ehtiyotkorlik bilan ko'zidan kechirar ekan, savol berdi.
β Duduqlanmasdan gapir, - Taehyung gapirishga urinayotgan qizni gaplarini jiddiy ovozda kesib tashladi. Qizni ko'zlari esa bu jiddiylikdan battar yoshlana boshladi. Lablari namlangan holda qaltirar edi.
Taehyung chuqur nafas chiqarib, Fiona malika uslubida ko'tarib oldi. Fiona esa bunga e'tibor bermay yuzini Taehyungning yuziga ko'mib yig'lashda davom etdi.
Taehyung asta Fionani yotoqqa olib borib, o'tirg'izdirdi.
β Dori quti qayerda?, - erkak qizga qarar ekan, qaltiroq lablardan aniq javob chiqmasligini bilib o'zi o'rnidan turib, dori qutini qidira boshladi, β Topdim.
Taehyung Fiona o'tirgan yotoq chekkasiga kelib o'tirdi. Kerakli dorilarni olib, tayyorlay boshladi.
β Kerakmas...men qo'rqaman. Bu achiydi..., - qiz hatarni oldindan sezgandek yuzini burishtirdi.
β Agar buni qilmasam, yaraga virus tushadi, - erkak qizning oyoqlaridan ushlab, o'ziga yaqin tortdi. Qizning kichik oyoqlarini o'zining tizzasiga ustiga qo'yib, xo'llangan paxtani qo'liga oldi, β Qimirlamay tur.
Taehyung asta Fionaning tizzasiga paxtani bosarkan, Fiona yig'lab yubordi. Va Taehyung harakatlaridan tezda to'xtadi. Fionani qanday qulay qilishni bilmay, shunchaki bo'sh turgan qo'li bilan uni bag'riga bosdi.
β Bilaman bu og'riydi. Ammo chidashga harakat qil.
Taehyung so'nggi so'zini aytib Fionani mahkam bag'riga bosib, tizzasiga esa paxtani bosdi. Fiona yig'lab, Taehyungning ko'ylagi chekkasini mahkam qisib oldi.
Pov/Taehyung
*U juda nozik. Juda ham kuchsiz. Kichkina yaraga shuncha ko'zyosh to'kdi. Ammo men unga berishim kerak bo'lgan og'riqlarchi. Bular u uchun, uning mitti tanasi uchun juda ham ko'p emasmi?