CHILDISH
- Dada!
Taehyung yerga qulagan otasi tomon yugurib borish davomida o'q kelgan tomonga qaradi. Yuqori binolarning biridan yo'llanma sniper nishonni xato oldi va ko'zdan g'oyib bo'ldi. Janob Seolni nishonga olgan o'q janob Kimning orqasidan teshib o'tdi. Taehyung qochgan sniper orqasidan so'kingancha qoldi. Hozir uni orqasidan quvlab borolmaydi. Janob Kimning yerga qulagan tanasidan nafaqat Taehyung balki janob Seol ham shok holatiga tushdi.
Taehyung otasining jasadga aylanayotgan tanasi oldiga o'tirib, otasining tanasidan oqayotgan qonni to'xtatishga harakat qilardi.
- Dada, dada. Iltimos ko'zingizni yummang. Chuqur-chuqur nafas oling, iltimos, - erkak bag'rida allaqachon oq ko'ylagi qizilga aylangan otasini uyg'otishga harakat qilardi. Yig'lamaslikka harakat qilardi. Ammo buni iloji yo'q. Hozir eng qadrli insonini yo'qotish arafasida. Buni qabul qilish uchun esa u juda ham kuchsiz.
- M-men shifokorlarni chaqiraman. H-hozir.
Janob Seol qaltiroq bosgan tanasi bilan shifoxona bog'ini tark etdi. Taehyung esa hali ham otasini hayotda saqlab qolish uchun harakat qilardi. Otasining ko'ksidan otilib chiqayotgan qon Taehyungni kiyimini ham qoplashga ulgurgan edi.
Yoongi yosh oila uyiga kirib, Fionani chaqira boshladi. Ismini chaqirish davomida atrofga qarab, yuqori qavatga chiqa boshladi.
Keyin Fiona biroz oldin telefonda aytgan xona oldiga kelib, eshikni ochdi. Xonada hech kim yo'q. Xona ichiga asta kirarkan hammomdan kelayotgan ovoz uni o'ziga tortdi.
- Fiona, - Yoongi hammomga kirib unitaz oldida holsiz o'tirgan qizga qaradi. Qizning yuzi oqargan, charchoqdan chiqgan ter sabab sochlari yuziga yopishib qolgan, - Kichkintoy, senga nima bo'ldi. Nega bu ahvoldasan?
Yoongi holsiz Fionani oldiga o'tirib, terlagan peshonasini kafti bilan artdi. Fiona esa uning qo'liga suyanib oldi. Ichidagi bor narsani tashqariga uloqtirganidan ichi butunlay bo'shab, kuchsizlangan.
- Fiona, ahvoling yaxshi emas. Shifoxonaga borishingiz kerak.
- M-men xohlamayman, - qiz boshini silkitgancha yuzini burishtirdi.
- Qaysarlik qilma. Agar jiddiy nimadur bo'lsa-chi?
- Men...hech qayerga bormayman..., - qiz erkakni bag'riga holsiz boshini bosdi.
- Kichkintoy..., - erkak biror nima demoqchi bo'ldi-yu, ammo shashtidan qaytdi. Qizni bag'riga olib, sochidan siladi, - Unda tez yordam chaqiraman. Seni shu yerda tekshirishadi.
Tez yordam yetib kelib, ayol shifokor Fionani tekshirishni boshladi. Bu vaqtda Yoongi xona tashqarisida kutib turar edi. Hayoli ming xil o'ylar bilan band. Shu payt jiringlagan telefoni uni cho'chitganday bo'ldi. Yoongi cho'ntagidan telefonni olib, javob berdi.
- Yoongi, - janob Seolning ovozi past va g'amgin eshitildi.
- Amaki, biron nima sodir bo'ldimi? Ahvolingiz yaxshimi?, - Yoongi janob Seolning ovozidan qandaydur muammo chiqqanini sezdi.
- Do'stim Janob Kimni otishdi. Hozir jonlantirish bo'limida. Ahvoli juda og'ir.
- Lanati, buni Kim qilgan bo'lishi mumkin?
- Bilmadim. Hozir hayolimga hech kim kelmayapti. Sen Fionani oldiga bor. Hozir Taehyung ham og'ir ahvolda.
- Men allaqachon Fionani oldidaman, amaki.
- Fiona telefon qilib chaqirgan edi. Biroz tobi yo'q ekan. Ammo siz havotirlanmang, amaki, biz tez yordam chaqirtirdik. Hozir ular Fionani tekshirishyapti.
- Yaxshi. Taehyung qaytguncha unga g'amxo'rlik qilib tur. O'zini yolg'iz qoldirma.
Yoongi telefonni o'chirishi bilan xonadan chiqgan shifokorga qaradi. Shifokor bir qo'liga tez yordam jamadonni ko'targancha tabassum bilan chiqdi. Yoongi ayolning tbassumidan hammasi yaxshiligini bilib, ichidagi vahima deyarli g'oyib bo'ldi.
- Albatta janob. Bu homiladorlik paytida boshdan o'tkaziladigan holatlardan biri, - shifokor tabassumini kengaytirgancha gapirishdan davom etarkan Yoongini hayratga to'la so'zlari uni to'xtatdi.
- Ha janob, ayolingiz homilador bo'lishi mumkin. Undagi o'zgarish va alomatlar shuni ko'rsatmoqda. Yana bir haftalardan so'ng olib kelsangiz, bunga yanada ishonch hosil qilardik.
- Aytmoqchisizki, homiladorligi aniq emas. Shundaymi?
- Ko'ngil aynishining alomatlaridan biri shu. Bir haftadan keyin olib borsangiz, bunga yanada ishonch hosil qilamiz.
- Bu mening vazifam. Sog' bo'ling.
Shifokor ayol shunday deb Yoongini tark etdi va pastga tushib ketdi. Yoongi esa ichida o'ynayotgan turli hislarni tinchlantirishga harakat qilardi. Hayoli o'ylar bilan band. Sevgisi uchun kurashishi kerakmi? Yoki shunchaki taslim bo'lishi. Ammo sevgisi boshqaning rafiqasi, uniki emas. Yana ular farzand kutayotgan bo'lishi ham mumkin. Qancha xohlasa ham unga erisholmaydi.
Janob Seol jarrohlik bo'layotgan xona tashqarisidagi rullardan birida o'tirar ekan Taehyung hatto bir joyda turishni ham o'ylamas edi. Taehyung bir qo'lini cho'ntagiga solib, ikkinchi qo'li bilan jag'ini qisib, ikki tomonga tinmay harakatlanar edi. Janob Seol Taehyungni ko'rib, achinishni boshladi. Ko'z oldida Taehyung onasini yo'qotgan paytda qanday holatga tushgani gavdalana boshladi. O'sha paytda Taehyung katta inson edi. Ammo yosh bola kabi singan edi.
Taehyungning onasini birdaniga yurak huruji tutib qoldi. Taehyung va otasi tezlikda onasini kasal xonaga olib borishdi. Shifokorlar bemorni jonlantirish bo'limiga olib kirib ketishdi. Oradan 5 soatlarcha vaqt o'tgandan keyin umid va ko'zyosh bilan kutayotgan ota bola oldiga shifokor chiqdi.
- Janob, onamni ahvoli yaxshimi? Oldiga kirsam bo'ladimi?, - Taehyung tezlikda o'tirgan o'rnidan turib, shiqqan shifokorni savolga tuta boshladi.
- Yosh janob, bizni kechiring, ammo onangizni saqlab qololmadik, - shifokor tik turgan boshini yerga qaratdi.
Hozirgina eshitgan habaridan shok holatiga tushib qolgan Taehyung joyida qotib qoldi. Butun dunyo to'xtagandek, nafas olishni unutib qo'ygandek edi. Ichi bo'shashib qolgan. Ortiq hech narsani his qilmayapti, his qilolmaydi.
- Sen nima deyapsan!? Qanday qilib sog'lom ayol birdaniga o'lishi mumkin!?, - janob Kim o'rnidan turib shifokorni yoqasidan olib bor ovozi bilan yig'lab, baqirishni boshladi.
Taehyung quyilib kelayotgan ko'zyoshlarini barchaning oldida namoyon qilishni istamay, qaltiroq bosgan oyoqlari bilan hech narsaga e'tibor bermay shifoxonani tark etdi.
Taehyung qabrga onasini joylagandan beri quvnoq va baxtliligini unutdi. O'zini ishga ko'mdi. Bir daqiqaga ham hayoli chalg'ishini xohlamadi. Miyasi bo'sh qolgan payti onasi bilan o'tgan shirin xotiralar unga azob berardi. Yuragini og'ritib o'sha vaqtlarga yana qaytish istagini uyg'otar edi.
Ammo Fiona bilan birga bo'lishni boshlagandan keyin, hayolni ish bilan band qilishga ham holat qolmadi. Hayoli faqat Fionada edi. Uni qanday quvontirish va og'rig'ini yo'qotish haqidagi shirin hayollar uni miyasini allaqachon band qilgandi.
Janob Seol eshik ochilishi ovozidan egilgan boshini ko'tarib, chiqgan shifokorga qaradi. Shifokorni yuziga qaradi. Shifokor yuzini shunchaki g'amginlik va afsuslanish egallab olgan. Taehyung ham yurishdan to'xtab, shifokorga qarab, yuzidan o'ziga kerakli bo'lgan so'zlarni o'qib olishga harakat qilardi. Onasi bo'lgan jidolik otasi bilan ham sodir bo'lmaganligiga juda ham qattiq umida qilardi.
- Afsusdaman, - shifokor shu so'zlarni aytdi-yu ko'zidan chiqishga ulgurmagan ko'zyoshlarini artib, ular oldida g'oyib bo'ldi.
Fiona Yoongini majburlab uyiga ketkazib yuborganidan mehmonxonada zerikkani sabab televizor ko'rib o'tirardi. Ahvoli ancha yaxshi. Hozircha ko'ngli aynimayapti. O'zini yaxshi his qilyapti.
Fiona oxiri televizordan ham bir ish chiqmasligini bilib, uyga kirishning asosiy eshigi oldiga borib o'tirib oldi. Tezroq Taehyung kelishi va uni erkalashini xohlardi.
Eshik ochildi. Fiona o'tirgan o'rnidan tezlikda turib, Taehyungni yuziga qaramagan holda bag'riga otildi. Ammo Taehyung Fionani javoban bag'riga bosmadi...