CHILDISH
- Fiona, shhh bo'ldi. Yig'lama.
Taehyung xonaga kirishi bilan qo'lidagilarni yotoq oldida tumbuchka ustiga joylashtirib, yotoqda yotgan Fiona oldiga joylashdi. Fiona tanasini choyshabga o'rab mahkam qisib olgan. Ham og'riqdan, ham tanasini berkitish uchun.
- Bo'ldi, qizaloq. Hammasi o'tib ketdi, - erkak qizni o'ziga qaratib bag'riga oldi. Qo'llarini qizning yelkalaridan mahkam o'rab, yupatish uchun asta va yengil ura boshladi, - Bo'ldi, yig'lama... Iltimos.
- T-tae... Og'riyapti, - qiz og'rig'iga sabab bo'lgan bo'lsa ham, hozirgi daqiqada o'sha sababchini ko'ksiga singib borardi.
Taehyung Fionaning og'zidna past ovozda yangragan ismini eshitib nafasi tiqildi. Yuragi Fionaning og'riqqa to'la ovozini eshitib og'riy boshladi. Bu og'riqga sababchi aynan o'zi. Va buni bilish ham uni yanada afsuslantirmoqda.
- Kechir... Meni kechir, - erkak qizni yanada mahkam quchib, ichida o't bo'lib yonayotgan va oldin his qilmagan ayibdorlik hissini yengishga harakat qilardi, - Juda ham afsusdaman, Fionam... Kechir...
Taehyung Fionani yupatish uchun peshona va yuzlaridan o'pib qo'yar, chaqaloqni qanday yupatish kerak bo'lsa shunday qilardi.
Fionani ustidagi tanasini o'rab turgan choyshab bilan birgalikda tizzasiga o'tirg'izdirdi. Iyagini noziklik bilan ushlab boshini ko'tardi. Va ko'zyoshlarga to'layotgan ko'zlar, qizargan va namlangan yanoqlar va qaltirayotgan lablarini ko'rdi. Bir daqiqa Taehyung uning yuziga tikilib turdi. Keyin qo'lini cho'zib, Fionani yuzini to'sib turgan sochlarini qulog'i ortiga o'tkazdi.
Fionaga yaqin egilib, labini peshonasiga bosdi. Keyin ko'zlari va yanoqlar. Burnida ham mayin bo'sa qoldirdi. Yana bir bor ko'lzlariga tikilib labini Fionaniki bilan birlashtirdi. Bo'sa qisqa bo'ldi. Ammo shuni o'zi ham yetarlicha edi. Fiona esa tanasi tebrangan holda Taehyungni harakatlarini qabul qilardi.
- Senga og'riq qoldiruvchi dori beraman. Keyin nonushta qilamiz, hmm?
Taehyung bo'shagan idishlarni oshxonaga tashlab kelgandan so'ng, yana Fionani bag'riga oldi. Keyin esa Fionani ustiga kiyimini kiygizib ham qo'ydi. So'ng unga kulguli va shirin so'zlar aytib kayfiyatini ko'tarishiga harakat qilardi. Fiona ham doimgidek Taehyungning so'zlariga shunchaki aldanib qo'yardi. Va shu sabab ham Fiona og'riq haqida deyarli unutgandi.
- Xo'sh, bugun sen bilan birga ekanman, kun bo'yi uyda nima qilamiz?, - erkak qizining sochini silab yotish davomida savol berdi.
- Xohlagan narsammi?, - qiz boshini sekin ko'tarib, erkakka chaqnab turgan ko'zlari bilan qaradi.
- Unda yangi narsalar sotib olishni xohlayman. Va albatta do'kon aylanib. Keyin siz xohlagan narsammi olib berasizmi?
- Barchasini olib beraman. Ammo ko'chaga chiqolmaymiz deb qo'rqaman.
- Negaa?, - qizning chaqnab turgan ko'zlari shu zahoti so'ndi, - Axir havo juda ham yaxshi-ku. Mashinangiz ham bor...
- Gap bundamas. Sen ko'p yursang og'riq yana boshlanishi mumkin, - erkak gapirib qizning reaksiyasini kuzatdi. Qiz erkakni belini o'rab turgan qo'llarini bo'shatib, qovog'ini uydi, - Ammo uyda turib ham buyurtma qilsak bo'ladi.
- Buyurtma qilganimiz bilan tezda yetib kelmaydi. Uni ustiga necha kundan beri uyda o'zim zerikib ketdim. Ko'chaga chiqgim kelyapti, - qiz ichidagi bor gapini tashqariga chiqarib tashladi.
- Fiona, yana og'riqdan yig'lashingni istamayman. Shu sabab uyda turib buyurtma qilamiz. Yoki boshqa biror narsa o'ylab topamiz, - erkakning ovozi hali ham mayinligini saqlab turar, ammo ovozida biroz jiddiylik ham bilindi.
Fiona ortiq bir so'z demay yotoqdan tushdi. Xonaning ochiq burchagiga borib o'tirdim o'sha yerga o'tirib oldi. Taehyungning esa buni ko'rib qoshlari hayronlikdan ko'tarildi. Keyin og'ir nafas chiqarib u ham Fiona borgan burchak tomon bordi.
- Fiona, - Taehyung Fionani chaqirar ekan Fiona boshini boshqa joyga burib oldi.
Taehyung buni ko'rib o'zini tinchlantirishga harakat qilib bir qo'li bilan sochini ortga taradi.
- Yaxshi seni do'konga olib chiqaman. U yerga borib esa seni yurishga majbur qilmaydigan biror narsa o'ylab topamiz. Kelishdikmi?
Fiona uydan tashqariga chiqishini eshitganidan so'ng, ko'zlaridagi yo'qolgan uchqun yana qaytib keldi.
Mashina katta supermarket oldida to'xtadi. Supermarket nafaqat tashqi tomondan, balki ichki tomondan ham juda katta. Barcha mahsulotlar bir joyda jamlangan. Bir joyni aylanib, barcha narsani sotib olish mumkin.
Taehyung mashinadan tushib, Fiona o'tirgan o'rindiq tomon aylanib o'tdi. Eshikni ochib, orqa tomonini Fionaga o'girgan holda egildi.
Fiona Taehyungning harakatlariga hayron qarab, o'zini qiynayotgan savolni yuzaga chiqardi.
- Seni ko'tarib olaman. Keyin yurishingga hojat qolmaydi. Qani kelaqol.
Taehyung yelkasidan orqaga qarab, Fionani yelkasiga osilishiga ishora qildi. Fiona hech qancha o'ylanib turmay Taehyungning orqa tomonidan bo'ynini qo'llari bilan va belini oyoqlari bilan o'rab, unga osilib oldi. Taehyham qo'llari bilan Fionani soniga yaqin joy - tizzasini mahkam ushlab egilgan tanasini qatladi.
- Xohlagan narsamni olib berasiz-a?, - qiz qo'llarini yana bir bor mahkam qisdi.
- Axir va'da berdim. Shunday ekan barcha narsani olib beraman. Faqat sen aqlli qizaloq bo'l, hmm?
- Ha, tushunarli. Endi olg'a...
Taehyung qo'lida shirinlik bilan uyga kirib keldi. Asta uy ichiga qadam tashlab oshxonada band bo'lgan rafiqasiga ko'zi tushdi. Ustki kiyimini yechib, qo'lida karobkachada joylashgan shirinlikni ushlagan holda tabassum bilan oshxona tomon yurdi.
- Menimcha allaqachon kechlik vaqti o'tib ketdi. Ammo kimlardur kechlik tayyorlash bilan band , - Taehyung Fiona tomon asta yurishda davomida qapirdi.
Fiona boshini pishirishdan ko'tarib, u tomon yaqinlashayotgan erini va qo'lidagu shirinliklarni ko'rib ko'zi yangradi.
- Taehyung, - qiz erkak tomon yugurib, qo'llarini beli atrofidan o'rab oldi.
- Kech bo'layotganda nima sababdan oshxonda bandsiz, kichik xonim?, - erkak ham qizni javoban bag'riga bosish davomida gapirdi.
- Shunchaki, yangi taom tayyorlashni ko'rgandim. Va sinab ko'rmoqchi edim... Ammo o'xshamadi, - qiz gapirish davomida lablarini ishirib qo'ydi.
- Xafa bo'lgan lablaringga yana tabassum yugurtirishimga ruxsat ber, - erkak shunday deb qizni quchog'idan chiqardi. Keyin bir qo'lini egallab turgan shirinliklarni ochib, qizning og'ziga soldi bir bo'lagini soldi, - Xo'sh, bu safargisi ham shirin ekanmi?
Fiona biroz o'ylangancha og'zidagi shirinlikni so'rib, uni ta'mini tahlil qila boshladi. Keyin asta yuzidagi tabassum kattalashdi.
- Taee, bularni qayerdan topib kelyapsiz? Bular...shunchaki ajoyib, - qizning ko'zlari gapirish davomida hayratdan kattalashdi.
- Yoqqan bolsa hursandman, - erkak biroz egilib qizni peshonasidan o'pib qo'ydi.
Fiona Taehyungning qo'lidan karobchadagi shirinliklarni olib, oshxonadagi ishini shunchaki tashlab mehmonxonaga chiqdi. Yumshoq divanlardan biriga o'tirib, qulay joylashdi. Keyin shirinlikning yana bir bo'lagini olib yeyishda davom etdi.
Taehyung ham Fionani orqasidan kuzatib, mehmonxonaga chiqdi. Yuzidagi tabassum hali ham yo'qolmagan. U ham divanga - Fionani yoniga joylashdi. Va shunchaki Fionani shirinlik yeb, zavqlanayotganini kuzatib turdi. Keyin mayin ovozda gap boshladi.
- Ertaga men ish bo'yicha Yaponiyaga uchib ketishim kerak.
Taehyungning oxirgi gapidan Fiona chaynashni to'xtatib unga qaradi. Kayfiyatini biroz tushib ketgani ko'zlarini ma'yus tortganidan ham sezish mumkin edi.
- Bu kompaniya uchun muhim uchrashuv. O'tkazib yubormasligim kerak.
- Demak, ertaga jo'nab ketasizmi? Ammo men-chi? Meni yolg'iz tashlab ketasizmi?
- Yo'q. Seni yolg'iz katta uyda tashlab ketolmayman. Shu sabab kelgunimcha ota - onangni uyidan yashab turasan. Ketishim bilan seni uyga olib kelaman. Kelishdikmi?
Fiona boshini ekkancha shunchaki 'ha' degan ma'noda silkitib qo'ydi. Boshqa shirinlik yegisi ham kelmay qoldi. Taehyung Fionani xafa bo'lganini payqab asta uni bag'riga bosdi.
- Ikki - uch kundan so'ng qaytib kelaman. Iloji boricha tezroq. Faqat buning uchun xafa bo'lma, - erkak qizning sochlarini silash davomida sochlaridan hidlab oldi.
- Yaxshi. Faqat tezroq keling. Dadam va oyim menga har doim ham shirinlik berishmaydi.
- Aynan manashu katta sababni deb ham erta qaytishim kerak, - erkak aytgan gaplarini hazil ko'rinishida aytdi.
Taehyung quyosh chiqmasdan oldin o'zi bilan birga Fionani ham uyg'otdi. Fiona uyqusirab Taehyungga kiyimlarini yig'ishda yordam berdi. O'zi ham bir - ikki kerakli buyumlarini olvoldi.
Taehyung Fionani uyiga tashlaganidan so'ng kelishidan oldin dadasidan habar olish uchun shifoxonaga bordi. Dadasini ahvoli bilan tanishib, biroz suhbat qurdi.
Keyin to'g'ri aeroportga haydadi. U yerga yetib kelgandan u yerda yordamchisi uni kutib oldi.
- Kettik, janob, - erkak ichkariga kirishdan oldin biroz o'ylanib qoldi. Ammo fikrlaridan chiqib aeroport ichiga odamlar bilan birga singib ketdi.
Fiona Yoongi kelgani sabab kech tushishiga qaramay u bilan suhbat quryapti. Yoongi oppasini anchadan beri ko'rmadim. Shu sabab sog'inch ham uxlashga ruxsat bermayotgandek.
Fiona ichidagi bor kerakli va keraksiz gaplarini xonasida yotoq ustiga o'tirib olib, Yoongiga so'zlardi. Yoongi ham u bilan birga o'tirib, uni shunchaki tinglardi. Bu esa unga zavq berardi.
- Hoy amaki, menda bir fikr bor. Faqat rozi bo'lasiz.
- Oldi qanday shartligini ayt.
- Yo'q. Undan oldin rozi bo'laman deb ayting.
- Uhhh, yaxshi. Roziman. Endi fikringni ayt-chi.
- Ozgina... Ozgina soju ichaylik. Maktabni bitirganimizda ham ichmadik nishonlab. To'yimda ham ichmadik.
- iltimos, - qiz qarshisidagi erkakga katta-katta ko'zlari bilan qarab turarkan, bu yigitni eritib yubordi.
Fiona va Yoongi ikki butilkani bo'shatishdi. Yoongi mastlikdan hali juda yiroqda. Ammo Fiona hatto o'zini ismini eslolmaydigan holga kelib qolgan.
Suhbat orasida og'ziga kelib qolgan kulguli gaplarni aytib yuborib kulardi. Yoongi ham u bilan birga kulardi.
Birdaniga Yoongining ko'ksida anchadan beri his etayotgan hislari yanada kuchaydi. Boshqaruvni yo'qotish arafasida. U Fiona tomon yaqinlashib borardi. Hozir ich-ichidan xohlaydigan ishi uchun.
Yoongi tobora kulayotgan qiz tomon yaqinlashib borarkan, xohlagan narsasiga erishmasidan oldin, eshik qo'ng'irog'i yanrgdadi.