My Obsession
Amerika aeroporti. Odamlar doimo gavjum bo'ladigan joylardan biri. Odam Juda ko'p. Kimdir endi Amerikaga qo'ndi. Kimdur uni tark etyapti. Ammo ketganlar soni kelganlarnikidan kam.
Aeroportga jamadonini sudragancha kelishgan yigit kirib keldi. Shu kelishganligi sabab ham aeroprtdagi aprcha yosh qizlarning nigohini o'ziga o'g'irlayapti.
Ustidagi mahsus qora kastyum shim uni yanada professional va kelishgan qilib ko'rsatardi. Sochining yarmi ortga taralgan, yarmi esa peshonasidan tushib turibti. Ammo hech qanday kamchilik topolmaysiz.
Yigit ro'yxatdan o'tish joyiga kelganda kirganidan beri qo'lida ushlab turgan qora rangli ko'zoynagini taqib oldi. U yerda turgan ishchi xodima ham kelishgan yigitdan ko'zini uzolmay qoldi. Va uning kiyimlari sabab bilinar-bilinmasdan turgan ko'ksiga qarab qoyldi. Yigit buni sezib tomog'ini qirdi. Xodima ham hayolga berilganini sezib o'zini yig'ishtirib oldi. Va Jeon Jungkook deb yozilgan chipta ustiga pechat bosdi.
- Maroqli hordiq tilaymiz, janob, - xodima biroz oldingi harakatidan o'zini noqulay his qilib boshini egdi va chiptani yigitga uzatdi.
- Rahmat, - yigit xodimaga e'tibor bermagan holda qo'lidan chiptani oldi. Va samalyotga kirish uchun mo'ljallangan eshik tomon yo'l oldi.
Jungkook samalyot ichiga kirib belgilangan o'ringa joylashdi. Ko'zoynagini yechib oldidagi kichik stolga joylashtirdi. Biroz toliqqan yelkasini ortga suyab uzoq yo'llik parvozga o'zini tayyorladi.
Samalyot kapitani samalyot 2 daqiqadan keyin ko'tarilishini habar berdi. Barcha samalyot ichidagilar yaqinlarini qo'lini mahkam ushlab, parvoz oldi bir-birini tinchlantirishdi. Jungkook esa cho'ntagidan telefonini chiqarib, qulfdan ochdi. Galereyaga kirib, 5 yil oldingi tasodifan olingan qizni rasmiga bosdi. Qiz uzoqroqda va kameraga qaramagan holda rasmga olingan. Jungkook rasmni kattalashtirib, qizni yuz tuzilishini o'rgandi. Kimdurgadur gapirayotganda bir-biridan ajralgan lablar, yuziga tushib turgan sochlar, va porlayotgan ko'zlar.
Jungkook uni yana ko'rishi haqida o'ylarkan o'zini tarrangkashayotganini sezdi. Ko'zlarini yumib, ichidagi xohish alangasini bosish uchun chuqur nafas oldi. Burnidan og'zidan chiqayotgan nafas juda qaynoq. Ichidagi alanga uni borgan sari kuydirayotgan edi.
- Yana biroz... Ammo men hozir besh daqiqaga ham chidolmayman... Seni his etishim kerak... Nafasingni, iforingni, tanangni... Barchasini. Birozgina kut sevgilim... Men ketyapman. O'zimga kerak va meniki bo'lgan narsani olish uchun...Mahsus kunda... - Jungkook qo'lidagi telefonni qattiq qisib, istakka to'lgan ovoz bilan shivirladi.
Xonasida uyoqdan buyoqqa yugurayotgan qiz yo'qotgan narsasini qidirish bilan band. Topolmayotgani sabab asabiylashib ketyapti. Ammo asabiyligi biroz oldin yangilagan pardozini buzilishiga yo'l qo'yolmaydi.
- Topdim, - qiz biroz oldin qaragan tortmasi ichidan kichik qutichadagi sovg'ani qo'liga oldi. Yoyilgan sochlari ustidan boshini biroz qashib, qo'lidagi qutichaga ahmoqona qaradi, - Axir bu joyni biroz oldin qaraganimda bu yerda hech narsa yo'q edi-ku. Qayerdan paydo bo'ldi... Aysh, Asi, sen telba bo'lyapsan. Oddiy kun uchun ham shunday hayajonga tushasanmi? Lanati...
Asi o'ziga o'zi dakki bergancha qutichani sumkasiga joylashtirdi. Yana oynaga qarash uchun yaqinlashayotganda sumkasi ichidagi telefon juringladi. Asi nafasi ostida bir narsalar deb ming'irlagancha sumkasi tomon qaytib bordi. Va telefonini qo'liga olib, qulog'iga tutdi.
- Eshitaman, - qiz qulog'iga telefonni tutib, yeklasi bilan qisib oldi. Va shu holatda baribir oyna oldiga borib, lab bo'yog'ini yangilashni boshladi.
- Hoy qiz, qanchadan beri uyin tagida kutayotganimni bilasanmi o'zi? O'zi sen bilan birga borishga rozi bo'lmasligim kerak edi, - telefon ortidan qiz bo'ganing g'azabga to'la ovozi yangradi.
- Fioshim, eng kerakli narsamni yo'qotib qo'ydim va qidirib qolib ketdim. Kechira qol, - Asi labiga hali tegmagan lab bo'yog'i cho'tkasini ushlagancha lablarini shishirib gapirdi. Huddi dugonasini qanday qilib eritishni bilgandek.
- Seni deb ishdan javob olganman. Seni tashqarida sovuqda kutgandan ko'ra nechta mijozga gul ulashgan bo'lardim.
- Hoy, o'sha mijozlaringa mendan shunchalar muhimmi?
- Yo'q, sen aynan shunday demoqchisan.
- Seningcha hozir senda tortishish uchun vaqt bormi? Tezroq uyingdan chiqsang tezroq ketar edik. Bechora Sunghoon ham sovuqda izillab seni kutayotgandur.
- Bu gapinga ham to'g'ri. Yana besh daqiqa va men seni oldingda bo'laman.
Asi lab bo'yog'ini berkitib, oyna oldida qoldirdi. Yotoq ustida turgan sumkasini yelkasiga shoshilgancha osib, xonasidan chiqdi.
Yuqoridan zinalar orqali tezlikda tushish ko'yi onasini chaqira boshladi.
- Ha, nima deysan?, - oshxonadan qo'lida sochiq bilan chiqqan ayol qiziga tikilidi.
- Men ketyapman. Bugun Sunghoon bilan uchrashuvimiz bor.
- Yana qanday uchrashuv? Bugun uyda qolib menga yordamlashishing kerak.
- Oyi, bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborolmayman. Bugungisi har kungidanda muhim. Axir bugun sevishganlar kuni, - qiz eshik oldiga borib qulay bo'lgan oyoq kiyimini kiya boshladi.
- Sen qizda uyat degan narsa yo'q. Qanday qilib bunday narsalarni onangga uyalmasdan aytishing mumkin?
- Chunki mening oyim ham menday ishlarni qilgan, - qiz onasini keyingi gapini kutmasdan eshikni ochib tashqarida kutayotgan dugonasi tomon yugurdi.
- Bugun amakingni o'g'li Jungkook qaytadi. Kechki ovqatga kechikma, - ayol qizini orqasidan baqirar ekan, qizi allaqachon dugonasi bilan uy hovlisini tark etgandi.
Ikki dugona bir-biriga bir narsalarni pichirlagancha kelishi kerak bo'lgan qahvaxonaga yetib kelishdi. Bir-birini qo'lini ushlagan holda qahvaxona ichiga kira boshlashdi.
- Men o'zimni bu yerda ortiqchadek his qilyapman. Rostdan ham ikki sevishgan orasida menga nima bor?, - eshikdan asta kirib borish davomida Asini qulog'iga pichirladi Fiona.
- Men hayajonlanaman. Axir bu birinchisi. Va bu haqida senga aytgandim shekilli?, - Asi ham Fionaga javoban pichirladi.
Fiona boshqa hech narsa demadi. Dugonasi bilan birgalikda ularni o'rindiqlardan birida joy olib kutayotgan yigit oldiga borishdi. Yigit ularni tabassum bilan kutib oldi.
- Hayrli kun qizlar, - Sunghoon o'rnidan turib, ularni tabassum bilan kutib oldi.
- Senga ham Sunghoon, - Fiona ham tabassum tezlikda javob qaytardi, - Men ketishim kerak. Bu yerga qahva olish uchun kelgandim. Sizlarga yoqimli kun tilayman.
Fiona Asini mahkam qisib turgan qo'llaridan qochib, kofe sotiladigan joy tomon ketdi. Asi Fiona orqasidan qarab qolgancha bisotida bor so'zlar bilan qarg'adi.
- Sevgilim, - Sunghoon bugungi kunni o'zgacha qilish uchun qizni o'zgacha uslubda chaqirdi.
- Sevgilim?, - Asi ham Sunghoonga hayronlikdan qaradi.
- Ha sevgilim. Endi sevgilimsan shunday emasmi? Va bu kunni birga nishonlaymiz, - Sunghoon Asini qo'lidan ushlab o'rniga joylashdi.
Fiona uchrashuv bahona qahvaxonadan kofe bilan chiqdi. Kofeni ikki qo'llab ushlab olgan holda qahvaxonadan uzoqlasha boshladi. Boshini egib kofedan hosil bo'lgan kichik ko'pikchalarni tomosha qilib ketardi.
Keyin avtobus bekatiga kelib avtobusni kuta boshladi. Kofedan boshini ko'tarib atrofga qaradi. Yonida uzun bo'yli yigitdan boshqa hech kim yo'q. Fiona yana boshqa joylarga alanglagandan keyin yana o'sha jiddiy qiyofada yo'lga qarab turgan yigit tomon qaradi. Faqat bu safar qarash uzoqqa cho'zilib ketdi.
Yigit ham unga qarab turgan nigohlarni sezdi. Va u tomon qarashdan oldin biroz o'ylandi. Va boshini burib yonida kofeni ushlab unga qarab turgan qizga qaradi.
Fiona tezlikda nigohini oyoqlariga qaratib oldi. Yanoqlari qizarib ketdi. Yigit undan deyarli bir qadam uzoqlikda turibti. Yuzi qizargani va unga ko'p qarab yuborgani ham uni uyalishiga sabab bo'layotgan edi.
Fiona o'zini chalg'itish maqsadida oyog'lari deyarli tegib turgan qotib qolgan suv - muzga oyoqlari bilan tegindi. Oyoqlarini sekin muz ustida ishqaladi. Buni bir necha bor takrorlagandan keyin, muz suvlanib Fionani muz ustiga yiqilib tushishiga sabab bo'ldi. Fionani qo'lidagi kofesi yaxshiyamki ustiga emas yon tomoniga to'kildi. Bo'lmasa yigit oldida juda ham sharmanda bo'lishi aniq edi.
- Hoy, yaxshimisan?, - yigit egilib Fionaga qo'l uzatdi.
- M-men... H-ha albatta, - Fiona yigitni yaqindan ko'rib yurag urish ritimi buzildi. Sabab faqat uni kelishkanligidan emas. Balki, uni qo'rqituvchi aurasi sabab ham.
Fiona yigitni qo'lini rad etib, o'zi o'rnidan g'inshigancha turdi. Yigitni yuzidan qochib, boshqa hech bir so'z demadi.
Baxtiga kutayotgan avtobusi keldi. Fiona belini ushlab, yerda yotgan bo'sh kofe idishiga so'nggi bor qarab avtobusga chiqdi. Orqasidan esa haligi yigit qarab qolgancha qoldi.
Bugungi kundan baxtiyor holda qo'l ushlashib kelayotgan ikki sevishgan Asining uyi yonida to'xtashdi.
- Bugungi kun uchun rahmat, Sunghoon, - Asi hali ham Sunghoonni qo'lini ushlagan holda tabassum qildi.
- Sovg'a uchun ham rahmat, sevgilim, - Sunghoon ham javoban tabassum qildi, - Menga yana bir sovg'a hadiya etolasanmi?
Sunghoon tabassum bilan Asiga yaqinlashib qo'llarini qo'yib yuborib, bo'yni tomon yurgizdi. Asi esa Sunghoonni keyingi harakatlarini jimgina kutardi. Sunghoon Asini bo'ynidan ushlab o'ziga yaqin tortib lablarini birlashtirdi. Asi ham biroz hayajonlanib sevgilisini bo'sasiga javob qaytara boshladi.
- Seni sevaman, sevgilim, - Sunghoon bo'sani asta uzib Asini ko'zlariga tikildi.
Sunghoon Asini so'nggi bor bag'riga bosib uyiga kirib ketgunigacha kuzatib turdi. Asi uyga kirib ketgandan so'ng u ham uydan uzoqlasha boshladi.
Ammo ularni oynadan kuzatib turgan yigit qo'lidagi sigaretini ezib tashladi.
Asi eshikni ochib uy ichiga kirdi. Kirish xonadagi chiroqlar o'chirilgan. Mehmonxonadan esa kulgu va suhbat tovushlari eshitilardi. Asi oyoq kiyimini yechishdi. Keyin sumkasini ichidan telefonini olayotgan payt tanish va bo'g'iq ovoz uni harakatidan to'xtatdi.
- Uchrashuvinga maroqli bo'ldimi, sevgilim? Labindagi va tanangdagi har bir izni ishqalab o'chirishim kerakmi?... Yoki so'ribmi?