February 9, 2025

CHILDISH

#CHILDISH
#Episode_10
.

.

.

- Tae Tae, nega qolib ketdingiz? Men sizni sog'inib ketdim, - qiz yuzini erkakni ko'ksiga ko'mgancha bag'riga singishga harakat qilardi. Ammo eridan hech qanday javob olmagandan so'ng boshini erini yuziga qarash uchun ko'tardi, - Tae Tae?

Taehyung joyida qotib turgancha bir nuqataga qarab turardi. Fionani chaqiruvini eshitib boshini egib Fionaga qaradi. Bir muddat shunchaki uning beg'ubor ko'zlariga tikilib qarab turdi. Na uzoqlashdi, na quchdi.

- Tae, yig'ladingizmi?, - erkakni biroz qizargan va nam ko'zlarini mayin bormoqlari bilan siladi qiz. Shu vaqt erkak ko'zlarini yengil ochib yumdi.

Taehyung birdaniga Fionaning yuzini qo'llari orasiga olib, qurib qolgan lablarini bosdi. Lablar bosilishi bilan harakatlana boshladi. Taehyung ko'zlarini yumib, qizni yanada ko'proq his etishiga urinardi. Fiona esa nima qilishni bilmay ko'zlarini yumib oldi. Taehyungni belidan o'rab olgan qo'llarini yanada mahkamladi.

Deyarli ikki daqiqa davom etgan bo'sadan so'ng Taehyung o'rtadagi yopiq masofani biroz ochdi. Fionani yumilgan ko'zlariga qarab, qaltiroq bosgan ovozda gapirdi.

- Menga qara, - erkak hali ham qizni yuziga o'zinikini yaqin tutib, yuzini kaftlari orasida ushlab turardi. Qiz asta ko'zlarini ochib erkakni ko'ziga qaradi, - Seni sevaman... Seni sevaman... Endi sen menda bor yagona insonsan... Meni tashlab ketma... Seni qo'yib yuborsam men azob chekaman. Qo'yib yubormasam sen...

Taehyung so'nggi so'zlarini aytib bo'lgandan keyin Fionani bag'riga bosdi. Ko'zlaridan yosh chiqish davomida yuzini Fionaning sochlari orasiga ko'mdi. Uning hididan tinchlanish uchun yanada chuqur hidladi.

- Tae...nega yig'layapsiz?

- Fiona, - erkak qizni bag'riga bosgancha gapirishga harakat qilardi. Ammo ovozini qaltiroq bosib, tomog'i qurishni boshladi, - Men...Dadam...Endi u yo'q. Endi u biz bilan emas.

Taehyung Fionani yanada mahkam quchib, quyilib kelayotgan ko'zyoshlariga erk berdi.

~~ 1 haftadan so'ng

Bo'lib o'tgan yo'qotish sabab o'tib ketgan bir hafta bilinmadi. Taehyung biroz o'zgargandek. Fionaga nisbatan qattiqo'l ota kabi bo'lib qolgan. Uning yurish turishiga, qachon uyg'onib qachon uxlashiga e'tiborli. Ishdan kech qaytadi. Fiona kech bo'lsa ham Taehyungdan odatdagidek shirinlik olish maqsadida uxlamasdan kutib o'tirar edi. Ammo Taehyung ba'zida shirinliksiz qaytardi. Fiona bundan arazlab, divanda uxlardi. Lekin har tong yana o'zini yotoqda ko'rardi.

Bugun dam olish kuni. Taehyung va Fiona birgalikda uyda. Taehyung uydagi ofisida kompaniyada chala qolgan ishlarini tugatyapti. Fiona esa mehmonxoda har doimgidek zerikib o'tiribti. Ammo eshik qo'ng'irog'ining yangrashi uning bekorchiligidan bir muddat yiroqlashishiga undadi.

Fiona qo'lida mahkam ushlab o'tirgan pultni divan ustiga qo'yib, mayda qadamlar eshik tomon yura boshladi.

- Salom, kichkintoy, - eshikning tashqi tomonida turgan Yoongi kerakli insonini ko'rgandan so'ng yuziga tabassum yugurdi.

- Yaaa, amaki, - qiz Yoongi tomon qadam tashlab, uni yengil bag'riga bosdi. Va yana biroz orqaga yurdi, - Ichkariga kirmaysizmi?

- Yo'q. Aslida seni olib ketgani keldim. Borib kiyinib chiq.

- Qayerga boramiz?

- Shifoxonaga borishimiz kerak, - O'tgan hafta uyga kelgan shifokorlar bir haftadan keyin yana ko'rib uchun seni olib kelishimni aytgan edi.

- Xo'sh, mening malikamga nima bo'lgan ekan?, - birdaniga suhbatga qo'shilgan Taehyung Fionaning yelkalaridan qo'lini o'rab o'ziga yaqinlashtirdi.

- Hayrli kun, janob Kim, - hali ham eshik oldida turgan Yoongi biroz tomog'ini qirib, salomlashdi.

- Sizga ham, janib Min, - Taehyung chuqur va sokin tovushda javob qaytardi, - Mening malikamni nima sababdan shifoxonaga olib borgingiz kelib qoldi?

- Bu xohish emas. Bu shifokor tomonidan aytilgan buyruq hisoblanadi.

Yoongining gaplaridan Taehyungning qoshlari hayronlikal sabab biroz ko'tarildi. Boshini Fiona tomon qaratib, unga 'tushuntirib ber' degandek qarab turardi.

- Fiona, janob Kimga shifokor chaqirtirganimiz haqida aytmaganmiding?

- H-haligi, Taehyung... O'tgan hafta shifokor...kelgandi..., - qiz har bir so'zida boshqa joyga qarab, unga qaratilgan o'tkir nigohlardan qochishga harakat qilardi.

- Sabab?

- Biroz...Ozgina tobim bo'lmadi...

- Shu sabab shifokor aniqlashtirish maqsadida keyingi hafta tekshiruvga chaqirgan edi, - Yoongini Fionani gapirishga qiynalib ketganini bilib gapni o'zi yakunladi.

Taehyung Yoongini gaplarini eshitarkan, Fionani yelkalarini ushlab turgan qo'li mahkamlashdi. Ichida vulqon qaynay boshladi. Ammo hozir uni yuzaga chiqarish vaqti emas.

- Tushunarli, - Taehyung bir nuqataga qaragancha o'ylanib qoldi. Miyasini kelayotgan g'azabdan qochirishga harakat qilardi, - Malikamni o'zim olib boraman, janob Min. Siz o'z ishingiz haqida qayg'urishingiz mumkin. Uzoq yo'l bosib kelgan bo'lsangiz, bizni kechirasiz.

Taehyung gapirish mobaynida yuzida majburan tabassum hosil qildi. Ana endi bu yerda faqat bir kishi emas, balki ikki kishi ichida g'azabni his qilayotgandi.
Yoongi nima deb javob berishni bilmaydi. Hech narsa qilolmaydi ham. Fiona Taehyungning ayoli. Albatta, hech qaysi erkak o'z rafiqasini hech kimga bergisi kelmaydi. Ularni yolg'iz tashlab, ishiga qaytishindan boshqa iloji yo'q.

- Yaxshi, unda menga natijalaring haqida aytasan deb umid qilaman, - Yoongi Fionani xafa qilmaslik uchun yuziga kichik tabassum oldi. Boyadan beri jim turgan Fiona ham tabassum bilan bosh silkidi.

- Yaxshi boring, oppa.

- Yaxshi qol, kichkintoy. Natijalarni men bilan bo'lishish esingdan chiqmasin.

Yoongi so'nggi so'zlarinini aytib, ularni uyini tark etdi. Taehyung bo'sh qo'li bilan eshikni yopib, boshi pastga qarab turgan Fionaga e'tibor qaratdi.

- Demak, mening malikam mening habarimsiz ancha ishni bitiribdi, - erkak qizni yelkasidan qo'llarini olib, yuziga tushib turgan qora sochlarini ortga asabiy taradi.

- Tae... o'sha kuni...siz juda xafa edingiz, - qiz hali ham erini ko'ziga qarashdan qo'rqib, pastga qaragancha davom etdi.

Taehyung Fionani so'zlarini eshitib nima haqida gapirayotganini tushundi. O'sha kun. Gap Taehyungning otasi so'nggi bor nafas olgan kun haqida ketyapti.
Taehyung indamadi. Aybni Fionaga yuklab qo'yolmadi. Ayb o'zida ham emas. O'sha kun u o'zida emasdi. Biror bir narsaga e'tibor berish uchun kuchsiz edi.

- Kiyimlaringni kiy. Shifoxonaga boramiz.

~~

Qorong'u xonada sigaret tutunlari sayr etmoqda. Ushbu tutunlarni sababchisi esa xonaning markazidagi stulda oyoqlarini chalishtirgan holda o'tiribti. Yuz tuzilishi jiddiy va biroz qarilik alomatlarini beruvchi ajinlar paydo bo'lgan. Ammo shunga qaramay, tanasining tuzilishi mahkam va mushakdor.

Erkak juda ham sokin ko'rinadi. O'z holatini bemalol boshqara oladi. Hissiyotlarini, tub-tubida joylashgan g'azabni borligi hatto bilinmayapti.

- Janob, uni topib olib keldik, - eshikdan boshini egib kirgan yigit, boshini ko'tarmasdan xo'jayiniga habar berdi.

- Olib kiring o'sha lanatini, - qorong'udan hirillagan ovoz eshitilgandan so'ng, yigit yana xonani tark etdi.

Ko'p o'tmay boyagi yigit o'zi bilan yana bir insonni qo'lidan sudiragancha olib kirdi. Uni itarib qo'lida sigareti turgan erkak oyoqlari ostiga itardi.
Erkak sigaretidan so'nggi bor shimib, uni oyoqlari ostida titrayotgan yosh erkak bo'yniga issiqligicha ezdi. Xonada qichqiriq ovozi eshitildi.

Bo'yni kuygan erkak o'zini orqaga tashlagancha sudralib qochmoqchi bo'ldi. Ammo eshik oldida turgan yigit yana uni joyiga qaytardi.

- Nima qilib qo'yganingni bilasanmi?, - erkak stulda o'tirgancha sokin holatda davom etdi.

- Janob... M-men...bunday qilmoqchi emasdim, - tanasi qaltirayotgan yosh erkak boshini yerga ekkancha zo'rg'a so'zlarini yakunladi.

- Ammo qilib bo'lding, ahmoq, - tinch holatini butunlay yo'qotgan erkak baqiriq bilan o'rnidan turdi. Va qaltirayotgan erkakni biqiniga oyog'i bilan zarba berdi.

Erkak berayotgan zarbalar yanada ko'payib, og'riqli bo'lib ketdi. Oxirgi zarbani berib, poldagi erkakni qontalash holga keltirib, orqaga qadam tashladi. Terlagan yuzini kaftiga artib, chuqur nafas oldi.

- Otib tashlang bu lanatini.
.

.

.
10- qism tugadi.
Davomi bor...
.

.
#Seol_Sarang
#Twins_fanfics