π©π³π¨πͺπ² πΊπ¬πΉπ¬π΅π¨π«π¬
πππππππ - π
Mashina uy oldida to'xtagach Jungkook tezda mashinadan tushdi. Qiz esa uning yuz ifodasidan seskanib atayin sekinlik bilan harakat qilardi. Yigitning uyga kirib ketishini poylab harakatlanayotgan qizning hayollari puchga chiqdi. Jungkook mashinani aylanib o'tdida qiz tomonni ochib uni bilagidan tutib mashinadan tushirdi. Hech bir so'zsiz ichkariga olib kirgan qizni to'g'ri xonasiga boshladi
β Qo'yib yuboring nimalar qilyapsiz
Qizni ichkariga uloqtirgan Jungkook o'zini bosishga harakat qilardi ammo buni eplay olmadi
β Kim edi u? JIN URSIN YONINGDAGI YIGIT KIM EDI
β T.tanimayman... yangi kelgan o'quvchi ekan
Insu yigitning baqirig'idan qo'rqib zo'rg'a duduqlanib gapirdi.
β MING LA'NAT... SEN IKKALANG QO'L USHLASHIB TURGANDING AXIR
Jungkook zarb bilan mushtini devorga urdi. Uning bu holatidan qo'rqayotgan qizning tobora vahima huruji kuchayarkan nafas olishi qiyinlasha boshladi.
Jungkook o'tmishini yaxshi bilgan holda qizga zarar yetkazmaslikka harakat qilardi. Na unga bu narsalarni aytardi na uni qoyib yuborardi... biroq Jungkook ikkisini ham istamasdi. O'tmishida ilk bor chin qalbdan sevgan insonini necha yillardan buyon endi topgan yigit uni shunchaki qo'yib yuborishni yoki o'zgasiga topshirishni istmadi.
Insu nafaslari qisib oyoqlari o'ziga bo'ysunmay yerga yiqilay deganda Jungkook uni tutib qoldi.
β Insu... Insu tinchlan bo'ldi... meni kechir hammasi o'tib ketadi. Chuqur chuqur nafas ol
Quchog'idagi qizni tinchlantirishga harakat qilayotgan Jungkook u bilan birga harakat qildi. Ayni damda qizning nafas olishiga qiynalayotganini ko'rib o'zini ming marotaba la'natladi
Deyarli yarim soat davomida qizning nafasini me'yorlashishini kutib quchog'ida olib o'tirdi. Insu ham nafasi rostlashar ammo holsizlik sabab shu issiq quchoqda shunchaki ko'zlarini yumdi va birozdan so'ng uxlab qoldi. Jungkook ilk bor qiz bilan bunday yaqinlikdan ko'ngli yengil tortdi. Qizni asta ko'tarib yotoqqa yotqizdi va biroz unga tikilib sekin yanog'idan bo'sa qoldirib chiqib ketdi.
β Men ketyapman Yuna kech qaytaman Insuga yaxshi qaranglar
Yuna har doimgidek yigitning atrofida girdikapalak bo'larkan ammo e'tiborni torta olmadi. Chuqur xo'rsingancha yuqoriga qarab qizni ovozsiz haqoratlab qo'ydi xolos.
Erta tong.
Bugun yakshanba tongi bo'lganligi sababli Insu erinibgina ko'zini ochdi. Soat allaqachon 9 larga yaqinlashib qolgan edi. O'ziga har doimgi qulay bo'lgan tanaga yopishib turadigan fudbolka va oddiy shortik kiydi. Sochlarini tepadan ko'tarib yig'ishtirib qo'ydi. Kecha uxlagani va shu bilan kechlik ham qilmagani uchun to'g'ri oshxonaga kirib o'tirdi
β Hayrli kun xonim nimadir yeysizmi nonushtaga
β Hayrli kun sizga ham.... to'g'risi nima bo'lsa ham yeyaveraman qornim juda och
Xizmatchi ham sekin bosh irg'ab qizning oldiga ovqatlarni qo'ya boshladi. Insu ishtaha bilan nonushta qilarkan tashqaridan kirib kelgan Yuna qizni ko'rib ensa qildi
β Malikamizning ishtahasi karnay
Insu o'ziga ancha tanish bo'lib qolgan bu yoqimsiz ovozdan miyig'ida kuldi
β Menimcha senga yoqmayman shundaymi
β Albattada.... seni ko'rishga hatto ko'zim ham yo'q
Yuna tushunmay qizga qaradi. Insu esa lablarini artib qarshisidagi qizga o'tkir tikildi
β Senga yoqmasligim bu sening muammoying. Yoqmasam marhamat bu uydan yo'qol chunki bu uyda men yashayapman va yashashda davom ham etaveraman afsuski. Qo'lingdan hech kim tutib turmabdi bu uydan ket istasang
Yuna qizga qayta javob qilmoqchi bo'ldiyu ammo ish boshqaruvchi xonim qizni chaqirib qoldi. Shu payt eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Insu bunga umuman e'tibor bermasdan sutli ichimligini ichishda davom etaverdi. Ammo ichkariga kirib kelgan yigitni ko'rib biroz esankirab qoldi
Insu ichayotgan sutiga tiqilib qattiq yo'talarkan yigit kelib uning orqasidan sekin qoqib qo'ydi.
β Demak sen ekansanda o'sha malika.... sen haqingda hamma eshitgan o'ziyam
β Menmi?!... Men Jeon Jihoon
Yigit qizga qo'l uzatarkan Insu uning familiyasini eshitib qotib qoldi. Bir yigitning yuziga bir uzatilgan qo'lga qararkan istar-istamas sekin qo'l uzatdi.
β Tanishganimdan xursandman kabutar
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°
Jungkook kechagi kuchli mastlik sabab arang ko'zlarini ochdi. Boshida og'riq va og'irlik yigitning harakatlanishini qiyinlashtirsa ham Jungkook erinibgina hammomga kirib dush qabul qildi. Yengil sport shimi va futbolka kiygan yigit birinchi bo'lib qizning xonasiga nazar tashladi. Xonada qizni ko'rmagach sekin zinalardan pastlay boshladi hamki oshxona tomondan kelayotgan ovozlar uning harakatini biroz muddatga chekladi. Jungkook tezroq oshxona tomon harakatlandi. Ammo ichkaridagi manzara uning ko'zlarini qonga to'ldirdi. Jungkook aynan Jihoon qizning lablaridagi sutni artayotgan paytida kirib qolgan edi.
Ichkariga kirgan yigitning qo'pol tarzda tomoq qirishidan ikkisi ham u tomonga qaradi. Jihoonning yuz tuzilishi o'zgarmasada Insu biroz undan hadiksiradi. O'rnidan sekin turdi. Jungkook biroz oldingi manzarani unutib qizning ustidagi kiyimlardan avvalgidan ham battarroq asabiylashdi.
β Insu xonangga chiq... Hoziroq
Jihoon yigitga tirjaygancha qarab turarkan Insu so'zsiz yigitning aytganini qildi. Jungkookning o'tkir nigohlari Jihoonga qadalgan ammo uniki esa qizni to yuqoriga chiqib ketgunicha kuzatib turdi
β Tirik qolishni istasang bu yerdan yo'qol
Jungkook o'zini bosgancha ukasiga e'tibor bermaslikka harakat qilarkan ammo hozirgi vaziyat va o'tmish uning ongida gavdalana boshlardi
β Oyim yubordilar meni.... endi men ham kompaniyaga ishga kirishim kerak. O'zingiz meni shogirdlikka olasiz
Jungkook qo'lidagi stakanni zarb bilan stolga urdida o'rnidan turib Jihoonning bo'g'zidan oldi
β Jihoon sabrimni sinama... hali qilganlaringni unutganim yo'q. Bu uchun aslida seni ham Yerimni ham o'ldirib yuborishim kerak edi
Shu payt Jihoon telbalar kabi kulishni boshlarkan Jungkookning g'azabi tobora kuchaya bordi.
β Akajon... men shunchaki sizni ko'zingizni ochdim. O'sha Yerim qandayligini men bilan birga yotoqda ko'rganingizdayoq bilgansiz deb o'ylagandim. Aslida bu taklifni menga Yerim bergan. Sizning zaifligingiz sabab men bilan bo'lishga rozi bo'lgandi
Jungkook bu gaplardan zarb bilan uni chetga uloqtirdi. Jihoon o'zini o'nglab o'rnidan turdi
β Keling hammasini unutaylik aka... o'sha Yerimni ham unuting chunki yoningizda Insu kabi qiz bilan yashayapsiz
β Uni ismini tilingga ham olmaa
β Yaxshi... yaxshi tushundim.
Jihoon ikki qo'lini yonga ko'tarib tushuntirdi. Eshik tomon borayotganda qayta akasiga yuzlandi
β Ertaga yoningizga kompaniyaga boraman. Meni kuting akajonn
Jungkook yigitning gaplarini hazm qilolmay o'tirgan bir onda hayoliga Insu keldi. Tezda yuqori qavatga chiqib ketdi
Xonasida qiz zerikkandan nima qilishni bilmay turgan bir paytda xona eshigi shiddat bilan ochilib ichkariga Jungkook kirib keldi. Insu sekin o'rnidan turdi... Jungkook qizning qarshisiga kelib uni boshdan oyoq kuzatdi
Qiz hayron yigitga tikilarkan Jungkook aynan nimani nazarda tutganini endi tushundi.
β Nega bu ahvolda pastga tushding
β Ahvolimga nima qilibdi. Har doimgi kiyinishim
β BU YERDA MENI QOIDALARIM BOR. Har doimgi kiyinishing bu yerda o'tmaydi. Jihoon senga qanday ko'z bilan qaraganini sezdingmi o'zi.
β Men qayerdan bilay... nima ukangiz kelishini bilib atay shunday kiyinibmanmi? Uni ustiga bu yomon kiyim emas. Men hatto bu ko'rinishda ko'chaga ham chiqqanman. Nima endi sizni buyrug'ingizni deb uyda ham to'g'ri kiyolmaymanmi?
Insu yigitning bo'rtib chiqqan tomirlarini ko'rib nima deb qo'yganini kech angladi.
β Hatto ko'chada ham shu ko'rinishda
Jungkook qayta qizga boshdan oyoq qaradi. Hayolida ming hil iflos fikrlar aylana boshladi hamki asablari yetarlicha buzilganini uning qizargan yuzidan bilish qiyin emasdi
Qizning gaplari yakuniga yetmasidan Jungkook uni yotoqqa bosdi. Bo'ynidan bo'g'ishga taqlid qilgandek qo'llarini bosib turdi ammo bu teginish kuchli emasdi
β Insu.... meni chegaradan chiqishga majburlaman uqdingmi? Men seni sevishimni aytgan bo'lsamda senda menga nisbatan iliqlik yo'q buni bilaman ammo vaxshiy Jungkookni uyg'otib keyin menga nisbatan nafrating paydo bo'lishini istamayman. Gaplarimni yodingdan chiqarma
Timeskip>>>>>
Jungkook xonasida ishqog'ozlarini tekshirib o'tirarkan xona eshigi ruxsatsiz ochilib ichkariga Jihoon kirib keldi.
Jungkook hazl aralash gapirib kelib o'rindiqlardan biriga o'tirdi. Jungkook ishlarini bir zum to'xtatib ukasiga qattiq tikildi
β Nega ruxsatsiz xonaga kirasan
β Sorry akajon... taqillatish yodimdan chiqib qolibdi. Uni ustiga bu kompaniya ham meniki-ku....
β Nega kelding β tezroq yigitning ketishini istagan Jungkook maqsadga o'tdi
β Albatta ishga keldim... meni ham direktor qilib qo'ying qayergadir oyim endi ishlashim kerakligini aytib tinch qo'ymayapti
β Senga menejerlik lavozimini beraman direktorlik hali qo'lingdan kelmaydi endi esa chiqishing mumkin
Jihoonning gaplari nihoyasiga yetmasidanoq eshik yana ruxsatsiz ochilib bu safar xonaga Yerim baland poshnalarini taqillatgancha kirib keldi.
Yerim xonada Jihoonni ham ko'rib bir zum karaxt bo'lib qoldi
β Ouvv eski sevishganlar yana topishdi... men ketaqolay endi
Jungkook bugungi uchrashuvlardan yetarlicha asabiylashdi. Ayniqsa ukasi va sobiq xotinini yana bir bor birga ko'rib turgani....
Jihoon hazl aralash yana chiqib ketgach Yerim Jungkookga yuzlandi
β Azizim meni sog'indingizmi
Yerim Jungkookga yaqinlashib endi bo'yniga yawinlashmoqchi bo'lganda Jungkook qizni o'zidan keskin uzoqlashtirdi
β Immm bilaman... jahling chiqyapti yana qayta ukang bilan....
β Meni sen bilan ham Jihoon bilan ham endi ishim yo'q. Nega kelganingni so'radim Yerim
Yerim chuqur uhh tortgancha gaplarini davom ettirdi
β Xullas ertaga kompaniyani 20 yillik yubileyi... har yilgidek katta qilib bazm qilasan Jungkook. Va bunday ishlarda har doimgi hamrohing albatta men bo'lganman. Lekin....
β Xavotir olma mening hamrohim bor. Yo'q bo'lgan taqdirda ham seni hamroh sifatida o'zimga sherik qilmasdim
β Hmm demak o'sha kichkina foxishani mendan ustun ko'ryapsanmi
β Tilingga erk berma Yerim
Jungkookning qattiq g'azabidan jim qolgan Yerim sekin o'rnidan turdi.
β Mayli Jungkook ko'rishguncha
Yerim xonani tark etgach Jungkook g'azablanib barcha hujjatlarni ostun-ustun qildi. Yerim xonadan chiqqach baland poshnalarini taqillatib boshqa bir xona eshigi tomon harakatlandi. Eshikni taqillatmay ichkariga yana bir bor kirgan qiz bu gal sobiq turmush o'rtog'ining ukasi qarshisiga keldi
β Ouvvv kimlarni ko'ryapman sobiq kelinoyijonn
β Seni ham ko'rganimdan xursand emasman Jihoon
β Immm chindanmi akamning ko'nglini ololmadingiz shekilli aa xonim
Jihoon qo'llarini shimining cho'ntagiga tiqqancha qizga iztehzoli nigoh bilan gapirarkan Yerim so'nggida kelib yigitning bo'ynidan qo'llarini o'tkazib chuqur bo'sa oldi
β Yo'q unday emas ekan sevgilim judayammm sog'inibman.... akangga kelsak sen xonada bo'lmaganingda avrash oson bo'lardi afsuski
β Akam haqida gapirishing menga yoqmaydi kelinoyi
β Bir qoshiq qonimdan keching janob.... β Yerim soxta afsus bilan yigitga yaltoqlandi β Seni sog'inib butun tanam qaqshadi axir...
β Men va mening kichkintoyim ham seni sog'indi
Jihoon qizning belidan mahkam siqqancha bo'ynidan o'pich qoldirib gapirdi
β Hmm kichkintoying sog'inganini negadir his qilmayapman
Yerim tanasini yigitning a*zosiga qattiqroq botirgancha norozi bo'lib so'zladi
β Demak buni his qildirishim kerak ekanda
Tashabbuskorlikni qiz o'z qo'liga olgancha birinchi navbatda o'zining kiyimlaridan xalos bo'la boshladi. Jihoon ham nafsini boshqarolmay qizning oyoqlarini belidan o'ragancha ko'tarib ichkari xonaga olib kirib ketdi....
β’
β’
β’
β’
β’
β’
β’
β’
β’
β’
Kechki payt Jungkook o'z xonadoniga qaytarkan birinchi navbatda uni har doimgidek Yuna qarshi oldi. Ammo har doimigidek e'tiborisizlik. Jungkook birinchi navbatda o'zining ishxonasiga kirar chog'i Yunaga gapirdi
β Yuna menga Jungwooni chaqir
β Ho'p bo'ladi janob Jeon
Biroz vaqtdan so'ng xona eshigi taqillarkan Jungkook bo'ynidagi bo'yinbog'ini bo'shatib kresloga o'tirish barobarida buyruq berdi
β Chaqirtirgan ekansiz janob Jeon
Jungwoo qarshisidagi boshligiga xiyol ta'zim qildi. Jungkook yigitga tikilib unga bergan topshirig'ini natijasini so'radi
β Ho'sh bugungi kun qanday bo'ldi. U yana o'sha yigit bilan ko'rishdimi
β Ha janob bugungi kun odatiy o'tdi ammo tanaffuslarda doim ular birga yurishdi
Bu gapning o'zi Jungkook uchun yetarli bo'ldi. Deyarli yarim kun boshqa yigit bilan birga yurgan qizni tasavvur qilib bo'yin tomirlari bo'rtib chiqdi.
β Menga o'sha yigit haqida ma'lumot to'plab kel
Jungkook yigitga buyruq berish barobarida o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi. Ayni paytdagi charchoq ustiga aytilgan bu gaplar uning chegarasining buzilishiga deyarli yaqin masofada edi. Jungkook manzilini qizning xonasi tomon burib shaxt bilan eshikni ochdi
Insu yana xonasiga darg'azab ko'rinishda kirgan yigitga e'tibor bermaslikka urinib xotirjam gapirdi. Jungkook ham qizning xotirjamligini sezgandek uning qarshisiga kelib ko'zlariga tikildi. Ikki nigohlar bir-birini uzilmas... go'yo bu ko'zlar orqali bir-biri bilan suhbatlashayotgan juftlikdek ko'rinishardi. Ammo bu sukunatni Jungkook buzdi
β U bilan qanchalik yaqinsan
β Nima?! β Insu tushunqiramay yigitga qayta savol berdi
β Nima emas kim?! β Qizning yoniga qadamma qadam yaqinlashgancha davim ettirdi
β O'sha yangi kelgan yigit bilan qanchalik yaqinsan deyapman
Insu ham o'ziga qarshi kelayotgan tanadan ortga chekingancha qadam bosdi ammo yo'lning oxiri katta oynali javon bo'ldi
β U... u bilan yaqin emasmiz... shunchaki u yangi va biz do'stmiz
β Qiz va yigit o'rtasida do'stlik bo'lmaydi β Jungkook jahl aralash baqirib mushtini javonga urdi.
β Oramizda hech narsa yo'q... rost gapiryapman
β Hih... rostanmi?! Deyarli kuningni yarmini u bilan o'tkazadigan darajada... qanaqasiga orangizda hech narsa yo'q
β Meni hali kuzatib yuribsizmi?
Endilikda o'zida kuch topgan qiz qarshisidagi yigitga qoshlarini chimirib savol berdi.
β Yo'q aksincha siz endi bas qiling. Nega doim tirnoq ichidan kir qidiraverasiz? Menga yordamingiz sababini bilaman va shunga yarasha men ham javob qaytarishga harakat qilyapman ammo siz doim o'rtamizda devor paydo bo'lishiga sababchi bo'lyapsiz. Shuni bilib qo'ying... menga siz xo'jayin emassiz va o'zingiz o'sha sevgingiz bilan ovunib yuravering
Qizning bo'ynidan siqimlagan Jungkook bu gaplardan baqirib yubordi. Bo'ynidagi qo'lning bosimi kuchli bo'lmasada ammo bosim bor edi. Ortiq biror so'z demagan bu tillar jim qolib yana ko'zlar to'qnashdi. Jungkook sekin qizni qo'yib yubordi. Qizning nafratiga loyiq bo'lishni istamagan Jungkook sekin undan uzoqlashdi
β Men buvimni ko'rishga bormoqchiman
Eshikdan chiqishga shaylangan yigitni qizning gaplari to'xtatdi
β Bormaysan! Bu sen uchun jazo... sabrim bilan o'ynashma Insu bu so'nggi ogohlantirishim
Ortiq so'z demay xonadan chiqib ketgan yigitning ortidan hayron qolgan qiz sekin yotoqqa o'tirdi.
~ u o'zi sog' odammi yoki kasal... aqldan ozaman bu ketishda. Mening harakatlarimga ta'qiq qo'yishi nima endi. Ey hudoyim... u g'azablanganda negadir qo'rqaman doim. Mendagi jasurlik uning oldida yo'qoladi jin ursin*
Timeskip
Katta stol atrofida har doimgidek shohona bezatilgan dasturxon.... bu faqat ikki kishi uchun atalgan. Ammo kechlikdan so'ng doimgidek ko'pgina ovqatlar isrof bo'lardi. Mana har doimgidek butun stol atrofidan yolg'iz ikki kishi.... ammo ikkisi ham sukutda. Faqat sanchqi va pichoqning likopchaga urilishi yangrardi xolos.
Nihoyat Jungkook lablarini sochiqqa artgancha so'z boshladi
β Ertaga kompaniyaning yubiley marosimini uyishtiryapman
Qadahdagi viskidan simirgancha qizga ko'z qiridan qaradi
β Xo'sh buni menga nima aloqasi bor?
β Aloqasi shundan iboratki ertaga sen menga hamroh bo'lishingni hohlayman.
β Afsuski men sizning hamrohingiz bo'lmayman
Yigitning gaplarini keskin rad etgan qizga Jungkookning qoshlari chimirildi
β Siz menga buvimni va ukamni ko'rishni chekladingizmi men ham sizning aytgan hech bir hohishingizni qilmayman
Insu gaplarini yakunlab zarda bilan o'rnidan turdi. Ketishga chog'langan bir paytda Jungkook uning bilaklaridan tutdi
β Yaxshi ertaga menga hamroh bo'lasan va undan so'ng istaganingcha ruxsat beraman buvingni ko'rishga
β Kelishuv shunaqa bo'ladi janob Jeon
Kinoya aralash gapirgan qiz yuqoriga chiqib ketdi. Undan umuman bunday jasoratni kutmagan yigit yengil kulib qo'ydi. Bir paytlar oilasi evaziga kelishuv taklif qilgan qizga bu gal xuddi o'zi qilgandek javob oldi
β Uni nima qilib bo'lsa ham yo'qotish kerak Jihoon
Jeon xonim u yoqdan bu yoqqa yurgancha asabiy o'g'liga baqirdi. Jihoon esa hotirjam o'tirib qahvasidan simirdi.
β Xavotir olmang oyijon... ertaga bazmdan so'ng zo'r tomosha bo'ladi. Buni Jungkook ko'tarolmaydi ayniqsa sevgan insoni tomonidan bo'lsa
Yerim qiziqsinib yigitdan so'radi. Jihoonning yashirin gaplari ostida katta ma'no yashiringanini sezgan qiz qo'rqqanicha undan so'radi
β Ikkingiz ham Jungkookdan ehtiyot bo'ling. Agar qizni yo'q qilmasangiz bir kuni barcha yolg'onlar fosh bo'lsa Jungkook hech birimizni tirik qoldirmaydi
Jihoon so'nggi so'zlarini onasiga aytib uning yuzidan o'pich qoldirdida o'zi xonasiga chiqib ketdi. Mehmonxonada faqat Yerim va Jeon xonim qolishgach Jeon xonim sekin Yerim tomon qaradi
β Mendan hali ham xafamisan qizim
β Meni qizim demang iltimos... ko'nglim ayniydi
Yerim oxiri tutaqib past ammo o'tkir ovozda Jeon xonimga gapirdi
β Siz tufayli hayotim barbod bo'ldi. Siz qildingiz.... turli xil erkaklar bilan yurib meni orttirib oldingiz o'z o'g'lingiz... eringiz bo'la turib. Keyinchi... tashlab ketdingiz. Bir buyum kabi.... Taqdirni qarang. Yer aylanib kelib qaytib sizga kelin bo'ldim. O'z qizingiz o'zingizga kelin bo'ldi. Ammo yaxshiyamki Jungkook o'z o'g'lingiz emas deb turganimda Jihoon bilan o'sha ish.... Jihoon bilan otamiz boshqa ammo la'natlar bo'lsinki bir ona bizni tuqqan. Sal kam onamning o'g'li bilan o'ynashib yuribman
Yerim ichidagilarini to'kib-sochgancha Jeon xonimga baqirdi. Jeon xonim boshini quyi eggancha aybini tan olib jim turarkan bu Yerimning sabrini tugatdi. Zarda bilan sumkasini qo'liga olgan qiz uydan chiqib ketdi.