February 9

𝑩𝑳𝑨π‘ͺ𝑲 𝑺𝑬𝑹𝑬𝑡𝑨𝑫𝑬

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 - 𝟏𝟐

β€” Gumonlanuvchi Yu Insu... Jeon Jungkookni qasddan o'ldirishga uringansiz. Jinoyatingizni tan olasizmi?!

Qorong'u xonaning o'rtasida Insu va uning qarshisida tergovchi unga turli savollar berardi. Ammo qizning hayoli o'zida emasdi. Bir nuqtaga qaragancha jim turardi. Hattoki tergovchining savollarini ham tinglamasdi.

β€” Xonim vaziyatni chigallashtirmang bu sizga ham ziyon.... savollarimizga qanchalik tez javob bersangiz shunchalik tez tugatamiz

Insu shunda uning yuziga tikildi. Bu sukut va nigohlar uning roziligidan darak berardi. Tergovchi ham boshini silkigancha sekin savol bera boshladi

β€” Jeon Jungkookga kim bo'lasiz?

β€” Hech kim β€” biroz muddatli sukutdan so'ng titroq ovozda javob berdi.

β€” Janob Jeonga qasddan hujum qilganingizni biror sababi bormi?

β€” Yo'q

β€” Demak atayin Jeonning joniga suiqasd qilgansiz. Uni o'ldirishga harakat qilganingizni tan olasizmi

β€” Ha

Bu iqror barcha savollarga yakun yasadi. Prokuror o'ziga kerakli natijani olgancha xonadan chiqib ketarkan qizni maxsus kameraga joylashni buyurdi.

β€’
β€’
β€’
β€’
β€’
β€’

Jungwoo katta qasr darvozalaridan kirib kelarkan xonadonning ichki muhitidan yuragi ortga tortib ketdi. Ichkariga kirishi bilan birma-bir xizmatchiyu qo'riqchilarga qaradida darhol so'radi

β€” Jeon xonim qayerda

β€” U hech qanday Jeon xonim emas β€” Jungwooning savolidan hamma bir biriga qarab sukut saqlarkan ularning ichidan Yuna shiddat bilan gapira boshladi.

β€” Qilgan qilmishiga yarasha javob olishi kerak. Politsiya olib ketdi...

β€” Sen nimalar deyapsan

Jungwoo qizga yaqinlashgan ondan yuqoridan kelayotgan qadam tovushlari uni joyida muzlatdi. Yuqoridan tushib kelayotgan Jeon xonim Yunaning o'rniga javob berdi

β€” Aynan shunday Jungwoo.... u qilmishiga yarashasini oladi endi. Ko'chadan kelgan yalangoyoq mening o'g'limni joniga qasd qildi men bunga jim qarab turmayman

Jungwoo Jeon xonimni yaxshi bilgani uchun indamay qo'yaqoldi. Ammo bu yerda boshqa gap borligini sezgancha jim qoldi

β€” O'g'limning ahvoli yaxshimi? Uni ko'rmoqchiman

β€” Jeon xonim janob Jeonning ahvoli hozir yaxshi. Sizni ertaga olib boraman. Shifokorlar menga ham ruxsat berishmadi ko'rishga

Jeon xonim hissiz uning so'zlarini tinglab bosh irg'ab qo'ydi. Yuqoriga chiqib ketayotgan ayolni ko'rgan Jungwoo zudlik bilan uyni tark etdi. Bir necha daqiqalik yo'ldan so'ng mashina mahkama oldida to'xtarkan Jungwoo darhol o'zini ichkariga urdi.

β€” Menga Jeon... Yu Insu qaysi kamerada

β€” Ko'rishish uchun ruxsat yo'q

Jungwoo navbatchi inspektorga o'zini tanishtirgancha qizning oldiga yo'l oldi. Birgina kameraning burchagida Insu tizzalarini quchib o'tirardi xolos. Jungwoo uning bu holatini ko'rib ohista qizni chaqirdi

β€” Insu

O'ziga tanish bo'lgan ovoz egasidan bitincha marta ismini eshitayotgan qiz sekin boshini ko'tardi. Panjara ortida Jungwoo unga tikilgancha qarab turardi

β€” Nega kelding

Qizning ilk savoli shu bo'ldi. Ammo bu uchun Jungwooda javob topilmadi. Insu yana xo'rsingancha boshini egdi

β€” U tirikmi?! Ahvoli qanday

O'zi istamasada o'sha daqiqadan boshlab uning yuragini xavotir egallagandi. Jungwoodan bu haqida so'rarkan uning yuzi biroz yorishdi

β€” Janob Jeon tirik. Hozir ahvoli barqaror. Ertaga uyg'onishi mumkin

β€” Yaxshi

Insu oddiygina gapirgancha yana joyiga o'tirdi. Jungwoo qizga qarab nima haqida gapirishni bilmasdi

β€” Jeon xonim

β€” Meni bunday chaqirma Jungwoo iltimos β€” qizning iltimosiga binoan jim qolgan Jungwoo uni boshqa chaqirmadi. Ammo ismi bilan chaqirishni ham o'ziga ep ko'rolmadi

β€” Sizni albatta bu yerdan olib chiqamiz... Janob Jeon bu yerda qolishingizga yo'l qo'ymaydi

Jungwoo qizga tasalli berishni istardi ammo bu so'zlar Insuga qiziq emasdi endi. Jungwoo biroz shu yerda qolgach qizdan tayinli so'z eshitmagach ketishni maqul ko'rdi

Jungwoo

β€’
β€’
β€’
β€’

Timeskip

β€” Jihoon o'g'lim bu eng qulay vaziyat foydalanib qolishimiz kerak... boshqa bunday qulay fursat bo'lmaydi

Sojin xonim o'g'liga yalingancha gapirar ekan Jihoon xotirjam derazadan shahar manzarasini tomosha qilardi

β€” Oyi... bunchalik chuqur o'ylash shart emas

β€” Sen shunday deb o'ylaysan... o'sha hamshira bizni sotmagani bu bizni omadimiz ammo omad ham bir marta keladi Jihoon. Qizni qamoqqa jo'natib o'sha yerda bir yoqlik qilish kerak... Jungkook bilan esa keyinchalik shug'ullanamiz

β€” Siz havotir olmang oyi buyog'i mening ishim.... o'g'lingizni ko'rish uchun bordingizmi

β€” Bu menga qiziq deb o'ylaysanmi

β€” Naqadar toshbag'ir onasiz

Jihoon Jeon xonimning ustidan mazaxlagancha unga kinoya bilan gapirarkan bundan Jeon xonimning jazavasi qo'zidi

β€” Mening ustimdan masxara qilyapsanmi? Uyalmaysanmi Jihoon

β€” Oyi jiddiy olmang iltimos

β€” Bu senga hazil narsa emas Jihoon! Ertaga qiz uchun sud bo'ladi. Bu ishni tezlashtirdim. Yetarlicha dalillarim ham bor. Jungkook uyg'onmasidanoq uni yo'q qilish kerak

* **

ERTASI KUNI

Jungwoo tuni bilan Jungkookni qo'riqlab chiqdi. Tongdan qizning sud kuni ekanligini xabarini olgach nima qilishni bilmay qoldi. Go'yo ikki o't orasida qolgandek bo'ldi. Jungkookning odamlari orqali bu ishni yopmoqchi bo'lganda Jihoon va Jeon xonimning oldida kuchi yetmadi.

Barcha sud zalida yig'ilgan edi. Old o'rinlardan esa Jeon xonim Jihoon hattoki Yuna ham bor edi. Jihoon ichkariga kirganda ularni ko'rib o'zida aybdorlikni his qildi. U qizni himoya qila olmadi. Jungkookga bergan va'dasini bajara olmadi.

β€” Sudni ochiq deb e'lon qilamiz....

Sudya qarshisida bir qancha dalillar keltirib qo'yilarkan sudya ularga bir bir ko'z yugurtirib chiqdi.

β€” Jabrlanuvchi tomon... biror gapingiz bormi

β€” Janob sudya β€” Jeon xonim darhol yuzida bechorani aks ettirib soxta ko'zyoshlarni jamladi

β€” Bu qiz o'g'limni... merosxo'rimni o'ldirmoqchi bo'ldi. Mening o'g'lim uning oilasiga qancha yaxshilik qilgandi... hatto uyiga ham ishga olgandi. Ammo bu nonko'r o'g'limni o'ldirishga urindi. Jeonlar sulolasining merosxo'riga suiqasd qildi. Bir umrlik qamoq jazosini berishingizni talab qilaman. Agar o'g'limga nimadir bo'lsa men chiday olmayman

Sudya bu onaning dardini eshitib bo'lib Insu tomon yuzlandi.

β€” Ayblanuvchi... e'tirozingiz bormi. Aybingizni tan olasizmi?

β€” Tan olaman....

Zalni bir zumda pichir - pichirlar qoplab olarkan Jihoon bir chekkada qizga boqib turardi. Bir kunda qizning so'lib qolgan yuzini... ko'zlarida esa qo'rquv aybdorlik hissini ko'rib chuqur xo'rsindi.

β€” Sud hukm chiqaradi. Ayblanuvchi Yu Insu Jeon korporatsiyasining merosxo'ri Jeon Jungkookga qasddan hujum qilib uni o'ldirishga uringanligi va jabrlanuvchiga jiddiy tan jarohat yetkazganligi uchun 7 yil ozodlikdan mahrum etiladi

β€’

β€’

β€’

β€’

β€” Ouvv bizda yangisi kelibdiku...

Insu qo'lida narsalari bilan ayollar uchun mo'ljallangan qamoqxonaga yetib kelgach ichkaridagi muhitdan ilk bor qo'rquvni his qildi

β€” Sening joying mana bu yerda

Semizroq qo'riqchi ayollardan biri unga o'rnini ko'rsatgancha mahbuslar xonasidan chiaib ketdi. Insu borib o'rniga joylasharkan qasos o'tida yonayotgan nigohlar undan uzilmasdi.

β€” Isming nima? β€” Qariroq ayoldan bir kelib qizdan so'radi.

β€” Insu....

β€” Chiroyli ism... sendek chiroylilarning joyi bu yerda emas. Nima qilding

β€” Men.... men.... odam o'ldirmoqchi bo'ldim

β€” Tushunarli... birozdan so'ng tushlik ortimdan yur

Mahbuslarning hammasi oshxonaga chiqishgach tushlik berila boshladi. Insu patnisida berilgan ovqatni ko'rib ko'ngli ag'darildi. O'zini tutolmay hojatxonaga yugurdi.

Qiynalib oshqozonini bo'shatayotgan qiz ilk bor farzandi borligini his qildi. Qo'lini qorniga qo'ygancha oynaga qaradi.

β€” Hech bo'lmasa sen yonimdasan....

β€” Bizning malikamiz homilador ediyaa

Hojatxonaga bir ko'zi bog'langan yuzini deyarli yarmi kuyib chandiq bo'lib qolgan ayol tirjaygancha qizga yaqinlashdi. Insu undan qo'rqib ortga tisarildi

β€” Sizga nima kerak

β€” Sen la'natini o'ldirsam bo'lgani

Insu ortga tisarilgancha qochishga harakat qilganda qiz uning sochlaridan changallab oldi.

β€” La'nati... qara seni deb qay ahvolga tushdim... qara... yaxshilab qara

Ayol qarab bo'lmaydigan yuzini qizga ko'rsatgancha uni chetga uloqtirib yubordi. Insu qizni kimligini bilgandek bo'ldi

β€” S.sen... o'sha qizsan... kasalxonadagi

β€” Ha jonginam... xuddi o'zi... Mire bilan sichqon mushuk tugadi xonimcha

Insu o'zi tomon yaqin kelayotgan bu ayolning oyog'iga tepdi. Mire yerga cho'kkalab o'tirib qolarkan Insu uning yonidan o'tib qochmoqchi bo'lganda qayta qizga tashlandi.

β€” Seni deb men shu yerdaman.... o'sha kuni tinchgina o'lib ketganingda bunday bo'lmasdi

Mire qizni tepkilay boshlaganda Insu qo'llari bilan qornini to'sdi. Jon azobidan baqirishni boshlagan Insuning qichqirig'i tashqariga eshitilgan onda xonaga qo'riqchilar yetib kelishdi. Qizdan Mireni ajratib olisharkan Insu hushini yo'qotdi.

Flashbacks

β€” Janob Jihoon?!

β€” Mire... ko'rinishing juda yomon

Jihoon qizni ustidan to'g'ridan to'g'ri masxara qilib kuldi. Mire yuzidan uyalgancha boshini egdi.

β€” Bularni hammasiga janob Jeon aybdor.... u ichkarida ham odam qo'yib meni yetarlicha qiynadi... ammo ishoning janob Jihoon men hech narsani aytmadim

β€” Senga ishonaman Mire... qasos olishni istaysanmi? Shu ahvolga tushganing uchun

Mire unga sirli boqib miyig'ida kulgan yigitga hayron qaradi.

β€” Qanaqasiga janob Jihoon

β€” Yaqinda o'sha qushcha sening oldingga o'zi boradi.... uni bir yoqlik qil vassalom. Xohlasang azoblab o'ldir xohlasang shunchaki o'ldirib yubor ammo shu ikki kun ichida qamoqxonadan jasadi chiqishi kerak

Timeskip>>>

Jungwoo qamoqxonadan kelgan xabarni eshitgan zahoti kasalxonani tark etdi.

β€” Nima bo'ldi ahvoli qanday?

Bir nechta qo'riqchilar boshligida qamoqxonaning maxsus tibbiy xonasiga kirgach qizni ahvolini ko'rib shifokordan so'radi.

β€” Kaltaklashgan. Uning ustiga homilador ekan

β€” Bola?! U tirikmi

β€” Baxtiga tirik. Qorniga kam zarba tekkan ammo bu ketishida o'zi ham tirik qolmaydi. Qamoqxona sharoitini bilasiz janob Jungwoo

Jungwoo qizning oldidan chiqqach qo'riqchiga yuzlandi.

β€” Men Yein bilan ko'rishishim kerak. Hoziroq!!

β€’

β€’

β€’

β€’

β€’

Kasalxona palatasida qo'llariga ulangan osma dorilar.... og'ziga yopilgan suniy nafas apparati bir maromda ovoz chiqarayotgan kompyuter xonaning sukutini buzib turardi. Faqatgina tinch muhitdan o'zga narsasi yo'q. Ammo shu bir necha soniya orasida bemorning barmoqlaridagi qimirlash so'ng uning chuqur nafas olishini ta'minladi. Jungkook asta-sekin ko'zlarini ocharkan xira ko'rayotgan atrofini anglashga harakat qilardi. Bo'lib o'tgan voqealarni xotirlagancha yuzidagi nafas olish niqobini yechib tashladi. Ko'ksidagi og'riqqa qaramay turishga harakat qilganda palata eshigi ochilib ichkariga Jungwoo kirganda Jungkookning hushiga kelganidan hayratda qoldi.

β€” Janob Jeon..... ahvolingiz yaxshimi?

Jungwoo Jungkookning oldiga kelgancha unga yordamlasharkan baqirgancha shifokorni chaqirdi.

* * * *

β€” Janob Jeon ahvolingiz yaxshi ammo hozircha o'rningizdan turish mumkin emas. Jiddiy jarohat olib qiyin operatsiyani boshingizdan o'tkazdingiz

β€” Men ketishim kerak

β€” Sizga mumkin emas

Shifokor unga yana bir bor ta'kidlaganda Jungkookning qahrli nigohlariga duch kelib jim qoldi. Jungwoo doktorga chiqishga ruxsat bergancha o'zi Jungkookga yuzlandi

β€” Nima bo'ldi Jungwoo?! Insu yaxshimi?

Yigitning bu savolidan tilini tishlagan Jungwoo boshini pastga egdi. Jungkook uning bu sukutidan battar asabiylashib qayta so'radi. Jungwoo esa chuqur xo'rsingancha sekin gap boshladi

β€” Janob...

β€” Kechki payt β€”

β€” Yaxshimisan

Hushiga kelgan qiz yonida o'tirgan begona qizni ko'rib undan cho'chidi.

β€” Kimsiz?!

β€” Qo'rqma senga zarar bermayman. Bugundan boshlab mening himoyamdasan. Qani tur ortimdan yur

Insu bu qizga ishonishni istamadi. Joyidan jilmay o'tirgan qizni ko'rib miyig'ida kulgan Yein uning ishonchini mustahkamladi.

β€” Janob Jungwoo menga seni himoya qilishimni aytdi. Qani ortimdan yur

Insu bu gal o'rnidan turib uning ortidan ergashdi. Mahbuslarning yotoqxonasiga yetib kelishganda Insu bir chetda unga nafrat bilan tikilib turgan Mirening nigohlariga duch keldi.

β€” Qani tanishinglar.... bu qizni ismi Insu. Bugundan boshlab u bizning to'damizda

Yeinning buyrug'i bilan ulardan biri o'z joyini Insuga bo'shatib berdi. Insu to'shakka joylashib o'tirarkan uning oldiga bir yoshi kattaroq ayol keldi.

β€” Qizim....

Insu yoniga kelib o'tirgan ayolga tikilarkan bu ayol unga qarab jilmaydi.

β€” Homilador ekansan shundaymi?!

Ayolning savolidan Insu boshini silkitib tasdiqladi. Shunda ayol uning qorniga qo'lini qo'ydi

β€” Bu yerda bo'lishni atay qilmagansan ammo bunday joyda u nihoyatda begunohdir. Uni asra.... men ham bu yerga tushganimda yolg'iz emasdim. Xuddi sendek edim ammo uni mendan tortib olishdi. Bu zolimlar qo'lidan uni himoya qilolmadim. Senda esa imkon bor. Uni himoya qil kuching boricha

Ayolning bu gaplari qizga qattiq ta'sir qildi. Ayol ko'zyoshlarini tutolmay yig'lagancha qizning oldidan nari ketdi. Insu qo'lini qorniga qo'ygancha uning ortidan tikilib turarkan Yein bir chetdan ularni kuzatib turib Insuga gapirdi

β€” Bechora judayam qiynalgan edi o'sha paytda. Hatto haligacha tushlariga bolasini ko'rib yig'lab chiqadi.

~ Men nima qildim?! G'azabimni.... nafratimni deb hatto qornimdagi murg'akni ham o'ylamadim. Undan nafratlanib o'ldirishgacha borgandim. Endi nima qilaman? Agar Jungkookga nimadir bo'lsa men umrbod shu yerda qolaman? Iltimos Jungkook o'zingizga keling hech bo'lmasa shu murg'ak uchun.....

Yarim tun bo'laverarkan barcha uyquga cho'kkan bir mahalda qizning ko'zida haligacha uyqu yo'q edi. Boshqa bir mazilda esa unga tegishli bo'lgan o'zga yurak ham uyg'oq va u ham tezroq tong otishini kutardi.

Insu uxlolmasdan o'rnidan turib hojatga chiqmoqchi bo'ldi. Shunda uni Yein to'xtatdi.

β€” Sen bilan boraymi

β€” Yo'q shart emas. Dam olaver tezda qaytaman

Ammo yo'lakdan chiqqani bilan og'ziga bosilgan kaft va bir nechta ayollar qurshovida qolgan qiz ularning qo'lidan chiqa olmadi. Bir nechta ayol uni sudragancha boshqa xonaga olib ketisharkan Insu qancha tipirchilamasin ularga kuchi yetmadi.

β€” Meni qo'yib yuboringlar

Ayollar qo'lidan ozod bo'lishga harakat qilgan qizni xonaga kirishlari bilan yerga uloqtirishdi.

β€” Yana ko'rishdik β€” Mire qo'lida pichoqni o'ynatgancha qizga gapirdi. β€” Bu gal tirik chiqishing dargumon.....