February 7

πŒπŽππ€π‘π—. Qonli imperiya

π‘ˆ π‘‘π‘’π‘›π‘¦π‘œπ‘›π‘– π‘žπ‘œπ‘› π‘π‘–π‘™π‘Žπ‘› π‘π‘œπ‘ β„Žπ‘žπ‘Žπ‘Ÿπ‘”π‘Žπ‘› β€” π‘€π‘œπ‘›π‘Žπ‘Ÿπ‘₯ 𝑒𝑑𝑖. π΄π‘šπ‘šπ‘œ π‘˜π‘œ'𝑧𝑖 π‘œπ‘—π‘–π‘§ π‘žπ‘–π‘§ β€” 𝑒𝑛𝑖𝑛𝑔 π‘¦π‘Žπ‘”π‘œπ‘›π‘Ž π‘˜π‘’π‘β„Žπ‘–π‘Ÿπ‘–π‘™π‘šπ‘Žπ‘  π‘”π‘’π‘›π‘œβ„Žπ‘– π‘π‘œ'𝑙𝑑𝑖...

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 - 𝟏

β€” Xonim siz davolanishingiz kerak.... agar kech qolsangiz umuman tuzalmaydi ko'zingiz

β€” Yana qancha vaqtim bor doktor

β€” Kamida 6 oy....

~ Shifokor qo'limga qog'ozlarni tartiblab bergach hassamni olib dorixona tomon harakatlana boshladim. O'sha mash'um voqeadan so'ng men nafaqat ota-onam balki ko'zlarimdan ham butunlay ayrilganman.

Insu qo'lidagi tayoq bilan yer tepib yurarkan ayni piyodalar yo'lakchasiga yetganida odamlar qatori to'xtadi. Uning ko'zi ojizligiga 1 yil bo'lgan bo'lsa ham zulmat to'la bu qorong'ulikka o'rgandi. Tez ko'nikuvchan qiz hayotning bu sinovini ham yengilgina qabul qildi. Qizil chiroq yonganida odamlarning qadam tovushini eshitib u ham harakatlandi. Ammo telefonining vibratsiyasi tufayli hayoli tarqoq bo'ldi. Sumkasidan telefon qidirarkan deyarli yo'lning o'rtasida to'xtab qoldi. Qo'liga ilingan telefonni ko'tarish uchun qulog'iga etganda mashinaning qattiq signali uni cho'chitdi. Qo'lidagi telefon yerga tushib ketdi.

β€” Meni kechiring janob

Haydovchi mashinadan tushgancha qizning yoniga bordi.

β€” Yo'lni o'rtasi telefonda gaplashadigan joy emas

Mashina haydovchisi qizga kesatib gapirarkan uning oldiga kelganda yerni paypaslab telefon izlayotgan qizni ko'rib biroz to'xtab qoldi

β€” Meni kechiring janob... ming bor uzur

Qo'llari bilan yerni paypaslab telefon izlayotgan qizning ahvolini ko'rgan haydovchi biroz esankirab qoldi. Qizning ko'zi ojizligini anglagach ming hijolatda yerda yotgan telefonini olib qizning qo'liga tutqazdi. Insu qo'lidan tutgan o'zga qo'llarni his qilib qaltirab ketdi. Birozdan so'ng kaftiga telefonning sovuqligini his qilib biroz yengil tortdi.

β€” Raxmat janob

Qizga biroz tikilib qolgan haydovchi hayollarini jamlab olganda mashina ichidagi yigitning o'tli nigohlariga duch keldi. Butun tanasi qaltirashni his qilganda tezda qizdan uzoqlashdi

β€” Keyingi safar ehtiyot bo'ling xonim

Mashinasi mingan yigit o'zini bosgancha qizning yo'ldan o'tishini kutdi. Bu orada olib qochayotgan ko'z qorachiqlari orqa o'rindiqdagi yigitga nogahon tushib qoldi.

β€” Ma'zur tuting janob qizning ko'zi ojiz ekan

β€” Va paytdan foydalanmoqchi bo'lding

β€” Aslo unday emas janob

Qo'rquvdan so'zlari titroq chiqarkan yigit ham bu safar nigohlarini yo'lning narigi chetiga o'tayotgan qizga tikdi. Birozdan so'ng mashina qo'zg'alishi bilan tezligini oshirgancha katta yo'lni tark etishdi...

β€’
β€’
β€’

β€” Xush kelibsiz janob Monarx

Zaldagi barcha o'rnidan turgancha Monarxga ta'zim qilarkan yosh-u qari birdek edi. Faqat bir insondan tashqari. Monarxning cho'qintirgan otasi. U joyiga o'tirguncha hech kim qaddini rostlamaydi. Bu qonun. Monarx yaratgan imperiyaning qonli qonuni.

β€” Kech qolish odating yo'q edi

β€” Buning sababchisi jazolandi allaqachon

β€” Ho'sh... muammoni hal qildingmi

β€” Bu aslida muammo ham emas.

Janob Kim qarshisida o'tirgan yigitning sovuq ohangi hamda qisqa lekin aniq javoblaridan mamnun jilmayib qo'ydi.

β€” Shu davra insonlari... β€” Monarx sokin ammo qat'iyatli ohangda stol atrofidagi hammaning diqqatini o'ziga qaratdi.

β€” Mana necha yildirki sizlar Monarxga ya'ni menga xizmat qilib kelasizlar. Bu sadoqat taqsinga sazovor. Ammo mening imperiyamda doim bitta qoida har narsadan ustun turgan.... Xiyonat.... Xiyonat hech qachon kechirilmaydi

Bu so'zlar qanchalik yuksak darajada maqtov bo'lmasin stol atrofidagi insonlarnigina emas balki butun zaldagi odamlarni ichiga qo'rauvni soldi. Bu shuni anglatadiki ayni shu damda hozir kimningdir begunoh qoni to'kiladi. Chunki xiyonat sodir etilgan va Monarx buni aslo kechirmaydi...

β€” Menimcha hammangiz gap nimadaligini anglab bo'ldingiz. Orangizda xoin bor. U bizni sotdi. Va natijada biz mlrd dollarlik moldan va 100 lab askarlarimizdan ayrildik!!

Bu so'zlar yakuni Janob Kimning ham Monarxning ham yuzini tekis tortdi. Bu natija ular uchun haqorat edi. Va ular o'zlariga aytilgan haqoratni aslo javobsiz qoldirmaydi

β€” Park Kyunwoo

Monarxning ovozi butun zal bo'ylab jarangladi. Stol atrofidagi odamlar orasida o'tirgan Kyunwoo qo'rqib boshini ko'tardi. Monarx uning qo'rquvini his qilgandek lab chetida jilmaydi

β€” Sen va o'g'ling birgalikda bizga shunday sovg'a tayyorlabsiz

Uning ortida turgan yosh yigit ham qo'rqib Monarxga qaradi. Endilikda Kyunwoo o'rnidan turib yerga tiz cho'kib bosh egdi

β€” Janob Monarx iltimos... bir qoshiq qobimdan keching xato qildim bilaman iltimos meni kechiring

Ularning iltijosini eshitishni istamagan Monarx yonidagi qo'riqchilaridan biriga buyrΓΉq berdi. Qo'riqchilar bosh irg'igancha Kyunwoo va uning o'g'lini ushlab xona markaziga sudrashdi.

β€” Iltimos janob Monarx... o'tinib so'rayman bunda mening aybim yo'q

Monarx joyidan jilmay ularning shovqinini tinglardi. Uning kreslosi Kyunwooga teskari edi. Faqatgina uning ovozini eshitardi. Ammo nigohlari stol atrofida vujudini qo'rquv egallagan odamlarini ko'rib quvonardi.

Monarxning odamlari katta akvarium ichi to'la suyuqlikni ichkariga olib kirishdi. Hammaning ichiga g'ul-g'ula tushgan bir paytda Monarx nihoyatda xotirjam edi.

β€” Xiyonat aslo kechirilmaydi

Akvarium to'la kislota bo'lib maxsus kiyimdagi qo'riqchilar Kyunwooni u tomon sudrashdi. Kyunwoo qanchalik qarshilik qilmasin bari besamar edi. So'nggida akvariumga uloqtirilgan erkak tanasining parchalanishiga chidolmay dod soldi. Hamma qo'rquvdan qotib qolgan. Kyunwooning o'g'li ham otasining o'limidan ko'z uzmay qolib ketdi. 5 daqiqaga bormay erkakning tanasi parchalanib joni uzildi...

β€” Otangni o'rni endi senga Hyunsik... ishonchimni oqlaysan degan umiddaman

Monarx Kyunwooning o'g'lini rasman safiga qo'shganini ogohlatirarkan, bu yigit uchun hayot-mamot masalasi edi. Birozdan so'ng hamma zalni tark etarkan katta va qorong'u xonada faqat Monarx va uning cho'qintirgan otasi bor edi.

β€” Xato qila ko'rma Taehyung... hammaning xatosini unutaman ammo senga kelganda bu og'ir badal bo'ladi eshitib qo'y

β€” Men hech qachon xato qilmayman bundan ko'nglingiz to'q bo'lsin

Monarx o'rnidan qo'zg'algancha xonadan chiqib ketdi. Tashqarida qora Mers va uning atrofi to'la qo'riqchi. Taehyung o'zi uchun ochilgan mashinaga chiqarkan ichkaridagi yordamchisiga qat'iy buyruq qildi.

β€” Kechgacha senga muhlat Minho... uni oyoqlarim ostiga olib kelishing kerak

β€” Tushundim janob Monarx

Janob Kim

Timeskip

β€” Bugun shifokorga bordingmi? Meni chaqirmadingmi

Sooin qahvasidan ho'plagancha qarshisidagi dugonasiga savol berarkan Insu shunchaki unga kulib qo'ydi.

β€” Sooin seni ovora qilishni istamadim... uning ustiga menga o'xshab bekorchi emassan. Davlat ishida muhim vazifalarni bajarasan

β€” Aqldan ozib qoldingmi? Agar senga nimadir bo'lsachi? Shuni o'yladingmi

β€” Qo'rqma menga jin ham urmaydi.... ho'sh o'zingda nima gaplar detektivlik qanday bo'lyapti

β€” Asti so'rama.... la'nati Parkning izini nihoyat 7 oy deganda endi aniqladik. Bugun shu bo'yicha muhim topshiriq bor sen bilan qololmayman. Uyga ertaroq qaytgin ho'pmi?

β€” Yaxshi....

Ikki dugona o'zaro suhbatni davom ettirdi. Sooin bilan Insu bolaligidan do'st ammo ikkisining hayoti o'zaro pasttekislikka o'xshardi. Sooinning otasi nihoyatda boy bo'lgani uchun hatto u muddatidan oldin jinoiy ishlar bo'yicha o'qiydigan universitetda talaba bo'ldi. Insuning ham orzusi shu bo'ldi ammo unga yetdim degan daqiqalarida u baridan ayrildi

|
|
KECHKI PAYT
|
|

β€” O'zingni ehtiyot qil... ertaga seni olib ketishga kelaman

β€” Yaxshi hayr

Insu dugonasining harakatlarini ko'rmasada xuddi u kabi qo'l silkib qo'ydi. Mashinaning harakatlangan ovozini eshitgach qo'lidagi hassasini yerga urgancha uyning ichkarisiga kira boshladi. Insu xona eshiklarini navbat bilan sanagancha o'ziga kerakli eshikni toparkan kalit bilan uni ochmoqchi bo'lganda ichkaridan o'zi ochildi.

β€” Nihoyat keldilar bizning malikamiz

β€” Inje xonim sizmisiz...

β€” Ha menman... qani buyoqqa kirchi

Qizning bilagidan tortib ichkariga uloqtirgan ayol eshikni qattiq yopdi.

β€” Nima bo'lyapti Inje xonim

β€” Hih... nima bo'lyapti?! Tanish bu yangi qiz. Ismi Lia

Bir chetdagi stulda o'tirgan qiz Inje xonim va to'rt tomonga alanglayotgan qizga qarab sekin o'rnidan turdi. Qizning qarshisiga kelib unga biroz tikildi

β€” Tanishganimdan xursandman ismim Lia... va bu uyni yangi egasiman

Lia qizga qo'l cho'zarkan Insudan javob bo'lmagach xuddi masxara ohangida kulib qo'ydi.

β€” Demak ko'rman degin

β€” Siz... Lia qanaqasiga uyni egasi bo'lasiz

β€”Shunaqasiga... sen 2 oydan beri ijara haqqini to'lamayapsan. Bu qiz esa seni 2 oyligingni ham va bundan keyingi 4 oyni pulini berib qo'ydi. Ana narsalaring olginda endi bu yerdan yo'qol

Inje xonim qizning ko'zi ojizligini hisobga olib qizning qo'liga sumka tutkizarkan Insu ayolning qo'liga yopishdi

β€” Inje xonim shoshmang... axir... axir shu paytda qayerga boraman. Boradigan joyim yo'q. Iltimos haydamang. Hech bo'lmasa shu kecha qolay

Lia ularning tomoshasini bir chetdan kuzatib turarkan nigohi ko'chaga qaragan derazaning yorug'lashganiga tushdi. Derazadan tashqariga qarab ko'rdiki pastda qora mers avtomobillari. Va u bilardiki bu faqat bir insonga tegishli edi. Bu Monarx....

β€” Inje xonim shoshmang β€” Lia miyyasidagi fikrni amalga oshirish uchun ayolni to'xtatdi

β€” Mayli unga ruxsat bering axir ko'zi ojiz bo'lsa qayerga boradi hozir. Mayli bir kecha men bilan qolsin qarshiligim yo'q

Inje xonim ham erib ketgandek qizning gapini maqulladida Insuga o'qraygancha uydan chiqib ketdi. Lianing ma'yusona yuzi birdan tekislandida yonidagi qizning yelkalaridan tutdi.

β€” Menga qara hozir menga yordaming kerak. Bu yerga kim kelishidan qat'iy nazar hech nima deya ko'rma va aslo meni ismimni tilingga olma tushundingmi

β€” N.nimalar deyapsiz Lia

β€” Gapni cho'zma aytganimni qil yo'qsa seni o'ldiraman

Lia orqasiga yashirgan to'pponchani qizning peshonasiga tiragancha uni qo'rqitar ekan Insu metalni tanasida his qilib qanday rozi bo'lganini bilmay qoldi. Lia ham bir ikki buyumlarini ko'zga tashlanadigan qilib qo'ygancha o'zi qiz bilan birga yotoqxonaga kirdi.

β€” Shu yerda o'tirib tur men hozir kelaman

Qizning ojizligidan foydalangan Lia ovozsiz shkaf ichiga berkindi. Insu ham yotoq boshiga o'tirgancha qizga ishonib uni kuta boshladi

* *

β€” Mana shu uy.... kirib qizni olib chiqish kerak. Qanday qilib bo'lmasin. Ammo unga zarar yetmasligi kerak

β€” Tushundik Boss

Mashinadan bir nechta qora kiyingan yigitlar tushib uy ichkari tomon harakatlanishdi. O'ta ehtiyotkorlik bilan tovushsiz harakatlanib eshik qulfini bo'shatishdi. Ochiq eshikdan bilintirmay kirgan yigitlar ayni damda ohistalik bilan xonalarni ko'zdan kechira boshlashdi.

Chiroqlari o'chgan zulmatdek uyda go'yo sharpa sang'iyotganga o'xshardi. Biroq yotoqxonadagi qiz biror xavfni sezgandek yuragi hapqirib ketdi. O'rnidan turib eshik tomon harakatlanishni boshladi. Tashari xonalarning birida biror buyumning tushib ketgan tovushini eshitishi bilanoq ichida qo'rquv ikki karra ortdi.

β€” Bu yerda kim bor?!!

Qizning so'zlari yakuniga yetmasidanoq yotoqxona eshiklari shiddat bilan ochilib ichkariga kirgan yigitlardan biri qizni changaliga oldi

β€” Qo'yib yuboringlar meni kimsizlar?

Qizning qarshiliklariga qaramay uning og'ziga uxlatuvchi dori tutildi va shu bilan qizning ko'zlari uyquga ketdi. Yigitlardan biri qizni ko'targancha xonadan olib chiqarkan shkaf ichida og'zini qo'li bilan to'sib olgan Lia hatto nafas olishni ham unutgandi