February 5

𝑩𝑳𝑨π‘ͺ𝑲 𝑺𝑬𝑹𝑬𝑡𝑨𝑫𝑬

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 - 11

β€” Sen nihoyatda vaxshiy.... iblis ekansan

Alam bilan yuqoriga ko'tarilib chiqib ketdi. Jungkook yuzidagi achishishga ahamiyat bermay qizga qarab qoldi. Nigohini Jungwoo tomonga keskin qaratganida Jungwoo o'zida biroz qo'rqishni his qildi

β€” Meni kechiring janob Jeon ammo janjal tufayli kirishga majbur bo'ldim

Jungkook asabiy xo'rsingancha yuqoriga chiqib ketdi. Qizning xonasiga kirmoqchi bo'ldi ammo ichkaridagi yig'i ovozini eshitib bir zumda joyida tik qotdi. Qo'li eshik ruchkasida qolib ketdi. Jungkook pushaymonlik bilan peshonasini eshikka tiradi. Ammo fikrlar tarqoq tana esa harakatsiz qolaverdi. So'ngra indamay o'zining xonasiga kirib ketdi.

* ***

Mahbuslarning uchrashuv xonasida o'tirgan yigit asabiy oyoqlarini qimirlatarkan kutayotgan inson haligacha kelmasdi. Nihoyat kutilgan mezbon eshik qoqdi. Qo'riqchilardan biri qizning tirsagidan ushlagancha unga o'tirishga yordamlashdi. Jihoon qarshisidagi qizga biroz jirkandi

β€” Janob Jihoon

β€” Mire... ahvolingni so'ramoqchi edimkuya ammo ko'rinib turibdi qanday ekanliging.... ho'sh endi menga aytchi Jungkookga nimalar deding

Qizning bir ko'zi haddan tashqari ko'karib shishib ketganidan yumilib qolgandi. Lablar yirtiq... yuzlar esa tindalashdan chandiq bo'lishga ulgurgandi. Qizning bir qo'li esa qalin bint bilan bo'glangan demakki jarohati chuqur edi.

β€” Janob Jihoon aytganingizdek... janob Jeonga hech narsani aytmadim. Ont ichaman. Ishonmasangiz mana isboti... hanuzgacha aytmaganim uchun ichkarida meni shu ko'yga solishyapti

Mire tanasini Jihoonga ko'rsatgancha yig'larkan Jihoon mamnun bosh irg'adi.

β€” Agar churq etsang bilasan aa nima qilishimni. Birinchi jonajon onajoning va keyin mitti o'g'lingni ko'z o'ngingda o'ldiraman

β€”Yo'q yo'q... aytmayman hech qachon

β€” Yaxshi... unda senga yangiliklardan aytay β€” Jihoon o'rnidan turgancha kostyumining tugmalarini qadadi

β€” O'g'lingni maxsus boshlang'ich maktabga joylashtirdim. Juda qimmat joy. Onangni esa davolanishi uchun maxsus sanatoriyaga jo'natyapman. Bilasan yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytaraman. Ko'rishguncha

Jihoon so'zlarini yakunlagancha qamoqxona binosini tark etdi. Mire esa ichkarida ko'z yoshlari bilan qolib ketdi. Uning jarohati qanchalik chuqur bo'lmasin oilasi uchun chidashga majbur. Barcha o'zi sevganlari va o'z yaqinlari uchun yovuzlik qilishgacha tayyor bo'lsa Mire ham aynan shulardan edi

Timeskip

Erta tongdan Jungkook yengil dush qabul qilib xonasidan chiqarkan qizning xonasi oldida to'xtadi. Eshikni qiya ochib ichkariga mo'raladi. Qizning hali uxlab yotganini ko'rib biroz yengil tortgandek bo'ldi ammo hali hamon ichkariga kirishga oyoqlarida harakat sezmadi. Sekin pastga tusharkan bugun yakshanba bo'lgani uchun bemalol harakat qilardi. Xizmatchilar ham uning tushganini ko'rib darhol dasturxon tuzashdi. Jungkook ovqatlanib bo'larkan unga sharbat quyish uchun Yuna oldiga keldi

β€” Yoqimli ishtaha janob Jeon

Jungkook qizning ohangidan uning yuziga tikildi. Bir ikki tilinishlar bilan yuziga maxsus yopishtirgich yopishtirib qo'yilgandi.

β€” Ahvoling yaxshimi Yuna

β€” Ha janob Jeon hammasi joyida

O'zini bechorahol ko'rsatgancha uni yonidan darhol ketdi. Ammo yigit yaralarini yaxshiroq ko'rsin deya tinmay dasturxon atrofida girdikapalak bo'ldi.

β€” Men ovqatlanib bo'ldim qayta tayyorlangda borib Insuni pastga olib tushing

Xizmatchilardan biri unga ta'zim qilgancha yuqoriga chiqib ketdi. Qizning xonasi oldida to'xtab sekin ichkari kirdi

β€” Jeon xonim... uyg'oning janob Jeon aytdilar... pastga tushib ovqatlanarkansiz

Insu ham g'inshibgina uyg'ondi. Tetik ohangda xizmatchiga javob qaytardi

β€” O'sha janob Jeoningga ayt... men ovqatlanmayman

β€” Ammo xonim

β€” Bu yerdan chiq!!!

Xizmatchi qiz ortiqcha so'z aytmay xonadan chiqib ketdi. Insu esa ho'rsingancha o'rnidan turib dushga kirib ketdi. Tashqarida Jungkook ketish uchun tayyorgarlik ko'rarkan xizmatchi uning yoniga keldi. Xizmatchining jim turganidan xunobi chiqqan yigit jiddiy ohangda undan so'radi

β€” Gapirasanmi yoki majbuf qilaymi?!

β€” H.haligi... Janob Jeon... xonim ovqatlanishga tushmayman deb aytdilar

Jungkookning chimirilgan qoshlaridan cho'chigan ayol qaltiragancha jim turdi. Jungkook shamol kabi uning yonidan o'tib ketganda chuqur nafas chiqardi

**

β€” Nega nonushtaga tushmading

Eshikdan kirganidan qizga jiddiy ohangda gapirdi. Insu oyna oldida sochini taragancha unga bir qaradida indamay ishini davom ettirdi. So'ng o'rnidan turib garderobga kirayotganda Jungkook uni to'xtatdi

β€” Senga savol berdim.... meni pisand qilmaslikka qanday jur'at etyapsan

β€” Kimsan sen o'zi β€” rosmana jahlga berilgan yigit qizning bu muomalasidan ham hayratda qoldi ham g'azablandi. Yigitning jim qolganini ko'rib Insu qo'lini siltab ketmoqchi bo'ldi ammo Jungkook uni yana to'xtatdi.

β€” Bu qanday muomala?!

β€” Sen shunga loyiqsan

β€” SABRIMNI SINAMA INSUU

β€” SINASAM NIMA BO'LADI β€” xuddi yigit kabi javob qaytardi. Jungkook asabiy sochlarini g'ijimlagancha qizning bilagidan tutib g'azab bilan tashqariga olib chiqmoqchi bo'ldi. Ammo Insu uning qo'lidan siltanib o'zini ozod qildi.

β€” TEGMA MENGA... qo'lingni uchini ham tekkizma

Jungkook qanchalik g'azablanmasin qiz uchun uning qornidagi bola uchun o'zini bosishga harakat qilardi.

β€” Yaxshi.... yaxshi tinchlan... endi menga ayt nega bunday qilyapsan

Jungkook qizdan xotirjam ohangda so'radi. Insu unga g'azab bilan qarab turardi ammo bir so'z gapirmadi.

β€” Munchoq ko'zim

β€” Tegme menga β€” qiz ikki qo'lini yuqoriga ko'targancha uning harakatini ta'qiqladi.

β€” Sen... hayotimni barbod qilding. Manashu la'nati sevging va tuhmatlaringni deb shu ahvolda o'tiribman. Hatto buvimning ham o'limida sen aybdorsan. MENGA BIR OG'IZ HAM AYTMADING O'SHA KUNI... Sen faqat o'zingni o'ylaysan. Hatto.... hatto homiladorligimga ham qaramasdan o'sha kecha ayamding.... iblissannn... ammo... ammo Jungwooni aybi yo'q edi. U begunoh edi. Uni ahvolini....

β€” Insu....

Insu o'zini tutolmay qoldi. Gaplarini yakunlay olmay bo'g'ziga tiqilgan yig'ini tashqariga chiqarib yubordi. Jungkook unga asta - sekinlik bilan yaqinlashib ohista bag'riga oldi

β€” Meni kechir munchoq ko'zim... hammasi uchun

Bu gaplar go'yo ikkisini ham xotirjam qilardi. Ammo qizning hayoli birdan o'ziga keldi. Jungkookning belidan qo'lini o'ramoqchi bo'lganda kafti sovuq metallga tegib o'tganda ongida shakllangan fikrni amalga oshirmoqchi bo'ldi. Insu yigitning belidagi qurolni shaxt bilan tortib oldida uni o'zidan itardi. Jungkook bir zum bo'lgan voqeani anglamay qoldi

β€” Kechirimmi?? Osongina kechirishimni kutyapsizmi endi? Yooqq... unday bo'lmaydi. Aslida hammasiga sababchi shu to'g'rimi

Insu bir qo'lini qorniga qo'ygancha bolaga ishora qilarkan Jungkookning ko'zlari kattalashdi.

β€” Shu la'nati tufayli men azob chekdim. SENING LA'NATI BOLANG TUFAYLI MEN JABR KO'RDIM. Uni xaromi deyayotganding esingdami?! Uni ham o'ldirmoqchi eding to'g'rimi? Kel shu ishni seni o'rningga o'zim bajaraman. Bu la'natidan qutulamiz

Jungkook qizning bunday ahvolda ilk marotaba ko'rayotganidan qotib qolgandi. Insu butunlay aqldan ozgandi. Hattoki joniga zarar qilib bolani o'ldirishdan ham tap tortmasdi.

β€” To'xta iltimos unday qilma.... Agar mendan g'azabda bo'lsang iltimos nima istasang mana meni qil ammo unga zarar yetkazma

Insu uning bu gapidan o'ylab o'tirmay qurolni unga to'g'irladi. Jungkookning yuzidagi xavotir biroz tarqagandek bo'ldi. U o'limdan qo'rqmaydi ammo u uchun eng qo'rqinchlisi bu sevgan insonlarini yo'qotish edi

β€” Men aybdorman. Senga faqat ozor berdim. Bunga men sababchiman. Agar ko'ngling taskin topsa ikkilanma. Meni ot. O'ldir. Faqat unga ziyon yetkazma

Jungkookning ko'zlarida yosh qalqidi. Shu bilan birga qizning ham ko'zlari namlandi

β€” Qani ot. Bo'laqol. Ikkilanma. OTTT

β€” Sendan nafratlanaman

β€” Men esa seni sevaman

Shu so'zlar yakuni bilan butun qasrni o'q ovozi qopladi. Tashqarida o'tirgan Jungwoo ham uy ichidan kelgan bu ovozni eshitib esankirab qoldi. Hech ikkilanmay uy ichiga yugurdi.

Yerga Jungkookning salobatli tanasi qulab tusharkan ko'ksidan tinmay qon oqardi. Insu qo'lidagi qurolni yerga tashlab yubordi. Yerga o'tirib tizzasini quchib yig'lay boshlaganda xonaga birinchi bo'lib Yuna kirib keldi

β€” JANOB JEON... sizga nima bo'ldi. Ko'zingizni oching

Yuna Jungkookning tanasini silkitgancha Insuga g'azab bilan qaradi. Eshikdan kirgan Jungwoo xonadagi manzadan qotib qoldi. Insuga bir nazar tashlab yerga yotgan Jungkook tomon bordi

β€” Yuna darhol tez yordamga qo'ng'iroq qil.... BO'LAQOL

Yuna yugurib pastga tushib ketdi. Jungwoo Jungkookning ko'ksini qo'li bilan to'sib turarkan bir ahvolda qolgan Insuga ko'z tashladi.

Birozdan so'ng tez yordam mashinasi Jungkookni olib ketarkan unga qo'shilib Jungwoo ham kasalxonaga ketdi. Xonada esa hali hamon qimirlamay o'sha holatda o'tirardi.

β€’
β€’
β€’
β€’
β€’
β€’

β€” Alo... Jeon xonim...

β€” Tinchlikmi Yuna nega yig'layapsan

Jeon xonim ensasini xotirgancha yolg'ondakam xavotir bilan so'rarkan Yunaning keyingi gapi uni hayratda qoldirdi

β€” Anavi.. iflos... janob Jeonni otib qo'ydi

β€” Nima?! Nimalar deyapsan Yuna

Yuna Jeon xonimga hammasini aytib berarkan Soojin xonim eshitganlaridan yengil kulimsiradi. Qo'ng'iroqni yakunlarkan o'ziga o'zi pichirladi

β€” Endi nihoyat sendan qutiladigan payt ham keldi

Timeskip

Hashamatli qasrning eshik qo'ng'irog'i chalinarkan xizmatchilardan biri borib darhol eshikni ochdi. Yuna ham oshxonadan yugurib chiqarkan Jungwoo kelganini o'ylab xursand bo'lgandi. Ammo ichkariga kirgan politsiyachilar uni hafsalasini pir qildi

β€” Bizga jinoyat bo'yicha xabar qilindi.....

β€” U ikkinchi qavatda. O'ng tomondan birinchi xona. Jinoyatchi haliyam o'sha yerda

Politsiyachilarning gapi yakunlamasdan Yuna ularga Insuning xonasini ko'rsatdi. Politsiyachilar ham ikkilanmay xonaga kirishdi. Bir burchakda haliyam Insu yig'laganchΓ  o'tirardi

β€” Biz jinoyat qidiruv bo'limidanmiz xonim. Biz bilan borishingiz kerak

Qizning ko'ziga hozir hech narsa ko'rinmasdi. Komissarlar qizning qo'liga kishan taqib uydan olib chiqisharkan barcha xizmatchilar-u qo'riqchilar hayratda edi.

β€’
β€’
β€’
β€’
β€’

β€” Operatsiya xonasini tayyorlang o'q yurakka juda yaqin

Shifokorlar Jungkookni maxsus zambilda olib ketisharkan yigitning yuziga taqilgan sun'iy nafas birozdan so'ng uning hushini oz muddatga ta'minladi. Jungkook ko'zlarini bir necha mm ochishga erishdi xolos. Yonida Jungwooni ko'rib kuchi boricha gapirishga urindi

β€” I.in.suga.. kko'z quloq bo'l...

Shu bilan operatsiya xonasi eshiklari yopildi. Jungwoo butun operatsiya davomida joyidan siljimadi. Deyarli kech tushishni boshlaganda ham operatsiya tugay demasdi. Karidor bo'ylab uyoqdan bu yoqqa yurardi. Nihoyat xona chiroqlari o'chib ichkaridan bosh shifokor chiqib keldi.

β€” Doktor nima bo'ldi... ahvoli qanday

β€” Janob agar biroz kechikkaningizda ulgurmasdik. O'q yurakka juda yaqinda tekkan. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi hozir ahvoli barqaror ammo qachon ko'zlarini ochishi nomalum

Jungwoo ancha yengil tortdi. Yelkalari go'yo bo'shashgandek bo'ldi. Jungkookni palataga olishgach uning yoniga kirdi. Ammo unga bo'lgan qo'ng'iroq sabab kasalxonani tark etdi

Timeskip

β€” Gumonlanuvchi Yu Insu... Jeon Jungkookni qasddan o'ldirishga uringansiz. Jinoyatingizni tan olasizmi?!

Qorong'u xonaning o'rtasida Insu va uning qarshisida tergovchi unga turli savollar berardi. Ammo qizning hayoli o'zida emasdi. Bir nuqtaga qaragancha jim turardi. Hattoki tergovchining savollarini ham tinglamasdi.