January 7

π—£π—Ÿπ—”π—¬π—•π—’π—¬

Chapter - 2

Insu uning gapini maqullagancha o'rnidan turib sherigi bilan birga xonadan chiqib ketdi. Jungkook ayni shu paytda o'rnidan turib chiqib ketmoqchi bo'lganida Minho uning yo'lini to'sdi.

β€” Tinchlikmi oshna... qandaydir muammo bormi

Jungkook lab chetida jilmaygancha Minhoga gapirdi. Minho esa haligacha o'zining bosiqligini saqlab unga gapirdi

β€” Insudan uzoqroq yur....

β€” Tushunmadim nima deding β€” Jungkook uni masxara qilgancha qayta so'radi. Minhoning ichidan g'azabi tashqi tomondan juda sokin edi. Jungkook tomon bir qadam yaqinlashgancha sekin gapirdi

β€” Agar yana bir marta uning atrofida o'ralashsang mendan yaxshilik kutma

Minho so'zlarini yakunlab xonadan chiqib ketdi. Jungkook miyig'ida kulgancha tilini og'iz bo'shlig'ida aylantirdi. Birozdan so'ng u ham ovqatlanish uchun oshxonaga kirdi. O'ziga patnisga ovqat solgach tanish chehralar tomon yura boshladi. Ovqatlanish stoli qarshisiga kelgan yigit bo'sh o'ringa o'tirdi. Qarshisida Zuki uning yonida Insu va Minho edi. Minho e'tiborsiz ovqatlanar Insu bo'lsa dugonasi bilan valdirab ovqatlanar edi.

β€” Insu qara... bu yilgi festival uchun rejani yashirincha suratga olgandim...

β€” Dadang bilsalar sen o'lasan Zuki

Zuki direktorning qizi edi. Minho ham aynan boy oiladan bo'lgani uchun Kan oilasi bilan Leelar oilasi juda yaxshi tanish edi

Jungkook qizlarning o'zaro suhbatini tomosha qilib turarkan Insu Zukining telefoniga tikilayotganida Minho uning patnisiga o'zining go'sht bo'laklarini solib qo'ydi. Bu holat Jungkookning jilmayishiga sabab bo'ldi. Pisandsiz kulib qo'ygan yigit negadir bu ikkisini sevishganlar deya o'ylashiga sabab bo'ldi bu holat.

Ovqatlanishdan so'ng Zuki bilan Insu ikkisi suhbatlashib ketarkan ularning ortidan Minho shunchaki jim ularni kuzatib ketardi.

β€” Zuki sen bilan o'tirsam maylimi?!

Jungkook qizning yoniga kelgancha savol berdi. Zuki yonidagi dugonasini boshqa joyga o'tirishini aytib Jungkookga ruxsat berdi

β€” Ha albatta bemalol o'tiraver

Jungkook qizning yoniga joylashgach qarshisidagi partaga bir qaradida Zukini savolga tutdi

β€” Zuki sendan bir narsa so'ramoqchiman

β€” Ha so'rayver bemalol

β€” Insu bilan Minho sevishganlarmi?!

β€” Nima?! Yo'g'ee qo'ysangchi Jungkook bu gapni qayerdan olding

β€” Shunchaki ular doim birga miyyamga faqat shu fikr keldida

Zuki Jungkookga yaqinroq o'tirib past ovozda gapirdi.

β€” Insu bilan Minho aka-singil faqat qoni qoshilmagan. O'gay bir-biriga ularning ota-onasi boshqa-boshqa ya'ni Insuning onasi Minhoning dadasiga turmushga chiqqan. Bu vaqtda ular juda kichkina bo'lishgan

β€” Tushunarli

β€’
β€’
β€’
β€’
β€’
β€’
β€’

Kechki payt

Kamtaringina stol atrofida butun oila maroq bilan kechlik qilishardi.

β€” Bolalar janob Kan bilan gaplashganimga yana bahorgi festival bo'larkan

β€” Ha amaki shunday

Minho odatda juda kamgap yigit. Ko'chada ham uyda ham shu holat. Bunga oila a'zolari ham ko'nikib qolishgan edi. Faqat Insu bilan bemalol gaplasha olardi

β€” Qatnashasizlarmi?!

β€” Men qatnashaman albatta... va Minho ham

β€” Insu agar bu Minhoga yoqmasa majburlama β€” Jiyeon xonim qiziga dakki bergancha yumshoq gapirdi

β€” Yo'q Jiyeon oyi unday emas... buni o'zim hohladim

β€” Senga bunday narsalar yoqmaydi Minho bilaman o'g'lim aniq Insu seni majburlagan

β€” Oyiii β€” Insu noligancha onasiga qaradi. Janob Lee xotini va qizini tinchlantirgancha kechki ovqatni davom ettirdi.


β€” Xayrli kech buvajon

Otasining gaplarini pisand qilmaydigan hattoki oilada eng erkatoy o'g'il... nima deyishi bilan muhayyo bo'ladigan va doim vaqtini ko'ngilxushlik bilan o'tkazadigan Jungkook aynan bobosining yonida doim boshi egik bo'lardi.

β€” Qanday bo'ldi birinchi kun β€” Janob Jeon kursiga o'tirgan holatda gazetadan ko'zini uzmay nabirasiga savol berdi

β€” Juda zo'r o'tdi birinchi kunim xavotir olmang

β€” Yaxshi... agar sen haqingda birorta nojo'ya gap eshitsam Jungkook nima bo'lishini juda yaxshi bilasan

β€” Xa bobojon

β€” Yaxshi unda hayrli tun

Erta tong

Zuki ertalabdan yugurib sinfxonaga kirdi-da partada boshini qo'yib uxlab yotgan Insuni turgiza boshladi.

β€” Hoy qiz uyg'onsangchi

Insu zo'rg'a boshini ko'tarib ko'zlarini ishqalab turarkan Minho oraga kirdi

β€” Nega tong sahardan uni bezovta qilyapsan

β€” Sen jim bo'l Minho... qani tur bu yerdan unga aytadigan shaxsiy gapim bor meni joyimga borib o'tir

Minho qarshilik ko'rsatmay o'rnidan turdida orqadagi bo'sh Zukining partasiga borib o'tirdi.

β€” Qara Insu kecha dadamdan nimani o'g'irlab oldim

Zuki sekin kitobi orasiga yashirgan list shaklidagi jadvalni ko'rsatarkan Insu unga tushunmay qaradi.

β€” Bu nima?!

β€” Uff qara β€” Zuki qizga qayta kattalashtirilib yozilgan yozuv joyini ko'rsatarkan Insuning ko'zlari kattalashib ketdi. Ikkisi ham bu narsani tushunishgach xursandligidan baqirib yuborishdi. Butun sinf ularga bir zum qaradi. Shu hisobda Minho va eshikdan endigina kirgan Jungkook ham. Minho Insuning xursandligini ko'rib biroz jilmayib qo'ydi. Bu jilmayish ostida o'zgacha mehr mujassam edi.

β€” Juda xursandsiz qizlar... hayrli tong β€” Jungkook qizlarning tepasiga kelib salomlashdi

β€” Senga ham β€” Insu yigitga ahamiyat bermay bor e'tiborini jadvalga qaratgan edi

β€” Hayrli tong senga ham Jungkook β€” Zuki shaddod ohangda unga javob qildi

β€” Nimani muhokama qilyapsizlar

β€” Bu sir... bu bizning shaxsiy ishimiz β€” ikkisi ham bir-birini to'sgancha bu gapni yashirishdi.

β€” Jungkook sen joyingga boraver bizni chalg'ityapsan

Zuki noligancha yigitga gapirdi. Jungkook rozi bo'lib orqa tomonga o'tarkan unga jiddiy nigohlar bilan tikilib turgan Minhoni ko'rdi. Uni ko'rib jilmaydiyu yonidagi bo'sh o'ringa o'tirdi.


β€” Insu qara.... bu shu yil bahorgi festivalning to'g'rirog'i musobaqaning jadvali.... unda deyarli hamma ishtirokchi maktablar ro'yxati qanday chiqishlarigacha yozilgan

β€” Zuki agar dadang bilsa

β€” Bilmaydilar men buni nusxalab oldim. Agar biz bu tanlovda g'olib bo'lsak Seulgacha bora olamiz. Va u yerdagi hakamlar katta katta kompaniya CEO lari bo'ladi. Agar ularga maqul bo'lsa bu degani sen idolsan

β€” Zukiii... haliyam shu fikringdan qaytmadingmi?!

Insu qizning vaziyatini juda yaxshi bilardi. Zuki chin dildan idol bo'lishni xohlardi ammo otasining obro'yi sabab va otasining qat'iy qarori sabab bu orzusidan voz kechgandi. Hatto bunday ko'rik tanlov uchun bir marta kastingga qatnashgani uchun o'sha oqshom u qattiq jazolangandi. Dugonasining rahmdil ko'zlarini ko'rib qizning shashti biroz so'ndi.

β€” Ha mayli.... unda shunchaki qatnashamiz

β€’
β€’
β€’
β€’
β€’
β€’
β€’

β€” Hayrli tong oshna β€” Jungkook kesatgancha Minhoning yoniga o'tirdi. Minho yigitga ahamiyat bermay yozishda davom etdi.

β€” Sizlarni bir-biringizdan ayro ko'rish bu yoqimli tuyg'u ekan

Jungkook oyoqlarini chalishtirgancha gapirid. Minho yozayotgan ruchkasini shu on to'xtatdida yigit tomon qaradi

β€” Nima istaysan?!

β€” Hih... istaganimni bera olarmikansan?!

β€” Bizdan uzoq yurishing uchun nima qilishim kerak. Biz bilan umuman ishing bo'lmasin

Minho Jungkook tomon qat'iy ohangda gapirarkan yigitning tabassumi yanada kengaydi.

β€” Menga uni bersang butunlay sizlarni tinch qo'yardim

Minho tomon biroz egilib shivirlagancha gaplarini aytgan yigit old o'rindiqlarda o'tirgan Insu tomon ishora qildi. Minho shu zahoti quturdi-yu Jungkookka musht tushurdi. Bir zumda sinfda to'polon boshlanib ketarkan Zuki ham Insu darhol ularning yoniga bordi.

β€” Minho... Minho bas qil

Insu kuchi boricha Minhoni ajratishga harakat qilarkan bu gal Jungkook ustun kelib uni mushtlay boshladi.

β€” Yigitlar bas qilinglar β€” Zuki ham o'rtaga tushib aralasharkan Jungkook ham Minho ham o'rnidan turgan onda ikki qiz ham o'rtaga tushdi. Ammo ularning o'rni almashib qolgan edi. Insu Jungkookning qarshisida Zuki Minhoning qarshisida ularga devor bo'lib turardi.

β€” Bas qilinglar!!! β€” Sinfga kirga o'qituvchi ularga dakki berarkan Jungkook qizga qarab turgan pallada Minho uning bilagidan tortib Jungkookdan nari qildi. Insuni joyiga o'tkazgancha o'zi ham yoniga o'tirdi

Zuki

Timeskip>>>

Insu tibbiyot xonasida Minhoning yuzini spirt bilan tozalarkan og'riqdan yuzi burishgan yigit jahl bilan qizning bilagini siltadi

β€” Senga nima bo'ldi? Nega u bilan urushding

Minho qizga ters o'girilib o'tirarkan Insu uning sukutidan chuqur xo'rsinib qo'ydi

β€” Javob bermaysanmi?

β€” Uni qachondan taniysan?!

To'satdan berilgan savoldan so'ng Insu unga qaradi. Minhoning o'tkir nigohlaridan biroz cho'chidi

β€” Nima demoqchisan bu bilan?

β€” Savolimga javob ber Insu

β€” Ko'p emas shu yerga kelgach undan oldin esa 2 marta mashinasida urib yuboray degandi o'sha paytda janjallashganmiz. Endi sen gapir. Nega u bilan janjallashding

Minho o'zi uchun javob olgach yana qizga yuz burib o'tirdi. Uning miyyasida hamon singlisi va Jungkook aylanarkan g'azabi ham olovdek yonardi.

β€” Yaxshi unda o'zing bilan o'zing bo'lib o'tiraver jin ursin seni

Insu g'azab bilan o'rnidan turib chiqib ketdi. Minho uni bir tomondan to'xtatmoqchi bo'ldiyu ammo harakatga kelmadi. Insu tibbiyot xonasidan chiqib to'g'ri sinfxonaga bordi. Chunki tanaffus vaqtida sinfda faqat Jungkook va unga qarash uchun Zuki qolgandi. Insu xonaga kirishi bilan ikkisi ham unga tikildi

β€” Sen!!! Menga nega janjallashganingizni ayt! Hoziroq

Jungkook qizning qat'iyligidan biroz kulimsiradida o'rnidan turdi. Qizning qarshisida to'xtab uning bo'yi barobar egildi.

β€” Sababi senga yoqmasligi mumkin zaharcha

β€” Haddingdan oshib ketmayapsanmi?

Insu ham bo'sh kelmay unga javob qildi. Ayni paytda Zuki ularni tomosha qilib turarkan nima qilishini bilmay joyida qotib qolgandi.

β€” Haddimdan oshsam o'rnimni bildirib qo'yishga kuching yetadimi

Qizning va uning yuzi o'rtasidagi masofa smlarcha qolarkan ikkisining nigohlari bir zum ham uzilmadi. Birining ko'zlarida g'azab va nafrat mujassam bo'lsa boshqasinikida qiziqish va hayrat bor edi.

β€” Undan nari tur!!!

Xonada Minhoning ovozi yangradi. Barcha nigohlar u tomon qaratilarkan Minho tezlikda kelib Jungkookni qizdan nari surdi.

β€” Iltimoss faqat yana janjallashmanglar β€” Zuki bu safar ularning o'rtasiga tushgancha iltijo qilarkan ikki yigitning qahrli nigohlari bir-biridan uzilmadi...

Insu
Minho
Jungkook