January 28

𝑩𝑳𝑨π‘ͺ𝑲 𝑺𝑬𝑹𝑬𝑡𝑨𝑫𝑬

Chapter - 10

β€” Jihoon endi u haqiqatni biladi... ikkimizni ham tirik qoldirmaydi Jihoon

Sojin xonim o'g'lini quchoqlagancha yig'larkan Jihoon ham onasini bag'riga bosib ovutdi

β€” Oyi tinchlaning... buyog'ini endi o'zim hal qilaman

Jihoon onasining sochlaridan silagancha tasalli berdida uydan chiqib ketdi....

β€” Alo Mire meni eshityapsanmi?

β€” Hayrli tong janob Jihoon biror yordam kerakmi

Jihoon telefon ortidan hamshira qizga gapirdi. Bu kasalxona aynan Jungkookniki bo'lgani bilan uning ichidagi ishchilarning ko'pchiligi Jihoonning odamlari edi. Aynan shu paytgacha ham yashirib yurgan sirlari shu ishchilar tomonidan ta'minlangan edi.

β€” Menga qara... Jungkook kasalxonada... muammoni hal qil. Jungkookning topshirgan analizlari yo'q qil. Qizni ham bir yoqlik qil. Hech kim bilmasin. Shu ishni qilsang haqqingni 3 barobar ko'p qilib beraman

Har doim bunday ishlarning ustasi bo'lib ketgan bu qiz bu safar ham pulning jarangini eshitib bajonidil rozi bo'ldi. Aloqa yakunlangach Mire tezda labarotoriya xonasiga tushdi. Janob Imning qo'lida ishlaydigan hamshira topshirgan tahlil natijalarini qidira boshladi.

β€” Nimadir kerakmi senga Mire

β€” Haa... menga janob Im jo'natgan analiz kerak edi. U analiz bilan egasi almashib ketibdi shuni olishga kelgandim

β€” Haa yana anglashilmovchilikmi? U ikkinchi bo'limda

β€” Raxmat Jihye β€” Mire tezda qarshisidagi bo'limga o'tib Jungkookning qon uchun analiz testini izlay boshladi. Nihoyat Jeon Jungkook degan ismni topgach probirkada qo'yilgan qonni olib cho'ntagiga joyladi.

Laboratoriya xonasidan chiqqan qiz atrofga alanglab cho'ntagida idishga qaradi. Miyig'ida kulgan qiz lift tomon yura boshladi hamki qarshisida janob Imning o'zi paydo bo'ldi.

β€” Miree? Sen bu yerda nima qilyapsan?

β€” Aaa haligi janob Im... men ham tahlil uchun qon olib kelib bergandim?

β€” Ammo senda bu qavatga tushish uchun ruxsatnoma yo'q. β€” janob Im qizga tushuntirarkan Mire hayajondan cho'ntagini qattiqroq g'ijimlardi. Janob Im ham qizning cho'ntagi tomon nazar tashlarkan bo'sh emasligini ko'rgach shubhaga bordi

β€” Cho'ntagingda nima bor?

β€” Aa? Hech narsa janob bu shunchaki harorat o'lchagich.... mayli men bemorlarga qarashim kerak janob ruxsat bersangiz β€” Mire janob Kanga ta'zim qilgancha ortiga qaramay ketdi. Janob Imning qizning hatti-harakatidan paydo bo'lgan shubhalari tarqamay tezda laboratoriya xonasiga kirdi. Ikkinchi bo'limga o'tib Jungkookning tahlil natijalarini izlay boshlarkan uning o'rni bo'shligini ko'rib shubhalari to'g'ri chiqqanining amini bo'ldi

β€” Jungkook sen bilan uchrashishimiz kerak β€” Qo'ng'iroq ortidan janob Imning havotirli ohangni yangrarkan Jungkook uning bu chaqiruvida nimadir yashirin ekanligini payqab bo'lgandi. Chunki janob Im faqat jiddiy vaziyatlarda tasodifan Jungkookning ismi bilan chaqirishi mumkin edi. Uning bir zumda hayoliga Insuga nimadir bo'ldi degan fikr aylandiyu qanday qilib uydan chiqib ketganini bilmay qoldi.

β€’

β€’

β€’

β€’

β€’

β€’

Qizning palatasiga kirgan Mire haligacha hushsiz yotgan qizga tikildi. Cho'ntagidan shipritsga tortilgan dorini chiqardi

β€” Bechoragina... sen shunchaki yolg'onlar qurboni bo'lgan begunoh qizaloq bo'lib ketasan

Mire uxlab yotgan qizga gapirgancha ignaning qizning tomchi dorisiga qo'shib yubordi. Tomchi dori sekin yo'naltirilgani uchun uni tezroq borishi uchun birz hajmini bo'shatmoqchi bo'lib egilganda birdan Insu uning bilagiga yopishdi. Mire uyg'ongan qizga ko'zlari kattalashib qararkan uning changalidan chiqish uchun harakatlandi

β€” Qo'yib yubor meni jin ursin*

Bir siltanib qizning qo'lidan chiqqan on polga qattiq urildi. Insu ham hansiragancha qo'lidagi ignani sug'irib tashladi. Mire o'zini o'nglab olaman deganda xona eshigi ochilib ichkariga janob Im va Jungkooka kirib keldi.

β€” Insu β€” Jungkook ilk aytgan gaplari shu bo'ldi

β€” Bu yerda nima qilyapsiz Mire xonim β€” Janob Im yana bir bor qizga to'qnash kelib xavotiri tasdig'ini topganiga ishonch hosil qildi

β€” Janob Im... men shunchaki xonimga muolaja qilmoqchi edim ammo u menga tashlanib ketdi β€” Mire yig'lagancha o'zini oqladi

Mire

β€” Yolg'on gapiryapti... u meni o'ldirmoqchi edi. Hamma gapini eshitdim. Doriga nimadir qo'shdi.

Insu qo'lidagi ignalar bilan qon bosimini o'lchaydigan asboblarni uzib tashlab o'rnidan qo'zg'aldi.

β€” Bilgandim... qo'riqchilar uni politsiyaga topshiringlar β€” Janob Im hamma taxminlari to'g'ri chiqqaniga ishonch hosil qilib qizni qo'riqchilarga topshirdi. Birozdan so'ng politsiya kelib qizni xibsga olishdi. Jungkook Insuga gapirishni istamadi ammo ich-ichidan undan xavotirda edi. Insu esa unga hatto qaramay o'rnidan turib xonadan chiqmoqchi bo'ldi. Ammo Jungkook qizni to'xtatdi

β€” Qayerga ketyapsan

Insu Jungkookka shu qadar nafrat bilan qaradiki Jungkook bu nigohlarga ilk bor duch kelgani uchun so'zsiz qoldi. Insu jahl bilan qo'lini uning kaftidan siltab oldi.

β€” Hech qayerga ketmaysan! β€” Jungkook qizga qattiq ta'kidladi. Ammo shunda ham qizdan sado chiqmadi. Jungkook hamshirani chaqirib qizni eshikdan tashqariga chiqarmaslikni ta'kidladi. O'zi esa janob Im huzuriga ketdi.

β€” Janob Im... menga bu holatni tushuntirib berasizmi?

Jungkook kirgan zahoti shifokorga savol berdi. Janob Im ham aynan shu narsani kutgandek Jungkookka o'tirishi uchun imladi

β€” Janob Jeon... menimcha bu jiddiy ish. Sizning tahlil uchun topshirgan qoningizni Mire o'g'irladi. Demak kimdir siz bilan o'yib qilgan

β€” Qanday o'yin β€” Jungkook sabrsizlanib savol berdi

β€” Agar taxminlarim yolg'on bo'lmasa siz umuman bepusht bo'lmagansiz.... siz shu paytgacha yolg'onlar qurshovida yurgansiz

Jungkook bu gaplarni eshitishi bilan dong qotdi. Hozirgi holatini hatto o'zi ham anglolmaydigan darajaga kelib qoldi. Uning ichida ham g'azab ham qo'rquv ham sarosima barcha hissiyotlar mavj ura boshladi. Janob Imning xonasidan chiqqan yigit devorga suyanib qoldi.


Timeskip>>

Oradan bir hafta o'tgan bo'lsa ham bu kunlarning 3 kunini Insu kasalxonada o'tkazdi. Janob Im ham Jungkookni o'sha kuniyoq tekshiruvdan o'tkazdiki u umuman sog'lom bo'lib chiqdi. Jungkook esa qizning ko'ziga o'sha kundan beri ko'rinmadi.

β€” Opaa yaxshimisiz

β€” Minhooo β€” Insu ukasini ko'rishi bilan yig'lab yubordi. Haliyam ruhiy jarohatlar sabab qiz hamon to'shakda edi. Chunki bu ruhiy jarohat uning jismini ham zaiflashtirardi.

β€” Sizga nima bo'ldi opa? Bu o'sha ablaxning ishimi

Minho g'azablanib opasidan so'rarkan Insu shunchaki sukutda qoldi.

β€” Men uni o'ldiraman opa... buvimni ham aslida u o'ldirdi

* * * *

β€” Mire xonim agar sizga buni kim buyurginani tan olsangiz jazo biroz yengillaahadi

β€” Sizlarga aytyapmanku buni o'zim xohladim deb

Hali hamon so'roq qilish xonasida Mire aybini tan olmayotgani tergovchi komissarning allaqachon toqatini toq qilgandi.

β€” Yaxshi... unda sizni boshqasi so'roq qiladi

Mire xuddi g'olib bo'lgandek tergovchiga kulib qararkan birozdan so'ng ichkariga kirgan odamni ko'rib kulgusi yo'qoldi

β€” Xo'shh Mire xonim... meni juda yaxshi taniysan deb o'ylayman

Jungkook qizga o'tkir nigohlar bilan qarab so'radi. Uning yuzlari sokin bo'lsada nigohlari ichidagi maxluq qanchalar quturganini yaqqol ko'rsatib turardi.

β€” Mendan nima istaysiz β€” Mire qo'rquvdan Jungkookdan so'radi. Jungkook qizning qo'rquvini uning so'zlaridan anglagancha kulib yubordi

β€” Miree... bu juda aniqku.... β€” yuzidagi kulguni yakunlab jiddiy yuzi bilan qiz tomon yaqinroq engashdi

β€” Sen meni yuragimning bir parchasini o'ldirmoqchi bo'lding Mire. Va men sendan buni sababini va kim qilganini so'ramoqchiman.

Timeskip⏩

So'roq qilish xonasidan chiqqan Jungkook egnidagi kostyumini tugmalarini qadadi. Uni ko'rgan komissar darhol yoniga keldi

β€” Uni qamoqxonada yaxshi siylang!

β€” Ho'p bo'ladi janob Jeon β€” kamissar ta'zim qilgancha Jungkookni kuzatib qo'ydi.

Jungkook mashinasiga minganida hafsalasiz nafas chiqardi. Asabiy peshonasini barmoqlari bilan uqaladi. Uning bunday ko'rinishi nihoyatda charchagan odamni aks ettirardi. O'sha voqeadan so'ng yigitda halovat yo'qolgan. Faqatgina miyyasidagi o'sha "kim" degan savol uni kundan-kunga yeb bitirardi

Sokin va zulmat qoplagan tun.... katta yo'lda chiroqlarning miltillashi ostida Jungkook mashinasini sekin boshqarib borardi. Bu sukunat unga bo'lgan qo'ng'iroqqa qadar davom etdi xolos

β€” Eshitaman janob Im

β€” Jungkook tahlil natijalaring chiqdi....

Jungkookning yuragi birdan shuv etib ketdi. Tomog'idagi qattiq narsani zo'rg'a yutdi

β€” Yo'ldaman 5 daqiqada boraman

Mashinaning tezligi keskin oshdi. Tun bo'lishiga qaramay Jungkook katta yo'lda bor tezlikda harakat qilardi. Ichida esa allaqachon g'alayon boshlangan edi. Miyyasida esa faqatgina bir savol qotib qolgandi. "Natija qanday chiqadi?"

Mashinani kasalxona qarshisida to'xtatgach Jungkook biroz muddat ichida qoldi. Go'yo ichidagi qaltirash yuzaga chiqayotgan edi. Sekin mashinadan tushib toza havodan chuqur nafas oldida ichkariga odimladi. Janob Imning xonasini eshigini sekin taqillatar ekan ichkaridan "kiring" deya buyruq oldi.

β€” Janob Jeon qani marhamat o'tiring

β€” Xo'sh janob Im... natijalar qanday

Jungkook sabrsizlik bilan shifokordan so'rarkan uning bu so'zlari biroz titroq bilan chiqdi. Janob Im qo'lidagi varaqani to'g'irlab sekin yigit tomon uzatdi

β€” Sizni tabriklashim mumkin natija ijobiy va siz hech qachon bepusht bo'lmagansiz

Jungkook eshitgan gaplaridan karaxt bo'lib qoldi. O'zi tomon uzatilgan test natijalarini sekin olarkan ularda yozilgan ma'lumotlar yigitning ko'zlari yoshlanishiga olib keldi.

Timeskip>>>

Hashamatli qas oldida to'xtagan mashinadan yigit sekin tushdi. Bu qasr hozirgi tun uchun judayam sokin ko'rinardi unga. Qasrning tepa chiroqlari butunlay o'chgan faqatgina yo'lakning xira yorituvchi chiroqlari miltillardi. Jungkook ichkariga kirishi bilan birinchi bo'lib yerto'laga tushdi. Bu yerda faqatgina birgina qora eshik bor edi. Jungkook uni ochib sekin ichkariga kirib chiroqni yoqdi. Xona o'rtasida ikki qo'li zanjirlar bilan kishanlangan holda Jungwooning tanasi osilib turardi. Butun yuzi tanib bo'lmas darajada qon bir ko'zi shishib ketgan boshi yorilgan lablari yirtilgan yigit o'zida kuch topib hali ham yashash uchun kurashardi. Jungkook sekin kelib uning qarshisiga o'tirdida birin-ketin zanjirlarni bo'shatdi.

β€” Bilasanmi Jungwoo.... sen o'sha paytda ham too hozirgacha menga aytgan gaplaring rost edimi

Jungwoo holsizgina boshini yuqoridan pastga qaratib tasdiqladi. Jungkook uning yelkasidan tutib turardi.

β€” Jungwoo aynan shu sadoqating qiymati yo'q men uchun....

So'nggida yigitni bag'riga bosdi. O'zida aybdorlik hissi ortib borarkan ko'zidagi yoshni bilintirmaslikka harakat qilardi

β€” Meni kechir... hammasi uchun

Jungkook bag'ridan yigitni bo'shatib shunday degancha qo'riqchilardan birini chaqirdi. Unga tez tibbiy yordam ko'rsatishni aytib o'zi xonadan chiqdi. Zinalardan yuqoriga ko'tarilarkan o'zining xonasining qarshisidagi xona oldida bir zum to'xtadi. Eshik dastagini sekin burab ochdi. Xona nihoyatda sokin yotoqda esa oppoq kiyimda bir farishta misol qiz tinch orom olardi. Jungkook ohista qadamlari bilan ichkariga kirdida egnidagi kostyumini yechib qizning oldiga joylashdi. Shuncha ishlardan so'ng nihoyat o'zi yengillikni his qilgan yigit chuqur nafas chiqardi. Qo'lini qizning qorniga qo'yib:

β€” Meni kechir munchoq ko'zligim... hammasi uchun kechir. Barini qaytadan boshlaymiz. Sen men va farzandimiz

O'rnidan biroz qo'zg'alib qizning biroz tekis qorniga kichik o'pich qo'ygancha qayta yotib qizni bag'riga mahkam bosib sokin uyquga ketdi

β€’
β€’
β€’

ERTA TONG>>>

β€’
β€’
β€’

Insu tomog'ida bemani tiqilishni his qildi. Ko'zlaridagi uyqu to'liq ochilmasidan qo'li bilan og'zini yopgancha vannaxonaga yugurdi. O'qchib - o'qchib ichidagilarini bo'shatarkan oshqozonidagi og'riqdan uyqusi qochgan qiz yuz - qo'lini yuvib yana yotoqxonaga qaytdi. Suv ichib biroz yengil tortmoqchi bo'ldi ammi grafinda suv yo'qligini ko'rib chuqur xo'rsindi. Sekin zinalardan pastga tusha boshladi. Uy necha kundan beri juda sokin bo'lib qiz ham deyarli bu sukunatga ko'nikib bo'lgandi. Oshxonaga kirib o'zi uchun suv icharkan uning ortidan Yuna qarsak chalgancha kirib keldi

β€” Qoyilll.... ko'chadan bitta haromi orttirsang ham bu uyda haligacha qirolichadek yashab yuribsan

Insu uning gaplaridan g'azablanib og'zidagi suvni ovoz chiqarib yutdi. Ammo yuziga soxta tabassum bilan qizga yuzlandi

β€” Bu bilan sen ham o'z o'rningni bilib bo'ldingmi?

β€” Nima?! β€” Yuna qizning gapiga tushunmay qaradi

β€” Bu deganim men hatto foxisha bo'lsam ham seni boshlig'ing uchun juda qadrliman

Sen esa hatto o'zingni shu boshlig'ing uchun asrab kelayotgan bo'lsang ham u uchun bir tiyinlik qadring yo'q edi. Oddiy xizmatkorsan!! Agar shu asragan bokiraligingni unga bersang u uchun shunchaki bir foxisha bo'lasan qolasan. Endi tushungandirsan DARAJANG VA O'RNING QANDAYLIGINI

β€” SEN FOXISHAAA

Yuna ortiq chidab turolmay qizga tashlanarkan Insu ham o'zini himoya qilgancha qizga zarba berardi. Bir zumda uyni baqir-chaqir egallarkan boshqa xizmatchilar ularning janjalidan hayron edi. So'nggida Insu qizni sochidan tortib yerga yiqitdida tinmay yuziga ura boshladi. Qo'li stol tomon yetganda esa qaychiga ilindiyu uni olib o'ylab-o'tirmay qizning yuzini tilib tashladi

β€” JEON XONIM

Shu payt Jungwoo kelib qizni uning ustidan yulib oldida. Insu qilgan ishidan faxrlangandek telbalarcha uning ustidan kula boshladi. Yuna esa baqirgancha yerda yig'lab yotardi.

β€” Axaxa... nima qilib turibsizlar yordam bermaysizlarmi axir bechora qiynalib ketdi

Insu uning ustidan kulgancha gapirarkan endi yonidagi yigitga nigohi tushganda kulgusi birdan so'ndi. Qarshisidagi yigitning yuziga qarab bo'lmas edi. Insu uni bir zum Jungwoo ekanligiga ikkilandi

β€” Jungwoo

Yigitning ismi tilidan zo'rg'a chiqdi. Unga bir qadam yaqinlashganda Jungwoo ortga chekindi. Nigohlari yerga qadalib turarkan qizning nigohlari uning butun tanasi bo'ylab aylandi. Ko'ziga yosh to'lib borarkan tili kalimaga kelmay qoldi. Shu payt qasr eshiklari ochilib ichkariga Jungkook shiddat bilan kirib keldi. Bo'lgan hodisani anglolmay bir yerda yotgan Yunaga yordamlashayotgan xizmatchilarga qararkan nihoyat nigohlari qizning yuziga tushdi. Insu esa haliyam joyidan jilmay Jungwooga tikilib turardi. Jungkook Insuning yoniga bordida uni o'ziga qaratdi

β€” Axvoling yaxshimi? Nima bo'ldi? Hech narsa qilmadimi?

Insu nihoyat qarshisida undan havotirlanayotgan yigitga tikildida unga o'ylab o'tirmay tarsaki tushirdi.

β€” Sen nihoyatda vaxshiy.... iblis ekansan

Alam bilan yuqoriga ko'tarilib chiqib ketdi. Jungkook yuzidagi achishishga ahamiyat bermay qizga qarab qoldi. Nigohini Jungwoo tomonga keskin qaratganida Jungwoo o'zida biroz qo'rqishni his qildi

β€” Meni kechiring janob Jeon ammo janjal tufayli kirishga majbur bo'ldim

Jungkook