July 2, 2025

Unutgan yurak

5-qism

Ara pov:
Biz yugurardik. Tanamiz yorug‘, orqamizdan esa qorong‘ulik cho‘kardi. Raien qo‘limni mahkam ushlagan. Har bir qadamimiz — ming yillik sirlar ustidan edi.
Sozlikdagi har bir qadamim — men kimligimni anglatayotgan edi.
Biz qadimiy haykal atrofidagi aylana markazida to‘xtadik. Atrofda kuchli shamol ko‘tarildi, toshlar tebranib, yer titradi. Osmonda qora soyalar harakatlana boshladi.
Raien menga tik qaradi. Uning ko‘zida azob va fido bo‘r edi.
— Ara… agar hozir qaror qabul qilmasak, ular seni tortib ketishadi. Sen ularning qo‘lida o‘yinchoqqa aylanasan.
— Men kuchimni yo‘qotishdan emas… seni yo‘qotishdan qo‘rqaman, - dedim shivirlab.
Raien bir lahza jim qoldi. So‘ng egilib, peshonamga qo‘lini tekkizdi. Uning qo‘li issiq, yuragi esa shunchaki shovqin ichida emasdi — u men bilan urayotgan edi.
—Sen meni tanlaganingda, men o‘zimdan voz kechganman. Endi sening uchun... men yana kurashaman.
Soyalar bizni o‘rab oldi. Har tomondan qorong‘ilik ichidan maxluqlar chiqdi. Ularning nigohi — sovuq, lekin so‘zsiz yovuzlik to‘la edi.
Men qo‘limni ko‘tardim. Ichimdan nur ko‘tarildi. Bu nur nafaqat kuch edi - bu yurakdagi ishonch edi. Raien yonimda turdi. Biz endi yolg‘iz emas edik..
— Qochamizmi? - dedim qo‘rquv bilan.
— Yo‘q. Bu safar... ularni orqaga qaytaramiz.
Raien kuchini to‘pladi. Uning atrofini muqaddas nurlar o‘rab oldi. Mening qo‘limdagi nur esa yurak shaklida lovullardi. Biz bir vaqtning o‘zida zarba berdik va soyalarni chekinishiga sabab bòldik.
Soyalar qichqirdi. Ular orqaga chekinardi. Lekin... ular oralarida biri bor edi. Boshqacha. Balandroq. Va.. u gapirdi.
— Ara, sen kimligingni unutgan bo‘lishing mumkin. Lekin men eslayman. Sen biz tomonda bo‘lishing kerak edi.
Men jim turdim. Yuragimda g‘alati bir titroq. Go‘yo.. bu ovoz menga tanishdek edi. Ammo eslay olmayman. Raien qattiq nafas olib, yonimda turar edi.
— Kim bu?- dedim shivirlab.
Raien yelkasini qisdi. Ammo nigohi jiddiy edi.
—U.. men tanigan odam.
Raien POV:
Men bu soya sardorini taniyman. Bu — mening aka-ukamdek bo‘lgan odam. U ilgari mening yonimda kurashgan. Ammo bir kun kelib, u yuragini qorong‘ilikka almashtirdi. Endi u Ara’ni ham o‘z tarafiga og‘dirishni istaydi.
Men bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman.
Ara bu dunyoning kaliti. U yuragi bilan nur tanlagan. Uning nuri — meniki bilan uyg‘un. Agar men uni himoya qilmasam.. men o‘zimni kechira olmayman.

Òsha vaqt Jang vaqtinchalik tugadi. Soyalar orqaga chekindi. Ara o‘z kuchining yangi qirrasi — himoya doirasini yaratishni o‘rganib olgandi. Raien va Ara birga, lekin oralaridagi sirlar tobora og‘irlashmoqda edi. Jang dan keyin Soyalar sardori Ara’ni chaqirdi: “Sen yuragingni tingla - unda bizni ko‘rasan.”
Ara eshitgan ovoz tanish. U yuragida - “Bu kim men uni taniymanmi?” degan savol bilan qiynaladi.

Ara pov:
Jang ortidan sukut. Ammo bu sukut — og‘riq bilan to‘la edi. Soyalar chekingan, ammo yuragimdagi savollar yana chuqur ildiz otgan. Raien yonimda turibdi. Uning qo‘li qo‘limda... ammo yuragi — men bilanmikin?!
Shu payt men so‘radim:
— U sen uchun kim bo‘lgan, Raien?
— U — Yilan. Sen uni eslay boshlayapsan.
Bu ism yuragimda titroq uyg‘otdi. Ko‘z oldimda xira xotiralar — bolalik, kulgi, va... birinchi ko‘z yosh.
Tunda Raien sokin. U deraza oldida yulduzlarga tikilgan. Men esa ko‘nglimda — g‘alati bir iliqlik va chalg‘ish.
Qisqa sukutdan keyin men orqasidan bordim. Uning yelkasiga qo‘l qo‘ydim.
— Raien..
U asta o‘girildi. Ko‘zlarida charchoq, yuragida esa haligacha men uchun kurashayotgan yigit bor edi.
Men sekin so‘radim: — Nega menga hammasini aytmading?
U lablarini qisdi. So‘ng... sekin boshini mening yelkamga qo‘ydi.
Bu harakat... qanchalik yaqin bòlsa, shumchali xavfli💔
— Chunki yuragim seni unutolmadi. Har bir tushimda sen menga qaytarding. Endi esa sen rostdan ham mening oldimdasan.
Men yuragimda birinchi bor hal qiluvchi bir harakat qildim. Uning yuzini qo‘lim bilan ushlab, ohista, yuragimdagi jur’at bilan... Raien’ni bo‘sa oldim.
Bu bo‘sa — sukutdagi iqror.
Yorug‘lik va qorong‘ilik oralig‘ida topilgan yuraklar bir zumda birlashdi.
Raien ko‘zlarini yumdi. So‘ng sekin pichirladi: -Ara... bu safar men sening yodingni òchirishga harakat qilmayman
Ertalab uyg‘onganimda Raien yonimda emasdi. U ketgan. Faqat yostig‘im yonida bir parchani qoldirgan edi. Unda yozuv:
- Men qaytaman. Lekin seni xavfdan asrash uchun — avvalo o‘zimni xavfga solishim kerak.
Yuragim muzlab ketdi. Qani endi bu kecha uzoq davom etganida…
Shu zahotiyoq deraza yonida — qora qush. Bu safar u yerga tushganda yuragidagi medal ichida to‘rtinchi belgi yotardi.
Uni olgan zahoti — atrof o‘zgaradi.
Men o‘zimni xotira maydonida topdim. Bu safar oldimda — Yilan.
— Sen meni unutganingni o‘ylagandim, — dedi u, lekin o‘z ko‘zlariga ishonmasdi.
— Sen meni himoya qilgan eding, Yilan. Lekin men endi o‘zimni o‘zim himoya qila olaman.
Qo‘limda yorug‘lik portladi. Yilan ortga qaradi.
— Sen uni tanlading... Raienni.
Ha. Chunki yuragim - u bilan tinch.
Men uyg‘onganimda — Raien uyda edi. Yuragi g‘amda, lekin ko‘zlarida umid.
Biz o‘sha kecha jim o‘tirdik. U mening tizzalarim ustiga boshini qo‘ydi. Birinchi marta - uning qalbidagi himoya masofasi qolmagan edi.
U sevish uchun qayta tanlagan yurak bo‘ldi. Men esa uni qayta tanladim💞

Ara pov:
Atrof jim. Raien bilan uzoq yo‘l bosib, shahar chekkasidagi qadimiy, g‘ayrioddiy bog‘ga yetib keldik. Bu joy na xaritada bor, na internetda — u faqat yuragimda bor edi.
Raien yo‘lda pichirladi: —Bu joy faqat yuragi uyg‘onganlarga ko‘rinadi. Ilgari sen bilan birinchi marta shu yerda bo‘lganmiz..
Ko‘zimni yumdim. O‘sha quvonchli kulgi, gullar ichida yugurayotgan o‘zimiz, va birinchi... bo‘sa. Ichimda bir nima titradi.
— Demak, bu... bizning joyimizmi?
Raien asta bosh irg‘adi.
— Bu bog‘ — sening qalbingdagi eshik. Men faqat yo‘l ko‘rsatuvchiman.
Biz bog‘ ichidagi yengil shamolda yurganimizdа, atrofdagi daraxtlar yaproqlari shivirlab, o‘tmishimizni so‘zlayotgandek edi. Har bir guldan tanish xotira kelar, har bir ko‘rinish yuragimni isitardi.
Bir joyda to‘xtadik.
Oldimizda katta, yog‘ochdan yasalgan eshik bor edi. Ustida esa porlab turgan belgi: Yurak tanlagan narsani ong unutolmaydi.
Men qaradim: — Bu nimani anglatadi?
Raien:
— Bu eshik ortida sening eng beg‘ubor, eng chin hislaring yashiringan. Bu eshik faqat yuraging ochganida ochiladi.
Men eshik tomon bir qadam tashladim... va eshik asta ochildi.
Ichkarida kichik hovli. O‘rtada mayin suv favvorasi. Atrofida esa rang-barang gulzorlar. Va, eng markazida — ikki o‘rindiq.
Biz o‘sha o‘rindiqlarga o‘tirdik. Sukut.
Men Raienga qaradim: —Sen meni eslashimni istamading. Lekin yuragim baribir yo‘lini topdi.
Raien jilmaydi. Uning nigohi sokin, lekin ichida chuqur ma’no bor edi.
— Men seni saqlashni istadim, lekin o‘zimni yo‘qotdim... Ara, men har kecha seni tushimda ko‘rdim. Har doim xuddi shu joyda.
Shu lahzada men unga yaqinlashdim.
— Raien… endi kech qolmadikmikin?🥺
U asta bosh chayqadi:
— Yurak hech qachon kechikmaydi.

Va men... unga eng yaqin bo‘ldim. So‘zlarsiz.
Bu gal bo‘sa emas — yuraklar o‘zaro to‘qnashgan, yuraklar bir-birini taniydi. U faqat peshonamga yengil lab bosdi.
Bu bo‘sa shifo edi.
Biz uzoq sukutda bir birimizni baĝrimizga bosib, òylanib òtirdik. Ammo yuragimda endi boshqa tuyg‘u — bu yurak muvozanati. Endi men yolg‘iz emasman. Va Raien ham.
Raien sekin dedi:
— Men bu bog‘ni tark etmoqchi emasman. Agar sen rozi bo‘lsang, bu bizning joyimiz bo‘lsin.
Men ko‘zlarimda yosh bilan kuldim.
— Men rozi🙂‍↔️. Har safar yuragim charchaganda, shu yerga qaytishni xohlayman.
Raien boshini qimirlatdi.
— Bu yer endi qalbimizning panohi🥹🎀