June 13, 2025

Omadli birinchi Muhabbat

3-qism

Yoznig issiq kunlari edi. Quyosh huddiki " Seni kuydiraman" degandek issiĝini urib turardi...

Soat kechki 16:30. Ara rolikli oyoq kiyimlari bilan charchab, Auroraning uyidan qaytarkan, yòlda qòshnisi Yuri ni kòrib qoladi. Va Yuri uni uyiga taklif qiladi. Yuriga dadasi mashinani yuvib qòygin degani uchun Yuri Araga sen shunchaki yonimda men bilan gaplashib òtir. Men esa mashina yuvaveraman deydi. Ara charchagan va uyiga borsa hozir ish qilishini biladi va qòshni qizning uyida biroz dam olib, u bilan gaplashishga qaror qiladi. Suhbat paytida Yuri:
"Bilasanmi, mening bir qarindoshim bor edi. U bizning uyga kelmaganiga ancha bòlgandi. Kichkina paytimizda kelgan" -deydi.
Ara bu gapiga unchalik e'tibor qilmadi. Uning niyati shunchaki dam olish edi. Va bugungi bòlgan xolatni ham Yuri ga aytmadi. Chunki u sirlarini faqat dugonasi Auroraga ayta olardi. Ara Yurining gaplarini shunchaki tinglab òtirgan payt, birdan darvoza ochildi va u yerdan òsha yigit kirib kelardi.
Ara:
(hayolida) - Nima? Bu nimasi? U bu yerda nima qilyapti?
Yuri uni kòrdi va Ara bilan tanishtira boshladi. Yuri:
-O salom, tanish bu Ara! Mening qòshnim bòladi. Ara bu mening òsha senga aytgan qarindoshim, uning ismi Raien. Yigit qizni oldin kòrgandi va qiz undan qòrqqandek yugurib ketgandi. Raien Araga kulib qarab:
- Salom, demak isming Ara! Qanday ajoyib, - deb sal kulib qòydi.
Ara:
-H, ha raxmat. (Ara juda uyalib, yuzi qizarib ketdi)
Buni kòrgan Yuri:
-Hooy Raien qòysangchi, Ara ni uyaltirma.
Shu payt Ara:
-Mayli, Yuri hayr. Mening uyda ishlarim kòp edi. Keyinroq gaplashamiz dedida uyiga qarab yugurib ketdi. Raien hayolida:
-bu qiz yana yugurib, qochyapdiya -dedi va "u nega bunchalar chiroyli. Men uni oldin kòrgandekman, -deb òyga chòmdi.

Ertangi kun.
Qiz hali ham Raien haqida òylashni tòxtatmasdi. Ara ning hovli uyda yashagani uchun uyida katta besyn bor edi. U yerda ukasi bilan chòmilardi. U har kuni chòmilib, sal qoraygandi. Lekin òsha Raien kelgandan beri u chòmilishni tòxtatdi. U òzining rangidan uyalayotgandi. (Lekin u unchalik qoraymagan, ammo qizlar doim sal qoraysa yoki semirsa bòldi vohima qilib yuboradi😂)
Shunday qilib, huddi shu kuni Ara ohirgi marta chòmilishga qaror qildi. Ukasi bilan basseynda rohatlanib, salqinlanib bòlgach, kiyimlarini almashtirdida, Raienni yana bir bor kòrish maqsadida darvozadan boshini chiqarib qaradi.
Qarasa, u yerda Yuri, uning akasi Jeyson va Raien bir-biriga suv sachratib òynayotgan ekan.
Ara Raienga qarab turgan payti unga kimdir bir chelak suvni uning ustiga sochib yubordi. Qarasa bu Yuri ekan. Uning jaxli chiqdi, axir hozirgina kiyimini almashtirib chiqgan edi. Lekin òsha vaqt Raien gapirib qoldi:
-Ara, kiyiming suv bòlgan ekan, biz bilan òynashga nima deysan?
Ara biroz hayron qoldi va rozi bòldi:
-Mayli, lekin kòp emas. Shamollab qolishim mumkin.
-Hoy senga hech narsa qilmaydi, dedi Jeyson va uning ustiga suv sochishga tushdi.
Tòrttovlon birga maza qilib òynashdi. Usti-boshi hòl bòlgan Ara oyisi kòrib urshmasligi uchun arang yashirinib, kiyimini almashtirdi. Bugungi kun u uchun juda maroqli bòldi💕