Tungi shahar
Toshkent shahri tonggi shovqin bilan uyg‘ongan. Tramlar chinqirib o‘tmoqda, odamlar shoshib ofis tomon yugurmoqda. Ammo bu shovqin ichida... Myra asta yurardi. U 21 yoshda, oddiy qizdek ko‘rinardi. Bir haftada uchinchi marta ish joyini o‘zgartirgan. Bugun esa yangi joy: "Lux & Bloom" nomli kichik floristika do‘koni.
— "Kech qolmaslik kerak edi, yana boshlanish..." — dedi u yengil kulimsirab, lekin ko‘zlarida charchoq yashiringan edi.
Do‘konga kirganida xo‘jayini unga qattiq tikildi.
— “Endi yana kechiksang, tushliksiz ishlaysan!”
Myra yelka qisdi.
— “Bo‘ldi. Yana ketib qolmasam bas.”
Ammo ich-ichida... boshqa narsa bor edi. U odamlar yuziga qarab, yuragidagi sezgilarni o‘qiy olardi. Har bir mijoz kirganda, u qanday kayfiyatda ekanini aniq sezardi — havotir, dard, baxt, alam. Ammo u bu hislarni o‘ziga yaqinlashtirmaslikni o‘rganib ulgurgan.
Kechqurun.
Kechqurun yomg‘ir yog‘a boshladi. Shahar ustida qora bulutlar to‘plandi. Myra bekatda avtobus kutib turganida, nimadandir bezovta bo‘la boshladi. Ko‘ngli g‘ash edi. Soat 19:53.
Birdan atrofda harorat pasaydi. Hamma jim bo‘lib qolgandek tuyuldi. Faqat bir bola, yoshgina, ko‘chada turib yig‘layotgandi.
Myra unga qaradi.
— “U… qorqmoqda,” — deb shivirladi u.
Birdan bola yonida turgan bir erkak… o‘zgarishni boshladi. Uning tanasi qora tuman bilan qoplandi. Ko‘zlari qip-qizil bo‘ldi. U odam emas, endi boshqa narsa edi.
Zoltar– uzoqdan jilmayib turgancha, maxluqqa kuch bergandi.
— "Uning g‘azabi zo‘r! Mana endi Myra qayerda yashirinyapti o‘zi?"
Myra ortga chekindi.
Soatiga qaradi. Undagi Nova kristalli yaltiradi.
— “Kelgan bo‘lsa, demak men ketolmayman.” — dedi u.
U tezda bir orqa ko‘chaga o‘tib, sumkasidan niqob va qo‘lqop chiqardi. Uning ko‘zidagi charchoq yo‘qoldi. O‘rniga ishonch, qat’iyat va… yulduz nuriga o‘xshagan kuch keldi.
U endi Myra emas, “Yulduz jangchisi — Myra” edi.
Myra niqobni taqdi. Yulduz shaklidagi brosuj yorqin porladi.
Tanasi atrofida nur chaqnadi.
U shahar osmoni uzra yugurdi. Maxluq odamlarga hujum qilayotgan edi.
—To‘xta!— deb qichqirdi u.
Yovuz maxluq unga qarab, katta yo‘l chetidagi mashinani uloqtirdi.
Myra darhol Chrono Shiftni ishga soldi —
Vaqt 5 soniyaga to‘xtadi.
U mashinaning oldiga borib, uni boshqa tomonga yo‘naltirdi. So‘ngra yana harakat boshlandi.
Maxluq unga hujum qildi. Myra Nova zarbasi bilan unga yorug‘lik nurini uzatdi. Ammo bu zarba uni faqat orqaga uloqtirdi. U kuchliroq edi. Zoltar esa uzoqdan kulib turardi...
Myra jangdan keyin soyada o‘tirib, shahar osmoniga qaradi.
— “Men bu kuchni istamagan edim... ammo endi tanlaganman. Zoltar… bu boshlanishi.”
Keyingi sahnada esa bizga bir yigitni ko‘rsatishadi. U sahnada turib qo‘shiq aytyapti. Ismi: Nolan. Uning taqdir ipi ham allaqachon Myra bilan tutashib bo‘lgan…