Unutgan yurak
Ara ikki kundan beri Raien’dan darak yo‘q edi. U ketganidan beri na yuragi tinch, na tushlari sokin. Har tun — yolg‘izlik, har tong — savollar.
Lekin bu safar tushda u Raien’ni ko‘rmadi. Faqat qora tutun, va... yuragiga bosilgan muhr singari yonib turgan belgi. U uyg‘ondi — kaftida chindan ham o‘sha belgi paydo bo‘lgandi.
Ishxonada u o‘sha kundalikni yana varaqladi. Va bir sahifada quyidagi so‘zlarni o‘qidi:
“U g‘oyib bo‘lishi — himoya. Ammo yurakni hech bir soyalar yashira olmaydi.”
Ara bu so‘zlarni o‘qigach, biron joyga borish kerakligini his qildi. Ichki kuch uni qadimiy ibodatxona xarobalariga yetakladi — bu joy haqida ilgari faqat tushda ko‘rgan.
U yerda — havoda jimjimador titroq, toshlar ustida esa qadimiy belgilar. Ara qo‘lini bir devorga tekkizdi — shu on yer qaltiradi.
Va... u paydo bo‘ldi. Raien.
Ammo bu safar u boshqa edi: xiralashgan, go‘yoki yarim soya, yarim odam. Ko‘zlarida kuchli charchoq.
— “Men seni unut deyolmayman, Ara.” — dedi u pichirlab.
— “Men unutmadim...” — dedi Ara, ko‘zlari yoshga to‘la.
Raien asta yaqinlashdi.
— “Mening borlig‘im sendan kuch oladi. Ammo bu seni xavfga soladi. Har gal menga yaqinlashganingda — soyalar seni topadi.”
— “U holda... mendan uzoqlashma. Birgalikda bo‘lsak, men ham kurashaman!”
Raien ko‘zlarini yumdi. U bir qarorga kelgandi. Unga qo‘l uzatdi.
— “Unda yurak eslay olgan joyga qaytamiz. Biz qayerdan boshlagandik — o‘sha yerga.”
So‘ngra ular birga belgilar markaziga o‘tishdi. Atrofda nur harakatlana boshladi. Yer ostidan qadimiy kuch uyg‘ondi.
Va bu kuch Ara ichidagi sirli iste’dodni to‘liq ochdi.
Uning ko‘zlari yorqin nurlarga to‘ldi. Kaftlaridan oq va ko‘k rangli energiya chiqdi. Sochlari havoda hilpirardi.
Va shunda... soyalar qaytdi. Bu safar ularning boshida — niqobli sirli bir ayol. Uning ovozi sovuq:
— “Bu yuraklar... bizning yo‘limizga to‘siq. Ularni yo‘q qilish kerak.”
Raien unga qarshi chiqmoqchi bo‘ldi, lekin bu safar Ara oldinga chiqdi. U ilk marta o‘z kuchini ishlatdi — himoya halqasi bilan Raien’ni va o‘zini o‘rab oldi. Ayolning zarbasi bu halqaga urilganda, kuchli portlash yuz berdi.
Ammo halqa yorilmadi. Ara hech narsa demadi. Faqat yuragi bilan turdi. Va bu yurak — endi eslagan, sevgan, himoya qilgan edi.
Raien POV:
Men orqaga qaytmadim. Qaytolmadim.
Ara’ning ko‘zlari, qulog‘ida yangragan ovozi, kaftidan chiqqan yorug‘lik — bularning bari menga shunchalik tanish, ammo… shunchalik xavfli.
Men muhofizman. Yurak egasi emas.
U esa... yuragi bilan uyg‘ongan. Men unga bu dunyoga qaytmaslik kerakligini aytmoqchi edim. Lekin yuragi meni tanlab bo‘ldi.
Kundalikni yozmay qo‘ydim. Chunki yuragim gapiradi.
Shahar chekkasidagi sirli ibodatxonada men yana soyalarni his qildim. Bu safar ular befarq emas — ular izlab yurishmoqda. Ara’ni.
Men u yerga borishim kerak edi, ammo yuragim... yuragim unga qaytishni xohlamadi. Uni ko‘rsаm, yana yaqinlashаmаn. Yana xatoga yo‘l qo‘yaman. Yana... ularni unga yaqinlashtiraman.
Ammo men kechdim.
Ara endi yolg‘iz emas edi.
Soyalar uni topgan.
Men yetib borganimda, u ibodatxona ichida – kuchi bilan ularni to‘xtatishga urinayotgan edi. Kaftlaridan chiqqan yorug‘lik hali to‘liq boshqarilmaydi. Yuragi titraydi, lekin u taslim emas.
U mening o‘rnimda turar edi.
Men kurashmoqchi bo‘ldim. Ammo birinchi bo‘lib u aytdi:
— “Orqamda turmа. Menga ishon. Endi men ham himoya qilaman.”
Men hayratda edim. U qachon bu darajaga yetdi?
Soyalar unga hujum qilganda, Ara kuchining eng yuqori nuqtasiga yetdi. Yuragi nurlandi. Va... ichidan chiqayotgan ovoz — meni larzaga soldi.
“Sen faqat mening himoyachim emassan, Raien. Sen... mening tanlaganimsan.”
O‘sha lahzada soya orqadan menga hujum qildi. Men yiqildim. Ko‘zlarim qorong‘ulashdi. Va faqat bir issiqlikni his qildим.
Ara... meni himoya qilayotgan edi.
U meni bag‘riga oldi. Qo‘lini peshonamga qo‘ydi. Va pichirladi:
— “Endi men esladim. Sen kimligingni ham, biz nima bo‘lganimizni ham. Meni unutganing emas, meni unutishga majburlanganingni bilaman. Endi men seni unutmayman.”
Meni ko‘z yosh tutolmadi. Men unga faqat shunday dedim:
— “Unda yur. Mening haqiqatimni bilishga tayyormisan?”
U bosh irg‘adi. Yengil kulimsiradi.
Men qo‘limni uzatdim. U tutdi. Biz birgalikda ibodatxonaning orqa devoridagi sirli belgini faollashtirdik.
🌀Devor yorildi. Va biz o‘zga dunyoga o‘tdik. Biz... boshlangan joyga qaytdik
Ara pov:
Atrofim — yorug‘lik va zulmat oralig‘i. Tepamda yulduzlar emas, harakatsiz, ammo chuqur osmon. Tagimda — tirikdek jimjimador tosh. Men bu joyni birinchi marta ko‘rayotgan bo‘lsam-da, yuragim allaqachon bu yerda bo‘lgan edi.
Raien yonimda edi. Ammo bu safar u boshqacha. Ko‘zlarida endi alam emas — javob bor. Va men bu javobdan endi qo‘rqmayman.
— “Bu joy — bizning xotiramiz manzili,” — dedi u sokin ovozda.
— “Biz shu yerda ilk bor uchrashganmiz. Faqat sen esingdan chiqargansan.”
Yuragim beixtiyor hapriydi.
— “Kechir... Ishonishga harakat qilayapman.”
— “Sen hech nima qilmagansan, Ara. Bu — mening qarorim edi. Esingdan o‘chirish orqali seni asrayman, deb o‘ylagandim.”
Biz cheksiz maydon ichida yurishda davom etdik. Har bir qadamimda unutilgan xotiralar ko‘z oldimda jonlanardi. Faqat bir manzara takrorlanardi: men va Raien — birga. Kulgi, daraxt ostida aytilgan va’dalar va... xayrlashuv.
Men shu yerda to‘xtadim.
— “Raien… Men rostdan ham seni sevganmanmi?”
U jim edi. Faqat menga yaqinlashib, peshonamga peshonasini tekkizdi. Ko‘zida yosh bilan pichirladi:
— “Sen meni sevgan eding. Meni tanlagan eding. Shuning uchun men hamma narsamni berdim.”
Biz katta maydon markazidagi baland tosh haykal oldiga bordik. Uning ustida menga tanish belgilar bor edi. Tushlarimda ko‘p ko‘rgan yozuvlar. Ulardan biri lovullab yonardi.
— “Bu sening kuchingning manbai,” — dedi Raien.
— “Endi sen oddiy inson emasligingni tushunishing kerak. Sening tomiringda ikki dunyoga tegishli qon bor.”
Men dahshatga tushdim. Ammo yuragim jim emas edi.
— “Demak men... bu ikki dunyo orasidagi ko‘prikman?”
Raien bosh irg‘adi.
— “Shuning uchun soyali kuchlar seni qidirmoqda. Ular seni yo‘q qilishni istaydi, chunki sen — ikki dunyo muvozanatini ushlab turgan yuraksan.”
Shu payt osmon to‘satdan gumburlab, moviy rangga kirdi. Raien bir zumda menga qalqon bo‘lib, ortimga o‘tdi.
— “Ular kelyapti…”
Men ufqda yugurib kelayotgan soyalarni ko‘rdim. Ular bizni sezib bo‘lgandilar.
— “Bu safar men faqat himoya qilinmayman.” — dedim yuragimdan chiqqan nur qo‘llarimga to‘planganda.
— “Ara, bu kuch... seni o‘zgartiradi.”
— “Men tayyorman.”