Omadli birinchi Muhabbat
Nahotki, men shunchaki tushimda kòrgan yigitni sevib qolgan bòlsam...
-Hòp oyijon hozir dedimda, oyimga eshittirmasdan "Uffff bu ishlar qachon tugaydi òzi😩, eng qiziq joyiga kelgan ediya". Ara shunday dedida turub nonushta qilgani narigi xonaga ketti. Nonushta paytida onasi unga:
-Qizim, kecha soat nechida uxlaganding, turishing rosa qiyin bòldida- deb hazillashdi.
-Kecha òsha xar doimgi vaqt, òn yarim-ònbirlarda uxladim. Bilmadim, kecha qattiq charchaganga òxshayman. Òsha payt ukasi gapirib qoldi:
-Oyi opam sizni aldayapdi. Kecha soat 1 gacha drama kòrib yotgan.) Bu gapni eshitib Ara qòrqib ketdi va onasiga qaradi. Onasi esa shartta Araga qarab, sòng uning ukasiga:
- uning soat birgacha yotganini sen qayerdan bilding?! Demak, sen ham u payt uxlamagansan, televizor kòrgansan shundaymi?
Òzi bilmagan xolda qòlga tushgan ukasining yuziga qarab kulib yubordi Ara.
-Oyi opamni felini bilasizku. Doim òzini jiddiy kòrsatib yuradi, men uning bu qiliqlaridan zerikib ketaman.
Ara: òlging kelyaptimi
Onasi: mayli, hech qisi yòq, bòldi urushmanglar. Boshqa takrorlanmasin deb qiziga qaradi Jenny xonim.
-Hòp bòladi oyijon.
Yoz kunlari edi..
Òquvchilar allaqchon dam olishga chiqib ketishgan.
Hamma ovqatlanib bòlgach, onasi unga nima ishlar qilishini aytib,
-Bugun shu ishlarni tugatib qòygin, men buvingnikiga borishim kerak - dedi.
Ara "hòp" deb
-Ukamga ham biron ishlar buyuring, meni aytganimni qilmaydi dedida onasi aytgan ishlarni qilishga tushdi.
Ara ishlarni qilar ekan, uning hayoli hali ham òsha odamda edi. Birdan eshikdan uning qóshnidi bòlgan bitta kichkina bola kirib keldida,
-Salom, sizni dugonangiz chaqiryapdi. Muhim gapi bor ekan, iloji bòlsa uning uyiga borarkansiz dedi. Qiz hayron bòlib Auroraning uyiga borish uchun rolikli oyoq kiyimlarini kiydi. Va onasiga "Oyi men kòchada biriz aylanib kelaman" dedi.
Mana kutganingizdek fanficning boshidagi voqea huddi shu yerdan boshlangan edi.
Ara honasida "men uni qanday uchratib qoldim, qayerdan kelip qoldi u" deb òylap òtirar ekan, uning dugonasi chaqirgani yodiga tushdi va Auroraning uyiga bordi.
Ara Aurorani kòrib
-Salom, ahvoling yaxshimi? Menda nima gaping bor edi? Nima uchun chaqirding? dep sòradi undan.
Aurora:Bilasanmi, senga aytishim kerakmi yòq mi, òsha sinfdagi senga sevgi isxor qilgan yigitning boshqa qiz bilan gaplashib yurganini eshitdim, dedi.
Araning yuzida hecha qanday reaksiya bòlmadi va javob berdi.
-Men uni sevmayman, u menga sevgi isxor qilib, endi boshqasi bilan yuriptimi demak meni sevmagan. Meni sevmaydigan insonlarga vaqtimni ham asabimni ham ketirmayman - dedi.
Ara: aytgancha bilasanmi men menimcha bittasini sevib qoldim deb, kulimsiradi.
Aurora dugonasining chin yurakdan, uyalib kulganini birinchi bor kòrib, hayron holda kulib yubordi.
- Nima men sening bunday holda kulganingni birinchi marta kórib turipman. Rostan ham sevib qolipsan😁. Qani u baxtiqaro kim ekan gapirib berchi menga.
Ara biroz uyalib
- Men uni tushimda kòrdim, gapini tugatishidan oldin Aurora baqirib yubordi
- NIMA, sen hali tushingdagi insonni sevib qoldingmi?
Ara: Hooy axir ohirigacha eshitsangchi, hullas tushimda bòlgan narsalarga unchalik e'tibor bermagandim, lekin bilasanmi, men bugun òsha insonni real hayotda kòrdim. Rostini aytaman, men uni oldin umuman kòrmaganman. Ammo u tushimga kirdi va bugun haqiqiy hayotda kòz oldimda turibdi.
Ara: mayli, xayr men uyga ketishim kerak.
-Mayli, yaxshi yetib ol.