FAKE COUPLE
Aslida sen hech kimni tanimaysan. Faqat ular ko‘rsatishga ruxsat bergan qismigina senga tanish.
Xona qorong‘ilikka cho‘mgan edi. Faqat yurak monitorining “bip… bip…” ovozi bo‘g‘iq tovush bilan quloqqa urilardi. Ryu Na asta ichkariga kirib, hayratdan qotib qoldi. Ko‘zlari asta-sekin qorong‘iga o‘rganarkan, yotoqda yotgan insonning yuzini ko‘rib, yuragi bo‘g‘ziga tiqildi.
Uning ko‘z oldida maska taqqan, oq apparatlarga ulangan tanish chehra yotar edi. Lablarida qon rangidan qolgan izlar, yuzida esa yaralarning yengil izlari bor edi. Ammo Ryu Na u yuzni ming yildan keyin ham adashtirmasdi.
— “Taehyung…?” — dedi u past ovozda, qaltirab.
Bir lahza oyoqlari qaltiradi, tanasi muzlab qoldi. “Yo‘q… bu imkonsiz… Taehyung o‘lgandi! Men uning jasadini ko‘rganman…” degan fikr miyasini teshib o‘tdi. Ammo u yotqiziq holda baribir shu yerda edi. Nafas olardi. Tiriiiik edi.
Ryu Na beixtiyor qo‘lini uning qo‘liga qo‘ydi. Issiqlik… aniq issiqlik bor edi. Shu on Taehyungning barmoqlari sekin qimirladi. Qizning ko‘zlari kattalashdi. Yuragi ko‘kragidan chiqib ketgudek urardi.
U hushini yo‘qotayozdi, ammo o‘zini tutib qoldi. Ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi. Qanchalik ko‘p yig‘lamaslikka harakat qilmasin, tomchilab oqayotgan yoshni to‘xtata olmadi.
U asta Taehyungning yoniga cho‘kkaladi.
Qo‘llari titrar, lablari qaltirardi.
— “Sen qaytib kelmasding-ku… men seni abadiy yo‘qotganman deb o‘ylagandim…” — dedi u pichirlab.
Bir zum ichida his-tuyg‘ular uni butunlay egallab oldi. U egilib, hushsiz yotgan Taehyungning lablaridan asta o‘pdi. Bo‘sa — og‘riq va sog‘inch aralash edi, unda qasos ham, muhabbat ham mujassam edi.
Lekin shu payt eshik qattiq ochildi.
Ichkariga Jungkook kirib keldi. Nigohi qotib qoldi. U ko‘z oldida bo‘layotgan manzarani ko‘rib, bir zumda qon tomirlari taranglashdi. Ko‘zlari qonga to‘lgandek yonib ketdi.
— “Ryu Na…” — uning ovozi sovuq, ammo titroq edi.
Ryu Na seskanib, darrov orqaga tortildi. Ko‘zlaridagi yoshni yashira olmadi. Jungkookning nigohi esa ularni pichoqqa o‘xshab tilka-pora qilardi.
U qadam tashlab oldinga keldi, ovozi past, ammo dag‘al chiqdi:
— “Sen nima qilyapsan?”
Xona ichida vahimali sukunat cho‘kdi. Faqat yurak monitorining “bip… bip…” tovushi eshitilardi.
Ryu Na lablari titrab, javob topa olmadi. U birinchi marta Jungkookning nigohida shunchalik xavf va iztirobni ko‘rardi.
Jungkook nima qilishiga qaramsadan Ryu Na Taedan uzoqlashmasdi.
Jungkookning sabri kosasi to‘ldi. U bir qadamda Ryu Naga yetib bordi va uning qo‘lidan shunchalik qattiq ushlab oldiki, qiz og‘riqdan seskanib ketdi.
— “Bas qil!” — dedi u sovuq ohangda, lekin ovozi ichki g‘azabdan titrardi.
Ryu Na bo‘shashib qolgancha unga qaradi:
— “Jungkook… men faqat—”
Ammo u gapini tugata olmadi. Jungkook uni tortib chiqardi. Shifokorlar va qo‘riqchilar hayratda qolib qarashdi, lekin hech kim qarshilik qilishga jur’at eta olmadi. Jungkookning nigohi hammani jim qildi.
U Ryu Nani VIP koridordan o‘z xonasiga olib bordi. Qiz qarshilik ko‘rsatishga harakat qilsa-da, Jungkook uni eshikdan ichkariga itarib yubordi. Eshik qattiq yopildi va kalit tovushi yangradi.
— “Bu yerda qolasan! Tashqariga chiqishni o‘ylama ham.”
Ryu Na eshik ortida baqirib yubordi:
— “Jungkook! Meni qulflab qo‘yishga haqqing yo‘q! Sen mendan nimani yashiryapsan!? Meni tiriklayin o'ldirmoqchimisan? Ikkinchi marta sevgimdan ayrilaymi?”
Ammo Jungkook to‘xtab ham o‘tirmadi. Uning ko‘zida qon aralash yosh miltillardi, ammo yuzidan hech nima bilinmasdi. U ichidan o‘zini ayblar, ammo tashqarida hamon sovuqqon edi.
U ortga qaramasdan, koridor bo‘ylab yurib ketdi. Qo‘riqchilarga sovuq ohangda buyruq berdi:
— “Hech kim uni chiqarib yubormasin.”
So‘ng qadamlarini tezlashtirdi. Yuragi og‘ir edi, ongida esa faqat bitta o‘y aylanardi: “Agar Ryu Na hammasini bilib olsa… yo'q bunday bo'lmaydi”
Jungkook shunday iztirob bilan shifoxonadan chiqib, kimnidir izlab ketdi. Bir oz o‘tmay u tungi club tomon bordi, u mast bo'lgunicha ichdi va Ronaning uyi tomon yo‘l oldi.
U Rona bilan o'tirganida Rona unga yana ichish taklifini berdi va Jungkook ikkilanmay rozi bo'ldi Rona ichkilikni ko'tara olmas ekan tez mast bo'lib qoldi:
— "Sen hali ham men bilan soxta juft bo'lmoqchimisan?"
— "Nima?" — Jungkook mastlikda ham o'zini tutib turishni bilardi, yani ichkilikga chidamli edi.
— "Balki... Soxta yigitim boʻlishingni endi istamasman..."
Qiz anchagina mastlikdan oʻzida emasdi va oʻzini gʻayritabiiy tutdi va yigitning keng yelkalaridan barmoqlarini siladi.
— "Ehtimol meni oʻzingniki qilarsan?!..."
Yigit ham qizning dabdurustdan aytgan gaplariga miyigʻida kulimsiradi va qizni bir urinishda belidan tutdi.
— "Ishonching komilmi? Tanangni san'at asarimga aylantirganimdan soʻng
oldingidek yumshoq muomalada boʻlaman deb oʻylayman..."
— "Menga farqi yoʻq... Men bariga roziman..."
Yigit qizning gapi tugashi bilan lablarini oʻziniki bilan birlashtirdi va qattiq boʻsa ola boshladi.
Bo'sa olayotgan paytida Jungkookga shifoxonadan qo'ng'iroq qilib qolishdi. Shifokorlarning aytishicha Taehyung....