September 22, 2025

FAKE COUPLE

𝓐𝓾𝓽𝓱𝓸𝓻 𝓫𝔂: 𝓚𝓲𝓶 𝓡𝔂𝓾 𝓝𝓪

𝓒𝓱𝓪𝓹𝓽𝓮𝓻: 5

Aslida sen hech kimni tanimaysan. Faqat ular ko‘rsatishga ruxsat bergan qismigina senga tanish.

— Muallifdan —

Ryu Na xonada u yoqdan bu yoqqa yurardi. Jungkookning qattiq so‘zlari hamon qulog‘ida jaranglar, yuragini ezardi. Eshikni qulflab ketgan bo‘lsa-da, u qizning irodasini sindira olmadi. Ryu Na o‘zini yutqazganini his qilsa-da, baribir taslim bo‘lishni istamasdi.

Bir muddat derazadan tashqariga qaradi. Qorong‘u osmon, yomg‘ir tomchilari shifoxona oynasidan asta oqib tushardi. Qizning ko‘zlaridagi yosh ham shunday oqardi. Shu payt koridorda shovqin eshitildi. Qo‘riqchilar Jungkookni kuzatib, xonani nazorat qilayotgandi.

Ryu Na chuqur nafas olib, imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka qaror qildi. U derazadan chiqishga urindi, pastda esa favqulodda chiqish zinapoyasi bor edi. Yuragi gursillab ura boshladi. Bir necha daqiqalik kurashdan so‘ng, u tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘ldi va shifoxona ichkarisiga boshqa yo‘lak orqali qayta kirib oldi. Endi u Taehyungni yana bir ko‘rishni xohlardi.

Shu payt shifokorlarning hayajonli ovozlari eshitildi:

— Tezroq! U uyg‘ondi!
Ryu Na yuragi hapriqib, xonaga yaqinlashdi. Ichkariga qaraganda, ko‘zlariga ishonmadi. Taehyung asta ko‘zlarini ochdi. Nafasi sekin, ammo barqaror edi. U atrofga alangladi. Yonida turgan shifokorlar hayratda, lekin hushyor turishardi.

Birdan eshik ochildi va Jungkook yugurib keldi. Uning ko‘zlari Taehyungga qadalgandi.

— Taehyung… — deya titrab qo‘ydi u.

Taehyung bir necha soniya sukutda unga qarab qoldi. So‘ng asta jilmaydi.
— Jungkook… akajon — dedi charchagan ovozda.

Taehyung

Jungkookning ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi, ammo u o‘zini qo‘lga oldi. U ukasining ovozini yana eshitgandi.

Ammo Taehyungning keyingi so‘zlar hammani karaxt qildi. Taehyung asta nigohini yon tomonlarga burdi, u yerda Ryu Na ko‘z yoshlari bilan qotib turgan edi. Bir muddat unga qarab turdi, so‘ng yana Jungkookka yuzlandi:

— Aka… bu sizning sevgan qizingizmi? Bizni tanishtirmaysizmi?

Xona ichida vahimali sukunat cho‘kdi. Ryu Na nafasi bo‘g‘zida tiqildi. Jungkook esa ko‘zlarini katta ochib, Taehyungga tikilib qoldi. U bir tomondan hayajon, ikkinchi tomondan qo‘rquvni his qilardi.

Ryu Na Jungkook "Sen bu narsani ko'tara olmaysan" deb nimani aytganini endi tushungandi. U titrab, bir qadam oldinga chiqdi:
— Taehyung… men… bu menman…

Lekin Taehyungning nigohida tanishlik yo‘q edi. U faqat Jungkookni tanirdi.

Jungkookning yuragi og‘ir zarba yegandek bo‘ldi.
Taehyung yana jilmayib, Ryu Naga ishora qildi:
— Aka, bu sizning sevgilingiz to‘g‘rimi? Juda chiroyli ekan…

Ryu Na o‘sha lahzada ichidan nimadir uzilgandek bo‘ldi. Uning ko‘z yoshlari tinimsiz oqardi. Jungkook esa bo‘g‘ilib qoldi. Unga javob berish kerak edi, ammo lablari so‘z ayta olmasdi.

— Men… — dedi Jungkook, ammo ovozi chiqmay qoldi.

Xona yana yurak monitorining “bip… bip…” ovoziga to‘ldi.

Ryu Na

Ryu Na qo‘llarini qaltirab ko‘ksiga bosdi, ko‘zlaridan oqayotgan yoshni to‘xtata olmadi. Taehyung esa uning iztirobini sezmadi ham, u hali hamon begona qarash bilan jilmayib turardi.

— Men seni… tanimayapman, — dedi u asta, nigohini Ryu Nadan chetga olib. — Lekin siz menga g‘alati tanish tuyulyapsiz…

Ryu Na chuqur nafas oldi. Yuragi shunchalik og‘rirdiki, go‘yo bo‘g‘zidan ovoz chiqmayotgandi. U bir qadam oldinga tashladi, lekin Jungkook birdan uning oldiga o‘tib, yo‘lini to‘sdi.

— Yetar! — Jungkookning ovozi keskin yangradi.

Shifokorlar ortga chekindi. Xonada faqat uchalasi va yurak monitorining “bip… bip…” tovushi qoldi.

Ryu Na titrab, Jungkookning ko‘zlariga qaradi:
— Nega meni to‘xtatyapsan? U mening hayotim…

Jungkook yana og‘ir nafas oldi, so‘zlarini bosib chiqardi:
— U seni eslamaydi, Ryu Na. Hozirgi holating bilan uni faqat qiynaysan.

Bu payt Taehyung asta boshini burib, ularning tortishuvidan ko‘z uzmay qaradi. Nigohi o‘tkir bo‘lib, lablari qiyshaydi.

— Nega… unga bunday gapiryapsiz? — dedi u past, ammo aniq ovozda.

Jungkook beixtiyor qotib qoldi.

Taehyung davom etdi:
— Aka… men sizni eslayman. Siz mening oilamsiz. Lekin u qizni ko‘rib… yuragim nimadandir siqilyapti. Nega unday bo‘lyapti? Nega uning ko‘zida shuncha og‘riq bor?
Bu gaplarga Ryu Na chiday olmadi va yugurib chiqib ketdi. U deyarli ikki marta tiriklayinn o'lgandi biri Tahyung "o'lganida" ikkinchisi Taehyung uni tanimaganida.

Jungkook ham uning ortidan chiqib ketdi. Palatada esa sovuq sukunat qoldi. Bir necha daqiqadan so‘ng shifokorlar yig‘ilib, og‘ir ohangda xabarni yetkazishdi:

— Taehyung butunlay tuzaldi, — dedi bosh shifokor. — Ammo… uning xotirasi qaytmasligi mumkin.

Bu so‘zlar Ryu Nani ichidan tilka-tilka qilib o‘tdi. U qo‘llarini titratib ushlab, nigohini polga qadadi. Go‘yo yuragi butunlay bo‘shab qolganday edi. Taehyung shifoxonadan chiqib ketayotganda ham uning ortidan qarab qoldi, lekin bir og‘iz so‘z aytishga kuchi yetmadi.

Koridorda esa Jungkook jimgina o‘ylab turardi. Ryu Na uning oldiga kelganda, ko‘zlaridagi azobni yashira olmadi. Shunda Jungkook past ovozda dedi:

— Ryu Na… biz rejani o‘ylab ko‘rishimiz kerak.

— Qanaqa reja? — uning ovozi zo‘rg‘a eshitildi.

Jungkook chuqur xo‘rsindi:

— Taehyungni bizning yonimizda turli hil operatsiyalarda qatnashishi kerak. (Operatsiya deganda mafialar qiladigan har xil missiyalarni aytyapti)

Ryu Na ko‘z yoshlarini artib, boshini qimirlatdi. U bilardi — bu yo‘l og‘ir bo‘ladi, lekin boshqa iloj yo‘q. Agar Taehyung o‘zining kimligini, o‘tganini eslamasa, demak uni qayta yashashga, qayta eslashga majbur qilish kerak edi.

Shu payt yurakni ezib yuboradigan bir og‘ir haqiqat ikkisining orasida jim turardi: Taehyung endi Ryu Nani tanimaydi.

Jungkook

2 kun o'tib
Song Kangning to'y kuni ham keldi Jungkook va Rona juda ham ajoyib juftlik bo'lishdi, toki Hyunjin

Jungkook & Lisa