UNEXPECTED US
Ushbu voqea hayotiy hodisalardan ilhomlanib yozilgan. Undagi barcha ism va shaxslar o‘zgartirilgan bo‘lib, voqealar tasviri hayotiy haqiqatlarga tayanadi.
Author by: Ryu Na Kanzaki
Ep: 6
Ushbu voqea hayotiy hodisalardan ilhomlanib yozilgan. Undagi barcha ism va shaxslar o‘zgartirilgan bo‘lib, voqealar tasviri hayotiy haqiqatlarga tayanadi.
Author by: Ryu Na Kanzaki
Ep: 6
Yomg‘irning mayin tomchilari yerga urilar, shovqini yuragim urishiga qo‘shilib ketayotgandek tuyulardi. Men Taehyung bilan yonma-yon yurardim. U hech narsa demasdi, faqat qadamlarini mening qadamlarimga moslab tashlardi. Osmondan quyuq bulutlar osilib, yo‘llar ham xira bo‘lib qolgan edi.
Birdan tomchilar kuchayib ketdi. Men beixtiyor to‘xtadim. Qandaydir sovuq shamol suyaklarimgacha kirib bordi. Shunda Taehyung ortiga qayrilib qaradi va hech ikkilanmasdan kurtkasini yechib, yelkamga yopdi.
— Sovuq qotib qolasan, — dedi u ohista.
— Lekin sen... — dedim men sekin, ovozim titragancha.
— Men chidab ketaman, — dedi Taehyung jilmayib. — Sen menga muhimroqsan.
Uning bu so‘zlari meni butunlay larzaga soldi. Go‘yo shu lahzada men na yomg‘irni, na sovuqni sezardim. Faqat yuragim qattiq urayotganini eshitardim xolos.
Biz soyabon topib oldik. Taehyung uni ochib, ustimizga tutdi. Ikki kishi uchun tor soyabon edi, shu sabab juda yaqin turishimizga to‘g‘ri keldi. Uning yelkasi mening yelkama tegib turar, men esa ko‘zimni pastga qaratib, yuzim qizarib ketganini yashirishga urinardim.
— Jennie, — dedi u asta. — Men seni hech qachon yolg‘iz qoldirmayman.
Bu so‘zlar yuragimga o‘yilib qoldi.
Maktab hovlisining boshqa burchagida Lisa va Jungkook birga yugurib, yomg‘irdan panoh izlashardi. Ikkalasi ham kulib yuborishardi, chunki Jungkookning sochlari butunlay ho‘l bo‘lib, ko‘zlariga yopishib qolgan edi.
— Sen qayerdan chiqa qolding, — dedi Lisa kulib.
— Men har doim seni kulguyingni ko'rish uchun paydo bo‘laman, — dedi Jungkook hazil aralash. — Lekin sen menga rahm qil, quruqroq joyga boraylik.
Lisa kulgancha uning qo‘lidan ushlab tortib ketdi. Ularning qo‘llari beixtiyor bir-biriga mahkam yopishib qoldi. Jungkook jiddiy tus olib, sekin dedi:
— Bilasanmi, Lisa... men seni qo‘yib yuborishni xohlamayman.
Lisa bir lahza jim qoldi, yuzlari qizarib ketdi. So‘ng kulib yuborib dedi:
— Sen doim shunaqa gapirib odamni qo‘rqitasan.
Yomg‘ir bir oz susaygach, Taehyung va men ham, Lisa va Jungkook ham maktab binosining oldida uchrashishdi. To‘rtalasi bir joyda kulib, hazillashib turishardi.
— Bilasanmi, Jungkook, — dedi Taehyung jilmayib, — biz ikki do‘st endi ikki eng chiroyli qizni baxtli qilishimiz kerak.
— To‘g‘ri aytasan, hyung, — dedi Jungkook ko‘z qisib. — Bizning vazifamiz — ularni doim quvontirish.
Men va Lisa bir-birimizga qarab jilmaydik. Bir zumga hamma tashvishlar, qo‘rquvlar, mish-mishlar unutilganday bo‘ldi. Go‘yo to‘rtovloning atrofida faqat quvonch hukm surardi.
Ammo qorong‘i yo‘lak chetida yana kimdir bor edi. Bu — Minjae.
U ularni uzoqdan kuzatib turardi. Jenniening yuzida tabassum, ko‘zlarida baxt porlab turardi. U Taehyungning kiyimi ostida, himoya va mehr ichida edi. Lisa esa Jungkook yonida, o‘zini xavfsiz va erkin his qilayotgandi.
Minjae jilmayishga urindi. Ammo ko‘zlaridan yosh sirg‘alib chiqdi. Yuragi qisilib, ichida o‘ziga dedi:
— Demak, sen baxtlisan, Jennie. Men seni faqat shunday ko‘rishni xohlagandim... Faqat seni o‘zimniki qila olmasligim og‘ir, xolos.
U yuzini berkitib, sekin orqasiga qaytdi. Yomg‘ir tomchilari bilan aralashib, uning ko‘z yoshlarini hech kim payqamadi.
Yomg‘ir asta susayib, osmon yorishib borardi. Biz to‘rtalamiz maktab oldida kulib, hazillashib turardik. Go‘yo hamma narsa odatdagidek davom etayotgandek tuyulardi. Lekin yuragimni siqayotgan gapni aytmasam bo‘lmasdi.
Qo‘llarimni birlashtirib, jilmayishga urindim, ammo ovozim titrab chiqdi.
— Menda sizlarga aytadigan gapim bor.
Lisa darrov sezib qoldi.
— Nima bo‘ldi, Jennie? Sen yaxshi emasmisan?
Chuqar nafas oldim.
— Men boshqa maktabga o‘tadigan bo‘ldim.
Bu so‘zlarim jimlikni yorib tashladi. Taehyungning kulgisi birdan to‘xtadi. U menga qarab, ko‘zlarini keng ochdi. Uning nigohida ishonchsizlik bor edi.
— Nima deding? Sen ketasanmi?
Bosimni pastga egdim. Yomg‘ir tomchilari tosh yo‘lak ustiga tushib, ovozimni yanada og‘irlashtirayotgandek edi.
— Ha, oilam qaror qildi. Biz boshqa joyga ko‘chib o‘tamiz. Bu men uchun ham oson emas.
Lisa qo‘limni mahkam ushladi.
— Yo‘q, bu mumkin emas. Biz endi yangi sahifani boshlayotgan edik-ku.
Jungkook qattiq nafas oldi. Taehyung esa yon tomonga o‘girildi. Uning ichida qandaydir bo‘shliq paydo bo‘lganday edi. U jilmayishga urindi, lekin ko‘zlaridagi iztirobni yashira olmadi.
Men ularga qaradim. Lablarim titrardi.
— Men sizlarni tashlab ketmayman. Faqat boshqa maktabga o‘taman. Balki bu masofani ham yenga olarmiz.
Ammo ich-ichimizda shubha va qo‘rquv ildiz ota boshlagandi. Yomg‘ir to‘xtab, shahar sukunatga cho‘mgan paytda, men bilmasdimki, uzoqda Minjae hammasini kuzatib turardi.
Men gaplarimni tugatganimda, yuragim allaqachon siqilib turgandi. Lisa ko‘zlarida yosh, Taehyung esa jim edi. Shunda orqamdagi qadam tovushlarini eshitdim. Boshimni burib qarashim bilan Minjae yugurib chiqib, meni quchoqlab oldi.
— Jennie, iltimos, bunday qilma! Men seni yo‘qotishni istamayman!
Uning quchog‘ida qotib qoldim. Bu qadar samimiy hislarni sezmagan edim. Ammo shu payt Taehyungning ko‘zlari yonib ketdi. U bir qadam oldinga tashlab, Minjaeni tortib oldi va unga musht tushirdi.
— Uning yoniga yaqinlashma! — dedi Taehyung, ovozida g‘azab va og‘riq aralash.
Taehyungning mushti Minjaening yuziga shunchalar qattiq tegdiki, u qonga belanib yerga yiqildi. Men qichqirib yubordim.
— Taehyung, bas qil! Iltimos, bas qil!
Ammo u to‘xtamadi. Ko‘zlarida yonib turgan g‘azab uni butunlay egallab olgandi. Har bir zarbasi bilan u go‘yo Minjaedan nafratini, qo‘rquvini va rashkini chiqarayotgandek edi.
Lisa yugurib borib qo‘lini tortdi.
— Taehyung, yetar! Uni o‘ldirib qo‘yasan!
Jungkook ham darhol yordamga yugurdi. U Taehyungni ortga tortib, uni Minjaedan ajratdi. Taehyungning nafaslari tez, qo‘llari qonga belanib, ko‘zlari yaltirab turardi.
Men esa titrab-titrab Minjaening yoniga cho‘kdim. Uning labidan qon oqardi, ammo nigohi hanuz menga tikilgan edi.
— Jennie… men seni faqat sevgan edim. Men sevgiga arzimaymanmi? — dedi u past ovozda, keyin ko‘zlarini yumdi.
Ko‘z yoshlarim to‘xtamay oqardi. Yuragim ezilib ketayotgandi. Shu payt Taehyung o'ziga kelib meni ko'tarib oliib ketdi. Men uning quchog'ida yana og'rig'imni va Minjaeni unutdim