October 30, 2025

HEARTLINE

Author by: Ryu Na Kanzaki
Ep: 3

Kimning umri qachongacha davom etadi, qay tarzda o‘lasan — hech kim bilmaydi.
Hayot to‘satdan o‘zgaradi. Bir soniya baxt, keyin — qon, qichqiriq buni hech kim bilmaydi. Lablar hanuz ajralmagan, tanalar bir-biridan uzoqlashmagan edi. Sham nuri titrab, havodagi og‘irlikni yanada kuchaytirar, to‘lin oy derazadan tushib turgan edi. Shu payt... eshik sharaqlab ochildi. Lablar hanuz ajralmagan, tanalar bir-biridan uzoqlashmagan edi. Sham nuri titrab, havodagi og‘irlikni yanada kuchaytirar, to‘lin oy derazadan tushib turgan edi. Shu payt... eshik sharaqlab ochildi. Ammo ular xonaga kirishlari bilan birdan... to‘xtab qolishdi. Atrofga hayrat bilan qarashdi.
— Bu yerda hech kim yo‘qmi? — deb so‘radi soqchilardan biri.

Seongyang va Seolhwa(o'sha davrga mos deb tasavvur qilamiz)

Hamma atrofga sinchkovlik bilan nazar solar ammo xonada — na Seongyang, na Seolhwa ko‘rinmasdi. Go‘yoki ular yashirinib olgandek yoki... yo‘q bo‘lib qolishgandek. Vazir oldinga chiqib, o‘zining og‘ir, ammo aniq ovozida gapirdi:
— Shaxzodam... Eunhwa xonim Yejoonga pichoq tiqib olibdi!
Bu so‘zlar haroratni birdan sovutdi. Xonadagi barcha jim bo‘lib qoldi. Soqchilardan biri devorga qarab dedi:
— Bu yerda... nimadir noto‘g‘ri. Men bu xonada kimningdir borligini his qilyapman, lekin... ko‘rmayapmiz.
Vazir ichkariga yana bir qadam qo‘ydi. Uning qadam tovushlari pol ustida aniq yangrardi.
— Shaxzodam, agar shu yerda bo‘lsangiz, biz sizni chaqiryapmiz. Saroy xavf ostida. Eunhwa xonim... u endi begunoh emas.

Shu payt, deraza yonidagi guldon yengil silkinib tushdi va siniq tovushi xonadagi jimlikni buzdi. Vazir nigohini o‘sha tomonga burdi.

To‘satdan, yengilgina eshik ochiladi. Ichkaridan faqat Seongyang chiqadi. Boshqalar ko‘rinmaydi. Yelkasiga nimadir tashlab olgan, yuzi jiddiy. Vazir unga tikiladi.
— Janobim... sizdan kutyapmiz edi.
— Yejoon qayerda?
— Eunhwa xonimning xonasida.

...Ular Eunhwaning xonasiga yo‘l olishdi.
Saroy bo‘ylab yugurib borishar, soqchilar yo‘l ochishar, har kim hushyor edi. Xonaga yetib kelishganda... Yejoon harakatsiz yotar edi. Ust-boshi qon ichida. Ko‘zlari yumuq, lablari oqarib ketgan.
Vazir past egilib, tomirini tekshirdi. So‘ng boshini ko‘tarib, sekin bosh chayqadi.
— Kech qoldik... kichik shahzodaning joni uzilgan.
Xonadagi barcha jim. Faqat Eunhwaning nafasi og‘irlashganini eshitish mumkin. U ortda turardi. Ust-boshi qon, yuzida dahshat bor edi. Seongyang unga qarab ohista so‘zladi:
— Buni... siz qildingizmi?
Eunhwa hech narsa demadi. Faqat lablari qaltirardi.
So‘ng birdan — hammasi qorong‘ilashdi. U qichqirib yubordi:
— Yo‘q!!! Bu men emas edim! Bu... bu bo‘lishi mumkin emas!
Qop-qorong‘i. Qorong‘ilik ichidan Yejoonning ovozi keldi.
— Sen meni sevmasding, Eunhwa...
— Men qilmadim... men qilmadim!
Shu payt... ko‘zlarim ochildi. Nafasim bo‘g‘ilib chiqdi, butun tanam terga botgan edi. Ko‘zlarimni kattalab ochdim — atrof jimjit, tong endigina yorishmoqda. Xonamdagi har bir narsa o‘sha-o‘sha, eshik yopiq, hammasi joyida. Go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek... lekin yuragim hanuz uryapti, tez, og‘riqli va begona ohangda. Shu payt... ko‘zlarim ochildi. Nafasim bo‘g‘ilib chiqdi, butun tanam terga botgan edi. Ko‘zlarimni kattalab ochdim — atrof jimjit, tong endigina yorishmoqda. Xonamdagi har bir narsa o‘sha-o‘sha, eshik yopiq, hammasi joyida. Go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek... lekin yuragim hanuz uryapti, tez, og‘riqli va begona ohangda.

Ryu Na 20 yosh tarixchi

Oradan uch yil o‘tdi. Shu 5 yil ichida men Idol Kim Taehyung bilan tanishib qolib, u bilan turmush qurdim. Endi biz ota-onamiz. O'g'limiz Taerim bilan ko'p davlatlarga rashrif buyurdik. Tae Idol vo'lsada doim o'g'lim va menga vaqt ajratadi. Men ovqat qilishni bilmaganligim uchun u bizga shirin ovqatlar tayyorlab beradi. Burga ishga borib, birga qaytamiz. Hullas hayotim juda ajoyib edi.

Tae, Ryu Na, Taerim

Bir kuni, odatdagiday, ishlarimni tugatib, shahar chekkasidagi bir antikvar do‘konga kirdim. Do‘kon ichida eski soatlar, charm kitoblar, sarg‘aygan suratlar, vaqt hidiga to‘yingan kiyimlar... hammasi o‘tmish nafasini eslatardi. Ammo nigohim birdaniga bir narsaga to‘xtadi. Uni o'zimga olsammikan

Oyna

— Bunaqa oynani hech qayerdan topib bo'lmaydi haqiqiy Joseon davridan. Juda ham nafis ishlangan. Janob men buni sotib olaman.
Kassada o'tirgan chol menga jilmayib qaradi:
— Yangi sayohat hoxlayman degin — men uning gapini tushunmadim, aqldan ozgan deb o'ylab "ha" deb javob qaytardim.

Taerim

Uyga qaytganimda kichkina o‘g‘lim Taerim yugurib chiqdi.
U atigi ikki yoshda edi, so‘zlari hali to‘liq chiqmasa-da, har narsaga qiziqardi.
— Oyijon, bu nima? — dedi u o‘ziga xos, chiroyli talaffuzda.
— Bu... eski ko‘zgu, — dedim. — Juda qadimiy.

Ko‘zguni stol ustiga qo‘ydim. Ramkasi yumshoq yog‘ochdan, o‘rtasi tiniq, ammo ichida g‘alati nurlar o‘ynardi. Ba’zan unga qarasam, o‘zimni emas — boshqa bir ayolning ko‘zlarini ko‘rardim.

Kechqurun chiroqlarni o‘chirib, Taerimni uxlatmoqchi bo‘ldim. U o‘yinchoq mashinasini olib, ko‘zguga yaqin bordi.
— Oyi, men... — dedi u, oynani ko‘rsatib, kulgancha.
Men va Taehyung kulib yubordik, Taerim oynada o'zini aksini ko'rib hayron qolardi.

Shu payt xona ichini sovuq shamol egalladi. Chiroq miltilladi.
— Taerim! — dedim vahimaga tushib.
Ammo u menga qarab jilmaydi, keyin qo‘lini ko‘zguga uzatdi.

Bir soniyada... u ichkariga kirib ketdi. Biza Taehyung bilan nima qilishni bilmasdik.