UNEXPECTED US
Taqdirni oldindan bilib bo‘lmas ekan. Ba’zan eng yorqin tonglar eng qora kechalarning davomi bo'larkan. Ba’zan eng yorin lahza eng yomon lahzalarni boshlanishi bo'ladi.
Bu gaplar haqiqat edi. Taehyung bilan bo'lgan unutilmas lahzam ham eng yomon kunlarni va qorong'u tunlarni boshlab keldi.
Tergovchilar Taehyungni “ish yopildi” deb qo‘yib yuborganini Minjaening ota-onasi eshitgach, hammasi o‘zgardi. Ular sudyalarni pul bilan sotib olibdi. Bir kechada hamma dalillar yo‘qoldi, guvohlarni og'zi yelimlandi.
Shunday qilib, Taehyung yana sud zaliga olib kelindi. U jim o‘tirardi. Uning qo‘llaridagi kishan chaqnab turar, ammo ko‘zlari — o‘sha meni sevgan yigitniki edi.
Sud zalida qattiq shamol esayotgandek tuyulardi. Ammo bu shamol tashqaridan emas, ichimdan esardi. Yuragim urar, lekin ovozi o‘chgan. Har kim jim o‘tirgan. Odamlar pichirlab gaplashadi, kimdir yashirincha suratga oladi. Men orqa qatorda, Lisa bilan Jungkook yonida edim. Taehyung esa oldinda — panjara ortida.
Uning ko‘zlari menga qadalgan, lekin nigohida hech qanday umid yo‘q edi Go‘yo u allaqachon kechgan hamma narsa bilan yarashgan, o‘z taqdirini tan olgan. Prokurorning ovozi zal bo‘ylab aks sado berdi:
— Hurmatli sud a’zolari, jinoyat ishi bo‘yicha barcha dalillar ko‘rib chiqildi. Qon izlari, guvohlarning so‘zlari va voqea joyidagi kamera yozuvlari. Ayblanuvchi Kim Taehyungning harakati natijasida Minjae vafot etgan. Shu sababdan biz suddan eng og‘ir jazo — o‘lim jazosini so‘raymiz. Bu so‘zlar go‘yo yuragimni kesib o‘tgandek bo‘ldi.
Qo‘llarim muzlab ketdi, nafasim to‘xtab qoldi.
Ammo qanday tinchlanish mumkin? U mening hayotimning bir bo‘lagi edi. Har kuni menga “hammasi joyida bo‘ladi” deb aytgan inson edi. Endi esa… uni taqdiri qanday bo'lishini ham bilmayman.
Sudya stolga bolg‘acha bilan urdi:
— Sud hukm qiladi… Kim Taehyung jinoyatda aybdor deb topildi. Hukm: o‘lim jazosi.
Zal ichida kimdir qichqirib yubordi, kimdir yig‘ladi.
Taehyung esa menga qaradi. Unga hech narsa kerak emas edi go'yo. Faqat meni oxirgi marta ko‘rishni xohlayotgandek edi.
Uning lablari asta qimirlaadi, ovoz chiqmadi, lekin yuragim tushundi:
“Agar qayta tug‘ilish imkonim bo‘lsa… baribir seni tanlardim.”
O‘sha so‘zlar havoda muzdek havo kabi muallaq qoldi. Nafasim bo‘g‘ilib, yuragimni ushlab oldim — go‘yo biror narsa ichimni yirtayotgandek. U jilmaydi, ammo bu jilmayish og‘riqli edi. Yelkasidagi zanjirlar shiqirlaganda, men ichimda bir dunyo sinib tushdi. U ketayotganda, men faqat pichirlab ayta oldim:
— Kechir… iltimos, meni kechir… Lekin u ortiga qaramadi. Balki qarasa, ikkalamiz ham chidamasdik.
Zal bo‘shab qoldi. Faqat temir eshikning qarsillagan ovozi uzoqdan eshitilib turardi.
Men hali ham o‘sha joyda, o‘sha sovuq stulda qotib o‘tirardim. Yuragimda bir narsa bo‘g‘ilib, tomog‘imdan chiqmay qoldi.
Men shu yerdaligimga qaramay Jungkook o‘rnidan sakrab turdi. Uning ko‘zlari qon tomirlaridan to‘lib, yuzida g‘azab va alam aralash edi.
— Hammasiga o‘sha dugonang aybdor! — dedi u titroq ovozda. — Taehyung seni deb qamaldi! Shu uchun hammasini o‘z bo‘yniga oldi! — U qo'li bilan meni ko'rsatardi, bu aslida mening ham hayolimda bor edi. Men ho'ngrab yig'lab yubordim.
Zalda jimlik cho‘kdi.
Lisa esa joyidan turib, qattiq qarab dedi:
— Bas qil, Jungkook! Bu gaplaring bilan uni yana tiriklayin o‘ldiryapsan!
— Bas qil, Jungkook. Yetar endi, — dedi u jiddiy. — Bu gaplaring bilan uni yana tiriklayin o‘ldiryapsan. — Jungkook va Lisa hech qachon bir-biriga bunday gapirmagan edi. Taehyung bilan ajralishganimizdan keyin ularni ham ajralishini xohlamasdim.
— Yo‘q, Lisa, — dedi Jungkook asta, lekin ovozida achchiqlik bor edi. — Men faqat haqiqatni aytyapman. U jinoyatni o‘z zimmasiga oldi, chunki o‘sha qizni himoya qilmoqchi bo‘ldi.
Lisa boshini chayqadi.
— U hech kimni himoya qilmagan. U faqat sevgan. Sen buni tushunmaysan, Jungkook.
— Sevgan?! — Jungkook kulib yubordi, ammo bu kulgi og‘riqli edi. — Sevgi deb odam hayotini barbod qiladimi?
Lisa oldinga bir qadam tashladi.
— Ha, ba’zida sevgi barbod qiladi. Lekin u xiyonat qilmagan. U hech qachon o‘zini o‘ylamagan.
— U ahmoq edi, — dedi Jungkook og‘riq bilan. — Agar u o‘ylaganida, bugun shu yerda bo‘lmasdi.
— Yo‘q, u ahmoq emas edi, — dedi Lisa asta, ko‘zlari yoshga to‘lib. — U yuragi bilan sevgan. Biz esa yurak bilan tushunishni bilmadik.
Jungkook sukutga cho‘mdi. Nafasi tez, yuragi bezovta edi.
Bir zumda atrof jim bo‘lib qoldi.
Men esa o‘sha yerda, ikkalasining orasida, jim o‘tirdim.
Har bir so‘z yuragimni tilib o‘tar, har bir nigoh menga og‘riq bo‘lardi.
Taehyungning so‘nggi qarashi yodimga tushdi.
“Men seni ayblamayman.”
Endi esa hamma meni ayblardi.
Eng yomoni — men ham o‘zimni kechira olmasdim.
Zalda hali ham jimlik. Faqat yuraklarning og‘riqli urishlari eshitilardi.
Lisa sekin menga qaradi — nigohida achinish va mehr bor edi.
Jungkook esa o‘z joyida turib, nafasini rostlashga harakat qildi, lekin qanchalik urinsa ham, ichidagi alam ko‘zlaridan o‘qilib turardi.
— Agar u qaytib kelsa ham, — dedi Jungkook past ovozda, — endi hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi.
Lisa unga qarab javob qaytardi:
— Balki avvalgidek bo‘lmas, lekin u biz bilan bo'ladi.
U bo‘ldi, Jungkook… kechikkan pushaymon hech kimni qaytarmaydi.
U shunday dedi-da, menga yaqinlashdi.
Qo‘lini yelkamga qo‘ydi, ohista:
— Yig‘lama. Hali 1oy bor biz ungacha albatta uni oqlaymiz.
Men unga qaradim. Labim titradi.
— Uning hayoti men tufayli barbod bo‘ldi.
Shu payt Jungkook bir qadam orqaga chekindi, chuqur xo‘rsindi.
Va orqasini o‘girib, chiqib ketdi.
Eshik sekin yopildi. Zal yana bo‘m-bo‘sh.
Men va Lisa qoldik.
Yomg‘ir tomchilari derazadan sirg‘alib tushar, tashqarida osmon ham xuddi biz bilan birga yig‘layotgandek edi.
Lisa past ovozda dedi:
— Bilasanmi… ba’zan sevgi odamni qutqarmaydi. U faqat uni o‘zgartiradi.
Men boshimni egdim.
— Balki o‘zgarganmiz, Lisa. Lekin yo‘qotgan narsamizni qaytarolmaymiz.
Lisa menga qaradi, kulimsirab:
— Balki shunday bo‘lgani ham yaxshidir. Chunki har bir og‘riq — bu yangi yo‘lning boshlanishi.
Men ko‘z yoshlarimni artdim.
Derazaga qaradim.
Tashqarida tong otardi.
Yomg‘ir asta to‘xtadi.
Ichimda nimadir tinchidi.
Taehyungning so‘nggi so‘zlari qulog‘imda yangradi:
“Men seni ayblamayman.”
Men pichirlab dedim:
— Men seni unutmayman. Va hayotimning oxirigacha yolg'iz o'taman, bu hukm adolatli emas edi. Axir aslida Minjaeni tanasini yordirib ko'rmadik. Men albatta uning tanasini amallab yordiraman!