September 26, 2025

HEARTLINE

Author by: Ryu Na Kanzaki
Ep: 1

Eunhwa shunchaki fan o‘qituvchisi emas. U — yosh, obro‘li tarixchi olima, Koreya qirollik davri, ayniqsa Joseon haqida ilmiy izlanishlar yurituvchi. U tarixni sevadi. Lekin u hech qachon shunchaki faktlarni o‘rganmaydi — u yuragi bilan o‘tmishni eshitishga harakat qiladi.

Bugun esa g‘alati kun. Yomg‘irli tun. Shahar bo‘ylab yo‘ldan yurib borarkan, e'tibori chekkadagi antikvar do‘konga tushdi. U ichkariga kirdi. Do‘konda — eski soatlar, qadimiy ko‘ylaklar, eski charm kitoblar. Hamma narsa tarixiy va eski edi. U endi bu yerdagi eng qimmat narsa — ko‘zguga ko‘z soldi. Qadimiy. Haqiqiy yog‘och va yelimli naqshlar. Unga qaramaslik mumkin emas edi.

"Bu Joseon uslubidagi ko‘zgu," dedi u o‘zicha.
"Bunday naqshlar faqat Qirollik saroyida ishlatilgan."

Yuragi tez ura boshladi. Tarixiy topilmani ilmiy hayajon bilan ko‘rayotgan edi… Ammo ko‘zgu sathi bir lahzaga… harakatlandi. Va shu onda — Eunhwa ichkariga tortildi. Qichqirdi. Lekin ovozi bo‘m-bo‘sh havoda yo‘qoldi.

Antikvar do'kondagi oyna

Joseon davri. Qirollik saroyi yaqinidagi bog‘.

Oftob porlayapdi. Havo tiniq. Atrof — allaqachon tarix darslarida o‘rganilgan joylar.
Ammo bu haqiqat.

Eunhwa ko‘zini ochdi. Qarshisida ikki yigit.

Ularning kiyinishi, qiyofasi… go‘yoki tarix kitoblaridan chiqqandek.

Biri — shahzoda Seongyang : salobatli, sovuq, ko‘zlarida doimiy shubha.
Ikkinchisi — shahzoda Yejoon : iliq, kulib qaraydi, go‘yoki yuragi halollikdan yasalgan.
Ular qizga tikildi.

— Kimsan? Qanday kelding bu saroyga? — dedi Seongyang. Ovozi qat'iy.

Eunhwa boshini sekin ko‘tardi. Ko‘zlari atrofni o‘rganardi — lekin yuragi, yuragi qattiq urardi. Nafasi qisilar, lekin bu — qo‘rquvdan emasdi. Balki, o‘tmishni jonli holda ko‘rish hayajonidan.

— Men… men bu yerda bo‘lishim kerak emas, — dedi u nihoyat. Ovozi titrardi, ammo yuragi haqiqatni aytdi. — Men... tarixchiman. Faqat tarixni o‘rganmoqchi edim. Uni yashamoqchi emasdim…

Seongyang bir qadam oldinga chiqdi. Qoshlarini chimirgancha, uning har bir harakatini kuzatardi.

— Tarixchi deysanmi? Shunaqalar bizda josuslik bilan shug‘ullanadi, — dedi u sovuq ohangda.

Yejoon esa yumshoq kulimsiradi. Uning ko‘zlarida qiziqish porladi:

— Tarixchi ayol? Bu g‘alati. Ayollar bizda ko‘p hollarda ilm bilan shug‘ullanmaydi. Demak… siz boshqa yerdansiz?

Eunhwa bosh irg‘adi.

— Men kelajakdaman… sizlar uchun hali mavjud bo‘lmagan zamonda yashayman. Men uchun esa bu… o‘tmish. Ammo bu o‘tmish… hozir yashab turibdi ammo bu tushga o'xshaydi.

So‘zlari og‘ir tushdi. Seongyang unga shubha bilan boqdi. Lekin ich-ichida yuragi... qizning ovozini yolg‘on demas edi.

Yejoon o‘zini egniga engil salom bergancha taqdim etdi:

— Shahzoda Yejoon, bo‘lajak qirolning ukasi.
U ismini aytib, Eunhwaga egildi.

Shahzoda Yejoon

Seongyang esa bir oz kechikib, ammo baribir e’tibor bilan aytdi:

— Shahzoda Seongyang, birinchi voris. Bu saroyda har bir begona nazorat ostida bo‘ladi. Ayniqsa... sizga o‘xshagan g‘alati qadamlar tashlaganlar.

Eunhwa ichida nimadir yengil titradi. Seongyangda nimadir bor edi sovuq ohangi ortidagi beg‘ubor yurak yoki shunga o'xshash.

Shahzoda Seongyang
Velorias mani siladan hafsalam pir bo'ldi😭

Eunhwa:
— Men... hech qanday zarar yetkazmayman. Faqat...ortga qanday qaytishni bilmayman, — dedi u asta. — Lekin sizlarning dunyoyingiz… yuragimda bir nimani uyg‘otyapti.

Yejoon unga g‘amxo‘rlik bilan boqdi:

— U holda, sizning joyingiz hozircha shu yer. Balki, saroyda sizga vaqtinchalik boshpana beramiz. To qaytish yo‘lingiz topilguncha…

Seongyang bir lahza qarab turdi. So‘ng, yuzini o‘girdi.

— U qiz uchun javobgarlikni sen olasanmi, Yejoon?

Yejoon jilmaydi.

— Men unga ishonaman.

Yejoon bir necha soniya sukutda turdi. So‘ng, muloyimlik bilan jilmayib dedi:

— Unda... sizni nima deb chaqiraylik?

Eunhwa boshini biroz egdi. Nafasi og‘irlashdi, yuragi hamon urardi — u bu dunyoga tegishli emasligini bilardi, ammo bu odamlarning ko‘zlaridagi ishonch — u kutmagan narsa edi.

U bir zum ichida xuddi tanlov oldida turgandek his qildi. Ammo haqiqatdan qochishga hojat yo‘q edi.

— Eunhwa, — dedi u ohangdor, ammo qat’iyatli tovushda.

Yejoon bu ismni takrorladi, sekin:

— Eunhwa...

So‘ng, u asta jilmaydi. Bu jilmayish — qizning yuragida g‘ayritabiiy iliqlik uyg‘otdi. Go‘yoki birinchi marta bu joyda o‘zini yolg‘iz his etmadi.

Eunhwa boshini ko‘tardi. Ko‘zlari ikkalasiga qaradi — Yejoonga... va orqasini o‘girgancha yura boshlagan Seongyangga.

Yuragida nimadir sirli gumburladi.

— Men sizlarning ismingizni bilaman... — dedi u sekin.

Yejoon hayron bo‘lib to‘xtadi.
Seongyang esa, garchi orqasiga qaramasa-da, qadamini sekinlashtirdi.

— Siz... Yejoon.
— Va siz... Seongyang.

Seongyang bu safar asta orqasiga o‘girildi. Nigohi — sovuq, ammo endi unda qizg‘in hayrat yo‘q edi. Faqat... sokin jimlik.

Eunhwa og‘ir yutindi. Lablariga kelayotgan g‘alati so‘zlar yuragini zirqiratardi.

— Men sizlar haqingizda o'qiganman

U ohangini balandlatmay, ammo qat’iylik bilan aytdi:

— Sizlardan biringiz... o‘lasiz.
Yejoonning rangi oqarib ketdi.

Seongyang esa hech nima demadi. Nigohi qotib qolgandi.

Eunhwa ko‘zlarini yumdi.

— Ammo qaysiligingizni bilmayman...

Ertasi kuni

Saroy bog‘i. Qushlar chirqiraydi. Gullarning hidi… xuddi o‘tmishda sayr qilayotgandek.

Shu payt, uzoqdan ikki siluet ko‘rindi. Seongyang va Yejoon. Ular bog‘da tonggi yurishda edi. Ularning egnida ipak hanbok, boshlar tik, ko‘zlar o‘tkir.

Ular bir vaqtning o‘zida Eunhwa’ga ko‘z tashlashdi.

...va qotib qolishdi.

Bir soniya... ikkita nigoh bir-biriga almashdi.

Keyin…

— NEGA KIYIMSIZSAN?! — deb hayqirdi Seongyang, qo‘lini ko‘ziga tutib orqasiga o‘girildi.

— Bu... bu nima holat?!— deb qichqirib yubordi Yejoon va ko‘zlarini qopladi.

Eunhwa:
— Nima?! Men kiyinganman-ku! — deb hayron qoldi. O‘ziga qaradi. — Bu... bu shunchaki shortik va top!

Seongyang ko‘zlarining chetidan qarab, birdan yana yuzini burdi:
— Bu... bu axloqsizlik!

Yejoon boshini ko‘tarishga jur’at qilmadi:
— Sizda... tizzalar ko‘rinib turibdi! Va... yelkalaringiz! Bu qanday jasorat?!

Eunhwa kulgidan qotib qolay dedi:
— Bu sizlar uchun shok bo‘lishini bilmagandim... ammo bu mening dunyomda normal kiyim. Bu hatto “soddaroq” uslubda.

Seongyang, hali ham yuzini panjalari bilan yopgancha:
— Bu soddalik emas, bu — aqlni yo‘qotish. Yana shunday chiqib yurgan ayolni men faqat jinnixonada ko‘rganman!

Seongyang orqaga qaradi, lekin hali ham yuragini tutib turgandi.

— Saroy qonunlariga ko‘ra, yelka ochiq ayol zindonga tashlanadi!

Eunhwa

Eunhwa shoshilib yana o‘ziga ajratilgan xonaga kirdi. Seongyang va Yejoonning “NEGA KIYIMSIZSAN?!” degan baqirig‘i haligacha qulog‘ida jaranglab turardi.

U xonada yakkam-yakka o‘tirib, boshini changalladi:

— Men o‘zimni yomon his qildim

Qutisidagi sumkasini titkiladi. Ammo… boshqa kiyim yo‘q edi. Faqat telefon, quloqchin, lab bo‘yog‘i va yana bir-ikki zamonaviy buyum.

— Men hanuzgina yelkamni ochganim uchun shubha ostidaman… endi bo‘lsa butunlay yalang‘ochlikda ayblanishim mumkin!

Deraza ortida kimdir yengil taqillatdi.

— Jennie? — dedi past ovozda Yejoon.

— Hm? Ha?

Yejoon eshikni ochmay, kichkina xaltachani derazadan ichkariga uzatdi.

— Men seni uyatga qolgan holatda yana ko‘rishni istamayman. Bu — meniki, lekin senga vaqtincha... mos kelib qolar.
Eunhwa ajablandi. Xaltani ochib qaradi.

Ichida — hanbokning yumshoq, oq ko‘ylagi bor edi. Ular nozik, ammo ixcham edi.
Eunhwa ko‘zlarini kattalashdi:
— Bu... senikimi?

Yejoon kulib:
— Menda hech qachon mehmon ayollar bo‘lmagan.
Eunhwa kulib:
— Rahmat , shaxzodam,—dedi

Bir necha daqiqa o‘tib, Jennie hanbokni kiydi. Albatta, o‘ziga to‘liq mos emasdi — yelkalar biroz tor, bel qismi keng. Lekin u hozir o‘zini “o‘tmish ayolidek” his qilayotgandi.

Eshik ochildi. Jennie asta chiqdi.

Yejoon unga qaradi va ko‘zlarini qisdi:

— Endi sizni “uyatga sabab” deb atashmaydi.
Eunhwa:
— Faqatgina “shahzoda hanbokini kiygan g‘alati ayol” deyishadi.

Yejoon bosh irg‘adi:

— Aynan shuning uchun... men sizni bozorga olib boraman.

Shahzoda Yejoon

Bozor
Shovqinli, rang-barang, yurakni o‘g‘irlaydigan iforlar to‘la ko‘chada — Eunhwa va Yejoon yelkama-yelka yurishardi.

Odamlar ularga hayron qarashardi:
“Bu kim? Shahzoda yonidagi qiz kim?”
“Nega ayol hanbokni erkaklar uslubida kiygani?”

Bir ayol unga yaqinlashib:
— Hanbok sotib olmoqchimisan, kelinoy? Men sizga eng chiroyli rangni tanlayman! “Muhabbatni chaqiruvchi ko‘ylak” bor!

Yejoon:
— Qani, o‘sha muhabbatli ko‘ylakni menga ko‘rsating!

Ayol kuldi:

— Sizga emas, sevganingizga! Hmm... Yoki xotiningizmi?

Yejoon bir zum sukut qildi. So‘ng jilmayib:

— Bugun birinchi kunimiz...

Eunhwa unga hayrat bilan qaradi:

— Bu nima deganing?

Yejoon:
— Bozorga birinchi bor chiqishimiz-da...

Eunhwa yuzini o‘girdi, ammo lablarida kulgu turardi.

SHU PAYT SAROYDA
Saroy devorlarida tonggi havo — sovuq edi. Ammo Shahzoda Seongyang yuragidagi sovuq — bu havodan-da kuchliroq edi.

Xizmatkorlarning biridan so‘radi:

— Qiz qayerda?

— Janob, u tong saharda xonani tark etgan, — dedi xizmatkor. — Biz uni saroyda topa olmadik.

Shahzoda chuqur nafas oldi. Odatda bu kabi holatlarga sovuqqonlik bilan yondashadigan Seongyang — bu safar jim qoldi.

U oyoq ostidagi gilamga tikildi. Xuddi nimanidir eslashga harakat qilayotganday. So‘ng, cho‘ntagidagi metall rozetkani ohista ushladi — bu unga otasidan meros bo‘lgan belgi edi. Asabiylikdan barmoqlari qattiq siqildi.

— U begona, — dedi sekin. — Saroyni tashlab ketishi... tartibga zid.

Ammo yuragining boshqa bir qismi pichirlardi:
"Agar u xavf ostida bo‘lsa-chi?"
"Agar unga biror nima bo‘lsa..."
"Men yana uni ko‘rolmasam-chi?"

U lablarini qattiq tishladi. So‘ng, birdan xizmatkorga yuzlandi:

— Ot tayyorlang! Uni qidiramiz.

Xizmatkor yurib ketdi.

Saroy xizmatkori:
— Janob… menimcha u Yejoon bilan birga ketgan…

Seongyang nigohi o‘tkirroq bo‘ldi.

— Menimcha emas. Men ko‘zlarim bilan ko‘rmaguncha... ishonmayman.

Qiz yo‘qolgani — bu shunchaki saroydagi betartiblik emas. Bu... ichidagi bo‘shliqni ochib yuborgan yoriq edi.

U yoniga kelgan yordamchisiga ohangsiz gapirdi:

— Uni topmaguncha… men tinchimayman.

— Janob, siz... xavotirdamisiz?

Shahzoda keskin burilib, javob bermadi. Ammo... yuragidagi cho‘g‘lar uning nigohidan porlab turardi.

Shahzoda Seongyang
Bozor atrofida...

Seongyang otini to‘xtatdi. Ko‘chalarga ko‘z yugurtirdi.

Odamlar kulishardi. Bozorchilar baland ovozda sotuv qilishar, bolalar yugurishar edi. Ammo u faqat bir qiyofani izlayotgandi.

To‘satdan, ko‘chadan ichkariga kirayotgan Eunhwani ko‘rdi. Yonida — Yejoon, xotirjam, kulib turgan.

Seongyangning yuragi bir lahza... urmay qoldi.

U o‘zini jim tutdi. Qattiq. Sovuqqon. Ammo ichida shunday chaqmoq chaqqandek edi:

“U tirik. U yaxshi. U kulmoqda.”

U chuqur nafas oldi.

Ammo bir so‘z ham aytmadi. Shunchaki o‘z otini sekin burdi... va saroyga qaytdi.

Ammo yordamchisi nigohi bilan hammasini tushundi:

— Janob… siz… yuragingizni... o'g'irlatib qo'yibsiz.

Seongyang hech narsa demadi.
Ammo yuragi ichida aytdi:

“Men uni yo‘qotishni istamayman.”