October 5, 2025

UNEXPECTED US

Ep:7
Author by: Ryu Na Kanzaki

Yomg‘irli kechadan so‘ng maktab jimjit edi. Hech kim o‘sha kuni nima bo‘lganini ochiq ayta olmasdi.
Men esa sukutda edim. Har safar shifoxona tomon yurmoqchi bo‘lardim, lekin oyoqlarim har gal to‘xtardi.
Yuragim “bor” derdi, miyam esa “kech” derdi. Men sababchi edim.
Men bunga yo‘l qo‘ydim. Har tun qulog‘imda Minjaening so‘nggi so‘zlari yangrardi:
“Seni faqat men chin dildan sevganman…”
Bu so‘zlar yuragimni tilka-pora qilardi. Yotog‘imda yostiqqa yuzimni bosib, jim yig‘lardim — ovoz chiqarmasdan, nafas olishga ham jur’at etmay ammo men ishonardim Taehyung buni ataylab qilmagan u o'zida bo'lmagan uni rashk boshqargan edi.

Flashback
Meni Taehyung motosikligacha bo'lgan masofada ko'tarib bordi.

Jennie va Taehyung

Biz mototsiklda birga ketardik men mahkam quchib olgandim shu sabablimi bilmadim u biroz jahlidan tushgandi. Biz maktabdan ketganimdan keyin nma bo'lishi haqida g'amgin suhbat qurdik. U meni mktabim tugagandan keyin kelibolib ketishga vada berdi. U meni uyimga tashlab qo'ydi. Uyga endi kirib ketayoytganimda menga Lisa telefon qildi:
"Minjaeni tez yordam olib ketdi"
U bundan ortiq so'z aytmadi. Taeni Minjaedan qanchalik jaxli chimasin u ham havotir oldi va birga shifoxonaga bordik. Shifokorlar u haqida bizga malumot berishmadi sababi biz uning yaqini emasdik.

Hamma o'z uyiga tarqadi, tabiiyki Taehyung aybdorlik hissini his qulayotgandi. Men u bilan hayrlashdim, uning kayfiyati tushib ketgandi. Menimcha u Minjaeni o'lishidan qo'rqardi.

— Je–Jennie… sen... nima qilding o‘zi? — dedi u hayron ohangda, ko‘zlarini menga tikib.
Men esa kulib qo‘ydim, lekin yuragim gursillab urardi.
— Shunchaki… kayfiyatingni ko‘tarmoqchi edim, — dedim jilmayib.
Taehyung esa qo‘lini sochlariga urib, qizarib ketgan yuzini yashirishga harakat qildi.
U bir oz jim turdi, so‘ng shivirladi:
— Agar shunaqa har safar kayfiyatim tushganda o‘psang, men har kuni xafa bo‘lishga tayyorman, Jennie.
Men kulib yubordim.
Bu bir necha soniya davom etgan kulgu, go‘yo butun og‘riq va xavotirni unutgandek edi.
Ammo yuragimning eng chetida bir hissiyot jim turgan edi — bu xotirjamlik uzoq davom etmasligini bilardim.
Taehyung menga yaqinlashdi, qo‘lini cho‘zdi, lekin to‘satdan to‘xtadi.
— Bilasanmi… men qo‘rqyapman, — dedi u past ovozda.
— Nimalardan? — deb so‘radim, yengil jilmayib.
— Minjaedan. Uning o‘sha qarashidan. Go‘yo meni kechirmasdi...
Men jim qoldim.
Chunki ichimda ham shu qo‘rquv bor edi — o‘sha kecha Minjaening ko‘zlaridagi g‘azab, og‘riq, rashk... hammasi hozir ham ko‘z oldimda edi.
— Hammasi joyiga tushadi, Tae, — dedim oxiri. — Hech kimga zarar yetmaydi.
Men buni o‘zimga ham, unga ham ishontirish uchun aytdim.
Ammo yuragimda allaqachon nimadir sinayotganini his qildim.
Taehyung asta boshini egib, jilmaydi.
— Faqat sen yonimda bo‘lsang, hammasi joyida bo‘ladi, — dedi u.
Men esa faqat bosh irg‘adim.
Shu so‘nggi marta edi… biz tinch kulgan, yuraklarimiz bir maromda urgan kecha.
Ertasiga hammasi o‘zgardi.

Comeback

Ikki kundan keyin Lisa eshigimni taqillatdi.
— Jennie… — dedi u, ovozi titrab. — U… u endi yo‘q.

Hamma narsa to‘xtab qolgandek tuyuldi. Havo, yurak, vaqt — hammasi.
Men uning lablaridan chiqqan so‘zni eshitganimni bilaman, lekin miyam uni qabul qilolmadi.
— Nima deganing? — dedim asta.

Men bir og‘iz ham so‘z aytolmadim. Faqat derazaga bordim. Tashqarida yana yomg‘ir yog‘ar, tomchilar oynaga urilar edi.Qo‘limni sovuq shishaga qo‘yib, men ham ho'ngrab yig'lab yubordim to'g'ri meni Minjaega nisbatan hislarim yo'q edi lekin men Taehyungga nima bo'lishini o'ylab yig'lardim
Ertasi kuni maktabda mish-mishlar tarqala boshladi.
“Taehyung uni o‘ldirgan emish.”
“Politsiya tekshiryapti.”
“Jennie ham aralashgan, deyishyapti.”

Men hammasini eshitdim. Lekin javob bermadim. Men o‘zimni himoya qilishga ham, uni oqlashga ham kuch topa olmadim.
Faqat yuragimda bitta savol doim aylandi:
“Agar o‘sha kuni borib, uzr so‘raganimda — balki u tirik qolarmidi?..”

Bir necha kun o‘tgach, politsiya Taehyungni olib ketdi.
Deraza oldida turdim — u pastga qarab ketayotgan edi.
Qo‘lida kishan, boshi egilgan. Men pastga yugurib tushib uni quchoqlab oldim. Bizning oxirgi quchoqlashuvimiz ular buni ham ko'risha olmadi, bizni tezda ajratib olishdi. Shu payt ko‘zlarimiz to‘qnashdi. U qaradi — na g‘azab, na nafrat, faqat og'riq bor edi. Men esa ko‘z yoshimni yutdim.

Men o'tirib yig'lardim Lisa esa meni yupatish, Jungkook devorga musht solardi.
Tunda maktab orqa hovlisiga chiqdim — yomg‘ir yog‘ar, shamol eski soyabonni chayqardi.
Shu yerda, qorong‘ilik ichida, pichirlab aytdim:
“Men seni himoya qila olmadim, Taehyung, agar men bo'lmaganimda taeginamga hech nima bo'lmasdi". Shunda men, Jungkook va Lisa politsiyaga borishga qaror qildik. Men borib uni ko'rmoqchi edim baxtimizga u panjara ortida emas, faqat soʻroq uchun olib ketilgan ekan. Bu narsa mega biroz yengillik berdi. U ham meni ko'rdi biroz kayfiyati ko'tarildi. Politsiyachi uning yoniga kelib, rasmiy ovoz bilan dedi:
— Biz sizni soʻroq qilamiz. Sizga bir nechta savollarimiz bor.
Taehyung boshini egib, soʻzlamadi. Faqat meni bir lahza koʻzlari bilan qamrab oldi — u yerda: “Sabr qil” degan noaniq iltimos bor edi. Men xonaga kirihga urindim ammo kirolmadim.

Men sovuq metall eshikka tikilib o‘tirardim. Ichkarida Taehyung so‘roq qilinayotgandi. Har safar eshikning narigi tomonidan ovoz eshitilsayam yuragim bir lahzaga to‘xtagandek bo‘lardi. U joydan biror daqiqa ham ketgim kelmasdi — negadir, agar ketib qolsam, u yolg‘iz qoladigandek tuyulardi.

Ichkaridan tergovchining tovushi aniq eshitildi:
— Siz Minjaeni o‘sha kuni soat 21:47 da ko‘rgansiz, to‘g‘rimi?
Men hech narsani tushunmasdim 21:47 da hamma o'z uyiga tarqalgandi nima bo'lsa ham men hozircha Taehyungni savol javob qilmay turaman.

Taehyungning past, titroq tovushi chiqdi:
— Ha, lekin men uni o‘ldirmaganman. U o‘zi yiqildi. Men faqat…

Uning ovozi pasaydi. Men qo‘limni siqib ushladim. Unga endi hech narsa bo‘lmasin, iltimos, deb ichimda takrorlayverdim.

— Sizning kiyimingizda qon izi topilgan,— dedi ikkinchi tergovchi sovuq ohangda.
Men qo‘rqdim. Nafasim qisilib ketdi.
Ammo keyingi so‘zlar meni qotirib qo‘ydi.

— Laboratoriya natijasiga ko‘ra, bu qon sizniki ekan, Taehyung. Siz Minjaeni ushlamoqchi bo‘lgan paytda qo‘lingiz jarohatlangan.

Men beixtiyor og‘zimni yopdim. Ko‘zlarimga yosh keldi, lekin bu safar bu qo‘rquv emasdi — yengillik edi. Nihoyat kimdir uni tinglayotgan edi.

Ichkaridan tergovchining ovozi davom etdi:
— Shuningdek, voqea joyidagi kuzatuv kamerasi tasvirlari ham sizni oqlaydi. Minjae orqaga qadam tashlab, o‘zi muvozanatini yo‘qotgan. Siz unga yaqin kelgan bo‘lsangiz ham, tegmagansiz.

Shu payt yuragimda nimadir yorilgandek bo‘ldi. Men stolga suyanib, chuqur nafas oldim. U o‘sha paytda faqat qo‘lini cho‘zgan xolos… U shunchaki yordam bermoqchi bo‘lgan.

Tergovchi yana dedi:
— Taehyung, sizga nisbatan ayblov qo‘yilmaydi. Sizni hozircha ozod qilamiz, lekin kerak bo‘lsa, qayta so‘roq uchun chaqiramiz.

Shunda ichkaridan qog‘oz shitirlashi, stulning qarsillagan ovozi eshitildi. Men o‘rnimdan turdim, qo‘llarimni ko‘ksimga qo‘ydim — yuragim shunchalik tez ura boshladiki, xuddi bu ovoz eshikdan o‘tib ketgandek tuyulardi.

Eshik ochildi. Taehyung chiqib keldi.
Uning ko‘zlari charchagan, lekin tiniq edi. U meni ko‘rdi — va hech narsa demadi. Shunchaki qaradi. Bu qarashda hammasi bor edi: qo‘rquv, yengillik, minnatdorlik… va eng muhimi, tiriklik.
Men unga yaqinlashdim, lekin baribir nimadir meni to‘xtatdi. Biz o‘rtamizda go‘yo ko‘rinmas chiziq bor edi. U shivirladi:
—“Ular ishonishdi, Jennie.

Men boshimni qimirlatdim, ko‘z yoshimni artdim.
— Men ham ishonardim, Taehyung. Hech qachon sendan shubhalanmadim.

Jennie & Tae

Biz tergov binosidan chiqqach, havo g‘alati iliq edi. Yomg‘ir yog‘mayotgan bo‘lsa ham, asfalt hali ho‘l, osmon esa bulut bilan to‘la.
Taehyungning motosikli ko‘chada turgan edi — xuddi bizni kutayotgandek. U jim holda kaskasini menga uzatdi.
— Qani, ketdikmi? — dedi u, mayin ovozda.

Men bosh irg‘adim. U motosiklni harakatga keltirarkan, shamol yuzimni siladi, yuragim esa hali ham tinchlanmasdi.
Yo‘l jimjit edi, na u gapirardi, na men. Faqat mototsiklning tovushi, shamol va yurak urishlarimiz.

Biz nihoyat to‘xtadik — u meni uyim oldida tushirdi.
— Raxmat, Tae, — dedim past ovozda.
U kaskasini yechib, sekin jilmaydi.

Uning ovozida bir titroq bor edi, xuddi endi yengillikni his qilayotgan odamday.
Men unga qaradim — bu qarashda hech qanday soxta kuchli ko‘rinish yo‘q edi. Faqat charchoq, minnatdorlik va… iliqlik.

U bir qadam yaqinlashdi.
Yuragim tez ura boshladi.
Qo‘llarimni qayerga qo‘yishni ham bilmasdim, lekin u asta sochimni qulog‘im orqasiga surdi.
— Men endi nafratga, qo‘rquvga yoki g‘amga joy qoldirmoqchi emasman,— dedi u pichirlab.
Men javob qaytarmadim. Faqat unga qaradim — ko‘zlarida quyosh nuri yo‘q edi, lekin iliqlik hali ham bor edi.
Shu payt u sekin egildi. Harakatida nimadir siniq, lekin mehr bor edi — go‘yo uzoq kutgan so‘zni nihoyat aytishga jur’at topayotgandek. Nafasimiz bir-biriga urildi, ko‘zlarimizda esa ming so‘z sukutga aylanib qoldi. Va o‘sha sukut ichida, lablarimiz nihoyat bir lahzaga to‘qnashdi.

Yomg‘ir hidi hali ham havoda edi — nam yer, iliq asfalt va osmonning yangi tozalangan nafasi. Shamol bizning orasimizdan o‘tib, sochlarini yuzimga urdi. O‘sha payt hamma narsa — shahar, shovqin, vaqt — g‘oyib bo‘lganday bo‘ldi. Faqat yuragimning urishlari bor edi, u esa butun vujudimni to‘ldirib, ichimdagi og‘riqni yuvayotgandek urardi.

Bu bo‘sa ehtiros emasdi. Unda shoshilish, nafs, yoki o‘sha kinofilmlardagi orzular yo‘q edi. Bu bo‘sa kechirim edi. Yillar davomida yig‘ilib qolgan so‘zlar, aytilmagan izohlar, kechasi o‘zingni ayblab chiqqan tunlar — bularning hammasi shu bir lahzada erib ketayotgandek tuyuldi.

Uning lablari iliq edi, lekin titrab turardi. Men ham jim edim — hech nima demadim, faqat shu jimlikda yuragimdan o‘tgan hamma narsani his qildim. Biz bir-birimizga qarab turdik, go‘yo so‘z aytish kerak emasdek. Chunki ba’zan bitta bo‘sa butun o‘tgan yillarni so‘zsiz tushuntirib bera oladi.

U sekin ortga chekindi. U tabassum qildi. Yomg‘ir yana kuchaydi. Biz bir-birimizdan ajralishni istamasdik. Bu bo'sa atiga 2 daqiqa davom etgan bo'lsada hayotimdagi unutilmas voqaelardan bittasi bo'ldi.

Velorias yaqinda final bo'ladi menda sizlar uchun bir yangilik bor 1qismdan to 6-qismgacha real voqaelarga asoslanib yozdim lekin bu qismdan boshlab real voqaelar bo'lmaydi yani bu meni hayoliy o'ylagan narsalarim bo'ladi. Hamaga o'qigani uchun rahmat o'qib bo'lib fikringizni bildirasiz va reaksiya bosasiz degan umiddaman.