HAPPINESS BEHIND FAILURE
Sena asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Ko‘z o‘ngida shift ko‘rinard. Havo og‘ir, namlik aralash sovuq edi. U nafas olishga harakat qilarkan, lablari orasidan faqat shivirlashga o‘xshagan ovoz chiqdi:
— Qayerdaman?..
Qo‘l-oyoqlari kuchsiz, bilaklari biror narsaga mahkam bog‘langan. Yon tomonda eski yog‘och stulda kimdir o‘tirardi. U jim. Uning borligi Senaga qo‘rquv bilan birga allaqanday tanish tuyg‘uni ham hadya qilardi.
Nihoyat, u o‘rnidan turdi. Qora kiyimda, yuzini yarim niqob yopib turgan. Nigohlari esa o‘zgacha — sovuqlik bilan to‘la, ammo... chuqurroq qaralsa, dard yashiringan.
Sena ovozini zo‘rg‘a chiqardi:
— Kimsiz?
Qora kiyimli inson niqobni asta yechdi.Sena to‘xtab qoldi. Yuragi birdan urishni to‘xtagandek bo‘ldi.
— …Soya?
Qizning ko‘zlari sovuq, yuzida esa boshqa hayot izlari. Ammo bu Soyoung edi. Faqat endi u boshqa ism bilan tanilgan.
— Men Na-kyungman — dedi u sokinlik bilan. — Soya… o‘sha qizcha ancha oldin o'lgan.
Sena koʻzlaridan yosh chiqdi. — Nega? Nega bunday qilding? Men seni o‘lgan deb oʻylagandim. Men seni har kuni esladim…
Na-kyung yengil kuldi. Ammo bu kulgi achchiq edi avvalgi beg'ubor Soyoungdan asar ham qolmagandi.
— Chunki o‘shanda hech kim menga yordam bermadi. Hamma mening og‘riqlarimni ko‘rdi... ammo ko‘rmaganga oldi. Hatto sen ham.
— Soya, meni kechir...
— Bu kechirim haqida emas, Sena, — dedi u jiddiy ohangda. — Bu adolat haqida. Hayot mendan ko‘p narsani olib qo‘ydi, endi men nazoratni qaytarib olyapman.
Sena yuragini ushlab qaltirab so‘radi:
— Unda nega meni olib kelding?
Na-kyung nigohini olib qochdi. U derazaga qarab jim turdi. So‘ng javob berdi:
— Chunki men hali ham seni unutolmadim. Sen menga xiyonat qilgan yagona insonsan... lekin hamon seni yo‘qotishni istamayman. Yana bir sabab esa bor... — U yuragini qo‘llari bilan siqib, pichirladi:
— Chunki... men Minhoni sevaman.
Sena jim bo‘lib qoldi.
— Nima?
Na-kyung unga qaradi. Uning ko‘zlari hozir to‘g‘ridan-to‘g‘ri Senaga qaragan, yuzida niqob yo‘q edi. Faqat chin yurakdan aytilgan bir haqiqat.
— Men uni bir paytlar yoqtirgan emasdim. Men uni sevardim va Hali ham sevaman. U meni hech qachon tan olmadi. U har doim seni ko‘rdi.
Sena xijolat bo‘lib boshini egdi. — Men bunday bo‘lishini xohlamagandim...
— Men ham. Ammo hayot sen xohlagandek kechmaydi. Va endi men hamma narsani o‘zgartiraman. U meni ko‘rad va seni yo‘qotganini his qiladi. Va ehtimol… men ham bir kun u uchun muhim bo‘laman.
Sena yig‘lab yubordi.
— Bu sevgi emas… bu nafratga aylangan. Sen o‘zgargansan, Soya.
Na-kyung unga yaqinlashdi, cho‘kib, ko‘zlariga tikildi.
— Men faqat hayotda omon qolishni o‘rgandim. Sen o‘sha yumshoq, ishonuvchan Senasan. Men esa… o‘zini yo‘qotgan Soya.
U orqasiga qaytdi. Xonadan chiqib ketishidan oldin eshik oldida to‘xtadi:
— Minho seni izlayapti. Hozircha. Lekin odamlar o‘zgaradi. U hamoxir-oqibat o‘zgaradi...
Minho Senani topish uchun shifoxonadagi har bir burchakni aylanib chiqqandi. Unga hech narsa tinchlik bermayotgandi. Har bir o'tgan daqiqa yuragini siqardi. Nihoyat, u shifoxona tashqarisidagi orqa yo‘lakka o‘tib, foydalanilmaydigan eski liftdan iz topdi. Ehtiyotkorlik bilan liftni ochdi — ichkarida mayda igna, qon dog‘i va Senaning sochi to‘kilgan bir parcha elastikni topdi.
U shoshib pastga tushdi. Yuragi tubida birgina ismi yangradi:
— Sena...
Shu vaqtda – Hyunjae
Hyunjae shifoxona guruh chatini o‘qir ekan, allaqachon ich-ichida shubha unib ulgurgandi. “Sena yo‘q...” so‘zlari uni titratdi. U o‘zini sovuqqon tutishga harakat qilgan bo‘lsa-da, telefonidagi Senaning suratiga tikildi. Yuragi nimanidir his qildi — bu oddiy xavotir emasdi.
— Men seni unutolmadim, Sena… Sen menga yo‘q deyishing mumkin, lekin yuragim hali ham seni chaqiryapti…
Gongjiam
...Na-kyung xonaga qaytib keldi. Nafasi og‘ir, qadam tovushi esa silliq sirt ustida yengil sirg‘alardi. Qo‘lida — chaqnab turgan, xuddi nafrat va sevgi aralashgan kumush rang pichoq bor edi. Sena endi sukutda emasdi. Uning nafaslari qisilib, ko‘zlari qorong‘ilikda porlab turardi. U pichoqni ko‘rib, qaltirab ketdi.
Na-kyung unga yaqinlashdi. Har bir qadami og‘ir edi. So‘ng u egilib, pichoq tig‘ini Senaning bo‘yniga yaqinlashtirdi.Tig‘ teriga deyarli tegib turgandi. Nafaslar to‘xtadi.
— Men sendan nafratlanaman, — dedi u sokin, ammo larzali ohangda.
Sena ko‘zlarini yumdi. Ko‘zlaridan ikki tomchi yosh yuzi bo‘ylab sirg‘alib tushdi.Na-kyung pichoqni biroz siljittirdi. Uning kafti titrardi. Nigohlari esa Senaning ko‘zlariga tikilgancha, ichidagi urush bilan jang qilar edi.Sena qaltiragan lablari bilan faqat birgina ismni shivirladi:
— …Minho — Sena Minhoni sevishini endi tushundi.Va… pichoq biroz siljidi. Na-kyungning qo‘li yana qattiqroq titradi. U bir soniya ichida har bir hisni his qildiii: sevgi, nafrat, armon va yolg‘izlik… Va... u qaror qilayotgandi.