AQShning Duke universitetidan bakalavriat bosqichi uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Karsh International Scholarship — 2024 granti
Umumiy maʻlumotlar
AQShning nufuzli universitetlaridan biri boʻlgan Duke universitetida bakalavriat bosqichini oʻqishni istagan barcha xalqaro talabalar uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Karsh International Scholarship — 2024 granti taqdim etiladi. Ushbu dastur faqat munosib talabalarga moliyaviy yordam beradi, shuningdek, oʻquv toʻlovlari va boshqa tegishli xarajatlardan ozod qiladi.
Dasturdan asosiy maqsad malaka va moliyaviy ehtiyojdan kelib chiqqan holda qobiliyatli talabalarga moliyaviy toʻsiqlarga duch kelmasdan taʼlim olishlarini taʼminlash hisoblanadi. Bundan tashqari, barcha stipendiya oluvchilar intellektual hamjamiyatning ajralmas aʼzolari boʻlishadi. Bu esa xalqaro talabalarning Duke universiteti muhitidagi ahamiyatini oshiradi va global miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etishiga yordam beradi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, qatnashchilar universitet bitiruvchilarining keng tarmogʻiga qoʻshilishadi. Ushbu tarmoq oʻz aʼzolarini doimiy qoʻllab-quvvatlaydi va karyerasida muvaffaqiyatga erishishini taʼminlaydi.
Maʼlumot uchun: Xalqaro olimlarning Duke universitetiga qoʻshgan beqiyos hissasi sharafiga Karsh International Scholarship dasturi 2010-yilda Marta va Brus Karshning xayriyasi tufayli tashkil etilgan. Dastur fanlararo tadqiqot, akademik tadqiqotlarga yordam va stipendiyalar berish orqali taʼlim sohasida muvaffaqiyat qozonishga intilayotgan xalqaro talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dastur hisoblanadi.
Eslatma! Dasturga alohida, grantga alohida hujjat topshirish shart emas. Dasturga topshirganlar avtomatik tarzda grant uchun ham ko’rib chiqiladi!
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Nomzodlar AQSh fuqaroligi yoki AQSh va boshqa davlat ishtirokidagi ikki fuqaroligi boʻlmagan xalqaro talabalar boʻlishi kerak;
- Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
- Nomzodlar avval bakalavr darajasini olmagan boʻlish kerak;
- Yuqori akademik salohiyat va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish talab qilinadi;
- Nomzodlar moliyaviy jihatdan yordamga muhtoj boʻlishi lozim.
Foydali tomonlari
- Oʻquv toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlarda ozod qilinadi;
- Turarjoy xarajatlari qoplanadi;
- Xalqaro miqyosdagi muhitda tajriba almashish imkoni;
- Yozgi tadqiqot ishlari moliyalashtiriladi;
- Turli millat vakillaridan iborat olimlar bilan aloqa oʻrnatish mumkin;
- Soha boʻyicha turli tadbir va klublar tashkil qilinadi.
Hujjat topshirish
- Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishi mumkin;
- Barcha ariza beruvchilar moliyaviy yordam shaklini toʻldirishlari kerak.
Erta qabul uchun talab qilinadigan hujjatlar:
- Erta qabul uchun ariza (COMMON APPLICATION yoki COALITION APPLICATION);
- Akademik transkriptlar;
- Birinchi chorak baholari (ixtiyoriy);
- Maktab maslahatchisidan tavsiyanoma va nomzodning akademik koʻrsatkichlari haqida hisobot;
- 2 ta maktab oʻqituvchisidan tavsiyanoma;
- SAT va/yoki ACT ballari (ixtiyoriy);
- Akademik yutuqlarni koʻrsatuvchi qoʻshimcha hujjatlar.
Eslatma: Moliyaviy yordam uchun ariza topshirmagan nomzodlar oʻqish boshlangandan soʻng ushbu masalada ariza topshira olmaydi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda;
- Email: ousf@duke.edu;
- Tel: (919) 660-3070.
- Dasturga hujjat topshirish uchun erta qabul: 2023-yil 1-noyabrgacha;
- Natijalar eʼlon qilinadi: 2023-yil dekabrni oʻrtalari;
- Dasturga hujjat topshirish uchun doimiy qabul: 2024-yil 2-yanvargacha.
Muhim: Dasturga erta qabul uchun hujjat topshirgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:
https://t.me/grantgouz - Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
https://t.me/Talabalar_uchun_ish - Ishchi va ish beruvchini uchrashtiruvchi platforma