Dunyo bo'ylab IT biznes bilan shug'ullanuvchi barcha ayol-qizlar uchun xalqaro tanlov — The Aurora Tech Award
Umumiy maʻlumotlar
The Aurora Tech Award — bu loyihalari dunyo rivojiga eng katta taʼsir koʻrsatgan IT-startaplar asoschisi boʻlgan ayollar uchun yillik mukofot tanlovi hisoblanadi.
Dasturning maqsadi ilgʻor texnologiyalar sohasida ayollarni, ayniqsa, tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlashdir.
Qatnashchilar dasturga ariza topshirish uchun oʻzlarining kompaniya yaratilishi muvaffaqiyat tarixi haqida qisqacha prezentatsiya tayyorlashi va saytda yuklashi kerak.
Dastur gʻoliblari 30,000 AQSh dollarigacha boʻlgan pul mukofotlari hamda InDrivedan turli mentorlik kurslariga kirish huquqini qoʻlga kiritishadi.
Dasturda qatnashish mutlaqo bepul.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dastur faqat ayol nomzodlar uchun moʻljallangan;
- Mukofotga soʻnggi besh yil ichida yaratilgan kompaniyaning asoschisi yoki uning hamkori ariza topshirishi mumkin;
- Nomzod kompaniyasining asosiy mahsuloti axborot texnologiyalariga asoslangan boʻlishi kerak;
- Nomzod ariza topshirilgan vaqtda kompaniyaning yuqori lavozimiga ega boʻlishi kerak;
- Dastur uchun topshiriladigan hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim;
- Qatnashchilar tashkilotchining xodimi va (yoki) tashkiliy qoʻmita yoki hakamlar hayʼati aʼzolarining qarindoshi boʻlmasligi lozim;
- Ariza beruvchilar davlat amaldorlari yoki xususiy uyushgan kompaniyalarning (agar bu kompaniyalar davlat mulki boʻlsa yoki ularning nazorati ostida boʻlsa) xodimlari boʻlishi mumkin emas.
Dastur maqbullik jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
Tanlоvning mukofot jamg‘armasi 85,000 AQSH dollarini tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi:
- Birinchi oʻrin gʻolibiga $30,000;
- Ikkinchi oʻrin gʻolibiga $20,000;
- Uchinchi oʻrin gʻolibiga $15,000;
- To'rtinchi o‘rin g'olibiga $10,000;
- Beshinchi o‘rin g'olibiga $10,000 taqdim etiladi;
- InDrivedan turli mentorlik kurslariga kirish huquqi beriladi.
Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Hujjat topshirish
Nomzod taqdimoti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Nomzod oʻz startapida ishlayotganda duch kelgan har qanday qiyinchiliklar va unga ushbu toʻsiqlarni yengib oʻtishga yordam bergan professional yoʻl-yoʻriqlar haqida qisqacha maʼlumot.
Kompaniyaning chuqur tavsifi, uning yutuqlari va startap dunyoni yaxshiroq joyga aylantirishga qanday hissa qoʻshishi haqida tushuntirish.
Mukofot ariza beruvchining, kompaniyaning yoki maʼlum bir jamiyatning hayotiga qanday taʼsir qilishi haqida keng qamrovli tushuntirish.
Taqdimotlar yuqoridagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Fayl PDF formatida va 30 megabaytdan oshmasligi lozim.
Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali saytda berilgan ariza namunasini toldirish lozim.
Tanlovga ariza topshirishning soʻnggi muddati 2024-yil 21-noyabr.